Navoiy davlat pedagogika institute tarix fakulteti Milliy g’oya va ma’naviyat asoslari huquq ta’limi yo’nalishi


«Hibat Ul-Haqoyiq»ning o’rganalish tarixiga bir nazar



Download 119 Kb.
bet6/7
Sana02.05.2020
Hajmi119 Kb.
#48759
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Ahmad Yugnakiy h

3.«Hibat Ul-Haqoyiq»ning o’rganalish tarixiga bir nazar.

Sharq mumtoz pandnoma adabiyotinig vakili Ahmad Yugnakiy X-XII asrlarda ijod etgan iste’dodli shoiridir. Adib Ahmad hayoti va ijodini tadqiq etish uzoq asrlardan buyon davom etib kelmoqda. Bu borada Alisher Navoiyning “Nasoyim ul-muhabbat” asari alohida ahamiyatga ega. Qolaversa, usmonli turk adabiyotshunosligida ham yugnakiyshunoslik, “Hibat ul-haqoyiq”ni tahlil va talqin etilgan tadqiqotlar ancha.

O’zbek adabiyotshunosligida Ahmad Yugnakiy va uning dostoniga doir ilmiy izlanishlar N. Mallaev, Q. Mahmudov, G. Xo’janova, R. Vohidov tadqiqotlarida, shuningdek, o’tgan asrning 90-yillar matbuotida e’lon qilingan M. Imomnazarov, E. Umarov, I. Haqqul, H. Boltaev, N. Rajabov, Q. Tohirov kabi olimlarning maqolalarida kuzatiladi.

Usmonli turk adabiyotshunosligining vakili Banarli Nihad Samining “Resimli Turk Edebiyati Tarihi. Destanlar devrinden zamonamiza kadar”nomli asarida Adib Ahmad hayoti va ijodi masalasi yoritilgan maqola ham o’rin olgan.

Tadqiqotda Ahmad Yugnakiy yashagan davr, ijodkor shaxsiyati, “Hibat ul-haqoyiq” dostoni, asarning keyingi davr adabiyotiga ta’siri kabi masalalar yoritiladi.

Banarli Nihad Sami Adib Ahmad haqida dastlabki ma’lumotlar halq og’zaki ijodiga borib taqalishini e’tirof etib, Alisher Navoiyning “Nasoyim ul-muhabbat” asariga murojaat etadi.

Darvoqe, Navoiy bu asar orqali Ahmad Yugnakiy haqida aniq ma’lumotlarni yetkazadi.

Navoiy yozadi: “Xeyli elning muqtadosi ermish. Balki aksar turk ulusida hikmat va nuqtalari shoe’dur. Nazm tariqi bila aytur ermish…” deb kiyidagi keltiradi:

Bu ma’lumotlar yugnakiyshunoslikda muxim axamiyatga ega.Chunki birinchidan, uning qaerda yashagani, ikkinchidan, ustozi va hamsaboqlari, uchinchidan, Adibning yashagan davri, undagi ma’naviy-madaniy muhit, to’rtinchidan jismoniy ahvoli, beshinchidan, hayotda tutgan mavqei va asarlarining ahamiyati, ijod yo’nalishi va h.k.

O’zbek adabiyoti tarixining ilk namunalaridan biri bo’lgan Ahmad Yugnakiyning «Hibat ul-haqoyiq» dostoni tahlil etilgan barcha manbalar, o’quv adabiyotlarida undagi boblar miqdori bilan bog’liq muammo tilga olinadi:

Dostonning kotib tomonidan o’n to’rt bob qilib ko’chirilganligi yoki tuzilganligi ta’kidlangan. Biroq, qator olimlar, xususan, N.Mallaev 3, Q.Mahmudov 4, R.Vohidov 5 larning fikricha, hozirgi holatda u o’n bir bobdan iborat bo’lib qolgan. Bu holat kotiblar (xususan Abdurazzoq Baxshi) tomonidan kiritilgan o’zgarish, ya’ni ayrim bob nomlarining tushirib qoldirilishi va bir-biriga yaqin mazmunli boblarning qo’shilib ketishi sifatida izohlanadi: «Mutaxassislarning fikricha, bunday tafovut kotiblar tomonidan ayrim boblarni ko’rsatuvchi sarlavhalarning tushirib qoldirilishi oqibatida sodir bo’lgan bo’lishi mumkin» (11, 87). Binobarin, dostonda mavjud bo’lgan quyidagi 11 ta matn bobning nomi yoki sarlavhasi sifatida e’tirof etilgan:

1.Bismillohir rahmonir rahim (parvardigor hamdi).


2.Fina’til nabiyi alayhissalom (payg’ambar na’ti).
3. Fi madhin amiril ajalin Dad Sipahsalar Bek alayhirrahmati valg’afranu (hukmdor madhi).
4. Mujibi ta’lifi hazal kitabi va muqtazi (kitobning yozilish sababi).
Mazkur to’rt bob doston muqaddimasini tashkil etadi.
5. Annav’ul avvalu fimanfaatil ilmi va mazratil jahili
Birinchi bob: Ilm manfaati, jaholat zarari haqida.
6. Annav’us soni hifzillisani va sa’i adabiha va rusumiha.
Ikkinchi bob: Tilni asrash va odob-axloqqa intilish haqida.
7. Annav’us solisu fi taqallibid dunya va tag’ayyiri ahvaliha.
Uchinchi bob: Dunyoning qalb-egri ekanligi va holatlarning o’zgaruvchanligi haqida.
8. Annav’ur robi’u fi barris saxavati va mazallatil buxli.
To’rtinchi bob: Saxovatning baraka keltirishi va baxillikning zalolatga yetaklashi haqida.
9. Annav’ul xomisu fil amri bittavazi’ fizzahri ‘anat takabburi val hirsi afitus sala zilli sadiqul mantiqi.
Beshinchi bob: Tavozelik manfaati, kibrlik va harislikning zarari haqida.
10. Annav’ul uxra fi abya’in mutafarriqatin yashtama’ilu ‘ala ma’anin muxtalifatin.
Oxirgi bob: Turlicha ma’no bildiruvchi baytlar.
Mazkur olti bob asosiy qism sifatida e’tirof etiladi.
11. Fil ‘uzri bitamamil kalami.
So’zning(asarning) tugallanishi uzri (sabablari).

Yuqorida ham qisman aytib o’tilganidek, bu masalada boshqacha fikrlar ham aytilgan. Xususan, M.Imomnazarov dostonning 14 bobdan iborat ekanligini e’tirof etadi.6 «O’zbek mumtoz adabiyoti namunalari» majmuasini to’plovchilarning fikriga ko’ra asar 16 bobdan iborat: «Pand-nasihat ruhidagi doston nomi bilan adabiyot tarixiga kirgan ushbu asar XVI bobdan iborat». 7 Biroq ikkala o’rinda ham fikr izohlanmaydi.

Bu masala S. Tohirovning “Adib Ahmad Yugnakiyning “Hibat ul-Haqoyiq” dostoni matn, tadqiq va tahlil” nomli riolasida ham tadqiq etilgan. Bunda tadkikotchi asar matniga tayanib, dostonni 14 bob deb e’tirof etadi va kuyidagicha xulosaga keladi:

1. «Hibat ul-haqoyiq» dostonining muqaddima qismi manbalarda qayd etilganidek, to’rt bob emas, besh bobdan iborat. To’rt xalifa madhiga bag’ishlangan qismni alohida bob sifatida ajratish uchun asoslar yetarli.

2. Dostonning asosiy qismi hozirgi holatda oltita emas, yettita bobdan tashkil topgan. Asarda faqat bob nomlaridagina qo’llangan «nav’» so’zi va «fi» (haqida) predlogining mavjudligi «Annav’ul amri fi makarimil axlaqi vattahris ‘ala tahliqu biha» deb nomlangan qismni ham alohida bob sifatida ajratish uchun asos bo’la oladi. Sarlavha ostidagi to’rtliklar mazmuni ham buni tasdiqlaydi.

3. Dostonning ayni damdagi holati xotima bilan birga o’n bir emas, o’n uch bobdan iborat. Biroq bir qator belgilar asardagi o’n ikkinchi va o’n uchinchi boblar qo’shilib ketganligini, binobarin, doston aslida kotib tomonidan ta’kidlanganidek, o’n to’rt bobdan iborat bo’lganligini ko’rsatadi.

Nihod Samining tadqiqotida ham dostonning asosiy qismi boblarga ajratilgan. Olim dostonning o’n to’rt bobdan iborat ekanligi haqidagi kotib ma’lumotiga tayangan holda, asosiy qismni sakkiz bobga ajratadi. Shundan 1-4 boblar tarkibi yuqorida keltirilgan tarkib bilan muvofiq.8 Qolganlari esa quyidagicha:

1. Tavoze’ va kibr haqida (7 to’rtlik).


2. Harislik haqida (6 to’rtlik).
3. Karam, hilm va boshqa fazilatlar haqida (16 to’rtlik).
4. Zamonaning buzuqliklari haqida (21 to’rtlik).

Biz olimning taxminini ma’qullagan holda “Hibat ul-haqoyiq”ning


asosiy bobi har biri o’n ikkita to’rtlikni o’z ichiga oladigan sakkizta mavzi
(bilim va jaholat, tilni tiyish, dunyoning o’zgaruvchanligi, saxovat va
baxillik, tavoze, harislik, mukarram axloq, turli masalalar)ga ajratilgan deb
hisoblaymiz.
“Hibat ul haqoyiq”ning xotimasi 5 ta to’rtlik (20 misra)dan iborat.
Alisher Navoiyning “Hayrat ul-abror” dostoni “Xamsa”ning tarkibiy
qismi sifatida hamda alohida asar sifatida bir qator o’zbek, rus hamda boshqa
xorijiy navoiyshunos, sharqshunos olimlar tomonidan o’rganilgan. S.Ayniy,
A.Fitrat, Y.E.Bertels, P.Shamsiyev, A.Hayitmetov, B.Valixo’jaev, T.Jalolov,
A.Qayumov, M.Muhiddinov, A.Erkinov, D.Salohiy, A.Xidirnazarov kabi
olimlarning bu boradagi xizmatlari katta.
Alisher Navoiy hayoti va adabiy merosini ilk marotaba monografik
planda tadqiq etgan rus olimi E.E.Bertelsning “Navoiy” monografiyasida
“Xamsa”, shu jumladan “Hayrat ul-abror” dostonining tavsifi berilgan. Olim
Navoiyning ayrim ijtimoiy-falsafiy va axloqiy qarashlarini sharhlar ekan,
ularni boshqa manbalar bilan ham solishtiradi.
Akad. A.P.Qayumovning 1976 yilda nashr ettirilgan «Hayrat ul-abror”
talqini” monografiyalarida [42] ham doston atroflicha tahlil qilinadi.
Professor M.Muhiddinovning "Xamsa"larning birinchi dostonlarida
Komil inson konsepsiyasi" mavzuidagi doktorlik dissertatsiyalari bu borada
alohida ahamiyatga molik bo’lib, unda Nizomiy Ganjaviy, Amir Xusrav,
Abdurahmon Jomiy va Alisher Navoiy qalamiga mansub dostonlar "Komil
Inson" konsepsiyasi nuqtai nazaridan ilk bora qiyosiy planda tadqiq etiladi.
Navoiyshunos olimlardan S.Xidirnazarov ham o’zining "Hayrat ulabror" dostonining qiyosiy arxitektonikasi" mavzusidagi nomzodlik
dissertatsiyasida Navoiyning ushbu dostonini salaflarning asarlari bilan
chog’ishtirma o’rganib, jumladan asarlar kompozitsiyasi haqida ham e’tiborli
fikrlarni bildiradi.

Xulosa

Xulosa kilib aytganda,yugnakiyshunoslik va «Hibat ul-haqoyiq» dostonining tadkik va talkin masalalari nafakat uzbek adabiyotshunosligida,balki jahon adabiyotshunosligida ham o’rganilgan va o’rganilmokda. Bu masala keyingi tadkikodlarda xam davom etadi.

` Hibat ul-haqoyiq” asari yozilgan davrda forsiy va turkiy dostonlar uchun umumiy boʻlgan muayyan sheʼriy shakl (yaʼni, aa, bb, vv usulida qofiyalanuvchi masnaviy shakli) hali-hanuz mavjud emas edi. Shu sababdan asarning madhiyaviy kirish qismlari oʻsha davr arab adabiyotiga xos boʻlgan qasida janridan ijodiy foydalanib yozilgan.

“Ammo dostonning asosiy qismi va xulosasi qadim turkiy ogʻzaki adabiyotida keng qoʻllanilgan toʻrtliklar shaklida yaratilgan. Shu sababli doston hajmini baytlar (2 satrli band sistemasi) bilan oʻlchash toʻgʻri emas. Ahmad Yugnakiy nomiga “Adib” soʻzi qoʻshib aytilishi maʼlum sababga ega. U oʻzini shoir emas, balki adab ilmi namoyandasi deb biladi. Uning dostoni ham turkiy elatlarga islomiy odob qoidalari, maʼnaviy-axloqiy kamolot sirlaridan taʼlim berishga moʻljallangan. Buni undagi bob sarlavhalaridan ham anglash mumkin. Birinchi bob (annavʼul-avval) – “Ilm manfaati va jaholatning zarari haqida” deb atalgan. Maʼlumki, islomning ilk nozil boʻlgan oyatlari “Iqra!” (yaʼni, “Oʻqi!”) deb boshlanadi va ilmga tashviq etish islom maʼnaviyatining muhim asoslaridan birini tashkil etadi. Doston matni orasida paygʻambarimizning “Ilm Chin eli (yaʼni Xitoy)da boʻlsa ham, oʻrganing!” degan hadislari arab tilida keltirilgan va ushbu fikr turkiy toʻrtliklar shaklida sharhlangan. “Saodat yoʻli bilim bilan bilinadi”, deydi Adib. U bilim egasi boʻlgan ayol kishini erlar qatorida koʻradi, bilimsiz erkakni esa ayoldan ham zaif biladi.




Download 119 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish