Nazariy mexanika fanidan nazorat savollari



Download 43,51 Kb.
Sana21.07.2021
Hajmi43,51 Kb.
#124884
Bog'liq
Nazariy mexanika fanidan nazorat savollari


Nazariy mexanika fanidan nazorat savollari

  1. Kinematikaning asosiy tushunchalari. Kinematika masalasi. (harakat qonuni, tezlik, tezlanish, tezlikning tuzuvchilari, radius-vektor)

  2. Nuqta harakatining berilish usullari.

  3. Nuqta traektoriyasi. Nuqtaning tezligi. Sektor tezlik.

  4. Nuqta tezlanishi. Tezlanishning tabiiy uch yoqlik o‘qlaridagi ifodasi.

  5. Nuqtaning egri chiziqli koordinatalardagi tezlik, tezlanishi.

  6. Qattiq jismning ilgarilanma va aylanma harakati.

  7. Jismning qo‘zg‘almas nuqta atrofidagi harakati.

  8. Qattiq jismning tekislikka parallel harakati.

  9. Qattiq jism harakatining umumiy holi.

  10. Nuqtaning murakkab harakati. Asosiy va qo‘zg‘aluvchi sanoq sistemalari.
    Nisbiy, ko‘chirma va absolyut harakatlar. Tezliklarni qo‘shish.

  11. Koriolis teoremasi. Koriolis tezlanishi.

  12. Qattiq jismning murakkab harakati.

  13. Jism murakkab harakatining umumiy holi.

  14. Moddiy nuqta dinamikasining asosiy tenglamasi. (harakat qonuni, tezlik, tezlanish, koordinatalar, radius-vektor)

  15. Moddiy nuqta dinamikasining birinchi masalasi. (moddiy nuqta, kuch, radius-vektor, harakat qonuni)

  16. Nuqta harakatining differensial tenglamalari.

  17. Harakati Dekart koordinatalarida berilgan nuqtaning tezlanishi. (trayektoriya, harakat qonuni, tezlik, tezlanish, koordinatalar, radius-vektor)

  18. Harakati tabiiy usulda berilgan nuqtaning tezlanishi. (trayektoriya, harakat qonuni, tezlik, tezlanish, koordinatalar, radius-vektor)

  19. Sistema harakatining differensial tenglamalari.

  20. Dinamikaning asosiy ikki masalasi va uning yechimi.(moddiy nuqta, kuch, radius-vektor, harakat qonuni)

  21. Dinamikaning ikkinchi masalasi. Kuch masofaga bog’liq. (moddiy nuqta, kuch, radius-vektor, harakat qonuni)

  22. Dinamikaning ikkinchi masalasi. Kuch tezlikkaga bog’liq. (moddiy nuqta, kuch, radius-vektor, harakat qonuni)

  23. Nuqta tezligining Dekart koordinata o‘qlaridagi proeksiyalari. Nuqta tezligi moduli va yo‘nalishi.

  24. Moddiy nuqtaning qarshilik ko‘rsatuvchi muhitdagi majburiy tebranishlari.

  25. Moddiy nuqtaning qarshiliksiz muhitdagi erkin tebranma harakati.

  26. Moddiy nuqtaning qarshiliksiz muhitdagi majburiy tebranma harakati.

  27. Moddiy nuqtaning to‘gri chiziqli erkin tebranma harakati.

  28. Nuqta dinamikasining 2-masalasi. Kuch masofaga bog‘liq hol.

  29. Nuqta dinamikasining 2-masalasi. Kuch tezlikka bog‘liq hol.

  30. Nuqta dinamikasining 2-masalasi. Kuch vaktga bog‘liq hol.

  31. Sonuvchi tebranma harakat.

  32. Mexanik sistema tushunchasi. Ichki va tashqi kuchlar.

  33. Avtomobil qiyalikdan pastga qarab 72 km/s tezlik bilan harakat qiladi. Tormozlanishdan hosil bo‘lgan qarshilik kuchi avtomobil og‘irligining 0,3 qismga teng. Tormozlash boshlangandan u to‘xtaguncha ketgan t vaqt aniqlansin.

  34. Radiusi 0,1 m bo‘lgan g‘ildirak sirpanmasdan dumalaydi. Agar nuqtasi o‘zgarmas m/s tezlik bilan harakatlansa, nuqtasining tezligini toping.

  35. Massasi 2 kg bo`lgan moddiy nuqtaning 1,5 m masofada joylashgan “z” o`qiga nisbatan inertsiya momentini hisoblang.

  36. Jismga ta’sir ko‘rsatayotgan kuchning x o‘qidagi proeksiyasi 10 N va y o‘qidagi proeksiyasi 12 N bo‘lsa, uning miqdorini va koordinata o‘qlari bilan tashkil qilgan burchagini aniqlang.

  37. Moddiy nuqtaning berilgan (sm), (sm) harakat tenglamasiga ko‘ra traektoriyasining ko‘rinishi va 1 sek vaqt onidagi tezlik va tezlanishi topilsin, hamda ularning yo‘nalishi ko‘rsatilsin.

  38. Moddiy nuqtaga ta’sir qiluvchi o‘zgaruvchi kuch berilgan sekund vaqt oni uchun kuchning o‘zgarish qonuni va uning kuch impulsi topilsin. Kuchning o‘zgarish grafigi chizmada tasvirlansin.

  39. Og‘irligi 40 kg bo‘lgan yukni qiya tekislik bo‘ylab 10 m masofaga chiqarish uchun sarf bo‘ladigan ish hisoblansin. Gorizont bilan tekislik o‘rtasidagi burchak 300 ga va ishqalanish koefitsienti 0,1 ga teng.

  40. Poyezd temir yo‘lning gorizontal to‘g‘ri chiziqli qismidan o‘tmoqda. Poezd tormozlanganda qarshilik kuchi poezd og‘irligining 0,1 qismiga teng. Tormozlanishning boshida poezd tezligi 72 km/s. Poezdning tormozlanish vaqti aniqlansin.

  41. Agar Fx=8H, Fy=16H bo‘lsa F kuchning qiyma-tini toping? F kuch koordinata boshidan chiqib OX o‘qining musbat yo‘nalishi bilan 600 burchak hosil qiladi.

  42. Og‘irligi R=5 kg bo‘lgan lift a=4m/s2 tezlanish bilan yuqoriga ko‘tarilmoqda. Trosning tortilish kuchi aniqlansin.

  43. P=100 N kuchi ta’sirida x o‘qi bilan 600 burchak tashkil qilib, to‘g‘ri chiziqli harakat qilayotgan jismning massasi m=10 kg bo‘lsa, uning tezlanishining koordinata o‘qlaridagi proeksiyalarini aniqlang.

  44. Jismga bir to‘g‘ri bo‘ylab x o‘qi bilan 600 burchak tashkil qilib P1=100 N va P2=20 N kuchlari ta’sir ko‘rsatganda a=10 m/sek2 tezlanishga ega bo‘lsa, bu jism massasini aniqlang.

  45. Poezd temir yo‘lning gorizontal to‘g‘ri chiziqli qismdan o‘tmoqda. Poezd tormozlanganda qarshilik kuchi poezd og‘irligining 0,1 qismiga teng. Tormozlanishning boshida poezd tezligi 72 km/s. Poezdning tormozlanish yo‘li aniqlansin.

  46. Qo‘zg‘almas o‘q atrofida aylanma harakatdagi qattiq jism nuqtalari tezlanishi. Urinma va markazga intilma tezlanishlar.

  47. Og‘irligi 4 kH bo‘lgan avtomobilni 10 sek vaqt ichida tezligini 20 m/s dan 5 m/s gacha kamaytirish uchun qanday kuch bilan tormozlash kerak? Avtomobilni to‘g‘ri chiziqli harakatda deb olinsin.

  48. O‘qlarni parallel ko‘chirganda inersiya momentlarini hisoblash.

  49. 72 km/s tezlik bilan to‘g‘ri chiziqli harakatdagi avtomobilga tormoz berilsa, u qancha vaqtda va qanday masofada to‘xtaydi. Tormozlash qarshiligini avtomobil og‘irligining 0,2 qismiga teng deb olinsin.

  50. Nuqtaning murakkab harakatida tezlanishlarni qo‘shish teoremasi. Koriolis tezlanishi.

  51. Og‘irligi P=5 kg bo‘lgan lift a=4m/s2 tezlanish bilan yuqoriga ko‘tarilmoqda. Trosning tortilish kuchi aniqlansin.

  52. Qattiq jismni qo‘zg‘almas o‘q atrofida aylanma harakati. Burchak tezlik va berchak tezlanishlar.

  53. Sistemaning inersiya momentlari.

  54. Massasi 100 kg bo‘lgan jism gorizont bilan 600 burchak tashkil etuvchi g‘adir-budir qiya tekislik bo‘ylab harakatlanadi. Ishqalanish koeffitsienti ga teng. Shu nuqtaning tezlanishi topilsin.

  55. Massasi 8 kg bo‘lgan jismning harakati tenglamalar bilan berilgan. Bu erda x,u-metrlarda, t-sekundda berilgan. Jismga ta’sir etuvchi kuch aniqlansin.

  56. Qattiq jismning ilgarilanma harakat differensial tenglamalari.

  57. Silliq gorizontal tekislikda yotgan massasi 5 kg bo‘lgan jismga P=20 kH kuch gorizontal yo‘nalishda ta’sir etmoqda. Ushbu kuch ta’sir etgunga qadar jism tinch holatda bo‘lgan. 15 sekunddan keyingi jismning tezligi topilsin.

  58. Gorizontal yo‘lda 36 km/soat tezlik Bilan ketayotgan tramvayga tormoz berilsa, u qancha vaqtda va qanday to‘xtaydi. Tormozlash vaqtda vagon harakatiga ko‘rsatiladigan qarshilik vagon og‘irligining tonnasiga 300 kg dan to‘g‘ri keladi.

  59. Tekislikda x o‘qi bilan 600 burchak tashkil qilib harakatlanayotgan m=20kg massali jismga P=100N kuch ta’sir ko‘rsatadi, bu jismning x o‘qidagi tezlanish proeksiyasini aniqlang.

  60. Gorizont Bilan 300 burchak hosil qilgan qiya tekislikning boshlanishida tezligi 90 km/s bo‘lgan avtomashina dvigateli o‘chib qoladi. Ishqalanish koeffitsienti f=0,1 bo‘lsa u qancha vaqt harakat qiladi va qancha masofani bosib o‘tadi?

  61. Gorizont bilan 600 burchak tashkil qiluvchi g‘adir-budir qiya tekislikdan jism tushib kelmoqda. Ishqalanish koefitsienti . Boshlang‘ich tezligi bo‘lsa , qancha vaqtdan keyin uning tezligi ikki baravar oshadi?

  62. Gorizontal yo‘lda 36 km/soat tezlik Bilan ketayotgan tramvayga tormoz berilsa, u qancha vaqtda va qanday to‘xtaydi. Tormozlash vaqtda vagon harakatiga ko‘rsatiladigan qarshilik vagon og‘irligining tonnasiga 300 kg dan to‘g‘ri keladi.

  63. Og‘irlik 50 kg bo‘lgan yukni qiya tekislik bo‘ylab 4 metr masofaga chiqarish uchun sarf bo‘ladigan ish hisoblansin. Gorizont bilan tekislik orasidagi burchak 600 va ishqalanish koefitsienti 0,2 deb olinsin.

  64. Jismga bir to‘g‘ri bo‘ylab x o‘qi bilan 600 burchak tashkil qilib P1=100N va P2=20N kuchlari ta’sir ko‘rsatganda a=10m/sek2 tezlanishga ega bo‘lsa, bu jism massasini aniqlang.

  65. Moddiy nuqta harakatining koordinata o‘qlari bo‘yicha differensial tenglamalari.

  66. s=0,5t2+4t traektoriya bo‘ylab xarakat qilayotgan nuqta qancha vaqtda 10 m/s tezlikga erishadi.

  67. Massasi 8 kg bo‘lgan jismning harakati tenglamalar bilan berilgan. Bu erda x,u-metrlarda, t-sekundda berilgan. Jismga ta’sir etuvchi kuch aniqlansin.

  68. 20 m/s tezlik bilan boruvchi avtomobil tormoz berilgandan keyin 6 s da to’xtagan bo’lsa, avtomobil g’ildiragining yo’lga ishqalanish koeffitsiyenti f qancha bo’lishi kerak?

  69. (Masala) Avval to’g’ri chiziqli, so’ngra egri yo’lda 20 m/s tezlik bilan borayotgan poyezd vagonida bir yuk prujinali tarozida tortildi; tarozi birinchi holatda 50 N ni, egri yo’lda 51 N ni ko’rsatdi. Yo’lning egrilik radiusi aniqlansin.

  70. (Masala) Gorizontal yo’lda 10 m/s tezlik bilan boruvchi tramvay vagoni tormozlaganda u qancha vaqtda va qanday masofani o’tib to’xtaydi? Tormozlash vaqtida vagon harakatiga ko’rsatiladigan qarshilik vagon og’irligining 0,3 qismiga teng.

  71. (Masala) Ichki yonuv dvigatelining quvvati aniqlansin; butun yo’l davomida porshenning 1 sm2 yuzasiga tushadigan o’rtacha bosim 49 N, porshen yo’li 40 sm, porshen yuzasi 300 sm2, bir minutda ishchi yurishlar soni 120 ta va foydali ish koeffitsiyenti 0,9 ga teng.

  72. (Masala) Massasi 0,2 kg bo’lgan tosh 1 m uzunlikdagi ipning uchiga osilgan; itarib yuborilganda tosh 5 m/s ga teng gorizontal tezlik oldi. Tosh itarib yuborilgandan keyin ipda qancha tortish kuchi bo’lganligi aniqlansin.

  73. (Masala) Massasi 1000 kg bo’lgan avtomobil do’ng ko’prikda v=10 m/s tezlik bilan harakat qiladi; ko’prik o’rtasining egrilik radiusi =50 m. Avtomobil ko’prik o’rtasidan o’tgan paytda ko’prikka qancha bosim ko’rsatishi aniqlansin.

  74. (Masala) Massasi 2 t bo’lgan yukni gorizont bilan 300 burchak hosil qiladigan qiya tekislik bo’ylab surib, 5 m balandlikka ko’tarish uchun eng kamida qancha ish sarf qilish kerakligi aniqlansin. Ishqalanish koeffitsiyenti 0,5 ga teng.

  75. (Masala) Massasi 20 kg bo’lgan bolg’ani 0,75 m balandlikka bir minutda 84 marta ko’taradigan mashinaning quvvati qancha bo’ladi? Mashinaning foydali ish koeffitsiyenti 0,7 ga teng.

  76. (Masala) Massasi 40 kg bo’lgan bola sport chanasining oyoqlariga turib chanani har sekundda 20 N·s li impuls bilan itaradi; chananing umumiy massasi 20 kg. Ishqalanish koeffitsiyenti f=0,01. Chana tezligining 15 s da qanchaga yetishi topilsin.

  77. (Masala) Massasi m bo’lgan jism turtib yuborilganda g’adir-budur gorizontal tekislikda 5 s da s=24,5 m masofani o’tib to’xtagan. Ishqalanish koeffitsiyenti f aniqlansin.

  78. (Masala) Nuqta v=0,2 m/s tezlik bilan aylana bo’ylab tekis harakat qilib, T=4 s vaqt ichida aylanani bir marta to’la aylanib chiqadi. Bitta yarim davr ichida nuqtaga ta’sir etuvchi kuchlar impulsi S topilsin; nuqta massasi m=5 kg. F kuchning o’rtacha qiymati aniqlansin.

  79. (Masala) Og’ir jism gorizont bilan 300 burchak hosil qiluvchi gadir-budur qiya tekislikda boshlang’ich tezliksiz tushadi. Ishqalanish koeffitsiyenti f=0,2 bo’lsa, jism l=39,2 m yo’lni qancha vaqt ichida bosib o’tadi?

  80. (Masala) Og’ir jism gorizontga 300 burchak ostida og’gan silliq tekislik bo’ylab pastga tushadi. Agar jismning boshlang’ich paytdagi tezligi 2 m/s ga teng bo’lsa, jism 9,6 m yo’lni qancha vaqtda o’tishi topilsin.

  81. (Masala) Og’ir nuqta gorizont bilan 300 burchak tashkil qiluvchi g’adir-budur qiya tekislikda ko’tariladi. Boshlang’ich paytda nuqta tezligi v0=15 m/s bo’lgan. Ishqalanish koeffitsiyenti f=0,1. Nuqta to’xtaguncha qancha yo’l bosadi? Shu yo’lni qancha vaqtda bosadi?

  82. (Masala) Poezd 72 km/soat tezlik bilan harakat qiladi, tormoz qilganda u 0,4 m/s2 ga teng sekinlanish oladi. Poezd stansiyaga kelmasdan qancha vaqt oldin va stansiyadan qancha narida tormozlash kerakligi topilsin.

  83. (Masala) Samolyot yerga qo’nish tezligi 400 km/soat deb hisoblab, qo’nish vaqtida samolyotning l=1200 m li yo’lda sekinlanishi aniqlansin. Sekinlanish doimiy deb hisoblansin.

  84. (Masala) Snaryad to’p og’zidan 570 m/s gorizontal tezlik bilan uchib chiqadi; snaryadning massasi 6 kg. Agar snaryad to’p ichida 2 m yo’l o’tib chiqqan bo’lsa, porox gazlarining o’rtacha bosimi P qancha? Agar gazlar bosimi doimiy deb hisoblansa, snaryad to’p stvolida qancha vaqt harakat qiladi?

  85. (Masala) Stolda turgan 3 kg massali jismga ip bog’lanib, ipning ikkinchi uchi A nuqtaga biriktiriladi. Agar tortish kuchi T=42 N bo’lganda ip uzilsa, jismni vertikal bo’ylab yuqoriga ko’targanda uzilishi uchun A nuqtaga qanday tezlanish berish kerak?

  86. (Masala) Tik qirg’oqdagi uchta punkitdan 50, 70 va 100 m/s ga teng tezlik bilan gorizantal tezlik bilan bir vaqtda otilgan uchta o’q suvga bir vaqtda tushadi. Shu punktlarning su sathidan balandliklari aniqlansi, birinchi o’q tushgan qirg’oqqacha bo’lgan masofa 100 m ga teng, faqat og’irlik kuchining tezlanishi g=9,81 m/s2 ga teng. O’qlarning uchish vaqti va tezliklari topilsin.

  87. (Masala) Tinch holatda bo’lgan jism tekis tezlanish bilan aylana boshlab, birinchi 2 minutda 3600 marta aylanadi. Burchak tezlanish aniqlansin.

  88. (Masala) Tosh shaxtaga boshlang’ich tezliksiz tushib keladi. Toshning shaxta tubiga tushib urilishidan chiqqan tovush toshning tusha boshlagan vaqtidan 6,5 s keyin eshitiladi. Tovush tezligi 330 m/s ga teng. Shaxta chuqurligi topilsin.

  89. (Masala) Tramvay tarmog’i stansiyasidagi turbogeneratorlarining quvvati hisoblansin, bunda tramvay yo’lidagi vagonlar soni 45 ta, har bir vagon 10 t, ishqalanish qarshiligi vagon og’irligining 0,02 qismiga, vagonning o’rtacha tezligi 3,3 m/s ga va tarmoqdagi nobudgarchilik 5% ga teng.

  90. (Masala) Yuk ortilgan temir yo’l sostavining massasini aniqlash uchun teplovoz bilan vagonlar orasida dinamometr o’rnatilgan. 2 min ichida dinamometr o’rta hisobda 106 N ni ko’rsatadi. Shu vaqt ichida sostavning tezligi 16 m/s ga yetdi. Ishqalanish koeffitsiyenti f=0,02. Sostavning massasi topilsin.

Download 43,51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish