N. Fozilov realistik o‘zbek bolalar nasrining



Download 186,74 Kb.
Pdf ko'rish
Sana07.01.2022
Hajmi186,74 Kb.
#327681
Bog'liq
7hvRpKFz handwrittner



N.Fozilov  – realistik o‘zbek  bolalar  nasrining 

yetakchi  vakili.

Yozuvchi Nosir  Fozilov  adabiyotimizning qutlug  

dargohiga o tgan asrning 50-yillarning ikkinchi yarmida 

kirib kelgan. Hozirgacha  yetmishdan ortiq kitob  chop 

ettirdi. Ularning aksariyati  tarjima  asarlardir.

U 1929 yili  Qozog istonning  Chimkent viloyatiga qa-

rashli  Turkiston  tumanidagi Qoriz  qishlog ida tavallud 

topdi.  Ota-onasi dehqonchilik  bilan  shug ullangan, bu-

vasi  Tursunmuhammad A lam “G urbatiy” taxallusi bilan 

she rlar yozgan. Kamiy, Xislat, Sidqiy-Xondayliqiylar bilan 

hamnafas,  hamfikr bo lib  ijod  qilgan. Toshkentda uning 

uchta  she riy kitobi  chop etilgan.

Nosir  Fozilovning bolaligi  urush davriga to g ri kel-

ganligi  uchun ham o qib, ham  ishlashiga to g ri keldi. 

Shu tufayli u o z  tengdoshlaridan  ancha  kech, ya ni, 

1949 yilda  o rta maktabni tugatgan.  So ng  Toshkentga 

kelib, O rta Osiyo  Davlat universitetiga o qishga kiradi. 

Uni 1954 yilda tugatadi.  Shundan  so ng “Gulxan”, “Sharq 

yulduzi” kabi jurnallarda, nashriyotlarda turli lavozim-

larda  ishlaydi.

Adibning birinchi  hikoyasi 1953  yilda bosilgan.  Ilk 

kitobi 1959 yilda “Irmoq” nomi bilan chop qilingan. So ngra 



“Oqim” (1962),  “Robinzonlar”  (1964), “Qush qanoti  bilan” 

(1965), “Qorxat”  (1968),  “Ko klam  qissalari” (1970), “Jo xori 

tuzoq” (1971), “Saraton”  (1975),  “Kichkina demang bizni” 

(1977), “Diydor”  (1979),  2 jildlik “Tanlangan asarlar” 

(1982–1983), “Shum bolaning nabiralari” (1985), “Bolaligim   

poshsholigim” (1989), “Bir otar to pponcha”, “Toshkentning 

nosi”, “Said Ahmad noming  baland” (1995), “Munavvar lah-

zalar”  (1998), “Eslasang ko ngling yorishur” (2003), “Ustoz 

so zlaganda”  (2007),  “Topdimu  yo qotmadim” (2010) kabi 

o nlab  kitoblari nashrdan  chiqdi.

Nosir Fozilov  tarjimon sifatida  ayniqsa  samarali ijod 

qildi. Sh.  Husainovning “Nurli tosh” (pyesa, 1952), S. Muqo-

novning  “Hayot maktabi” (qissa,  1954), “Cho pon o g li” 

(qissa, 1960), “Cho loq  polvon” (qissa, 1970), B. Mustafinning 

“Qarag anda”  (roman,  1956), Q. Abduqodirovning  “Xojimu-

qon” (qissa, 1959), G . Musrepovning “Qozoq soldati” (roman, 

1960),  “Cho lqor” (qissa va hikoyalar,  1960), “Qiron  qush 

qo shig i” (qissa, 1970), Muxtor Avezovning “Qarash-qarash 

voqeasi”  (qissa, 1960), “Abay   xalq farzandi” (pyesa, 1970), 

M. Avezov, L.  Sobolevning “Abay” (tragediya, 1970) asarla-

rini  tarjima qilgan. Shuningdek, rus,  turkman, qirg iz 

adiblarining  ham asarlarini  o zbek tiliga o girgan. Ayni 

paytda N. Fozilovning ham rus, turkman va qozoq tillari-



da  kitoblari chop etilgan,  shuningdek, asarlari  arman, 

latish, gruzin, hind, arab, ozarbayjon tillariga tarjima qi-

lingan.

Uning ana  shunday samarali mehnatlari  zoye ket-

madi. 1985  yilda  u “Shum bolaning nabiralari” kitobi uc-

hun O zbekiston  Yozuvchilar  uyushmasining G .  G ulom 

nomidagi, 1986 yilda esa qozoq adabiyotidan qilgan tarji-

malari uchun  Qozog iston  Yozuvchilar uyushmasining 

Bayimbet Maylin  nomidagi  mukofotlar sohibi  bo ldi.

O zbekistonda xizmat ko rsatgan san at  arbobi Nosir 

Fozilov  1999 yili “El-yurt hurmati”  ordeni  bilan muko-

fotlangan. 2011 yili “Topdimu yo qotmadim” kitobi uchun 

O zbekiston  Respublikasining Davlat  mukofoti  bilan 

taqdirlandi.



Download 186,74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish