Muxammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti tasdiqlayman


SOTALI ALOQANING INSON SALOMATLIGIGA TA’SIRI



Download 1,76 Mb.
bet10/12
Sana02.01.2022
Hajmi1,76 Mb.
#310499
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Nomozova D (2)

3. SOTALI ALOQANING INSON SALOMATLIGIGA TA’SIRI

So‘nggi vaqtlarda dunyoda sotali aloqa va uzatish antennalari insonning salomatligiga zararli ta’sir ko‘rsatadimi yoki bizaga hech narsa xavf solmayotganligi haqidagi tortishuvlar to‘xtamayapdi.

Sotali aloqa tarmoqlarining asosiy elementlari bazaviy stansiyalari (BS) va mobil telefonlar (MT) hisoblanadi. Bazaviy stansiyalar mobil telefon bilan radioaloqani qo‘llaydi, buning natijasida BS va MT O‘YuCh diapazondagi elektromagnit nurlanishlar manbai hisoblanadi. Bazaviy stansiyalar ularning ishlash zonasida bo‘lgan mobil telefonlar bilan signallarni uzatish va qabullash rejimida ishlaydi. Standartga bog‘liq bavishda BS 463 dan 1880 MGs gacha chastotalar diapazonlarida elektromagnit energiyani nurlantiradi. Sotali telefonlarning ishlash prinsipi radio chastotalarda past intensivlikdagi energiyani nurlantirishga asoslangan.

Mobil telefon bu yetarlicha aqlli qurilma hisoblanadi. Mobil telefondan nurlanish kuchi foydalanuvchining bazaviy stansiyadan olisdaligiga bog‘liq bo‘ladi. U qanchalik yaqin bo‘lsa, nurlanish shunchalik kam bo‘ladi, chunki apparaturaga uni qidirish uchun kam kuch ketadi. Mobil telefon maksimal nurlantirish kuchiga chaqiruv momentida ega bo‘ladi. Telefon kutish rejimida bo‘lganida ham elektromagnit nurlanish bilan o‘rab olingan. U telefon bo‘yicha so‘zlashuv vaqtida ko‘p martaga kam bo‘lsada, baribir bo‘ladi.

Butun dunyo Sog‘liqni Saqlash Tashkiloti (BSST), Elektromagnit maydon (EMP) va ularning inson salomatligiga ta’siri bo‘yicha maxsus xalqaro loyihani ta’sis etdi. Mutaxassislarni sotali aloqa mobil terminallari yoki bazaviy stansiyalari hosil qiladigan radiochastotalar diapazonlar maydonlari (RDM) qiziqtiradi. Ma’lumki, BS uzatadigan RDM-signalning intensivligi radio yoki televizion signallarga o‘xshash va mobil telefon chiqaradigan RDM-signaldan yuzlab martaga kam bo‘ladi.

Hozirgi vaqtgacha mobil telefondan foydalanish yoki BS dan signalning uzoq vaqtli ta’siri insonlarning salomatligida qandaydir o‘zgarishlarni keltirib chiqarishi ishonchli tasdiqlanmagan. BSST so‘nggi yillarda bu sohadagi tadqiqotlarni har qanaqasiga kuchaytirdi. Lekin hech bir nashrda yoki tadqiqotlar natijalarida RDM-signalning insonga zararli ta’siri ta’kidlanmagan.

Sotali aloqa radiouzatish bazaviy stansiyalari va foydalanuvchilar-abonentlarning radiotelefonlari orqali ta’minlanadi. Bitta joyda o‘rnatilgan bazaviy stansiyalar antennalari orasida EMP manbalari hisoblanadigan ham uzatish, ham qabullash antennalari mavjud bo‘ladi. Sotali aloqa tizimini qurishga texnologik talablardan kelib chiqish bilan antennalarning vertikal tekislikdagi yo‘naltirilganlik diagrammasi shunday tarzda hisoblanganki, asosiy nurlanish energiyasi (90 % dan ortiq) yetarlicha ingichka nurga jamlangan. U doimo BS antennasi joylashgan va boshqa tutash binolar joylashgan inshoatlar tomonga yo‘naltirilgan, bu tizimning normal ishlashi uchun zarur shart hisoblanadi. RDM-signalning insonga bo‘lishi mumkin zararli ta’siri 3.1-rasmda keltirilgan.




Go‘shak – xuddi kichkina mikroto‘lqinli pech kabi miyani qizdiradi. Kamiga mobil telefon signali O‘YuCh-pechdan farqli ravishda murakkab va modulyatsilangan va organizmga u o‘tkir ta’sir qiladi. Bosh miyadagi jarayonlar elektr-kimyoviy darajada bo‘lib o‘tadi. Bu juda murakkab va nafis tashkil etilgan “kompyuter”. MTda so‘zlashgandabiz uning ingichka “o‘tkazgichlariga tayoq bilan uramiz. Bosh miya qobig‘i kuchli ta’sirga uchraydi. Bu organ elektromagnit nurlanishlar ko‘z – yorug‘likni, quloq esa – ovozni qabul qilgandek qabul qiladi.




Download 1,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish