Mustaqil ishi mavzu : Musiqali drama Reja : Musiqali drama janrining kelib chiqish tarixi O’zbekistonga musiqali drama janrining kirib kelishi va rivojlanishi O’zbek musiqali dramalari haqida. Xulosa Musiqali drama


O’zbekistonga musiqali drama janrining kirib kelishi



Download 0,5 Mb.
bet2/3
Sana12.01.2022
Hajmi0,5 Mb.
#336859
1   2   3
Bog'liq
Hojimurod mustaqil ish

O’zbekistonga musiqali drama janrining kirib kelishi

O‘zbek musiqali drama teatrlarining tashkil topilishida


yuqorida nomlari keltirilgan musiqa guruhlari, konsert
ansambllari, drama to‘garaklarining hissalari katta va
anna shular musiqali drama teatrlarining asosiy
tashkilotchilari hisoblanadilar. O‘zbek musiqali drama
teatrlarining tashkil topilishida Farg‘onada tashkil etilgan
yoshlar drama to‘garagi alohida e’tiborga loyiqdir.
To‘garakning chiqishlari o‘sha davr talabiga ko‘ra tuzilardi.
Masalan; tomoshabinlarni diqqatini o‘ziga jalb etish uchun
namoyishlardan oldin konsert nomerlari qo‘yilardi.
Konsertdan keyin kichik musiqiy lavhalar qo‘yilardi. Bular
«Biz ishchimiz», «Hoy ishchilar», «Kapital» va boshqalar.
Barcha chiqishlarning so‘zlari va kuylari Hamza tomonidan
ijod qilingan. Namoyishlarda o‘zbek klassik qo‘shiqlari, xalq
kuylari, hazil qo‘shiqlari ijro etilib shu bilan birga
qatnashchilarning mahoratlari ham oshardi.
Kuy va she’rlarning mazmunida ommani savodli
bo‘lishga chaqirish, ozod mehnatni, do‘stlikni targ‘ibot etish
va musiqali dramalar yordamida ozod xalqni ma’rifatga
da’vat etish muammolari turar edi.
Turkistonning barcha viloyatlarida 20-30 yillar
davomida: Andijonda, Buxoroda, Xorazmda, Qo‘qonda
havaskorlik musiqali teatrlar guruhlari tashkil etila
boshladikim keyinchalik bu guruhlar professional teatr
guruhlariga aylandilar. Bu jamoalar dramatik asarlar bilan
bir qatorda musiqali-spektakllarni ham sahnalashtirar
edilar. «Arshin mol-alan», «Layli va Majnun», «Er va Xotin»,
«U bo‘lmasi, bu bo‘lsin» nomli asarlar shular jumlasiga
kirib bu spektakllarga asosan Uzeir Hojibekov musiqalar
bastalagan. Bu spektakllar ham o‘zbekcha va ham
ozorbayjon tillarida ijro etilgan.
30 yillar davomida G‘ulom Zafariyning pesalari juda
katta olqishlarga sazovor bo‘ladi. «Erk farzandlari»,
«Binafsha», «Bahor» nomli pesalar shular jumlasiga kiradi.
Bu spektakllarda ko‘p kuy va qo‘shiqlar bo‘lganligi sababli
bu spektakllarni kichik operalar ham derdilar. G‘ulom
Zafariyning ko‘zga ko‘ringan asarlaridan biri bu «Halima»
pesasi edi. Bu asarda muallif sof muhabbat, boylik va
qashshoqlik, zo‘rlik va xastalik muammolarini ko‘targan va
bu mavzular davr talabiga javob beraolardi. Bu asarlar
teatrlar sahnalarida ko‘p yillar qo‘yilib tomoshabinlarning
olqishiga sazovar bo‘lgan.
Asar mazmunida kambag‘al oilada tug‘ilgan 18 yoshli
Halima ismli qizni ota-onasi majburiy holatda yoshi katta
boy kishiga berganliklari, Halimani sevikli yori Ne’matni
o‘ldirilganliklari va bu xo‘rlikka chidaolmasdan Halima
o‘zini-o‘zi nobud qilgani to‘g‘risida fikr yoritilgan. «Halima»
musiqali drama spektaklidagi musiqalar xalq og‘zaki
ijodiyotidan tanlab olingan bo‘lib asar mazmunini aks
ettiraoladigan kuy va qo‘shiqlardan iboratdir. Unda
«Toshkent Iroqi», «Ko‘cha bog‘i», «Bayot III», xalq marosim
qo‘shiqlaridan «Yor-yor», «Muborak», «Omonyor», «Bahor
bo‘ldi» nomli xalq asarlari kiritilgan. Bu musiqalarni Mula
To‘ychi Toshmuhammedov, Shorahim Shoumarov,
Shohyunus Shohyusupovlar tanlaganlar.
Halima obrazini talqin etishda chiroyli va jarangli
ovozga ega bo‘lgan xonandalar Duriya Xonum, Maqsuma
Qoriyeva, Salomatxon Najmiddinova, Tursunoy
Saidazimova, Nazira Inog‘omova va keyingi yillarda Halima
Nosirovalar ishtirok etganlar. «Xalima» musiqali-dramasi
uzoq yillar davomida respublikamizning sahnalarida ijro
etildi va musiqali drama janrini rivojiga salmoqli hissa
qo‘shib keldi. Keyingi yillarda sahnalashtirilgan asarlar
Alisher Navoiyning «Farhod va Shirin» musiqali dramasida
xalq cholg‘u asboblari ansambli bu spektaklga jo‘r bo‘lib
asar katta olqishlarga sazovor bo‘ldi.
«Farhod va Shirin» dostoni Sharq mamlakatlarining
juda ko‘p tillarda ezoz etilgan, lekin barcha xalqlar
ijrosidagi asarning yagona mazmuni bu chin muhabbat va
undagi sadoqat asosiy maqsad bo‘lib qolgan. Bu spektakl
musiqalarini xalq musiqa merosimizdan Shorahim
Shoumarov bilan Yunus Rajabiy tanlaganlar va unda-
“Bayot II”, “Bayot III» E «Bayot V», «Ushshoq», «Guliyor IV»,
«Suvora», «Chorgoh II», «Chorgoh IV», «Mug‘ulcha» va
boshqa xalq kuy va qo‘shiqlari ishlatilgan. Bu musiqali-
drama respublikamizning barcha viloyatlari teatrlarida
sahna yuzini ko‘rdi. «Layli va Majnun» musiqali-
dramasining tarixi
boshqacharoq bo‘lib bu asarni Turkistonda birinchi
marotaba 1915 yilda ozorbayjon san’at guruhi olib kelib
tomoshabinlar diqqatiga havola etganlar
Muhiddin Qori Yoqubov boshchiligidagi o‘zbek Davlat
etnografik musiqa guruhi konsert dasturlari bilan bir
qatorda musiqali spektakllarni ham sahnalashtirib
kelganlar va bu xayrli ishda: Tamaraxanum, Gavhar
Petrosyan, Begimxon va Nurxon Yo‘ldoshxo‘jayevalar,
Zuhur Qobulov, Boborahim Mirzoyev va bir qancha ko‘zga
ko‘ringan sozanda, xonandalar o‘z hissalarini qo‘shganlar.
Bu guruh ijrosida «Halima», «Farhod va Shirin» va Komil
Yashinning «O‘rtoqlar» musiqali asarlari o‘rin oladi.
«O‘rtoqlar» musiqali dramasi kolxozlar tashkil etish
davrlarini aks ettiradigan asarlar jumlasiga kirib undagi
musiqalarni To‘xtasin Jalilov bastalagan.






Respublikamizning barcha viloyatlari teatrlarida


musiqali-drama asarlarini sahnalashtirishda ko‘zga
tashlanadigan kamchiliklaridan asosiylari bu mahalliy
mutaxassislarning yetishmagani, spektakl jarayonida
cholg‘uchilar va xonandalarning oralaridagi ajralishlar,
asosiy tonliklardan chiqib ketishlar, bandlar sonlarini
adashtirilganlari ko‘zga tashlanardi. Shu bilan bir qatorda
ansambl cholg‘uchilari orasida asta-sekin Yevropa
musiqasi asboblari ham kiritila boshlandi (fortepiano,
truba, skripka, kontrabas). 1930 yilda Moskvada teatr
san’atining olimpiadasi bo‘lib o‘tadi va bu olimpiadada
o‘zbek teatrlari ham ishtirok etib-»O‘rtoqlar», «Halima»,
«Lolaxon», «Erk bolalari» asarlari tomoshabinlar diqqatiga
havola etiladi. Yutuqlar bilan bir qatorda kamchiliklar ham
hakamlar tomonidan ko‘rsatiladi. Ayniqsa madaniy ijro
etishlar, milliy sahna bezaklari, xalq kuy va qo‘shiqlarini
qayta ishlash kabi nuqsonlar takidlanadi.
Kelgusida o‘zbek musiqali teatr jamoalari anna shu
kamchiliklarni bartaraf etish, sozandalar, raqs ijrochilari,
milliy kompozitorlikni rivojlantirish borasidagi ishlarni
kuchaytirib yuborishsa o‘zbek milliy musiqali teatrlarini
yuksalishga o‘z barkamol hissalarini qo‘shgan bo‘lgan
bo‘lardilar.
40-nchi yillar davomia bu janrda bir qancha e’tibor
kuchayib milliy dramaturglar va kompozitorlar yetishib
chiqib ularning asarlari asosida zamonaviy mavzu alohida
o‘rinni egalladi. 50-60 yillarning oxirida musiqali drama
asarlarining soni 40-tadan oshib boradi. Bu spektakllarda
ko‘proq xor jamoasi uchun asarlar, vokal ansambllari,
musiqiy sahnalar, xalq kuy va qo‘shiqlarini orkestrlar
uchun mostlash ishlari alohida e’tiborga loyiq bo‘ldi.
Keyingi yillar davomida musiqali drama asarlari
orasida Komil Yashin va To‘xtasin Jalilovlarning «Nurxon»,
S.Abdullo va T.Jalilovlarning «Muqimiy», «Ravshan va
Zulxumor», M.Uyg‘un va M.Leviyevlarning «Oltin ko‘l»,
Z.Fatxullin va S. Boboyevlarning «Vatan ishqi»,
Ch.Aytmatov va Ikr.Akbarovlarning «Mo-mo yer» ijod qilinib
tomoshabinlar diqqatiga havola etildi.
Yuqorida nomlangan spektakllardan «Nurxon» asari
ko‘p tomoshabinlarni olqishiga sazovor bo‘ldi. Bu asar
o‘zining sermazmunligi, oddiyligi va ohangdorligi biln
ajralib turar edi. Asarda tarixiy voqealar o‘z aksini topgan.
Dramaturg K.Yashenni qisqa ammo sermazmun hayot
kechirgan aktirisa Nurxon Yo‘ldoshxo‘jayevaning faoliyati
qiziqtiradi. K.Yashenni o‘sha yillarda yosh qizning eski
qoldiqlarga qarshi chiqib teatr sahnasiga obrazlar
yaratgani, Nurxonning akasini ruhoniylar tomonidan
g‘azablantirib o‘z singlisini pichoq bilan o‘ldirganligi
dramaturgni hayratlantiradi. K.Yashin «Gulsara» asarida
boshlagan mavzu xotin-qizlarni ozodlikka intilishlari,
huquq tengligi uchun kurashganlari, tinch mehnatni
e’zozlaganliklari borasidagi fikrlarini «Nurxon» asarida ham
davom ettiradi. Agar «Gulsara» musiqali dramada Gulsara
faranji tashlash, erkinlikga intilish maqsadi uchun
kurashgan bo‘lsa, Nurxon teng huquqlik, erkin kasb
tanlash, jamoa ishlariga Xotin-qizlarning o‘rni kabi
muammolarni o‘rtaga tashlagan va uning uchun
kurashgan Xotin-qizlardan biri bo‘lgan.
«Nurxon» musiqali dramada bir qancha yoqimli va
chiroyli musiqalar borki, bu kuylar To‘xtasin Jalilov
tomonidan katta mahorat bilan ijod qilinib asar mazmunini
yana ham boyitgan. Masalan «Assalom», «Ey sabo», «Qora
sochim», «Baxtu iqbol», bir necha duyetlar, ansambllar xor
asarlari shular jumlasiga kiradi.
Musiqali drama janrida mustaqil ijod qiladigan
kompozitorlar ham respublikamizda voyaga yetdi. Ana
shulardan biri kompozitor Manas Leviyev bo‘lib M.Uyg‘ur
bilan hamkorlikda «Oltin ko‘l» musiqali dramasini
yaratdilar. Bu musiqali drama qishloq aholisining turmush
sharoitlariga bag‘ishlangan bo‘lib, halol mehnat, tinch
yashash, oq oltin hosilini yig‘ib olish kabi maqsadlar
o‘rtaga tashlangan. Biroq qishloq sharoitida ham dangasa,
yalqov, ishbuzarmandlar borligi va ularning xulq-atvori
halol kolxozchilarga ta’sir etganlari ham bu asarda
ko‘rsatib berilgan.
To‘rt pardali bu musiqali dramada kompozitor Manas
Leviyev milliy o‘zbek musiqalarini tinglovchilarga yoqimli,
kuychan, jozibador ravishda qayta ishlab o‘z mohir
kompozitorlik qobiliyatini ko‘rsatib bergan.
«Oltin ko‘l» musiqali dramada sho‘x va o‘ynoqi 2-3
ovozli xor asarlari, ansambllar, duyetlar, laparlar vositalari
bilan mustaqil o‘zbek diyorining go‘zal manzaralarni, ozod
kolxozchilar mehnatini, obu-havosini, yil fasllarining
o‘zgartirishlarini yoritib bergan.
Hozirgi davrda musiqali drama janri eng hayotiy va
talabga javob beradigan musiqiy merosdirkim, rivojlanib
borayotgan mustaqil respublikamiz taraqqiyotini,
xalqlarimizning turmush sharoitlarini va tinch hayotini
e’zozlaydigan asarlar bilan yana boyimoqda.
Oxirgi yillar davomida kompozitorlarimiz bu janr
yo‘nalishida ancha ijod qildilar. Bu janrda hayotimizdagi
hilma-hil voqealar, turmush o‘zgarishlari va ayniqsa
zamonaviy mavzulardagi asarlar ijod qilinmoqda».


Download 0,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish