N. M. Kayumova



Download 18,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet377/423
Sana28.06.2021
Hajmi18,65 Mb.
#103948
1   ...   373   374   375   376   377   378   379   380   ...   423
Bog'liq
Maktabgacha pedagogika F.Qodirova 2019

«Ilk  qadam»

  Davlat  Dasturi  tinglovchilarini 

bajarilishini kuzatadi, tekshiradi;

Maktabgacha  ta'lim  muassasasi  ishini  har  tomonlama 

nazorat qiladi;

Qonun  doirasida  yo'l-yo'riq,  buyruq,  tavsiya,  ko'rsatmalar 

beradi;

Qonunga  xilof  ishlarni  to'xtatadi  va  Maktabgacha  ta'lim 

bo'limiga xabar beradi;

617



Maktabgacha ta'lim muassasasi ishlarni yaxshilash bo'yicha 

taklif, mulohazalar beradi;

Maktabgacha  ta'lim  bo'limida  mudira,  metodist  va 

tarbiyachilar uchun ilmiy-uslubiy kengashlar chaqiradi;

Maktabgacha ta'lim muassasasi xodimlarini Attestatsiyadan 

o'tkazadi;

Xodimlarni  rag'batlantirish  va  jazolash,  ishdan  bo'shatish 

masalalariga rahbarlik qiladi;

Shahar, tuman nazoratchi-metodisti - Xalq deputatlari ijroi- 

ya  qo'mitalari  oldiga  Maktabgacha  ta'lim  bo'limi  va  Maktab­

gacha  ta'lim  muassasasi  ishini  yanada  takomillashtirish 

bo'yicha masalalarni qo'yadi.

Nazoratchi-metodistga (Respublika,  viloyat,  shahar,  tuman 

nazoratchi-metodisti lavozimiga) qo'yiladigan asosiy talablar: 

eng ilg'or, yuksak pedagogik tashkilotchilik qobiliyatiga ega 

bo'lgan,  maktabgacha ta'lim tizimi  ishini, tamoyillarini  puxta 

egallagan, oliy maxsus ma'lumotga, ish stajiga ega bo'lgan;

har  tomonlama  tayyorgarlik  ko'rgan,  o'z  ishini  ustasi, 

dunyoqarashi keng, ta'lim to'g'risidagi Davlat siyosatini puxta 

egallagan,  nazoratchi-metodist-mutaxasslslik  malakalariga 

ega bo'lgan;

xolis, vijdonli, davlat nuqtayi nazari, qiziqishlari asosida ish 

yurituvchi,  javobgarlikni  his  etuvchi,  aniq,  xushyor,  tartibli, 

talabchan,  o'z  so'zida  tura  oladigan,  kamchilikka  murosasiz 

bo'lgan;

maktabgacha  ta'lim  ravnaqi  uchun  eng  samarali,  foydali, 

kerakli,  asosiy  vazifalarni  o'z  vaqtida  aniqlay  olishi,  qisqa 

muddatda bajara olish xususiyatiga ega bo'lgan;

maktabgacha  ta'lim  muassasasi  ishini  har  tomonlama 

chuqur  tahlil  qila  olishi,  ishdagi  kamchiliklar  o'z  vaqtida 

bartaraf etish choralarini tezda aniqlab olishi, bajarishi;

Maktabgacha  ta'lim  bo'limi  va  Maktabgacha  ta'lim 

muassasasiga doimiy amaliy yordam berish;

yangilikka  intilish,  tashviqot  qilish,  pedagoglarning  ilg'or 

ish tajribalari amaliyotga yangi texnologiya asosida kiritish;

618



g'oyaviy, siyosiy, pedagoglik bilimi ustida tinmay ishlash.

Nazoratchi-metodist  3  yilda  1  marta  malaka  oshirish 

kurslarida o'z malakasini oshiradi.

Nazoratchi-metodist tumanda maktabgacha ta’lim ishining 

tashkilotchisi  va  rahbari,  malakali  pedagog-metodist,  davlat 

nazoratchi-metodisti.  U  siyosiy  jihatdan  savodli,  axloqiy 

mustahkam  bo'lishi,  ishiga  davlat  nazaridan  yondashishi, 

maktabgacha  ta'lim  muassasalariga  rahbarlik  masalalarini 

operativ  hal  qilishi,  ular  ishini  obyektiv  va  alohida-alohida 

baholash,  talabchanlik  bilan  tekshirishni  amaliy  yordam 

ko'rsatish bilan olib borgan holda, kishilar bilan ishlay bilishi, 

pedagoglik nazokatini namoyon qilishi kerak.

Maktabgacha 

ta'lim 


muassasalari 

ishining 

hamma 

bo'limlariga muvaffaqiyatli rahbarlik qilish uchun nazoratchi- 



metodist  o'z  ishini  aniq  rejalashtirish,  keng  jamoatchilikka 

suyanish lozim.

Nazoratchi-metodist 

aholining 

maktabgacha 

ta’lim 


muassasalariga  bo'lgan  talabini  qondirishga  alohida  e'tibor 

beradi.  Shu  maqsadda  u  maktabgacha  ta'lim  muassasalari 

tarmog'ini  kengaytirishning  kundalik  va  istiqbol-rejalarini 

tuzishda ishtirok etadi va yangi muassasalarini foydalanishga 

topshirilishini  muntazam  tekshirib  turadi.  Nazoratchi- 

metodist  Maktabgacha  ta'lim  muassasalarining  rentabel 

ishlashiga  erisha  borib,  ularning  xalq,  xo'jalik  rejalarini 

bajarishini qat'iy nazorat qiladi, qishloqda maktabgacha ta'lim 

muassasalari  qurilishiga  katta  e'tibor  beradi,  ular  moddiy 

bazasini yaxshilanishiga g'amxo'rlik qiladi.

Nazoratchi-metodist 

moliya 


masalalarini 

tushunishi, 

maktabgacha  ta'lim  muassasalarini  jihozlash,  bolalarni 

ovqatlantirishga  oid  me'yoriy  hujjatlarni  bilishi,  muassasani 

saqlash  uchun  ajratilgan  pul  mablag'Iarini  o'z  vaqtida 

berilishi  va  to'g'ri  sarflanishini  muntazam  tekshirib  turish, 

markazlashtirilgan  buxgalteriya  bilan  hamkorlikda  ishlash 

kerak.


619


Nazoratchi-metodist  maktabgacha 

ta'lim 


muassasiga 

borganida  metodik,  tarbiyaviy  va  ma'muriy-xo'jalik  ishlar 

ahvolini  o'rganadi,  ilg'or  tajribani,  ishdagi  kamchiliklarni 

aniqlaydi, zarur yordam ko'rsatadi.




Download 18,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   373   374   375   376   377   378   379   380   ...   423




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish