Nafas shodmonov o‘zbek mumtoz adabiyoti tarixi


Ma’ruzada qo‘yiladigan muammolar



Download 1,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/92
Sana04.04.2022
Hajmi1,58 Mb.
#528383
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   92
Bog'liq
fayl 1847 20210917

Ma’ruzada qo‘yiladigan muammolar: 
turkiy 
xalqlar 
adabiyoti 
shakllanishida arab va fors adabiyotidan o‘zlashtirishning o‘ziga xos yo‘li; arab va 
fors tillarida ijod qilgan O‘rta Osiyo turkiy adiblari ijodining qisqacha tahlili. 
VIII asr boshlarida O‘rta Osiyo arab xalifaligi tasarrufiga olinib, bu yerda 
istiqomat qiluvchi xalqlar arab hukmronligiga to‘la bo‘ysundirildi. Siyosiy, 
iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda arab tiliga asoslangan islom mafkurasi joriy qilindi 
va unda o‘zga tillarning ishtiroki mutlaqo rad etildi. Ko‘hna asrlardan qolgan osori 
atiqalar, yodgorliklar, madaniy meros va ijtimoiy munosabatlar inkor qilinib, 
ularga barham berildi. O‘z ona tillarida she’rlar yozgan shoirlar majusiylik, 
zardushtiylik, xurofotchilikda ayblanib qatl etilishi ham bu jarayonni 
qat’iylashtirdi. Xususan, samarqandlik al-Xuramiy va toxaristonlik Bashshor ibn 
Burdiy kabi shoirlarning taqdiri xuddi shunday kechgan edi. Mahalliy xalqlar bu 


115 
jarayonlarga noroziliklarini muttasil ravishda olib borilgan qo‘zg‘olonlar bilan 
bildirib turishlaridan qat’i nazar, katta harbiy kuch va joriy qilingan mafkuraviy 
intizom ularni bostirishga qodir edi. Shahar va qishloqlarda masjidlar, madrasalar, 
dorilqazo (qozixonalar) va boshqa muassasalar tashkil qilinib, xalqni idora qilish 
yo‘lga qo‘yildi. Bunday tadbirlar va O‘rta Osiyo xalqlari ozodlik uchun olib 
borayotgan kurashi ularni birlashtirdi. Natijada xalifalik ichida boshlangan 
parokandalikdan ular ham samarali foydalandilar. Asta-sekin ularning 
manfaatlarini himoya qiluvchi tohiriylar va safforiylar kabi sulolalari maydonga 
chiqa boshladi, keyinroq somoniylar, qoraxoniylar, saljuqiylar va xorazmshohiylar 
kabi markazlashgan yirik davlatlari vujudga keldi. 
Arab istilosi va islom zuhuridan keyin turkiy adabiyot qayta shakllanish 
jarayonini boshdan kechirdi. Afsuski, ko‘rib o‘tilgan badiiy adabiyot 
namunalardan boshqa turkiy xalqlarning qadimgi yozma manbalari bu jarayonda 
deyarli yo‘qotildi. Qolganlari ham islom mafkurasiga, arab va fors adabiyoti 
ta’sirida shakllangan yangi adabiyot mezonlariga hamda madrasa ta’limini ola 
boshlagan o‘quvchilar auditoriyasi qarashlariga mos bo‘lmagani bois asta-sekin 
unutilib, yo‘qolib bordi. Nisbatan keyinroq musulmonlashgan turkiy xalqlar o‘z 
tillarida ijod qilish uchun yangi adabiy-nazariy tamoyil va tasavvurlarga ega emas 
edi. Bundan tashqari, qoraxoniylar saroyidagi ba’zi ijobiy o‘zgarishlarni hisobga 
olmaganda, davlat idoralarida turkiy tilda rasmiy hujjatlar yuritilmasligi, bu tilning 
adabiy meyorlarini belgilab olishni ham kechiktirib yubordi. Adabiy tilning 
shakllanmagani unda yozma ijod qilishga ham imkon bermas edi. Shuning uchun 
adabiy-badiiy asarlar asosan arab va endigina adabiyot shakllanib kelayotgan fors 
tilida edi. Shuning uchun turkiy xalqlar yozma adabiyotining muayyan davri 
(ko‘proq IX – XII asrlar) arab yoki fors tilida yaratilgan asarlardan iboratligi bilan 
xarakterlanadi.
Binobarin, turkiy xalqlar adabiy harakatdan to‘xtamadilar. Bu xalq, sharoit 
taqozosiga ko‘ra, arab va fors tillarini o‘z ona tili darajasida egallab oldi. Turkiy 
ziyolilar bu tillarda o‘sha tillar namoyandalaridan ortda qolmay, goho ulardan 


116 
o‘zib ijod qildilar. Turkiy xalqlar adabiyotidagi bunday holatni, ya’ni o‘zga tillarda 
ijod qilib, o‘sha tillardagi adabiyotda erishilgan yutuqlarni chuqur o‘zlashtirish va 
o‘z adabiy-badiiy tafakkuri tadrijini bu qadar yuksaltirish jarayonini jahon 
adabiyoti tarixida boshqa xalqlar misolida kuzatish mushkul. 
Bu davrda arab va fors tillarida turkiy xalqlar tomonidan yaratilgan tarixiy, 
ilmiy, adabiy va diniy asarlarning mundarijasi nihoyatda katta salmoqqa ega. 
Birgina Abu Mansur as-Saolibiyning “Yatimatu-d-dahr fi mahosini-l-asr” (Asr 
fozillari haqida zamona durdonasi) asarida X asrda Buxoroda yashagan 47 
ijodkorning tarjimai holi va ularning arab, ba’zilarining fors tilidagi ijodidan 
namunalar berilgan. Markaziy Osiyoda turkiylarning tarqalish geografiyasi 
inobatga olinsa, mazkur davrdagi adabiy jarayonni tasavvur etish qiyin emas. 
Qolaversa, bu davrning eng yirik allomalari turli yurtlardant o‘z ilmiy 
salohiyatlarini oshirish uchun Buxoroga kelgani to‘g‘risida ham talaygina 
ma’lumotlar bor. I.Abdullayev, H.Hikmatullayev, A.Irisov, I.S.Braginskiy, 
I.Y.Krachkovskiy, Adam Mets, Sh.Shoislomov, I.Elmurodov kabi bir necha 
olimlarimiz bu jarayonning ayrim jihatlarini o‘rgangan bo‘lsalar-da, afsuski, 
hozircha adabiyotshunosligimizda u umumiy ko‘lami bilan fundamental tadqiq 
qilinmagan.
Imom al-Buxoriy, Iso at-Termiziy, Muslim ibn Hajjoj kabi ulug‘ muhaddislar, 
Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, al-Farg‘oniy, al-Xorazmiy, az-
Zamahshariy kabi bir necha o‘nlab alomalar o‘z asarlarini arab tilida yaratdilar. 
O‘rta Osiyo madaniy hayoti bilan shug‘ullangan arab olimlaridan Abu Ruj’a ibn 
Sa’id, Muhammad ibn Is’hoq, Islomiy, Abu Mansur as-Saolibiy, Abu Sa’d as-
Sam’oniy, Al-Hakim ibn al-Bayya’, Yoqut al-Hamaviy kabilar o‘z asarlarida 
mahalliy xalq vakillaridan bir necha olim va ijodkorlarining adabiy asarlar, 
xususan, she’rlar yozib katta shuhrat topganlari haqida zikr etadilar. 
IX – XIII asrlarda Buxoroda Abu Tayyib at-Tohiriy, Abu Bakr al-Kotib, 
Iskofiy, al-Xuzaymiy, Abu Abdulloh ibn al-Amid, Lohhom, Abul Husayin 
Ubaydulloh ibn al-Utbiy, Abu Tolib Abdussalom ibn al-Husayin al-Ma’muniy, 


117 
Muhammad ibn Ahmad Al-Muzaniy, Abul Hasan, Ibrohim Abu Is’hoq al-Forisiy; 
Samarqandda Muhammad ibn Ahmad al- Xayyot, Muhammad ibn Sulaymon al-
Bog‘dodiy, Nosir ibn Ahmad ibn Ismoil Al-Kinoiy, Abu Sa’id Abdurahmon ibn 
Muhammad Idrisiy As-Samarqandiy Hofiz. Abul Qosim Ismoil ibn Ahmad ibn 
Umar As-Samarqandiy, Abu Muhammad Hasan ibn Ahmad As-Samarqandiy, Al-
Muborak ibn Ali As-Samarqandiy Abul Makorim, Muhammad ibn Ahmad ibn
Mansur Abu Bakr Al-Xayyot, Al-Xalil ibn Ahmad ibn Muhammad Sijziy; 
Forobda Abu Nasr Muhammad ibn Uzlug‘ Tarxon al-Forobiy, Is’hoq ibn Ibrohim 
al-Forobiy, Ismoil ibn Hammod al-Javhariy al-Forobiy, A’madiddin Abul Hasan 
Mahmud ibn Ahmad al-Forobiy, Abu Zakariyo Yahyo ibn Ahmad Al-Forobiy kabi 
juda ko‘plab o‘z davrining taniqli adiblari yashagan. To‘g‘ri, bu arabnavis 
ijodkorlarning hammasini ham turkiy xalqlarning vakillari deb bo‘lmaydi, lekin 
ular orasida ma’lum qismi turkiy bo‘lganiga shubha qilmasa bo‘ladi. Chunki bu 
katta jarayondan ularning chetda qolishi mumkin emas edi.
Bu fikrning tasdig‘ini As-Saolibiyning Abu Muhammad al-Hasan ibn Ali ibn 
Matron al-Matroniy haqida gapirib, uning toshkentlik ekani to‘g‘rsida zikr 
etganida ham ko‘rish mumkin. Bu ma’lumot uning turkiylardan bo‘lganini 
anglatadi. Yoki buni Yoqut Hamaviyning quyidagi so‘zlari bilan ham isbotlash 
mumkin: “U (Ismoil ibn Hammod al-Javhariy) “Devonu-l-adab” asari muallifi 
Abu Is’hoq al-Forobiy hamshirasining o‘g‘li. Adabiyotda devon tuzib, Al-Javhariy 
nomi bilan tanildi. U zamonasining ulug‘i, zukko, o‘tkir zehnli va bilimdoni edi. 
Naslu nasabi turk mamlakatining Forob degan joyidan”. Ko‘rinib turganidek, 
so‘nggi jumlada al-Javhariy, undan oldingi jumlada Abu Is’hoqning turkiy 
qavmlardan ekaniga ochiq-oydin ishora bor. Lekin bunday ishoralar, afsuski, 
hamma joyda ham zikr etilavermaydi.

Download 1,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish