Mustaqillik yillarida tarixiy xotira, moddiy va ma’naviy merosimizning tiklanishi



Download 301,91 Kb.
bet2/3
Sana14.06.2022
Hajmi301,91 Kb.
#669314
1   2   3
Bog'liq
PPS-107 Narbayeva Fotima Amir qizi

Prezident (lotincha: "pre"(avval) va "sedere" (oʻtirmoq) oʻzb. "oldinda oʻtirgan"):
1) hrz. koʻpchilik (respublika shaklida idora qilinadigan) mamlakatlarda saylab qoʻyiladigan davlat boshligʻi. BMT ga aʼzo boʻlib kirgan 189 mamlakatning 140 dan ortigida P. lavozimi joriy qilingan (2000). Bunday boshkaruv shakli ilk bor AQSH da 1787-yil vujudga kelgan. Oʻzbekiston tarixida birinchi P.lik lavozimi 1990-yil 24-martda taʼsis etildi. 1991-yil 29 dek.da esa alternativ asosda oʻtkazilgan umumxalq saylovida I.A. Karimov Oʻzbekiston Respublikasining P.i etib saylandi (qarang Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti);
2) ayrim ilmiy va jamoat tashkilotlarida, partiyalar, jamiyatlar, uyushmalar (shu jumladan, xalqaro uyushmalarda ham) ijrochi organ boshligi.
Farmoyish — boshqaruvga doir huquqiy hujjat; konstitutsiyaviy huquqda davlat boshligʻi va ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan vakolatlari doirasida chiqariladi. Ijro etuvchi hokimiyat organining tez hal qilinishi kerak boʻlgan va boshqa joriy masalalarga oid qarori F. shaklida chiqariladi. 
Din (arab. — eʼtiqod, ishonch, itoat) — Xudo yoki xudolarga, gʻayritabiiy kuchlar mavjudligiga ishonish. Din muayyan taʼlimotlar, his-tuygʻular, toat-ibodatlar va diniy tashkilotlarning faoliyatlari orqali namoyon boʻladigan, olam, hayot yaratilishini tasavvur qilishning alohida tarzi, uni idrok etishning oʻziga xos usuli. Dinning paydo boʻlishi haqida yagona fikr yoʻq. Islom dini taʼlimotiga koʻra, Din — Alloh tomonidan oʻz paygʻambarlari orqali bashariyat olamiga joriy etilajagi zarur boʻlgan ilohiy qonunlardir. Tabiat va insonni yaratgan, ayni vaqtda insonga toʻgʻri, haqiqiy hayot yoʻlini koʻrsatadigan va oʻrgatadigan ilohiy qudratga ishonchni ifoda etadigan taʼlimotdir.
Haj (arabcha: ziyorat) — islomning 5 asosiy ruknidan biri[1]. Haj qilish es-hushi butun, sogʻlom, balogʻat yoshiga yetgan va oilasi nafaqasidan tashqari safar xarajatlariga kifoya qilgudek mablagʻi boʻlgan har bir musulmonga (umrida bir marta) farz qilingan. Haj qiluvchi kishilar miyqot (ehromni bogʻlash uchun oldindan belgilab qoʻyilgan maxsus joy)dan boshlab tozalanib, sochlarini olib yoki qisqartirib Makkaga borish uchun hozirlik koʻradilar. Soʻngra ehromga kirib 2 rakat namoz oʻqiladi. Hajda Kaʼba 7-marta tavof qilinadi. Ziyoratchilar hajar al-asvad (qora tosh)ni oʻpib, keyin Safo va Marva tepaliklari orasida 7-marta yuguradilar, soʻngra zamzam suvidan ichadilar. Arafa kuni (zulhijja oyining 9-kuni) Hajning asosiy marosimi — Arafot vodiysi va togʻida turish (vuquf) boshlanadi. Ziyoratchilar u yerda xutba eshitadilar, ibodat qiladilar va namoz oʻqiydilar. Bu turish kun botguncha davom etadi. Soʻngra hojilar Muzdalifa vodiysiga yoʻl oladilar. U yerda tongga qadar ibodat bilan mashgʻul boʻlinadi. Zulhijja oyining 10-kuni (qurbon hayiti) dan boshlab 3—4 kun Mino vodiysida shaytonlarga tosh otiladi va jonliq soʻyib qurbonlik qilinadi. Madinaga borib Muhammad (sav) qabrini ziyorat qilish ham Haj vaqtida bajariladigan amalga aylangan. Bir kishi boshqa odam uchun Haj arkonlarini ado etishi ham mumkin. Bu hajji badal deb ataladi. Vafot etgan odam hamda moddiy taʼminlangan, ammo salomatligi yoki qariligi tufayli Haj ziyoratiga bora olmaydiganlar uchun hajji badal qilish mumkin boʻladi.
Umra — islom anʼanasida kichik haj. U. Qurʼon oyati va Paygʻambar (as) sunnati bilan sobit bulgan amal. U.ni yil — un ikki oy bajarish mumkin. U.ning ikkita farzi bor: ehrom, Kaʼbani tavof qilish. Bir kishi Makkaga borganda bir necha bor oʻziga, otasiga, onasiga, yaqinlariga U. qilishi mumkin. Faqat har bir U. uchun qayta miyqotga borib, yuvinib, ehromni kimga U. qilayotgan boʻlsa usha kishiga niyat qilib kiyadi. Hajga borib, Makkada yashab turganlar uchun "Tanʼim"(hazrat Oysha) mayejidi miyqot hisoblanadi.
Qoʻmita — 1) maxsus tadbirlarni oʻtkazish yoki biron-bir sohaga rahbarlikni amalga oshirish uchun tuziladigan davlat organi. Oʻzbekiston Respublikasida bunday organ Prezidentning farmoniga asosan tashkil etiladi va tugatiladi hamda Oliy Majlis palatalari tasdigʻiga kiritiladi. Ular vakolatining chegarasi farmonda va shu organlar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiklangan nizomda koʻrsatiladi. Ushbu organlar rahbari etib Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga asosan rais tayinlanadi. Qoʻmita rahbarlarining buyrugʻiga asosan quyi organlar tashkil qilinishi mumkin. Oʻzbekistonda davlat qoʻmitalari va qoʻmitalar mavjud. Qoʻmitalar — Oʻzbekiston Respublikasi Xotin-qizlar qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi huzuridagi Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari qoʻmitasi; Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat zaxiralarini boshqarish qoʻmitasi; Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita; 2) siyosiy partiyalar, jamoat tashkilotlari va boshqalarda saylab qoʻyiladigan kollegial rahbar organ (partiya markaziy qoʻmitasi, kasaba uyushma qoʻmitasi va shahrik.).
Qonun (huquqda) — inson, jamiyat va davlat manfaatlari nuqtai nazaridan eng muhim hisoblanadigan ijtimoiy munosabatlarni mustahkamlash, rivojlantirish va tartibga solish vositasi. Qonun davlat oliy vakillik organlarining eng yuqori kuchga ega boʻlgan hujjatidir. Qonun davlat huquq tizimining asosini tashkil qiladi, davlatning boshqa hamma organlarining normativ aktlariga nisbatan eng katta yuridik kuchga ega boʻladi. Qonun uchun uni qabul qilishning alohida tartibi. bir necha bosqichdan iborat maxsus qonun chiqarish jarayoni xosdir. Bu bosqichlar qonunchilik tashabbusi, qonun loyihasining muhokama qilinishi, Qonunning qabul qilinishi va uning eʼlon qilinishidan iborat. Qonunlar oʻzida mujassamlashgan normag larning mohiyati boʻyicha konstitutsiyaviy. toʻgʻridan-toʻgʻri konstitutsiya talablari asosila qabul qilinadigan (organik) va oddiy Qonunlarga boʻlinadi. Oddiy Qonunlar, oʻz navbatida, kodifi-katsiya qilingan va joriy Qonunlarga boʻlinadi. Federativ davlatlarda Qonunlar, shuningdek, federal va fede-ratsiya subʼyektlari Qonunlariga ajratiladi. Qonunlarning alohida toifasini favqulodda Qonunlar tashkil etadi.
Shahid (arabcha: شَهيد guvoh) — islomda din yoʻlida halok boʻlgan shaxs. Musulmonlar Hadislarga tayanib shahid oʻz iymonini kofirlarga qarshi urushda halok boʻlishi bilan tasdiqlaydi deb bilishadi. Musulmonlar shahidga qabr azobidan holi boʻlib jannatga tushish kafolatlangan deb ishonishadi. Shuning uchun shahidni dafn etilishidan oldin yuvishmaydi. Dindorlar shahidning hayotidaga qilgan barcha gunohlari kechiriladi, jannatda u Alloh huzurida baland martabaga erishadi deb bilishadi. Musulmonlar orasida vaqt oʻtishi bilan gʻayritabiiy oʻlim topgan (inson, hayvon tomonidan oʻldirilgan, tabiiy ofat, ogʻir yuqumli kasalliklar, zaharlanishdan oʻlganlar, haj paytida vafot etganlar va boshqalar) barcha kishilar Shahidlar deb hisoblangan.

Download 301,91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish