Mustaqillik yillarida qoraqalpog`iston davlatchiligi taraqqiyoti


-§. QORAQALPOG`ISTON RESPUBLIKASINING IQTISODIY VA IJTIMOIY TARAQQIYOTI



Download 85 Kb.
bet4/14
Sana31.12.2021
Hajmi85 Kb.
#209376
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14

11-§. QORAQALPOG`ISTON RESPUBLIKASINING IQTISODIY VA IJTIMOIY TARAQQIYOTI


Mustaqillik davri odimlari

O`zbekistonda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda ko`p millatli Qoraqalpog`iston xalqlarining, ana shu mo`tabar yurt kishilarining ham munosib hissasi bor.

Shu bois O`zbekiston hukumati bu masalada Qoraqalpog`iston Respublikasini har tomonlama qo`Uab-quvvatlamoqda. 1996-yilda ushbu maqsadlar uchun 10 milliard so`m ajratildi. Bu Qoraqalpog`iston milliy daromadining 55 foizini tashkil qiladi. Bundan tashqari, Qoraqalpog`istonga berilayotgan moliyaviy yordam miqdori 1994-yilga nisbatan 18-barobar ko`paydi.

Bugungi kunda O`zbekiston markaziy byudjetidan Qoraqalpog`istonga berilayotgan subvensiya, ya'ni moliyaviy yordam miqdori 9 milliarddan oshiq so`mni yoki butun Qoraqalpog`iston byudjeti xarajatlarining 75 foizini tashkil etmoqda.

O`zbekiston hukumatining amaliy yordami hamda qoraqalpoq xalqining fidoiy mehnati tufayli keyingi yillarda Qoraqalpog`istonda aholi turmush sharoitini yaxshilash, tub iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish botasida qator ijobiy natijalarga erishildi. Eng avvalo, elda tinchlik va barqarorlik mustahkamlandi. Hamjihatlik bilan yurt istiqboli yo`lida mehnat qilishga sharoit yaratildi.

O`lkada mulkchilikning yangi shakllari paydo bo`la boshladi. Ishlab chiqarish va xizmat sohasida nodavlat sektorning hissasi oshib bordi. Ayni paytda sanoat, qishioq xo`jaligi va savdoda bu ko`rsatkich 80—90 foizni tashkil etmoqda. Qoraqalpog`iston iqtisodiyotining boshqa yo`nalishlarida ham islohotlar izchil amalga oshirila boshlandi.

Jumladan, bank-moliya tizimi butunlay yangi shakl va mazmunga ega bo`ldi. Bu yerda davlat banklari bilan birga tijorat va xususiy banklar ham faoliyat ko'rsatmoqda. Agrosanoat banki va sanoat-qurilish banklari ixtisoslashtirilgan hissadorlik tijorat banklariga aylantirildi. Qoraqalpog`iston tarixida birinchi marta tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki tasblkil etildi.

Qqraqalpog`istonda ulgurji va birja savdosi bilan shug`ullanuvchi hissadorlik uyushmalari keng faoliyat ko`rsatmoqda. Tovar ishlab chiqaruvchilar, iste'molchilar va ishbilarmonlarning butun imkoniyatlarini ishga solish maqsadida ularning erkinligi va teng huquqliligini ta'minlash choralari ko`rildi.

Qoraqalpog`istonda 1996-yilda 51 ta mayda ulgurji tizim, shu jumladan 2 ta savdo uyi, 13 ta mayda ulgurji savdo do`konlari va omborlar, 17 ta ko`tara savdo bozor hamda O`zbekiston tovar xomashyo birjasi Qoraqalpog`iston bo`limi 19 ta supermarket do`konlari faoliyat ko`rsatdi. 1997-yilning birinchi yanvarigacha bo`lgan ma'lumotlarga qaraganda xususiylashtirishdan tushgan mablag`larning umumiy hajmi 330 million so`mni tashkil etdi. Uning 20 foizi o`lka ijtimoiy taraqqiyotiga ajratildi. 50 foizi esa tadbirkorlarni qo`llab-quvvatlash maqsadida imtiyozli kreditlar ajratishga sarflandi. Shu bilan birga Qoraqalpog`iston Respublikasi davlat mulkini xususiylashtirish qo`mitasi xususiylashtirilgan korxonalar va tadbirkorlarni qo`llab-quvvatlash maqsadida 13,8 million so`m kredit ajratdi. 2002-yilda 9 ta korxona davlat tasarrufidan chiqarildi.

Bozor fondining` faoliyati sezilarli ravishda faollashdi. 1996-yilda fond birjalari filiallarida 191,6 million so`mlik aksiyalar sotildi. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat korxonalarini aksionerlik jamiyatlariga aylantirish, qimmatbaho qog`ozlar bozorini rivojlantirishga oid farmonlarini bajarish amalda o`z samaralarini bera boshladi.

1997-yil 1-yanvar holatiga qaraganda respublikada soliq idoralari tomonidan 318 ta aksionerlik jamiyatlari ro`yxatga olindi. 1996-yil yakuniga ko`ra ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi 11 milliard so`mlikni tashkil etdi. Bu 1995-yilga nisbatan 2,2 marta ko`pdir.

Jami sanoat ishlab chiqarish hajmida nodavlat korxonalarining ulushi 90 foizga o`sdi. 144 ta sanoat korxonalari va birlashmalaridan 113 tasi mulkchilikning turli shakllariga o`tib ishlay boshladi.


To`rtko`l tumanida 2000-yil 6-martdan e'tiboran Rossiyaning Sayvinovo yigiruv fabrikasi bilan hamkorlikda yiliga 2750 tonna ip-kalava ishlab chiqaradigan qo`shma korxonani qurib tugallashga kirishildi. Kichik va xususiy korxonalar, yakka tartibda mehnat faoliyati bilan shug`ullanuvchi korxonalar rivojlandi. Mikrofirmalar soni 1999-yildagi 3755 tadan 2000-yilga kelib 5565 taga yoki 1,5 martaga, fermer xo`jaliklari soni esa 1823 tadan 2353 taga yoki 1,6 martaga ko`paydi. Birgina 2002-yilning o`zida respublikaning 12 ta tumanida 21 ta qishloq xo`jalik korxonalari negizida yangidan 901 fermer xo`jaliklari tuzildi va faoliyat ko`rsatib turgan 79 ta fermer xo`jaliklariga qo`shimcha yer maydonlari ajratiUb, jami 980 ta fermer xo`jaliklari tuzildi. Ular bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlashga moslasha boshladilar. Mehnat unumdorligi va mahsulot ishlab chiqarish hajmi o`sa boshladi. Respublikada 1996-yilda amaldagi narxlarda 10754,4 so`mlik sanoat mahsuloti ishlab chiqarildi. Bu solishtirma narxlarda olganda 1995-yildagiga nisbatan 10},5 foizni tashkil etadi. 2000-yilga kelib yalpi mahsulot yetishtirishda kichik va o`rta biznes hajmining ulushi 27 foizni tashkil etdi. Bu 1999-yilgi ko`rsatkichdan 3 foizga ko`p demakdir. Kichik va o`rta tadbirkorlik subyektlariga tijorat banklari va byudjetdan tashqari jamg`armalar tomonidan 2000-yllda 2,9 milliard so'm«miqdorida kreditlar berildi. Natijada harakatsiz turgan korxonalar sonini 771 taga kamaytirish imkoniyati tug`ildi.

1991—2003-yillarda natura ko`rinishida mahsulot ishlab chiqarish ham ko`paydi, xususan past voltli apparaturalar, yo'l qurilishi mashinalari ehtiyot qismlari, yengil sanoat texnologik uskunalari va ulaming ehtiyot qismlari, mebellar va boshqalar ana shular jumlasidandir.

Paxtadan ip ishlab chiqarish, ip gazlamalari, tayyor trikotaj buyumlar, iste'mol mahsulotlaridan un, makaron, mineral suvlar ishlab chiqarish ko`paydi.

2003-yilda yig`ma temir-beton konstruksiyalari va detallari, toshdan bezakli materiallar tayyorlash, qandolatchilik mahsulotlari, o`simlik yog`i, uzum vinosi, salqin ichimliklar va osh tuzi ishlab chiqarish o`sdi.

Bir qator yangi sanoat korxonalari qurilib ishga tushirildi. Jumladan, 1995yilda Xo`jayli shahrida shisha idishlar zavodi qurilib foydalanishga topshirildi. Natijada respublikaga chetdan shisha idishlarni tashib keltirish sezilarli darajada kamaydi.


Download 85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish