Natural english



Download 1,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/118
Sana26.06.2022
Hajmi1,33 Mb.
#707564
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   118
Bog'liq
Jumanazar Khushbekov 3-6



Jumanazar Khushbakov
NATURAL ENGLISH
Speak english easily,
fast and automatically
Volume 3–6
New method
Number#1 Key to Excellent English
KHB system
Your coach in a box



SO‘ZBOSHI
Assalomu alaykum! 
Yangicha usuldagi ingliz tili darslarimizga xush kelibsiz. 
Keling, statistikadan so‘z boshlaymiz. Ko‘plab kuzatishlar 
natijasiga ko‘ra, insonlarning faqat o‘n foizigina yangilikka 
tashna bo‘larkan. Bu kitob qo‘lingizda ekan, demak, siz o‘sha 
o‘n foizga mansubsiz. Qo‘llanma aynan shunday insonlar uchun 
yozildi. U sizni til o‘rganaman deya yillab mashaqqat chekishdan 
ozod etadi.
Men o‘n uch yildan buyon ingliz tilini o‘rganib kelaman. 
Turli uslublardan foydalanib ko‘rganman, ularni boshqalarga 
ham tavsiya qilganman. Har qaysi metod qanday natijaga olib 
kelishini juda yaxshi bilaman. Bu gaplarni o‘zim yangicha 
o‘rgatish tizimini yaratganim uchun aytmayapman. O‘sha 
uslublarning ish berishiga tilakdosh edim. Tashqaridan turib 
u uslublar haqida biron yomon fikr aytmayman. Chunki men 
o‘sha kitoblar, uslublarning ichidan chiqib kelganman. Sizni 
tabriklashim mumkin: ingliz tilini o‘rganishda eng zo‘r usulni 
izlash mashaqqatidan qutuldingiz. Qo‘lingizdagi kitobda kuchli 
o‘quv sistemasi bayon etilgan. Mazza qilib o‘rganish va harakat 
qilish vaqti yetdi. 
O‘n bir yil davomida til o‘rganib erkin gaplashish darajasiga 
chiqa olmadim, ammo mazkur usul orqali ikki oyda kutgan 
natijamga erishdim. 
Bu usul millionlab o‘rganuvchilarga ingliz tilida gapirishni 
qulay va tez o‘rgatdi. Sizga ham yordam beradi, albatta. Siz bu 
kitob uchun sarflagan pulingizni yana topishingiz mumkin. Men 
uchun esa sizning ishonchingiz va vaqtingiz qadrli. 
3
Jumanazar Khushbakov


4
NATURAL ENGLISH
speak english easily, fast and automatically
Bir necha oyda erisha oladigan maqsadingizga ko‘p yillar 
sarflashingiz sizning katta xatoyingiz bo‘ladi. Bu kitobda berilgan 
aniq, oson va samarasi isbotlangan usul orqali ingliz tilini har 
qachongidan ko‘ra tezroq va osonroq o‘rganasiz. 
Qo‘llanmadagi har bir fikr mening o‘n uch yillik tajribam 
va son-sanoqsiz tadqiqotlarning natijalariga asoslanib yozilgan. 
Kitobning so‘nggi sahifalariga yetib borganingizda men 
bilan ingliz tilida bemalol gaplasha boshlaysiz. Mazkur uslub 
mashg‘ulotlarimda ko‘plab o‘quvchilarga xarita vazifasini 
o‘tagan, endi navbat sizga.
Siz bilan ikkinchi kitobimda ko‘rishib turganimdan bag‘oyat 
xursandman. Bizning sistemamizda ingliz tilini yillab o‘rganib 
keluvchilar 6 oy, boshidan boshlab o‘rganadiganlar esa 7 oy 
shug‘ullanishini kerak bo‘ladi. Qo‘lingizdagi audio kursimizning 
2 kitobi hisoblanadi. Bu kitobda sekin gapirishni tezlashtirishga 
harakat qilamiz. Ko‘pchilikka sevimli bo‘lib ulgurgan “Mini 
Story” darslari hamda grammatikasiz ham ingliz tilida ravon 
gapira boshlashingiz uchun POV darslari berilgan. Belgilangan 
tartibda belgilangan miqdorda eshitishda davom etaverasiz.
Ishonamanki, ingliz tilini o‘rganish yo‘lidagi yutuqlaringiz 
yoki shaxsiy hayotingizdagi o‘zgarishlar haqida seminarlarimda 
bevosita ko‘rishib gaplashamiz. 


5
Jumanazar Khushbakov
KIRISH
Tassavur qiling, birov zinalar orqali sakkizinchi qavatga 
ko‘tarildi. Agar u odam bosgan qadamlarni takrorlasangiz, siz 
ham xuddi shunday natijaga erishasiz. Osonroq tushunishingiz 
uchun yana bir misol keltiraymi? 
Siz bir inson bilan tanishib qoldingiz, ammo telefon raqamini 
olmadingiz. Keyinroq u kishiga qo‘ng‘iroq qilish uchun to‘g‘ri 
kelgan raqamlarni turli tartibda tersangiz, u bilan bog‘lanishga 
qancha vaqt ketadi? Taxminan, butun umringiz, shunday emasmi? 
Lekin undan telefon raqamini olsangiz (ya’ni qaysi raqamdan 
keyin qaysinisi kelishini aniq bilsangiz) va qo‘ng‘iroq qilsangiz, 
bor-yo‘g‘i bir necha soniyalarda niyatingizga yetasiz. Demak, 
aziz o‘quvchim, nimani qachon qilishni bilsangiz, bir necha 
soniyalarda g‘alabaga erishishingiz aniq. Kitob sahifalarida bor 
mahoratimni ishga solib, ingliz tilidagi g‘alabangiz uchun kerakli 
ma’lumotlarni qulay tartibda va sinalgan usulda keltiryapman. 
Faqat ingliz tilini o‘rgatish bilan cheklanmayman, hayotingizda 
asqatadigan ko‘plab fikrlarni ham berib ketaman. Chunki 
mening maqsadim – sizning g‘alabangiz, shunqorginam. Bular 
dunyoning eng muvaffaqiyatli insonlarini o‘rganish natijasida 
kelgan xulosalarimdir.
Har darsning yakunida, agar amalda qo‘llanilsa, sizni haqiqiy 
omadli insonga aylantiruvchi bitta muvaffaqiyat siri beriladi. 
Faqat bir sharti bor: men maslahatni beraman, siz esa uni amalda 
qo‘llaysiz. Bor-yo‘g‘i shu.
Katta sayohat boshlanmoqda! Tayyormisiz? Unda ketdik!


6
NATURAL ENGLISH
speak english easily, fast and automatically

Download 1,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish