6
I.
O’quv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy ta’limdagi o’rni
Ushbu fan dasturi 5A110201 – Aniq va tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi
(fizika va astronomiya) magistratura mutaxassisligi talabalariga mo‘ljallangan
bo‘lib, ularga pedagogik tadqiqotlar metodologiyasidan bilim berish va ularda ushbu
kursni o‘zlashtirishga kerakli malaka va ko‘nikmalarni shakllantirishga qaratilgan.
Pedagogik tadqiqotlar kursi o‘ziga xos bo‘lib, u magistrantlarni ilmiy-tadqiqot ishlarini
olib borishga tayyorlash maqsadida o‘qitiladi.
Ushbu namunaviy dastur kirish qismidan, pedagogik tadqiqotlar metodologiyasiga
tegishli mavzular mazmunidan hamda ularga taalluqli seminar mashg‘ulotlari
mavzularidan, uni o‘zlashtirishga xizmat qiladigan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat.
“Fizika va astronomiya ta‘limida tahlil va tadqiqot usullari” fani umumfalsafiy,
umummetodologik fanlar tizimiga kiradi va u barcha tabiiy, ijtimoiy-gumanitar,
texnika fanlari va boshqa fanlar bilan uzviy va chambarchas bog‘langanligi uchun
ularning metodologik asosini tashkil qiladi.
Bu fan umumiy pedagogika, umumiy
psixologiya, fizika va astronomiya o‘qitish nazariyasi va metodikasi fizika va
astronomiya o‘qitishda innovatsion texnologiyalar, umumiy fizika , nazariy fizika,
astronomiya, astrofizika, kabi fanlarning asosiy bilimlari bilan bevosita bog‘liq.
“Fizika va astronomiya ta‘limida tahlil va tadqiqot usullari” fanini o‘zlashtirgan
talaba fizika va astronomiya hamda ularning o‘qitish metodikasini taraqqiyot
tendensiyasi, uning bugungi kundagi holati, izlanish metodlari, yangilanish sabablari,
tegishli o‘quv adabiyotlar va ularni tavsiflashni bo‘lajak ilmiy, ilmiy-pedagogik
faoliyatida qo‘llashga o‘rgatadi, yangi axborot texnologiyalarini qo‘llab, olgan
bilimlarini pedagogik va ilmiy faoliyatida qo‘llaydi. Shuningdek , magistrantlarni
ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borishga tayyorlashda muhim o‘rin tutadi va ularni
muvaffaqiyatli tadqiqot ishlarini olib borishga nazariy va amaliy jihatdan
tayyorlaydi.
“Fizika va astronomiya ta‘limida tahlil va tadqiqot usullari” fanini o‘qitilishida
ushbu fan bo‘yicha yaratilgan ta’lim texnologiyalari , bir qator elektron plakatlar,
tarqatma materiallar, elektron darsliklar va qo‘llanmalar, Internet ma’lumotlari, lokal
tarmoqdagi turli o‘quv, ilmiy bilimni nazorat qilish bo‘yicha ma’lumotlar jamlamasidan
foydalaniladi. Ushbu kursni o‘qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalar va
axborot komunikativ texnologiyalardan juda muhim hisoblanadi a uni to‘laqonli
o‘zlashtirishga xizmat qiladi. Ayniqsa kompyuter texnologiyasini qo‘llab o‘qitish
samarali hisoblanadi.
7
Do'stlaringiz bilan baham: |