Muzeyshunoslik fan sifatida Reja: Muzeyshunoslik fani haqida tushuncha: obyekti va predmeti


-savol bayoni. Muzeyshunoslikning tarixidan



Download 58,7 Kb.
bet3/6
Sana26.02.2022
Hajmi58,7 Kb.
#467357
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1-mavzu

2-savol bayoni. Muzeyshunoslikning tarixidan. Muzeylarning dastlabki vatani Yunoniston hisoblanadi. Muzalar — bu sevgi, go‘zal1ik va she’riyat ilohalari bo‘lib, ularning sharafiga Yunonistonda Gelikon tog‘i atrofida har besh yilda bir marta bayramlar o‘tka- zilib, unda shoirlar, rassomlar, haykaltaroshlaming o‘zaro mu- sobaqalari bo‘lib turgan. Bu musobaqalarda yig‘i1gan dastlabki kolleksiyalarni jamlash va saqlash niyatida muzeylar tashkil etila boshlandi.
Kritdagi Knoss saroy xazinasi (miloddan avvalgi XVI asr), Vanlar saroyi va ink kohinlarining arxivi (Xitoy, miloddan av- valgi XIII—XII asrlar), Nineviya saroy kutubxonasi va boshqa- lar shular jumlasidan. Qadimdan ibodatxona, keyinroq xu- susiy to‘plamlarda (miloddan avvalgi III asrdan) asosan san’at asarlari jamlangan (Varres, Sulla galereyalari, Serviliy, Krase, Lukull, Pompey, Sezar va boshqa to‘plam1ar).
Birinchi muzey — ta’lim muassasasi taxminan miloddan av- valgi 290-yilda Aleksandriyada Ptolomey I tomonidan tashkil etilgan. Uning tarkibiga yashash va ovqatlanish xonalari, ku- tubxona hamda o‘quv xonasi, botanika va zoologik bog‘1ar, rasadxonalar kirgan. Keyinchalik unga tibbiyot va astrono- mik asbob-uskunalar, haykallar va byustlar ham ko‘rgazmali qurollar sifatida qo‘shib borilgan. Boshqa muzeylardan farqli ravishda u davlat ta’minotida bo‘lib, unda ishlagan xodimlarga maoshlar to‘1angan. Bosh kohin (direktor) Ptolomey I tomoni- dan tayinlangan, kutubxonada 750 mingdan ko‘p qo‘lyozmalar saqlangan. Milodning 270-yilida bu muzey yong‘in natijasida yo‘q bo‘lgan va kutubxonaga jiddiy zarar yetgan.
Vizantiya sobor va monastirlarida, keyinroq Fransiya, Ita- liya, Germaniya va boshqa mamlakatlar soborlarida ham turli xil to‘p1amlar saqlab qolingan.
Yevropada ilmiy vazifalar yuklatilgan muzeyning paydo bo‘lishi buyuk geografik kashfiyotlar davri — Uyg‘onish davri- ga to‘g‘ri keladi; bu davrda hayvonot va o‘simlik dunyosi na- munalari, minerallar, geodeziya hamda astronomiya asboblari, etnografik ahamiyatga ega buyumlar jamlangan; tabiiy, ilmiy, etnografiya va tarixiy-badiiy noyob ashyolardan iborat saroy to‘p1am1ari (kunstkameralar, myunskabinetlar va boshqalar) shuhrat qozongan. Muzey haqidagi dastlabki tavsiflar, shuning- dek, muzeyshunoslik haqidagi nazariy asarlar ham shu davr- da paydo bo‘1di va rivojlandi. Florensiya (L. Medichi, XV asr), Rim (Vatikan muzeyi, XVI asr), Drezden (Avgust Sak- sonskiy, XVI asr) va boshqa joylardagi antik davr yodgorliklari to‘plamlari shu davrga mansub.
XVII—XVIII asrlarda aksariyat davlat milliy muzeylari negizini tashkil etgan xususiy to‘plamlar (tarixiy, arxeologik, tabiatshunoslik, san’atshunoslik) shakllandi.

Download 58,7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish