Namangan muxandislik-pedagogika



Download 1,28 Mb.
bet6/41
Sana28.06.2022
Hajmi1,28 Mb.
#712760
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41
Bog'liq
Namangan muxandislik-pedagogika

nH 1500 айл / мин
Yakor zanjiriga kiritiladigan tashqi qarshilik
Rt= R—Rya = 0,84—0,116 = 0,724 Om.
Nazorat savollari

  1. Mexanik va elektromexanik xarakteristika deb qanday bog’lanishlarga aytiladi?

  2. Dvigatellarni energetik rejimlari qanday aniqlanadi va ularga tushuncha bering.

  3. Dvigatelning yurgizish toki qanday chegaralanadi?

  4. Reostat xarakteristika nima?

  5. MS MU UTD ni tormozlash usullariga tushuncha bering.

  6. MS KKU UTD ni mexanik va elektromexanik xarakteristikalarini chizing va tushuntirib bering.

  7. AU UTD ni ulanish va magnitlanish sxemasini tushuntirib bering.

  1. O’zgaruvchan tok dvigatellarning elektromexanik xususiyatlari

    1. Asinxron dvigatellar

Asinxron dvigatellar (AD) stator va rotor chulg’amlariga ega va ular qisqa tutashtirilgan va faza rotorli bo’lishi mumkin. Rasm 3-1-da asinxron dvigatelni ulanish sxemalari keltirilgan. Rasmda tashqi aylana stator chulg’ami, ichki aylana rotor chulg’ami, R2T rotor chulg’amiga ulangan qo’shimcha qarshilik.




Rasm 3-1. AD ulanish rotorli


sxemalari. a-qisqa tutashtirilgan
b-faza rotorli.
Stator chulg’ami yulduz yoki uchburchak usulida ulanishi mumkin. Stator chulg’ami tarmoqqa ulanganida aylanuvchi magnit maydon hosil bo’ladi. Uning burchak tezligi quyidagicha ifodalanadi va sinxron tezlik deyiladi.
ю0 = 2n • f/ r (3.1)
bu yerda: f - tok chastotasi, r - juft qutblar soni.
Rotor burchak tezligining stator magnit maydonining aylanish tezligidan orqada qolishi rotorning sirpanishi deyiladi va u quyidagicha ifodalanadi.
S = (ю0- ю) / ю0 (3.2)
bu yerda: ю - rotorning burchak tezligi. AD ni ishlash jarayonida sirpanish qiymati 0 dan 1 gacha o’zgaradi, AD ni ishga tushirish paytida rotorning burchak tezligi ю = 0 bo’lgani uchun S = 1 bo’ladi. AD ni nominal sirpanishi (3 - 6)% ni tashkil etadi.
Stator toki 3 fazali AX uchun quyidagi tenglama bilan ifodalanadi
In= Pn / V3 • Un• cos9n• Пп (3.3) bu yerda: Pn- nominal quvvat, Un - nominal kuchlanish, cos9n- nominal quvvat koeffitsienti, n - nominal FIK

    1. Asinxron dvigatellarning harakatlanish rejimidagi mexanik xarakteristikalari

Asinxron dvigatel (AX) elektr tarmoqqa ulanganida tezligi Mn dan egri chiziq bo’yicha (rasm 3-2) ortib, sirpanish kamaya boradi va sirpanish S = 0 bo’lganida w = w0 bo’ladi. Rasm 3-13 da Mkr-kritik moment, Skr-kritik sirpanish deyiladi va quyidagi tenglamalar bilan ifodalanadi:
Kritik moment Mkr= X Mn (3 .4).
bu yerda: X = 1,7^2,4 - dvigatelning yuklanish qobiliyati deyiladi.
Kritik sirpanish Skr= Sn • (X + л/12 -1) (3.5).
(3.4) va (3.5) tenglamalarga asosan mexanik xarakteristika tenglamasi quyidagicha yoziladi:

M = 2 • Mkr / (S / Skr+ Skr / S) (3.6)


Xarakteristikaning S = 0 dan S = Skr gacha qismi turg’un qism deyiladi, S =1 dan S=Skr gacha qismi esa turg’unmas qism deyiladi.


Rasm 3-2. AD ning tabiiy mexanik xarakteristikasi.
AD ning ishga tushish xossalari boshlang’ich ishga tushirish momenti Mi va boshlang’ich ishga tushirish toki Ii (S = 1) qiymatlari bilan baholanadi. Ishga tushirish xarakteristikalarini yaxshilash uchun ishga tushirish vaqtida rotor chulg’ami aktiv qarshiligini oshirish kerak. Bunda aylantiruvchi moment ortadi va ishga tushirish toki kamayadi.
Rasm 3-3. AD ning reostat mexanik xarakteristikalari.
Rotor zanjiridagi qarshilik R z oshirilganida kritik momentlar Mkr bir xil, ishga tushish momentlari Mi har xil bo’ladi va xarakteristikalar w0 da tutashadi (rasm 3-4).
Kritik sirpanish esa rotor zanjiridagi qarshilikka mos ravishda ortadi.


Kuchlanish o’zgartirilganida AD ning kritik va ishga tushirish momentlari har xil bo’ladi va xarakteristikalar w =w0 da tutashadi. Kritik sirpanish o’zgarmasdan qoladi (rasm 3-4). AD ni burchak
tezligi tok chastotasiga mutanosib ravishda o’zgaradi.
Rasm 3-4. AD ning har xil kuchlanishlardagi mexanik xarakteristikalari.
Tok chastotasi f o’zgartirilganda AD ni salt yurish tezligi ю0 mutanosib ravishda o’zgaradi.
Kuchlanish (U) va tok chastotasi (f) o’zgarmas bo’lganda va AD ning juft qutblar soni (p) o’zgartirilganida Mfcfi Mlcr burchak tezligi coo = 2n • f / R ga asosan ya'ni, juft qutblar soniga nomutanosib ravishda o’zgaradi.
Rasm 3-5. Juft qutblar soni ikki marta o’zgartirilganida AD mexanik xarakteristikalari.
Ikki tezlikli AD momenti M = const (a) va quvvat Rqconst (b) bo’lganidagi mexanik xarakteristikalari rasm 3-5 dagi ko’rinishga ega bo’ladi.

    1. Asinxron dvigatellarning tormozlash rejimlaridagi mexanik xarakteristikalari

Asinxron dvigatellar (AD) generator (rekuperativ), teskari ulanish va elektrodinamik tormoz rejimida ishlashi mumkin.

Download 1,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish