N. S. Safaev, N. A. Mirashirova, N. G. Odilova, Sh. D. Turabekova, Sh. K. Karimova



Download 12,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/208
Sana04.07.2022
Hajmi12,63 Mb.
#739058
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   208
Bog'liq
fayl 196 20210327

Qiyosiy metod
(«ko’ndalang kesim» metodi) turli guruhlarga mansub 
odamlaming yoshi, ma’lumoti, faoliyati va muloqotiga ko’ra taqqoslashdan 
iborat. Masalan, yoshi va jinsi bir xil bo’lgan odamlaming ikkita katta guruhi 
(talabalar va ishchilar) ilmiy ma’lumotlarga ega bo’lish uchun bir xil tajriba 
metodlari bilan tadqiq etiladi va olingan ma’lumotlar o’zaro solishtiriladi.
Longityud metodi
(«uzunchoq kesim» metodi) tanlangan sinaluvchilami 
uzoq vaqt davomida qayta-qayta tekshirishdan iborat. Masalan, talabalami 
oliygohda ta’lim olish vaqti davomida ko’plab marta tekshirish.
Qiyosiy va longityud metodlari o’z afzalliklariga ega. Kesimlar metodi 
qisqa vaqt ichida ko’p sonli sinaluvchilami tadqiqot bilan qamrab olish imkonini 
beradi. Longityud metodi kesimlar metodi e’tiboridan chetda qolgan nozik 
farqlar, xususiy rivojlanish turlarini qayd etishga imkon yaratadi. Amaliyotda bu 
ikki metod bir-birini to’ldiradi.
Majmuiy metod
- tadqiqotda turli fan vakillarining ishtiroki turli hodisalar, 
masalan, shaxsning fiziologik, psixologik va ijtimoiy taraqqiyoti o’rtasidagi 
aloqalar va bog’liqliklami o’rnatish imkonini beravchi o’rganish usuli.
31


Kuzatish -
psixika tashqi alomatlarini oldindan belgilangan, tizimli, 
maqsadga muvofiq va qayd etilgan holatda qabul qilishdan iborat bo’lgan 
metod. Bu metod ilmiyligining asosiy sharti bo’lib iming ob’ektivligi, ya’ni, 
qayta kuzatuv yoki tadqiqotning boshqa usullarini, masalan, tajribalami 
qo’llagan holda nazorat olib borish imkoniyati xizmat qiladi. Kuzatish bir necha 
xil: 
standartlashtirilgan
(belgilangan dasturga qat’iyan mos ravishda
o’tkazilgan), 
erkiti
(oldindan o’matilgan chegaralarga ega bo’lmagan), 
kiritilgan
(tadqiqotchi o’zi kuzatayotgan jarayonning bevosita ishtirokchisiga 
aylanadi), 
yashirin
bo’ladi.
O’tkazilish joyiga asosan kuzatishlar 
data
va 
laboratoriya
kuzatishlariga 
bo’linadi. Dala kuzatishlari tabiiy sharoitlarda, laboratoriya kuzatishlari esa 
sun’iy, ya’ni, oldindan yaratilgan sharoitlarda o’tkaziladi.
Olib borish muntazamligiga ko’ra kuzatishlar 
tizim li
(ma’lum vaqt 
davomida ob’ektni o’rganish uchun ishlab chiqilgan reja bo’yieha) va 
tizimsiz
(noma’lum vaqt davomida rejaga asoslanmagan) bo’ladi.
O’rganilayotgan hodisaning o’tkazilish davomiyligi, vazifalari va 
ko’lamiga ko’ra kuzatishlar 
qisqa vaqtli
(farazlami ifodalash yoki boshqa 
metodlar yordamida olingan ma’lumotlami nazorat qilish va to’ldirish uchun 
tadqiqotning boshlang’ich bosqichida o’tkaziladi) va, uzoq oylar va yillar 
davomida keng ko’lamli yoki murakkab tuzilmali ijtimoiy jarayonlaming 
kechishini kuzatishga xizmat qiluvchi 
uzoq vaqtli
kuzatishlarga bo’linadi.
Kuzatish metodini qo’llash uchun quyidagi shartlar qo’yiladi:
- sinaluvchining hulq-atvori uning ko’pgina ko’rinishlari va turli 
vaziyatlarda har tomonlama baholanishi lozim;
- kuzatuvchi sinaluvchi bilan juda ko’p vaqt birga bo’lishi kerak (kamida 2- 
3 oy davomida). Seanslar haftasiga 3-4 marta o’tkazilishi kerak, ulaming 
davomiyligi kuzatish maqsadidan kelib chiqib o’matiladi;
- kuzatish jarayoni boshlanmasdan aw al sinaluvchi hulq-atvorining qayd 
etiladigan xususiyatlari aniqlab olinishi, va xulq-atvoming bunday belgilari 
bilan tadqiqotchi bu metodni qo’llagan holda baholamoqchi bo’lgan psixologik 
xususiyatlar o’rtasidagi aloqa oldindan o’matilishi kerak;
- tadqiqotchi avvaldan kuzatish olib borish mashqini olgan bo’lishi zarur;
- muammoni xolisona hal etish maqsadida sinaluvchi va tadqiqotchi 
o’rtasidagi rolli munosabatlarga yo’l qo’ymaslik kerak;
- sinaluvchi bir vaqtning o’zida kamida 10 ta ruhshunos kuzatuvida bo’lishi 
va olingan baho har bir ruhshunos belgilagan balldan o’rtachasini tashkil etgan 
bo’lishi kerak.
Barcha ruhshunoslar bir-biriga bog’langan bo’lmasliga zarur. Bunday holat 
natijalar samarasini oshiradi (baholash metodi).
32



Download 12,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   208




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish