Музейшунослик indd



Download 1,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/94
Sana01.01.2022
Hajmi1,25 Mb.
#288044
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   94
Bog'liq
muzeyshunoslik BOSMAGA 1 (2)

Tasviriy san’ati. Polsha hududidagi aholi neolit davridayoq 
naqshinkor sopol idishlar yasagan, jez va temir davrlarida sopol va jez 
idishlar, parranda va hayvon rasmi tushirilgan ikki g‘ildirakli aravalar 
ishlangan. XI-XIII asrlarda roman uslubi hukmron bo‘ldi. stshelnoda-
gi kostyolning o‘ymakor ravoqlari, XII asrda Tumadagi kostyol 
naqshlari, “emmeran kodeksi” miniatyuralari. XIII asr oxiridan XV 
asr boshlarigacha gotika uslubi hukmron bo‘ldi. (krakovdagi Vavel 
soboridagi V.Yagello dahmasi). 1421-yil “Gnezo bibliyasi” mini-
atyuralari. XV asr oxiri XVI asr boshlarida polyak Uyg‘onish davri 
san’ati shakllana boshladi. XVI asr oxiridan XVIII asr o‘rtalarigacha 
borokko uslubi yoyildi. XVIII asr ikkinchi yarmi  XIX asr boshlari  
Polsha san’ati ma’rifatparvarlik ruhi bilan sug‘orilgan edi. Garchi 
ayrim mo‘yqalam ustalari (M.Bacharelli) saroybop rasmlarni klas-
sitsizm uslubida yaratsalar, ko‘pchilik rassomlar hayotini haqqoniy 
tasvirlashga (B.Bellotto, J.P.norblin, A.orlovskiy), polyak xalqining 
milliy ozodlik kurashini ifodalashga (A.Grotger) intildilar. A.kotsis, 
V.Gerson asarlarida tanqidiy realizm nishonalari seziladi. XIX asrda 
70
  
www.Museums Poland.com


144
M.Gerimskiylar ijodida bu yo‘nalish yuqori pog‘onaga ko‘tarildi. XIX 
asr oxiri XX asr boshlarida L.Vichulovskiy, Ya.stanislavskiy, Yu.Falat 
asarlari — imperissionizm, s.Vispyanskiy, Ya. Malchevskiy asarlari 
— simvolizm ruhida yaratildi. 1918-yildan polyak san’ati ziddiyatli 
rivojlandi. Ayrim rassomlar G‘arbiy Yevropa madaniyati yutuqlar-
iga ergashsa, boshqalari zamonaviy milliy uslubni yaratishga intildi. 
Taniqli polyak haykaltaroshi k.Dunikovskiy o‘z faoliyatini shu davr-
da boshladi. Ikkinchi jahon urushidan keyin tasviriy san’atda rassom-
lardan V. Veys, F.kovrskiy, X.krayevskaya va Yu.kraevskiy, haykal-
tarosh S.Gorno-Poplavskiy, grafiklardan T.Kulisevich, T.Trepkovskiy 
va boshqa yana bir qator rassomlar mashhurlik cho‘qqisiga erishdilar. 
Mahobatli haykaltaroshlik rivoj topdi. Amaliy bezak san’atining har 
xil turlari qadimdan keng tarqalgan, badiiy hunarmandchilik avj oldi.
Chex musiqasida boshqa slavyan xalqlari musiqa madaniyati bi-
lan umumiylik ko‘p. XX asrgacha saqlangan xalq cholg‘u asboblari 
shaqildoq, buben, hushtaklar jo‘rligida marosim qo‘shiqlari (asosan 
bir ovozli), raqslar ijro etiladi. skifka, mazanka kabi torli, ligafka, 
bazun kabi puflab chalinadigan sozlar keng tarqalgan. IX-XX asrdan 
katolitizm tarqalishi bilan birga, grigoryan xorallik keng o‘rin tutadi.
XI-XII asrlarda cherkov ashulachilik maktablari ochilib, ular-
ning talabalari cherkov musiqasini turli joylardagi xalq musiqasi 
bilan boyitdilar. XII asrdan professional musiqa (jumladan, ritsarlar 
musiqasi) rivoj topdi, saroy kapellalari tashkil etildi. XVI asrdan 
universitetlarda musiqa nazariyasi o‘rgatila boshladi. XVI-XVII asr-
larda yetishib chiqqan kompozitorlar milliy kuylarni G‘arbiy Yevropa 
raqs va musiqasi bilan uyg‘unlashtiriruvchi asarlar yarata boshladilar. 
1765-yil Varshavada ochilgan “Xalq teatri”da milliy operalar sah-
nalashtirildi. k.kurpinskiy, kamenskiy, M.oginskiy, Y.elsner kabi 
buyuk musiqachilar uning rivojlanishiga ulkan hissa qo‘shdilar. XIX 
asrda buyuk kompozitorlar F.shopen, s.Monyushko, virtuoz skrip-
kachi aka-uka Venyavskiylar polyak musiqasini jahon musiqasi da-
rajasiga  ko‘tardilar.1901-yil  Varshava  milliy  filormoniyasi  ochildi. 


145
XX asr musiqa madaniyatiga k.shimanovskiy, V.Lyutoslavskiy, 
k.Penderetskiy kabi kompozitorlar katta hissa qo‘shdilar. Polshada 
21 ta simfonik orkestor, 10 ta opera teatri, 9 ta operetta teatri, 9 
ta  balet  truppasi,  7  ta  oliy  musiqa  maktabi,  4  ta  xoreografiya  bi-
lim yurti bor. 1927-yildan xalqaro shopen nomidagi pioninochilar 
tanlovi,1935-yildan Venyavskiy nomidagi xalqaro skripkachilar 
hamda zamonaviy musiqa festivali o‘tkaziladi.
Teatr. Xristianlikdan avvalgi davr xalq marosimlari va o‘yinlarida 
teatr san’ati nishonalari bo‘lgan. XIII-XVI asrlarda turg‘un va sayy-
or xalq tomoshaxonalari qurilgan, diniy dramalar rivojlangan. XIII 
asr-ning ikkinchi yarmida ko‘rsatilgan teatr tomoshalarining ayrim 
ssenariylari saqlangan. 1633-yil Varshavadagi qirol saroyida birinchi 
doimiy teatr ishga tushdi. XVIII asr oxirida ilg‘or milliy teatr san’ati 
uchun kurashga rejissyor, artist, dramaturg V.Buguslavskiy bosh-
chilik qildi.

Download 1,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish