Navoiy davlat pedagogika instituti pedagogika va psixologiya kafedrasi psixodiagnostika va eksperimental psixologiya


Psixodiagnostikaning kasbiy, axloqiy jihatlari



Download 30,29 Mb.
bet3/297
Sana04.04.2022
Hajmi30,29 Mb.
#528647
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   297
Bog'liq
UMK Psixodiagnostila va eksperimental psixologiya 2021-2022

Psixodiagnostikaning kasbiy, axloqiy jihatlari.
Psixodiagnostik tadqiqotlarni tashkil etishda amaliy psixolog tomonidan kasbiy axloqiy, ma’naviy tamoyillarga rioya qilish talab etiladi. Ana shunday tamoyillardan:
1. Sir saqlash tamoyili. Bu tamoyilga ko’ra psixodiagnostik tadqiqot davomida olingan natija, ana shu shaxsning roziligisiz oshkor qilinmasligi kerak. Bu birinchi navbatda voyaga yetmagan kishilarga nisbatan tadbiq etiladi. Voyaga yetmaganlar uchun ularning o’rnini bosuvchi huquqiy asosga ega bo’lgan shaxslar roziligi bilan amalga oshiriladi.
2. Ilmiy asoslanganlik tamoyili. Psixodiagnostika maqsadida qo’llaniladigan metodlar ilmiy jihatdan yaxshi ishlab chiqilgan ishonchli va natijalar mukammal bo’lishi zarur.
3. Shikast va zarar yetkazmaslik tamoyili. Psixodiagnostika asosida olingan ma’lumotlar hech qachon ana shu kishining zarari hisobiga foydalanilmasligi lozim.
4. Xulosalarning ob’yektiv bo’lishi tamoyili. Tadqiqot mobaynida olingan ma’lumotlar asosida xulosa chiqarishda ularning ilmiy asoslanganligi va ob’yektivligiga vlohida e’tibor beriladi. Amaliy psixolog barcha tekshiriluvchilarga bir xil munosabatda bo’lishi va natijalarni tahlil qilishda tenglik tamoyiliga rioya qilishi kerak.
5. Ishlab chiqilgan tavsiyalarning samaradorligi tamoyili.
Har qanday psixologik tadqiqot davomida olingan natijalar asosida ishlab chiqilgan tavsiyalar shu shaxs yoki guruh uchun ma’lum ahamiyatga ega bo’lishi va uning rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko’rsatishi kerak.
Amaliy psixolog o’z faoliyatida quyidagi axloqiy-ma’naviy qoidalarga rioya qilishi kerak:

  1. Shaxsni ixtiyorisiz yoki uning roziligisiz psixodiagnostik tekshiruvga jalb etish mumkin emas;

  2. Psixodiagnostik tadqiqotni boshlashdan avval tekshiriluvchini tadqiqot mobaynida o’zi boshqalardan sir tutayotgan ma’lumotlarni ham ochib qo’yishi mumkinligi haqida ogohlantirishi kerak;

  3. Har bir inson agar qonun tomonidan cheklanmangan bo’lsa, o’z ustida o’tkazilgan tadqiqot natijalarini bilish huquqiga ega;

  4. Tadqiqot natijalari tekshiriluvchiga yoki ana shu ma’lumotlar zarur bo’lgan shaxsga uning uchun tushunarli va to’g’ri shaklda ifodalangan holda tavsiya etilishi lozim;

  5. Tadqiqot voyaga yetmaganlar ustida amalga oshirilsa uning ota-onalari yoki boshqa homiylari tadqiqot natijalarini bilish huquqiga egadirlar;

  6. Agar tadqiqot tanlov yoki kasbiy saralash maqsadida aqliy taraqqiyot darajasini aniqlash uchun o’tkazilayotgan bo’lsa, uning natijalari qanday me’zonlarga ko’ra aniqlanganligini tekshiriluvchi bilish huquqiga ega;

  7. Psixodiagnostik metodlarni qo’llashda, xulosa chiqarishda va tavsiyalar ishlab chiqishdagi mas’uliyat asosan psixolog zimmasiga yuklatiladi.


Download 30,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   297




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish