Naviy-marifiy sohadagi islohotlar fanidan mustaqil ish



Download 33,1 Kb.
bet3/4
Sana31.03.2022
Hajmi33,1 Kb.
#522108
1   2   3   4
Bog'liq
ISMAGULOVA IMMSI

Ислом Каримов 

talab qiladi. Buning uchun ushbu tabarruk zaminni obod etishga o’z hayotini 


bag’ishlagan buyuk ajdodlarimiz nomini kelajak zafarlarga undovchi bir bayroq 
yanglig’ baland tutmog’imiz lozim. Ana shunday nomi millatimiz tug’iga aylangan 
zabardast siymo ulug’ bobokalonimiz Amir Temurdir. 
Sobiq tuzum davrida ko’p yillar mobaynida hattoki Yevropa davlatlari 
samimiy ehtirom bilan tan olgan bobokalonimiz sha’niga tuhmat va haqoratlar 
yog’dirib kelindi. Mustamlaka zulmi iskanjasida kun kechirgan xalqimiz buyuk 
ajdodini qadrlash, uning tarixiy mavqeini munosib o’ringa qo’yish imkonidan 
mahrum edi. Amir Temur nomi tariximiz sahifalaridan qora bo’yoq bilan 
o’chirildi, unutishga mahkum etildi. Maqsad – xalqimizning yuragidan milliy ong, 
milliy g’urur tuyg’usini yo’qotish, uni qaramlikka, tobelikka ko’ndirish edi. 
Nihoyat, haqiqat g’alaba qilib, SHarqda tengi yo’q sarkarda, Vatan va millat 
mustaqilligi uchun umrini baxsh etgan mard va fidoyi inson, Markaziy Osiyoda 
bundan 600 yil avval ulug’ bir saltanat barpo etgan davlat arbobi istiqlol sharofati 
bilan o’z Vataniga qaytdi. Yosh avlod ongiga milliy ma’naviyatimiz an’analarini 
singdirishda buyuk sarkarda Amir Temurning “Tuzuk”lari, millat nomini 
yuksaklarga ko’tarishga sarf etilgan hayoti buyuk ibrat timsoliga aylandi.
Mamlakatimizda ma’naviy merosga munosabat, uni o’rganish, tadqiq etish va 
avlodlarga yetkazish masalasi davlatning ma’naviyat sohasidagi ustuvor 
siyosatining ajralmas qismiga aylanganini ko’rsatadi. Bizning o’tmish 
madaniyatimiz butun insoniyatni qiziqtirib kelayotgani, albatta, tasodifiy emas. 
Samarqand, Buxoro, Xiva, SHahrisabz, Termiz, Qarshi, Toshkent, Qo’qon va 
Marg’ilon kabi qadimiy shaharlarimiz faqat olimlar va san’at ixlosmandlari 
uchungina emas, balki tarix va tarixiy qadriyatlar bilan qiziquvchi barcha insonlar 
uchun qutlug’ ziyoratgohga aylangan. Mustaqillik davrida o’zbek olimlarining 
kuch–g’ayrati bilan tariximizning ko’pdan–ko’p g’oyat muhim sahifalari, eng 
avvalo, temuriylar davri, XIX asr oxiri – XX asr boshlari tarixi yangitdan kashf 
etildi. 
Ma’naviyatni mustahkamlash uchun mehnat va mablag’ni ayash o’z 
kelajagiga bolta urish demakdir. Vatan va jahon madaniyatining, adabiyot va 

san’atning yutuqlari har bir oilaga yetib borishi uchun qulay sharoitlar yaratish 


talab etiladi. Ijodiy xodimlarning ma’naviy kuchiga erkinlik berish, ularga har 
tomonlama yordam ko’rsatish ham katta ahamiyat kasb etadi. 
Bugungi kunda yoshlarimiz yurtimizning ko’cha va xiyobonlari, metro va 
avtobus bekatlari, katta–katta maydonlar, binolarni bezab turgan o’zbekcha 
nomlar, shior va lavhalarni ko’rib, bularning barchasini odatiy bir hol sifatida 
qabul qiladi. Ilgari esa respublika shaharlarida ko’chalarga Lenin, Marks, Engelьs, 
Sverdlov, Metallurgicheskaya, Donbasskaya va boshqa shunga o’xshash 
nomlarning berilishi sobiq mafkurani xalq ongiga singdirish bilan bog’liq 
ishlarning natijasi edi.
Qadimiy nomlarda esa ota–bobolarimizning hayot va tafakkur tarzi yaqqol o’z 
aksini topgan. SHuning uchun ham viloyat va hududiy toponomik komissiyalari 
faoliyati shaharlar, tumanlar, shahar ko’chalari, mahalla nomlari va tumanlardagi 
qishloqlar nomlari qayta tiklashga qaratilib, bu borada katta amaliy natijalarga 
erishildi. 
Tarix tajribasi shundan dalolat beradiki, o’z xalqiga, uning an’analariga, tili va 
madaniyatiga muhabbat va hurmatni tarbiyalamasdan turib, haqiqiy insonni 
tarbiyalash mumkin emas. Vatanparvarlik, fuqarolar yakdilligi – yosh va mustaqil 
O’zbekiston davlati barpo etilayotgan negizdir. Ayni shu narsa jamiyatni qayta 
o’zgartirish yo’lidagi qiyinchiliklarni yengib o’tishga, hamjihatlik va hamkorlikka 
erishishda yordam beradi. Xalqimizning xotirasi ajoyib nomlarga boy. Butun 
jahonga mashhur bo’lgan Beruniy, Xorazmiy, Ibn Sino, Imom Buxoriy, Imom 
Termiziy, Ahmad Yassaviy, Ulug’bek, Navoiy va boshqa ko’pgina allomalarimiz 
insoniyat tamadduniga ulkan hissa qo’shgan ulug’ siymolardir.
SHarq alloma va mutafakkirlarining tengsiz asarlari bebaho boylik, o’sib 
kelayotgan avlodlar uchun donishmandlik va bilim manbai bo’lishi bilan birga 
yangi kashfiyotlarga yetaklaydi. 
Bizning davrimizgacha yetib kelgan bu boy merosdan Vatan ravnaqi yo’lida 
oqilona va samarali foydalanish — barcha vatandoshdarimizning burchimizdir. Bu 
borada fidoyi olimlarning roli alohida diqqat–e’tiborga munosib bo’lib, aynan 

ularning mehnati tufayli biz o’tmishning bebaho ilmiy merosini qaytadan kashf 


etamiz. 
Toshkentning 2200 yillik yubileyi Vatanimiz mustaqilligi bayrami bilan birgalikda 
nishonlanishida o’ziga xos ramziy ma’no bor. CHunki, Toshkentning tarixi va bugungi 
hayoti yurtimiz tarixi va kelajagi bilan chambarchas bog’liq. 
YuNESKO Bosh konferentsiyasining Toshkent shahrining 2200 yilligini 
nishonlash to’g’risidagi 2007 yil 2 noyabrdagi 34–sessiyasida qabul qilingan qarori 
jahon hamjamiyati tomonidan yurtimiz tarixining, qadimiy shahrimiz dunyo 
tamadduniga qo’shgan hissasining o’ziga xos e’tirofi bo’ldi. Prezidentimizning 
2008 yil 2 aprelda qabul qilingan “Toshkent shahrining 2200 yilligini nishonlashga 
tayyorgarlik ko’rish va uni o’tkazish to’g’risida”gi qaroriga binoan amalga 
oshirilgan ishlar poytaxtimizning ijtimoiy–siyosiy mavqei va salohiyatini yanada 
yuksaltirish, uning xalqaro miqyosda yanada ulug’vorlik kasb etishiga xizmat 
qilmoqda. 
2009 yilning aprelь oyida YuNESKOning Parijdagi bosh qarorgohida 
Toshkentning 2200 yilligi keng nishonlandi. Toshkentda azim shahrimizning 
tarixiga bag’ishlab o’tkazilgan xalqaro ilmiy konferentsiyada Osiyo va Yevropa 
tsivilizatsiyasining turli davrlarida poytaxtimizning tutgan beqiyos o’rni dunyo 
olimlari tomonidan alohida ta’kidlandi. 
Davlatimiz rahbari Islom Karimovning 2009 yil 20 avgustdagi farmoniga 
binoan, yurtimizda milliy davlatchilikni shakllantirish, mustaqil huquqiy 
demokratik davlat va fuqarolik 
jamiyati barpo etish, tinchlik va 
barqarorlikni mustahkamlash, 
davlatlararo hamkorlik, xalqlar 
o’rtasidagi 
do’stlik 
munosabatlarini 
rivojlantirishga qo’shgan katta 
hissasi, 
ezgu 
an’analarni 
Биз бу масалага ана шундай илмий 
асосда ёндашиб, қадимий тарихимизни 
ўрганиш ва баҳо беришда унинг бирор-бир 
даври ёки жабҳасини эътибордан четда 
қолдирмасликка 
ҳаракат 
қилдик. 
Жумладан, мустамлакачилик ва совет 
давридаги оммавий қатағонлар пайтида 
зулм ва зўравонлик қурбони бўлган, 
истиқлол 
йўлида 
жон 
фидо 
этган 
аждодларимизнинг ҳурмати ва хотирасини 
жойига қўйиш, уларнинг эл-юрт озодлиги 
йўлидаги ишлари, қолдирган меросини 
излаш ва ўрганишни айнан ана шундай 
маънавий негизда йўлга қўйганимизни қайд 
этиш зарур. 

Download 33,1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish