N. P. Vasilyev nomidan va sariqsiz xillarga ajratiladi. Sariklik bilan kechadigan L. toʻsatdan



Download 21,3 Kb.
Pdf ko'rish
Sana01.01.2022
Hajmi21,3 Kb.
#305972
Bog'liq
Leptospirozlar - Vikipediya



Leptospirozlar

Leptospirozlar - odam va hayvonlarda uchraydigan oʻtkir infeksion kasallik; zoonoz kasalliklar

guruhiga kiradi. Leptospiralar qoʻzgʻatadi, ularning 10 dan ortiq serologik guruxlari mavjud.

Leptospiralar nam sharoitda uzok, yashaydi, past haroratga chidamli. Kasallikning tabiiy,

xonaki va aralash oʻchoqlari bor. Tabiiy oʻchoqlarda, asosan, kemiruvchilar, uy sharoitida esa

qoramol va qoʻy-echkilar, choʻchqa hamda kalamush va sichqonlar infeksiya manbai

hisoblanadi. Infeksiya kasal hayvondan odamga be-vosita muloqotda yoki teri, shuningdek,

ifloslangan suv va oziqovqat orqali yuqadi. Kasallik shartli ravishda sariklik bilan kechadigan

(VeylVasilyev kasalligi, uni birinchi boʻlib kashf etgan nemis olimi A.Veyl va rus olimi

N.P.Vasilyev nomidan) va sariqsiz xillarga ajratiladi. Sariklik bilan kechadigan L. toʻsatdan

qaltirish, harorat koʻtarilishi, qattiq bosh ogʻrigʻi, koʻngil aynishi va qusish bilan boshlanadi;

dam-badam isitma tutishi kasallikka xos. Muskullarda kuchli ogʻriq, badanda mayda

toshmalar boʻladi. Buyrak, jigar, baʼzan qon tomirlar zararlanadi. Kasallikning 4-kuniga kelib

badan sargʻayadi. Sariqsiz L. (suv isitmasi)da ham isitma chiqadi, muskul va boʻgʻimlar

ogʻriydi, lekin badan sargʻaymaydi, kasallikning bu shakli bir qadar yengil kechadi, deyarli

asorat qolmaydi.

Hayvonlardan qoramol, qoʻy, echki, ot, tuya, choʻchqa, it, mushuk, parranda, yovvoyi hayvonlar

va kemiruvchilarda uchraydi. Kasallik kamqonlik, sariklik, yoppasiga bola tashlash, shilliq

pardalar va teriga qon quyilishi, nekroz bilan kechadi. L. Oʻzbekistonning barcha hududlarida

uchraydi. Kasallikning yashirin davri 2—20 kun. Qoramol, qoʻy, echkilarda kasallik juda oʻtkir

rivojlanib, ishtaha yoʻqoladi, holsizlanadi, nafas olishi va yurak urishi tezlashadi, isitma

koʻtariladi va 1—2 kundan keyin hayvon oʻladi. Kasallikdan tuzalgan hayvonlarda uzoq

muddatli immunitet paydo boʻladi. Tashhis epizootologik maʼlumotlar, klinik belgilar, serologik

usullar va lab. tekshiruviga asosan qoʻyiladi. Davolash: kasallikka qarshi gi-perimmun zardob

va streptomitsin, tetratsiklin ishlatiladi. Oldini olish: kemiruvchilarga qarshi kurash, maxsus



emlash, veterinariya-sanitariya tadbirlari koʻrish.

[1]

Download 21,3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish