Muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi


Tred-yunionlar  Bosh  kengashi



Download 1,67 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/154
Sana07.01.2022
Hajmi1,67 Mb.
#327419
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   154
Bog'liq
5.mavzular to'plami 70 soat 1 kurs 2021x

Tred-yunionlar  Bosh  kengashi 
(ingliz 
kasaba uyushmalarining rahbar organi) barcha ishchilarni yalpi ish tashlashga chaqirdi. 
1926 yil 4 mayda Angliyada ishchilarning yalpi ish tashlashi boshlandi. Sanoatning ish 
tashlagan sohalarida faoliyat tamomila to‗xtadi.  


312 
 
 
Ishchilar o‗z harakatlarini g‗alabaga qadar davom ettirishga rozi edilar. Ammo 
ularning yetakchilari - Leyboristlar partiyasi ijroiya qo‗mitasi va Tred-yunionlar Bosh 
kengashi kurash eng qizigan paytda-1926 yil 12 mayda uni to‗xtatishga qaror qildilar.  
 
Ishchi  tashkilotlarining  rahbarlari  ishchilarning  mag‗lub  bo‗lishidan  ko‗ra, 
ularning  g‗alaba  qozonishidan  ko‗proq  qo‗rqardilar.  Chunki  bunday  kurashning 
siyosiy  nizoga  aylanib  ketishidan  nihoyatda  cho‗chirdilar.  Kasaba  uyushmalari 
rahbarlari  Britaniya  ijtimoiy-siyosiy  tizimining  tarkibiy  qismiga  aylangan  va  bu 
tizimni  saqlash,  Britaniya  iqtisodiyotining  barqarorligini  ta‘minlash  borasida  ko‗proq 
tashvishlanardilar.  
 
 Bolduin  hukumati  tomonidan  1925  yilda  moliya  reformasi  o‗tkazilib 
qadrsizlanib  ketgan  pul  (funt  sterling)ning  oltin  standarti  (banknotni  oltinga 
tenglashtirish va oltinga almashtira olish) tiklandi.  
 
Konservatorlar  hukumati  1925  yil  oktabrida  Lokarno  bitimlarini  tuzishda, 
Germaniya  agressiyasini  Sharqqa  qaratish  uchun  zamin  hozirlashda  faol  qatnashdi. 
Angliya  ―Daues  plani‖ga  ko‗ra,  Germaniya  harbiy  sanoatining  tiklanishiga  katta 
yordam qilib turdi va yangi ―Yung plani‖ni qabul qilishda ishtirok etdi.  
 
Jahon bozori, xom ashyo manbalari va chetga kapital chiqarish obyektlari uchun 
kurashda,  ayniqsa  Angliya-Amerika  ziddiyati  keskinlashdi.  Iqtisodiy  va  siyosiy 
jihatdan  ancha  rivojlangan  Buyuk  Britaniya  dominionlari  Kanada,  Avstraliya  va 
boshqalar  o‗zlariga  Angliya  bilan  teng  iqtisodiy  huquqlar  berilishini  talab  qildilar. 
Ingliz  burjuaziyasi  yon  berishga  majbur  bo‗ldi.  1926  yili  imperiya  konferensiyasida 
dominionlar  Britaniya  imperiyasi  tarkibida  qolgani  holda  ichki  va  tashqi  siyosatda 
mustaqillikka erishdilar va Angliya bilan yuridik jihatdan tenglashdilar.  
 
1931 yilda parlament akti (Vestministr statuti) bilan kuchga kiritildi va Britaniya 
mustamlaka imperiyasi ―Britaniya millatlar hamkorligi‖ degan nom oldi.  
Inqiroz Angliya iqtisodiyotini yanada orqaga surib yubordi. 1930 yildagi sanoat 
mahsuloti 1929 yildagi ko‗rsatkichning 92,4% ga, 1931 yilda 83,8% ga, 1932 yilda esa 
82% ga tushib qoldi.  
 
Ko‗mir,  mashinasozlik,  kemasozlik  va  boshqa  ba‘zi  sanoat  tarmoqlarining 
mahsuloti  40%  ga  kamayib,  1897  yildagi  darajaga  tushib  qoldi.  Angliyaning  jahon 
savdosidagi  roli ham  pasaydi. Tashqi  savdoning  hajmi  ikki  hissa kamaydi. Angliyani 
an‘anaviy  bozorlardan  siqib  chiqarish  jarayoni  avj  oldi.  Inqiroz  natijasida  juda  ko‗p 
mamlakatlar  kasodga  uchrab,  Angliya  mahsulotlarini  rad  etdilar.  Bir  vaqtning  o‗zida 
xorijiy raqiblar Angliyani hatto uning ichki bozoridan ham siqib chiqarishga urindilar. 
Yevropa  va  AQShda  ro‗y  bergan  moliyaviy  inqiroz,  Markaziy  Yevropadagi 
banklarning  kasodga  uchrashi  Angliya  pulining  qadrsizlanishiga  olib  keldi  va  uning 
oltin bilan ta‘minlanishiga barham berdi.  
 
Angliya  iqtisodiyotining  eng  zaif  joyi  ishsizlik  bo‗ldi.  1929-1933  yillardagi 
inqiroz ishsizlikning Angliya tarixida bo‗lmagan darajada o‗sishiga olib keldi. Rasmiy 
ma‘lumotlarga  ko‗ra,  1930  yilda  barcha  ishchilarning  17%  i  ishsiz  edi,  1931  yilda 
ishsizlik darajasi 23% ga, 1932 yilda esa 25% ga o‗sdi. 1932 yilda har to‗rtinchi ishchi 
ishsiz  edi.  Iqtisodiy  inqirozning  boshlanishi  leyboristlar  partiyasining  yana  hukumat 
tepasiga  kelish  vaqtiga  to‗g‗ri  keldi.  1929  yil  mayidagi  parlament  saylovlarida 
konservatorlar  hukumatining  ichki  va  tashqi  siyosatidan  norozi  bo‗lgan  ishchilar 
leyboristlarga  ko‗p  ovoz  berdilar.  1929  yil  iyunida  R.Makdonald  (1866-1937  yy) 
boshchiligidagi leyboristlarning ikkinchi hukumati tuzildi.  


313 
 
 
R.Makdonald  realist  siyosatchi  bo‗lib,  Angliyaning  sobiq  buyukligini 
qaytarishni  xomxayol  deb  hisoblardi.  Biroq  u  Angliyani  bostirib  kelayotgan 
halokatdan  qutqarishga  va  mamlakatning  jahondagi  mavqeini  eng  avvalo 
muvaffaqiyatli  diplomatik  kombinatsiyalar  uyushtirish  hamda  Millatlar  Ligasidan 
foydalanish yo‗li bilan saqlab qolishga urindi.  
Biroq  R.Makdonald  boshchiligidagi  ikkinchi  leyboristlar  hukumati  qiyin  ahvolda 
qoldi.  Bir  tomondan,  ish  berish  va  yashash  sharoitlarini  yaxshilashni  talab  qilgan 
mamlakat aholisiga berilgan va‘dalarni bajarish, ikkinchi tomondan esa, davlat ijroiya 
hokimiyati  vazifalarini  bajarish  va  mamlakatni  bosib  kelayotgan  iqtisodiy  inqirozdan 
saqlab  qolish  lozim  edi.  Leyboristlar  o‗z  majburiyatlarini  qisman  bajardilar.  Ko‗mir 
konlarida  7  soatlik  ish  kuni  joriy  etildi.  1930  yilda  ishsizlik  bo‗yicha  sug‗urta 
to‗g‗risidagi  yangi  qonun  qabul  qilindi,  ishsizlik  bo‗yicha  nafaqalar  olish  muddati  3 
oydan  12  oygacha  uzaytirildi.  Ishsizlikka  qarshi  kurash  bo‗yicha  maxsus  vazirlik 
hamda  ishsizlar  uchun  ish  qidirish  bo‗yicha  maxsus  qo‗mita  tashkil  qilindi.  Bu 
choralar ishsizlarning ahvolini ma‘lum darajada yaxshilashga xizmat qildi.  
 
Biroq,  umuman  olganda,  ikkinchi  leyboristlar  hukumati  inqiroz  og‗irligining 
katta qismini mamlakat mehnatkashlari yelkasiga yuklashga urindi. 1930 yil bahorida 
Angliyani  yana  sinfiy  kurash  to‗foni  larzaga  soldi.  Butun  mamlakat  ishsizlarning 
harakatida ishtirok etdi. 1930 yil martdan aprelgacha ishsizlar va ochlarning ommaviy 
yurishi bo‗lib o‗tdi va u Londonga Gayd-parkdagi ulkan namoyish bilan yakunlandi. 
Angliyada vaziyat kundan-kunga keskinlashib borardi. Ishlab chiqarishda ommaviy ish 
tashlashlar boshlandi, tadbirkorlar bunga javoban ommaviy ishdan bo‗shatishlar bilan 
javob  berdilar.  Faqat  to‗qimachilik  sanoatida  250  ming  ishchi,  temir  yo‗llar,  junni 
qayta ishlash sanoatining yuz minglab ishchilari ishdan bo‗shatildi.  
 
Leyboristlar hukumati moliyaviy inqirozdan qutulish uchun 1931 yildan ijtimoiy 
extiyojlarga  oid  xarajatlarni  yanada  qisqartirish  va  egri  soliqlarni  oshirishni 
mo‗ljalladi.  Bu  esa  leyboristlar partiyasining  o‗zida ham  norozilik  tug‗dirdi, natijada 
partiya inqirozi, ixtilof va ajralish ro‗y berdi. Leyboristlarning ikkinchi hukumati 1931 
yil  avgustida  iste‘fo  berdi.  Angliya  hukmron  doiralari  yirik  siyosiy  nayranglarni 
amalga  oshirishga  ahd  qildilar.  1931  yil  avgustida  R.Makdonald  hukumati  iste‘foga 
chiqdi, biroq ertasi kuniyoq qirol Georg U (1865-1936, 1910-1936 yillarda hukmronlik 
qilgan) unga hamkorlik asosida konservatorlar ishtirokida yangi hukumat tashkil qilish 
vazifasini topshirdi. Hukumatdagi ko‗pchilik o‗rin konservatorlarga tegishli edi, biroq 
Bosh  vazir  kursisida  Makdonald  qoldirildi.  Bu  yangi  siyosiy  xiyla-nayrang  bo‗lib, 
unda leyboristlar rahbarlik, konservatorlar esa hukmronlik qilardilar.  
 
Yangi  hukumat  mehnatkashlarning  ijtimoiy  imtiyozlariga  qarshi  yoppasiga 
xujum  boshladi.  Ishsizlik  bo‗yicha  nafaqa  10%  ga  pasaytirildi.  O‗ng  leyboristlar, 
konservatorlar  va  liberallar  bilan  birlashib,  Makdonald  boshchiligidagi  Reaksion 
―milliy hukumat‖ 1935 yil yozigacha hokimiyat tepasida turdi.  
 
Milliy  koalitsiya  hukumati  Britaniya  iqtisodiyotini  oyoqqa  turg‗izish  bo‗yicha 
qizg‗in ishga kirishdi. 1931-1932 yillarda parlament Angliyaga olib kiriluvchi barcha 
turdagi  mahsulotlarga  narxining  kamida  10%  miqdorida  bojxona  solig‗i  belgiladi. 
Angliya  tarixda  birinchi  marta  erkin  savdo  tamoyillariga  qarshi  borib,  milliy 
iqtisodiyotni himoya qilish (proteksionizm) yo‗lini tutdi.  
 
Angliya  ―Milliy  hukumati‖  tashqi  siyosatida  AQSH  va  Fransiya  hukumatlari 
bilan  birgalikda  Yaponiyaning  Manchjuriyani  bosib  olishiga,  Germaniyada 
hokimiyatning  gitlerchilar  qo‗liga  o‗tishiga,  urush  o‗choqlari  va  tugunlarining  paydo 


314 
 
bo‗lishiga,  urush  olovining  kuchayib  borishiga  yo‗l  qo‗ydi  va  fashist  agressorlarni 
rag‗batlantirdi. 1933 yilda Angliya, Fransiya, Germaniya va Italiya o‗rtasida ―To‗rtlar 
ahdnomasi‖ tuzildi va fashist agressorlar bilan til biriktirildi.  
 
Ingliz  mustamlakachilari  o‗z  mustamlakalarini,  ayniqsa,  Hindistonni  tobora 
ko‗proq  talashga  zo‗r  e‘tibor  berib  keldilar.  Ular  Hindistonga  chiqariladigan  ingliz 
sanoat 
tovarlarining 
narxini 
pasaytirmaslikka,  Hindiston  qishloq  xo‗jalik 
mahsulotlarini  arzon  bahoda  olib  turishga  intildilar  (1929-1923  yillarda  ingliz  sanoat 
tovarlarining  narxi  faqat  20-25%  pasaygan  bo‗lsa,  Hindiston  oziq-ovqat 
mahsulotlarining  2-3  baravar  pasayib  ketdi).  Inqiroz  yillarida  Angliya  kapitalining 
Hindistonga chiqarilishi 3 marta ko‗paydi, og‗ir shartlar bilan zayomlar berildi. Hind 
aholisi  haddan  tashqari  talanib,  Angliyaga  ko‗plab  oltinlar  keltirildi.  Shu  bilan  birga 
Angliya  Hindiston  milliy  kuchlarining  jipslashuviga  yo‗l  qo‗ymaslik  maqsadida 
hamda  qonli  terror  va  jazo-ta‘qib  siyosatini  kuchaytirdi.  Unga  ko‗ra  Germaniyaga 
Angliya  harbiy-dengiz  flotining  1|3  ga  teng  harbiy-dengiz  floti  tuzishga  ruxsat  etildi. 
Bunday flotni tuzib Germaniya butun Boltiq dengizida xo‗jayinga aylanardi. Angliya-
Germaniya bitimi Versal bitimini buzardi, biroq buzg‗unchi bu safar Angliya bo‗lib, u 
Germaniyaning  bunday  buzg‗unchiliklariga  qarshi  norozilik  bildirishga  ma‘naviy 
huquqni  yo‗qotardi.  Fashistlar  tomonidan  Reyn  hududining  bosib  olinishini  Angliya 
jim  turib  kuzatdi.  Bu  Germaniyaga  qilingan  tajovuzni  davom  ettirish  haqida  qilingan 
taklifdan boshqa narsa emasdi. Angliya Ispaniya respublikasi taqdirida ham salbiy rol 
o‗ynadi.  1936  yil  avgustida  Londonda  Angliya  hukumatining  tashabbusi  bilan 
Yevropa  mamlakatlari  Ispaniyaga  qurol-yarog‗  (shu  jumladan  samolyotlar)ni  eksport 
va  tranzit  qilishni  taqiqlovchi  Ispaniya  ishlariga  aralashmaslik  to‗g‗risidagi  bitimni 
imzoladilar.  Bu  taqiqning  bajarilishini  kuzatish  va  nazorat  qilish  uchun  ingliz  lord 
Plimut  rahbarligida  Aralashmaslik  qo‗mitasi  tuzildi.  Bu  qo‗mita  fashist  davlatlariga 
Ispaniya  respublikasini  yo‗q  qilishga  ko‗maklashdi.  U  Ispaniyada  respublika  uchun 
kurashayotgan  respublikachi  va  demokratlar  uchun  qurol-yarog‗  va  hatto  oziq-ovqat 
keltirilishining yo‗lini to‗sdi va fashist isyonchilarini ta‘minlash uchun barcha yo‗llarni 
ochib  berdi.  Politsiya  va  qo‗shinlar  bilan  to‗qnashuvlar  bo‗lib,  ularda  yuzlab 
namoyishchilar  o‗ldirildi.  Mamlakatda  kasaba  uyushmalari  harakati  faollarining  ishi 
bo‗yicha  jarayon  o‗tkazildi.  Ularga  juda  og‗ir  jazolar  belgilandi  -  ayrimlari  umrbod 
katorga  ishlariga,  boshqalar  esa  12  yil  qamoq  jazosiga  hukm  qilindi.  Shunday  qilib 
Angliya hukumati o‗z mustamlakalarini tark etish niyati yo‗qligini bildirdi.  
 
Angliya  hukmron  doiralari  dominionlardagi  aholiga  nisbatan  bir  qancha  yon 
berishlarga  majbur  bo‗ldi.  1931  yilda  Angliya  parlamenti  uning  biror-bir  qonuni 
dominionlarga ularning rasmiy roziligisiz tadbiq etilmasligini ko‗zda tutuvchi xujjatni 
qabul  qildi.  Dominionlar  qabul  qilgan  qarorlar  endi.  Angliya  parlamenti  tomonidan 
tasdiqlanmasdi. Angliya parlamentining bu xujjati Vestministr nizomi nomini oldi. U 
Angliya  parlamentining  mustamlaka  va  dominionlarda  qabul  qilingan  qonunlarni 
bekor  qilish  huquqiga  barham  berdi.  Vestministr  nizomi  dominionlarning 
mustaqilligini  jilovlovchi  so‗nggi  huquqiy  cheklovlarni  yo‗q  qildi  (Kanada,  Yangi 
Zelandiya,  Avstraliya).  Shu  bilan  birga,  Britaniya  hukumati  mustamlaka  va 
dominionlarning  Angliyaga  qaramligini  mustahkamlashga  urindi.  Ular  Angliyaning 
sanoat ustaxonasi bo‗lib qolishlari lozim edi.  
Iqtisodiy  va  siyosiy  sohalarda  ko‗rilgan  tadbirlar  hamda  sanoatning 
rivojlantirilishi  natijasida  1934  yildan  boshlab  umuman  Angliya  sanoat  ishlab 
chiqarishi bir muncha o‗sdi va 1929 yildagi darajaga yetib undan bir oz oshdi. Bu esa 


315 
 
aviatsiya ximiya va boshqa bir qator sanoat tarmoqlarining yuksalishi hisobiga bo‗ldi. 
Tashqi  savdo  aylanmasi  ko‗paydi.  Lekin  mamlakat  ilgarigi  vaqtlardagidek,  yangi 
iqtisodiy  yuksalish  davriga  kirolmadi.  Urush  xavfiga  qarshi,  tinchlik  uchun  bo‗lgan 
umumdemokratik  harakat  sezilarli  darajada  rivojlana  bordi.  1935  yilda  ―tinchlik 
plebissiti‖  o‗tkazildi.  Ovoz  berishda  11,5  million  kishi  qatnashdi.  Plebissit 
ishtirokchilarining  mutloq  ko‗pchiligi  kollektiv  xavfsizlik  uchun,  qurolsizlanish  va 
agressiv  davlatlarga  qarshi  ta‘sirli  sanksiya  qo‗llanish  uchun  ovoz  berdi.  Hukmron 
doiralar plebissit natijalarini hisobga olib, hukumat tarkibini qaytadan tuzdilar.  
 
―Milliy hukumat‖ning bosh ministri Makdonald 1935 yil iyunida iste‘fo berdi va 
konservatorlar  lideri  Bolduin  bosh  ministr  qilib  tayinlandi.  1935  yil  noyabrida 
navbatdagi parlament saylovida Bolduin boshliq konservatorlar xalq xo‗jaligini tiklash 
va rivojlantirish, kollektiv xavfsizlik siyosatini yuritish kabi va‘dalar berish yo‗li bilan 
g‗alaba  qildilar.  Konservatorlar  keng  jamoatchilik  oldida  o‗z  pozitsiyalarini 
mustahkamlash uchun 1937 yilga qadar milliy leyboristlar va milliy liberallar bilan bir 
blokda  bo‗ldilar  va  Bolduin  boshchiligida  ikkinchi  konservativ  ―Milliy  hukumat‖ 
tuzdilar.  1937-1940  yillarda  Nevil  Chemberlen  ushbu  konservativ  hukumat  tepasida 
turdilar.  
 
Bolduin  va  Chemberlen  boshliq  konservativ  xukumatlari  tashqi  siyosatda 
leyboristlar  partiyasining  qo‗llab-quvvatlashi  bilan  Angliya-Germaniya,  Angliya-
Yaponiya  ziddiyatlarini  SSSR  hisobiga  bartaraf  qilishga  intildi.  Boltiq  dengizida 
Germaniyaning  pozitsiyasini  kuchaytirish  maqsadida  1935  yil  18  iyunda  Angliya 
Germaniya bilan dengiz bitimini tuzdi.  
 
Angliya  AQSH  va  Fransiya  bilan  birgalikda  ―aralashmaslik‖  siyosati  niqobi 
ostida ish ko‗rib, fashist davlatlarning agressiyasini rag‗batlantirdi, 1935-1936 yillarda 
Italiyaning  Xabashistonga  qarshi,  1936-1939  yillarda  Germaniya  va  Italiyaning 
Ispaniyaga qarshi intervensiya qilishlariga va 1937 yilda Yaponiyaning Uzoq Sharqda 
Xitoyga qarshi urush ochishi uchun keng imkoniyat berdi. Angliya, AQSH va Fransiya 
g‗arbda (mavjud holatni) saqlab qolish. fashizm agressiyasini Sharqqa-SSSRga qarshi 
qaratish  uchun  zo‗r  berib  urindilar.  1937  yil  noyabrida  Angliya  hukumati  lord 
Ralifaksni  Germaniyaga  yuborib,  SSSRga  qarshi  Angliya,  Germaniya  Italiya  va 
Fransiyadan  iborat  ittifoq  tuzishni  Gitlerga  taklif  qildi.  Shu  bilan  birga  Gitlerga 
Germaniyaning  Dansigni,  Avstriya  va  Chexoslovakiyani  bosib  olishga  Angliyaning 
rozi  ekanligini  bildirdi.  Angliyaning  roziligi  bilan  Germaniya  1938  yil  12  martida 
Avstriyani bosib oldi.  
 
N.Chemberlen  fashist  agressor  davlatlari  bilan  juda  yaqinlashish  natijasida 
konservatorlar partiyasida va hukumatda oppozitsiya vujudga keldi. Oppozitsiya tashqi 
siyosatda  fashist  agressorlariga  qarshi,  mamlakatning  mudofaa  qobiliyatini  oshirish, 
ehtiyoj  choralari  ko‗rishni  talab  qildi.  Oppozitsiya  tashqi  siyosat  masalalari 
munosabatlari bilan vujudga kelgan edi. SSSRga qarshi kurash masalasida esa ularning 
hammasi  bir  maslakda  edi.  Oppozitsiya  munosabati  bilan  hukumat  tarkibida 
o‗zgarishlar  bo‗lib  turdi.  (1937  yil  mayida  bosh  ministr  Bolduin  o‗rniga 
Chemberlenning  kelishi,  1938  yil  fevralida  tashqi  ishlar  ministri  Iden  o‗rniga 
Ralifaksning kelishi va hokazo).  
 
Uch  yil  davomida  N.Chemberlen  Gitlerni  ko‗p  sonli  yon  berishlar  yo‗li  bilan 
―tinchlantirish‖  siyosatining  tashabbuskori  va  ijrochisi  bo‗ldi.  N.Chemberlenning 
siyosiy  maqsadi  to‗rt  davlat-Angliya,  Germaniya,  Italiya  va  Fransiya  o‗rtasida  bitim 
tuzishdan  iborat  edi.  Uning  fikricha,  bunday  bitim  Yevropaning  qolgan  qismiga 


316 
 
hukmini  o‗tkazuvchi  ittifoqning  tuzilishiga  olib  kelardi.  Shu  sababli  N.Chemberlen 
hukumatining  tashqi  siyosati  Germaniya  bilan  murosa  yo‗llarini  izlashdan  iborat 
bo‗ldi.  N.Chemberlen  sharmandali  Myunxen  kelishuvining  bosh  mualliflaridan  biri 
edi.  Gitler  o‗zining  Chexoslovakiyani  to‗liq  yo‗q  qilish  rejalarini  yashirmas  va  bu 
bilan  Sudet  viloyati  faqat  boshlanishi  ekanini  uqtirar  edi.  N.Chemberlen  bunga 
qarshilik  bildirmadi  va  Chexoslovakiya  hukumatidan  Gitlerning  Sudet  viloyatini 
berish to‗g‗risidagi talabini qondirishni talab qildi.  
 
Angliya  hukumati,  Chexoslovakiya  hukumati  bilan  nemis  fashistlari  o‗rtasida 
vositachilik  qilish  uchun  maxsus  missiyani  Rensimenni  Pragaga  yubordi. 
Chemberlenning o‗zi esa ikki marta (1938 yil 15 va 22 sentabrda) Germaniyada Gitler 
huzurida bo‗ldi.  
 
1938 yil 29-30 sentabrda Germaniyaning Myunxen shahrida AQShning qo‗llab-
quvvatlashi  bilan  to‗rt  davlat-Germaniya,  Angliya,  Italiya  va  Fransiya  hukumatlari 
rahbarlarining  kengashi  bo‗lib,  sharmandali  bitim  tuzildi.  Myunxen  bitimi 
Chexoslovakiya xalqiga nisbatan o‗ta ketgan xoinlik va katta jinoyat edi.  
 
Ko‗p  o‗tmay  Angliya  hukumati  Germaniya  Sharqda  Sovet  Ittifoqiga  qarshi 
emas, G‗arbda Angliya va Fransiyaga qarshi urush boshlashi mumkinligi to‗g‗risidagi 
ma‘lumotni  qo‗lga  kiritdi.  Bu  ma‘lumot  1937  yildayoq  Gitlerning  G‗arbda  urush 
boshlash,  avval  Versal  bitimi  mualliflari  va  yirik  mustamlakalar  egalarini  bir  yoqli 
qilib,  so‗ng  Sharqqa  yuz  burish  niyatida  ekanidan  dalolat  berardi.Shuning  uchun 
Angliya  armiyasini  qurollantirishga  xarajatlar  1938  yildagiga  nisbatan  ikki  baravar 
oshirildi.  1939  yil  iyunida  xarajatlar  miqdori  yana  oshirildi.  1939  yil  15  aprelda 
Angliya  tarixida  birinchi  marta  tinch  davrda  umumiy  harbiy  majburiyat  joriy  qilindi. 
1938  yil  oxiriga  kelib  Angliya  aviatsiyasi  son  jihatidan  o‗sdi  va  sifat  jihatidan 
Germaniya aviatsiyasidan ustun yangi samolyotlar bilan ta‘minlandi.  
 
1939  yil  martida  N.Chemberlen  Polshaga  harbiy  kafolatlar  berilishini  ma‘lum 
qildi. Xuddi shunday kafolatni Polshaga Fransiya ham berdi. Bu Germaniya Polshaga 
xujum qilgan taqdirda Angliya va Fransiya unga barcha, shu jumladan, harbiy vositalar 
bilan ham yordam ko‗rsatishini anglatardi. Shunday kafolatlar Gretsiya va Ruminiyaga 
ham berildi. Biroq, bu ―kafolat‖larga juda kam odam ishonardi. N.Chemberlen hanuz 
Germaniya  bilan  dunyoni  bo‗lib  olish  va  Sovet  Ittifoqiga  qarshi  salib  yurishi 
uyushtirish to‗g‗risida yaxshilikcha kelishish mumkinligiga ishonardi.  
 
1939 yil martida Gitler Germaniyasi Chexoslovakiyaning hamma qismini bosib 
olgandan  keyin  Chemberlen  hukumati  tashqi  siyosat  va  harbiy  sohalarda  ba‘zi 
tadbirlarni  ko‗rishga  (bir  qancha  mamlakatlarning  ittifoqchisi  bo‗lishga  tayyor 
ekanligini  bildirishga,  harbiy  xarajatlarni  oshirishga,  majburiy  harbiy  ta‘limni  joriy 
qilishga) majbur bo‗ldi.  
 
1939 yil bahorida Sovet hukumati kollektiv xavfsizlik sistemasi tuzishni hamda 
bu  haqda  muzokaralar  boshlashni  Angliya  va  Fransiya  hukumatlariga  taklif  qildi. 
Mazkur  hukumatlar  bu  taklifning  xalqaro  ta‘sir  kuchini  va  fashizmga  yon  berish 
siyosatidan  mehnatkashlar  ommasining  noroziligi  kuchayib  borayotganligini  hisobga 
olishga  majbur  bo‗ldilar.  Oldin  (mart-iyulda)  diplomatik  yo‗l  bilan  siyosiy 
muzokaralar  so‗ngra  (avgustda)  Moskvada  harbiy  muzokaralar  bo‗lib  o‗tdi.  Ayni  bir 
vaqtda Angliya va Fransiyaning ig‗vosi natijasida Polshaning o‗sha paytdagi reaksion 
hukumati  SSSR  bilan  hech  qanday  bitim  tuzmasligini  va  fashist  agressiyasiga  qarshi 
kurashda  sovet  qo‗shinlarining  boshqa  mamlakatlarga  yordam  qilishi  uchun  Polsha 
xududlaridan  o‗tkazmasligini  bildirdi.  Muzokaralar  natijasiz  tugadi.  Shundan  so‗ng 


317 
 
1939  yil  avgustida  Germaniyaning  taklifiga  muvofiq  Sovet  Ittifoqi  Germaniya  bilan 
xujum qilishmaslik to‗g‗risida shartnoma tuzdi.  
 
Keskinlashib  borayotgan  xalqaro  ahvol  Angliya,  Fransiya  va  AQSH  hukmron 
doiralari  umid  qilganidek  rivojlanmadi.  1939  yil  1  sentabrda  Fashistlar  Germaniyasi 
Polshaga  xujum  qildi.  Shundan  keyin  Angliya  va  Fransiya  hukumatlari  xalq  ommasi 
oldida  uzil-kesil  sharmanda  bo‗lmaslik  uchun  va  Germaniya  dunyoni  qaytadan  ta‘sir 
doiralariga  bo‗lish  to‗g‗risida  Angliya  bilan  kelishmay,  Yevropa  va  jahonda  o‗z 
hukmronligini o‗rnatish yo‗liga butunlay  o‗tib ketganligi uchun 1939 yil 3 sentabrda 
Angliya va Fransiya, Germaniyaga urush e‘lon qildilar.  
 
 
 
 
 
 
 
 
 

Download 1,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish