Mustaqil ishi mavzu: Musiqa tinglash. Qo‘shiq aytish, musiqiy ritmik harakatlar. Bolalar musiqa asbobida chalish. Reja



Download 17,51 Kb.
bet2/2
Sana23.07.2022
Hajmi17,51 Kb.
#840327
1   2
Bog'liq
musiqa nasiba

Bolalar ovozini rivojlantirish Ovoz-axborotini o‘zatishning g‘oyat muhim tovush vositasidir, odamlarning o‘zaro aloqa bog‘lash vositasidir. Odamlarning ovoz bilan bog‘liq faoliyatining asosiy turlari nutq va qo‘shiq aytishdan iborat bo‘lib, ularga ayni vaqtda musika faoliyatining bir turi deb ham qaraladi.
Ovoz – insonning katta boyligi bo‘lib, bu boylikdan u butun umri davomida foydalanadi. Shu munosabat bilan tovush xosila tizilmasini ustalik bilan mashq qildirish, chiniqtirish, uni mumkin qadar uzoq vaqt sog‘lom saqlashga intilish muhimdir.
Shu narsa aniqki, bolalikdan qo‘shiq aytishga to‘g‘ri o‘rgatish odamni muzikaviy – ijodiy rivojlantirishnigina emas, balki uning tovush xosila tizilmaini mustahkamlash, ovozni asrashning ham samarali usulidir. Qo‘shiq aytishni rivojlantirish nutqning shakllanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Shu sababli qo‘shiq aytishga bolalikda to‘g‘ri o‘rgatish muhimdir. Bunda bolaning qo‘shiq ovozni iloji boricha yertaroq, yehtiyot bo‘lib, g‘amxo‘rlik bilan rivojlantirish, uning tovush xosila tizilmasining holatiga doimo e’tibor bilan qarash zarur.
Bola ovozining rivojlanishi bola yoshining ulg‘ayishi natijasida qo‘shiq aytishga aniq maqsadni ko‘zlab o‘rgatish tufayli yoki muntazam o‘quv jarayoniga uyutirilmagan sharoitlardagi ijobiy ta’sir ostida, yoki bo‘lmasa har ikkala yo‘lning qo‘shilib ketishi tufayli yuz beradigan jarayondir.
Bola ovozining birlamchi manbai bo‘g‘iz bo‘lib,unda tovush naychalari oralig‘ida tutashgan tovush pardalari bo‘ladi. Qo‘shiq aytgan vaqtda markaziy asab sistemasining boshqaruvida faqat bo‘g‘iz emas, balki artikulyatsiya xosila tizilmai, nafas organlari hamda boshqa organ va sistemalar jalb yetiladi.
Boladagi tovush xosila tizilmasining ayrim organlari takomillashuvi jarayonida ba’zan ular rivojida nomutanosiblik paydo bo‘ladi. Bir tomondan-bu jarayonda sezilarli sakrashlar yuz beradi, ikkinchi tomondan shunday intervallar bo‘ladiki, bunda ayrim organlarning rivojlanishi deyarli sezilarsiz o‘tadi. Ularning shakllanishi bir vaqtda tugamasligi ham xarakterlidir.
Qo‘shiq aytishga o‘rgatishni tashkil yetishda shu narsa katta ahamiyatga yegadirki, bolalaning ovozi yosh jihatidan kamol topishining bir qancha davrlarini boshdan kechiradi. Ularning muddatlari turli bolalarda har hil bo‘lib, ba’zan juda katta farq qiladi.
Bunda bolaning ovoz diapozoni bir muncha qisqarishi, kuylash chog‘ida bir qadar o‘ng‘aysizlik, kuylab bo‘lgandan so‘ng charchoq paydo bo‘lishi, ovoz jarangida bir muncha o‘zgarish yuz berishi, masalan u bir oz bo‘g‘ilishi mumkin.
Qo‘shiqchilik rivojida yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan optimal ko‘rsatgichlarga yerishish uchun qo‘yidagi asosiy qoidalarni bajarish kerak.
qo‘shiq hamisha yerkin, tabiiy, zo‘riqmasdan aytilishi kerak;
qo‘shiq aytish xotirjamlikni, faollikni, yemotsional tayyorgarlikni, qo‘shiq aytish chog‘ida gavdani tutish qoidalariga rioya qilish zarurligini, muayyan asarni ijro yetishga ruhiy jihatdan tayyor bo‘lishi, o‘zining musiqa tinglash qobilyatini muttasil kontrol qilib turishni talab qiladi;
v) jarangdor, lekin ayni vaqtda mayin, yumshoq, ohangdor tovushni, butun diapozonda bir tekis bo‘lgan tovushni shakllantirishga, ovozning individual go‘zalligini saqlashga harakat qilish kerak;
g) ovozning jaranglash tembrini ovoz diapozoning markaziy qismidan yuqori va pastga
qarab mustahkamlash hamda rivojlantirish, uning yeng chetdagi tovushlarini suiiste’mol qilmaslik, ovozning ishchi diapozoni –butun diapozonning shunday bir qismiki, uning doirasi oson va yerkin kuylanadi, ovozning bir tembri saqlanib, undan aralash tovushlar muvaffaqiyatli shakllantiriladi degan fikrga asoslanish;
qo‘shiq aytgan vaqtda qichqirish, tovushni zo‘riqtirish mumkin emas;
doimo past tovush va bolaning lanjligi bilan bog‘liq holda qo‘shiq aytishdan ham naf
kam;
j) qo‘shiq nutqining aniqligi (talaffuz) yaxshi bo‘lmog‘i uchun unli tovushlarni to‘g‘ri, aniq, lekin birmuncha silliqlashtirib shakllantirish kerak; undosh tovushlarni aniq, keskin, qisqa, har bir kishida ma’lum darajada individual bo‘lgan qo‘shiq aytish rejimida ovoz xosila tizilmasining ishidagi qulaylik buzmagan holda chiqarish zarur;
Maktabgacha ta’lim muassasalarida bayram ertaliklari jarayonlarida estetik tarbiya berish samarali kechadi. Keyingi paragrafda shu haqda so’z boradi
Download 17,51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish