Navoiy kon-metallurgiya kombinati davlat korxonasi navoiy davlat konchilik instituti


Ishlab chiqarishni tashkil qilishning zamonaviy usullariga ommaviy iste’mol mahsulotlarini oqim usulida ishlab chiqarish kiradi



Download 6,72 Mb.
bet106/277
Sana20.02.2022
Hajmi6,72 Mb.
#460280
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   277
Bog'liq
Янги-2021 УМК-Соха(lotin)

Ishlab chiqarishni tashkil qilishning zamonaviy usullariga ommaviy iste’mol mahsulotlarini oqim usulida ishlab chiqarish kiradi.
Oqim usulida tashkil qilishning oliy shakli avtomatik oqim liniyalari hisoblanadi. Ular asosan ikki tizimli bo‘ladi: uzulib harakat qiladigan maxsus avtomat – dastgohlardan va uzulmay ishlovchi matorli dastgoxlardan tashkil topadi. YOrdamchi amallarni bajarish uchun maxsus tizim sifatida dasturiy boshqaruvli dastgohlar – robot texnikasi qurilmalari qo‘llanishi mumkin.
Ishlab chiqarishni oqim usulida tashkil qilishning samaradorligi shundaki, u proporsionallik, ritmililik, va uzluksizlikni to‘laroq qo‘llash, uskunalarning to‘xtab turishlari va yordamchi amallarning o‘sishini keskin qisqartirish, ishlab chiqarish jarayonining davomiyligini qisqartirish, mahsulot sifatini ko‘tarish imkonini beradi.
Ishlab chiqarishni tashkil qilishni takomillashtirishdan maqsad, mehnat jarayonlari va ishlab chiqarishni moddiy resurslari bilan ishlab chiqarishga sarflangan vaqt o‘rtasidagi o‘zaro uyg‘unlikning samaradorligini ta’minlashdan iborat. Korxonalarda ishlab chiqarishni tashkil qilish usullari mavjud texnika va texnologiyadan samarali foydalanish imkoniyatini aniqlaydi. Korxonada mavjud bo‘lgan kadrlar saloxiyati va moddiy resurslardan foydalanib, yuqori mehnat unumdorligi va ishlab chiqarish samaradorligiga erishish uchun yangi texnika va texnologiyani ishlab chiqarishni tashkil qilishning eng ratsional usullari bilan uyg‘unlashtirish lozim.
Ishlab chiqarishni tashkil etishni takomillashtirish asosida samaradorlikni oshirishning eng muhim masalalari:
1. Ishlab chiqarish jarayonlaridagi ayrim jarayonlarni operatsiyalarga ajratish va ularni sex, ishlab chiqarish uchastkalari, ishchi o‘rinlarga biriktirish.
2. Sex va ishlab chiqarish uchastkalari maydonlariga dastgoxlarni ishchi o‘rinlarga mos xolda joylashtirish.
3. Mehnat qurollarini ishlab chiqarish jarayonidagi operatsiyalar bo‘yicha kuzatish tartibini belgilash hamda ishlab chiqarish jarayonlarining to‘lik yoki bir qismi maromini xisoblash.
4. Belgilangan texnologik jarayonlar va ularning o‘zaro bog‘likligi, mehnat qurollari xarakati maromi va tartibiga kat’iy rioya qilish.
5. Korxona va ularning ishlab chiqarish bo‘limlarida ishlab chiqarish jarayonlarini borishini nazorat qilish va operatsion boshqarish.
6. Ishlab chiqarishni tashkil qilishni takomillashtirish bo‘yicha tadbirlar ishlab chiqish va ularni ishlab chiqarish jarayonlari maromi buzilgan uchastkalarga tadbiq qilishdan iborat.
Ishlab chiqarish samaradorligiga ishlab chiqarish jarayonida dastgoxlarni, mehnat qurollarini xarakatlanishi bo‘yicha joylashtirish, detallar, yarim tayyor maxsulotlarning operatsiyalar o‘rtasidagi xarakatini qisqartirishga imkon beruvchi buyum (predmet) prinsipi bo‘yicha ishlab chiqarish uchastkalarini tashkil qilish orqali oshirish mumkin. Ishlab chiqarishni ratsional tashkil etishda yuqoridagi va boshqa barcha tadbirlar katta miqdorda investitsiya talab kilmaydi.
Ishlab chiqarish unumdorligini keskin oshiradi, ishlab chiqarish siklini qisqartiradi, maxsulot tannarxini pasaytiradi. Bu esa, foydani va ishlab chiqarish rentabelligini oshiradi.
Ishlab chiqarishni ratsional tashkil qilish texnik taraqqiyotning faol omillaridan bo‘lib, u nafakat texnikadan unumli foydalanish, balki texnika va texnologiyaga oid yangiliklar yaratishga sharoit yaratadi. Masalan: ommaviy ishlab chiqarishni potok usulida tashkil kilinishi ko‘p pozitsiyali dastgoxlar va presslar hamda ko‘p sonli transport qurilmalari, turli xildagi konveyer sistemalarini yaratilishiga olib keladi.
Ishlab chiqarishning samaradorligini oshiruvchi amallar bu texnika, texnologiya, ishlab chiqarishni tashkil qilishdir.
Texnika (mashinalar, mexanizmlar, ishlab chiqarishni boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimi) ishlab chiqarishni mexanizasiyalashtirish va avtomatlashtirish imkonini beradi.
Qisman va kompleks mexanizasiyalashtirish va avtomatlashtirishni farq qilishga kelishib olingan.
Qisman mexanizasiyalashtirish – mexanizasiyalashtirishning boshlang‘ich shakli bo‘lib, u ishlab chiqarishning ayrim jarayonlarida, ko‘proq va asosan asosiy jarayonlarda ko‘p mehnatini mashinalar mexanizmlari ishi bilan almashtirish bilan ifodalanadi (xarakterlanadi). Qisman avtomatlashtirilganida ishlab chiqarishning ayrim amallari va jarayonlari avtomatik mashinalar, mexanizmlar va uskunalar bilan, shu sonning ishtirokisiz amalga oshiriladi. Bu mehnat qurollari odatdagi, avtomatlashtirilmagan mashinalar orasida o‘zaro harakat qiladigan tizim tashkil qilmasdan ishlaydilar. Eng samarali avtomat – dastgohlar ayrim xollarda mehnat unumdorligini 5 – 10 hatto 20 barobarga ko‘taradilar.
Buning oqibatida zavodlarni qurish uchun ketadigan solishtirma kapital xarajatlar pasayadi, ishlab chiqarishning va mahsulotning rentabelligi o‘sadi, chiqarilayotgan mahsulotning sifati yaxshilanadi.

Download 6,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   277




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish