N. X. Ermatov, D. G‘. Azizova, N. M. Avlayarova, B. Yu. Nomozov, R. S. Bekjonov, A. I. Abdirazakov



Download 2,55 Mb.
bet2/120
Sana13.07.2022
Hajmi2,55 Mb.
#790003
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   120
Bog'liq
N X Ermatov, D G‘ Azizova, N M Avlayarova, B Yu Nomozov,

Nomozov Sh.R. - «Koson neft gaz qidiruv ekspeditsiyasi» MCHJ direktori;
Raxmatov X.B. - Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti “Texnologik mashinalar va jixozlar” kafedrasi, texnika fanlari nomzodi.
So‘z boshi
Konda neft, gaz, suvni yig'ish, tayyorlash va tashishning samaradorligini oshirish muhim masalalardan biri hisoblanadi, zamonaviy texnologiyalar va texnikalarni qo'llash, mavjud texnika va qurilmalardan oqilona foydalanish hisobiga erishiladi. Buning uchun esa chuqur bilimga ega bo'lgan mutaxassislar talab etiladi.
Mamlakatimizda yosh avlodni o'qitish va tarbiyalash «Ta'lim to'g'risidagi qonun» va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» asosida milliy tiklanish prinsiplari, mustaqillik yutuqlari, milliy g'oya, xalqimizning milliy, ma'naviy va intellektual salohiyati hamda umum bashariy qadriyatlariga tayangan holda olib borilmoqda.
Darslik yaratishdan maqsad «Neft va gaz konlarini ishga tushirish va ulardan foydalanish» ta’lim yo'nalishiga mоs, ta’lim standartida t^bb qilingHn bilimbr, ko'nikmalar va tajribalar darajasini ta'minlashdan iborat bo'lib, fanni o'rganish natijasida talabalar kondagi neft, gaz, suvni yig‘ish, tayyorlash va tashishning usullari va mexanik hisoblashlarini bajarish, shuningdek mahsulotlarni yig'ish va tashishning asosiy parametrlarini hisoblash va optimallashtirishni o'rganib, ko'nikma hosil qiladilar.
Ushbu darslik “Konda neft, gaz, suvni yig'ish, tayyorlash va tashish” fanning namunaviy dasturiga mos keladi. “Konda neft, gaz, suvni yig'ish, tayyorlash va tashish” fani kompleks fan hisoblanib, “Neft va gaz qatlami fizikasi” va “Neft va gaz ishi asoslari” fanlari bilan uzviy bog'liq.
Darslik 5311900-“Neft va gaz konlarini ishga tushirish va ulardan foydalanish” bakalavriat ta'lim yo‘nalishining talabalari uchun mo'ljallangan.
KIRISH
Neft-gaz va yoqilg‘i energetikasi O‘zbekistonning zamonaviy ishlab chiqarish sanoati yirik og‘ir industriya tarmoqlaridan biri bo‘lib, vatanimizning muhim energetik bazasidir. O‘zbek mutaxassislari neft bo‘yicha 100 yildan ortiq, gaz bo‘yicha yarim asrlik ilmiy va amaliy bilim tajribalarga egalar. Bu tarmoqda sezilarli darajada ilmiy - texnik potensial yaratilgan va uni rivojlantirishda yuqori yutuqlarga erishilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017 yil 24-25 fevral kunlari Qashqadaryo viloyatiga tashrifida neft va gaz sohasiga keng to‘xtalib o‘tdi.
Qashqadaryo viloyatining iqtisodiy salohiyati ulkan. Bugungi kunda mamlakatimizda qazib chiqarilayotgan tabiiy gazning 70 foizi, neftning qariyb 78 foizi, gaz kondensatining 80 foizi ushbu viloyat hissasiga to‘g‘ri keladi.
Viloyatda sanoat izchil rivojlanmoqda. Yalpi hududiy mahsulotda bu sohaning ulushi 38 foizni tashkil etayotgani ham shundan dalolat beradi. “Sho‘rtanneftgaz” , “Muborakneftgaz” korxonalari, “Sho‘rtangazkimyo” majmuasi, Muborak gazni qayta ishlash zavodi, Qorovulbozor, Farg‘ona, Oltiariq neftni qayta ishlash zavodlari kabi yirik ishlab chiqarish korxonalari mamlakatimiz sanoatida salmoqli o‘rin tutadi.
Davlatimiz rahbari tashrifi mobaynida “Sho‘rtangazkimyo” majmuasining tozalangan metan negizida sintetik suyuq yoqilg‘i (GTL) ishlab chiqarishni tashkil etish va “Sho‘rtangazkimyo” majmuasining ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish” loyihalari bilan tanishdi.
“Sho‘rtangazkimyo” majmuasining tozalangan metani negizida sintetik suyuq yoqilg‘i (GTL) ishlab chiqarishni tashkil etish loyihasi gaz-kimyo sanoati yo‘nalishida dunyoning ilg‘or texnologik yechimlarini o‘zida aks ettirgan. Ushbu loyiha MDH doirasida eng yirik mega-loyihalardan biridir.
Loyiha “O‘zbekneftgaz” kompaniyasi ta'sischiligida amalga oshirilishi mamlakatimizning yoqilg‘i-energetika xavfsizligini ta'minlashda katta ahamiyatga ega bo‘lishi barobarida, sohaning jadal sur'atlarda taraqqiy etayotganidan dalolat beradi.


  1. Download 2,55 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish