Nazorat savollariga javoblar Pedagogning o‘z-o‘zini rivojlantirishi



Download 17,32 Kb.
Sana26.01.2022
Hajmi17,32 Kb.
#411379
Bog'liq
2- топширик жавоблари tayyor


Nazorat savollariga javoblar

  1. Pedagogning o‘z-o‘zini rivojlantirishi.

Javob: Ta’lim jaraenidan farqli tarbiya jaraenini texnologiyalashtirishda bu jaraenning samarasini qisqa muddat oralig‘ida ko‘ra olish imkoniyati yo‘q. Tarbiya jaraenining o‘ziga xos xususiyatlari, talaba va o‘qituvchi o‘rtasida yuzaga kelish ehtimoli bo‘lgan ziddiyatlar tarbiyaviy jaraenni texnologiyalashtirishga nisbatan ijodiy va mas’uliyatli endoshish zarurligini taqozo etadi.

  1. “Individual rivojlanish dasturi” va uning pedagog faoliyatidagi ahamiyati.

Ta’limning individuallashtiruvi har bir talabaning 79 individual reja va ta’lim dasturlariga ega ekanligini ifoda etadi. Talaba tanlovi asosidagi fanlar 70 % ni, majburiy fanlar esa 30 % dan oshmaydi. Talabaning mustaqil ish hajmi 70 % ni, auditoriyadagi ishi esa 30 % ni tashkil etadi. Ushbu ko‘rsatkichlar individual ta’limni tashkil qilishga asos bo‘lib xizmat qiladi Ta’limning samaradorligi guruhda individual o‘qitishli auditoriya mashg‘ulotlari va talabaning mustavqil ishlarini uyg‘unlashtirish orqali ta’minlanadi. Auditoriya o‘quv vaqtining 70% gacha qismini individual o‘qitishga, shuningdek umumiy o‘quv vaqtining 70%gacha qismini mustaqil ishga ajratilishi o‘quv fanlarining talabalar tomonidan o‘z qobiliyatlari darajasida o‘zlashtirishga imkon yaratadi. Bu asosida ta’limning samaradorligi ta’minlanadi. Zamonaviy o‘qitish texnologiyasi, OTMning jihozlanganligi, professor-o‘qituvchilar tarkibi faqat darajali, yuqori malakali kadrlardan iborat bo‘lishi, o‘qitishning yuqori sifatlari - YeSTS uchun dastlabki zaruriy talablar hisoblanadi. O‘quv jarayonini tashkil etishning ushbu tizimi, quyidagi o‘ziga xos xususiyatlarga ega. O‘quv rejasi bo‘yicha barcha o‘quv fanlari ikki guruhga bo‘linadi: 1) majburiy fanlar; 2) talaba tomonidan ixtiyoriy tanlanadigan fanlar. Ular taxminan 1:2 nisbatda bo‘ladi. Har bir talaba shaxsiy o‘quv rejasiga ega bo‘lishi zarur. Qolaversa, talaba har bir o‘quv fani bo‘yicha o‘qituvchini tanlash huquqiga ega.

  1. Kommunikativlik ko‘nikmalari.

Pedagogning kommunikativ kompetentligi. Pedagogning kommunikativ kompetentligi uning talabalar jamoasi, ota-onalar, hamkasblar va rahbariyat bilan uyushtiriladigan muloqot jarayonida namoyon bo‘ladi. Bunda, ayniqsa, pedagogning talabalar jamoasi bilan o‘zaro muloqoti muhim ahamiyatga ega. Pedagog talabalar bilan muloqotga kirishish, uning samarali bo‘lishiga intiladi.

  1. Qaror qabul qilish ko‘nikmalari.

Zamonaviy sharoitda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarning o‘tkazilishiga rasmiyatchilik nuqtai nazardan voz kechish maqsadga muvofiqir. Zero, tayer ssenariy asosida muayyan tadbirni tashkil etish jaraenida uning asosiy sub’ektlari bo‘lgan talabalar faol ishtirokchi, tadbir natijasini belgilovchi shaxs sifatida emas, balki oddiy ijrochi sifatida qatnashadi. Bu holat esa bir qator salbiy oqibatlarni keltirib chiqaradi.

  1. Ta’lim natijasini ta’minlashda kompetensiyaviy yondashuv.

“Kompetentlik” tushunchasining mohiyati. Bozor munosabatlari sharoitida mehnat bozorida ustuvor o‘rin egallagan kuchli raqobatga bardoshli bo‘lish har bir mutaxassisdan kasbiy kompetentlikka ega bo‘lish, uni izchil ravishda oshirib borishni taqozo etmoqda. Xo‘sh, kompetentlik nima? Kasbiy kompetentlik negizida qanday sifatlar aks etadi? Pedagog o‘zida qanday kompetentlik sifatlarini yorita olishi zarur. Ayni o‘rinda shu va shunga yondosh g‘oyalar yuzasidan so‘z yuritiladi. “Kompetentlik” tushunchasi ta’lim sohasiga psixologik izlanishlar natijasida kirib kelgan. Shu sababli kompetentlik “noan’anaviy vaziyatlar, kutilmagan hollarda mutaxassisning o‘zini qanday tutishi, muloqotga kirishishi, raqiblar bilan o‘zaro munosabatlarda yangi yo‘l tutishi, noaniq vazifalarni bajarishda, ziddiyatlarga to‘la ma’lumotlardan foydalanishda, izchil rivojlanib boruvchi va murakkab jarayonlarda harakatlanish rejasiga egalik”ni anglatadi. Kasbiy kompetentlik mutaxassis tomonidan alohida bilim, malakalarning egallanishini emas, balki har bir mustaqil yo‘nalish bo‘yicha integrativ bilimlar va harakatlarning o‘zlashtirilishini nazarda tutadi. Shuningdek, kompetensiya mutaxassislik bilimlarini doimo boyitib borishni, yangi axborotlarni o‘rganishni, muhim ijtimoiy talablarni anglay olishni, yangi ma’lumotlarni izlab topish, ularni qayta ishlash va o‘z faoliyatida qo‘llay bilishni taqozo etadi.

  1. Ta’lim natijasini ta’minlashda rahbar va pedagogning Soft skills, ko‘nikmalari.

“Soft skills” - “yumshoq” kompetensiyalar (ijodkorlik, muloqotga kirishishi layoqati, jamoada ishlash qobiliyati, qat’iyatlilik, tanqidiy fikrlash va hok.) esa ko‘p hollarda inson xarakteri va hayotiy tajribasiga bevosita bog‘liq bo‘lganligi sababli shaxsiy fazilat,

xislat, qobiliyat sifatida ham talqin etiladi.

Pedagog rahbarligi yoki uning yo‘l-yo‘riqlari, ko‘rsatmalariga asosan o‘quv mashg‘ulotlari va tarbiyaviy ishlarni tashkil etishda ham muloqot muhim ahamiyat kasb etadi. Ayni shu vaqtda muloqotning faoliyatni tashkil etish vazifasini namoyon bo‘ladi. Yaqin-yaqingacha faoliyatni tashkil etishda pedagogning yetakchiligi, uning bevosita rahbarligi ustuvor omil bo‘lgan bo‘lsa, zamonaviy sharoitda rollar almashinuvi yetakchi o‘ringa chiqdi.


  1. Boshqaruv ko‘nikmalari.

Pedagog tomonidan jamoa bilan muloqotni uyushtirish texnikasini doimiy ravishda tahlil qilib borish maqsadga muvofiqdir. Ma’lum vaziyatlarda pedagog rahbar sifatida talabalar faoliyatlarini boshqaradi. Bu jarayonda ham muloqot yetakchi omil hisoblanadi. Biroq, muloqotning samaradorligi rahbar sifatida namoyon bo‘layotgan pedagog tomonidan qanday muloqot uslubining tanlanganligi bilan belgilanadi.

  1. Zamonaviy pedagog imidji.

Pedagogning pedagogik taktga egaligi uning yurish-turishi, vazminligi, o‘zini tuta bilishida

namoyon bo‘ladi. Ushbu sifat talabaga ishonch bilan qarashni nazarda tutadi. Talabaga ishonchsizlik bilan qarash pedagogning pedagogik taktga ega emasligini ifodalaydi. Har qanday pedagogik nizo yoki ziddiyatlarning asosida pedagogning pedagogik taktga ega emasligi yotadi. Har qanday qo‘pollik, kesatiq va koyishlar, talabalarni doimiy ravishda tanqid qilish, ularga ishonchsizlik bildirish pedagogik nizolarni keltirib chiqaradi. Pedagogik takt, shuningdek, pedagogning talaba javobini diqqat bilan tinglashida, javobning mazmuniga alohida e’tibor qaratishida, bordi-yu, talaba xatoga yo‘l qo‘yadigan bo‘lsa, uni bosiqlik, vazminlik bilan to‘g‘rilashda, talaba faoliyatini haqqoniy, oqilona baholashda, qo‘yilgan bahoning mohiyatini izohlashda namoyon bo‘ladi.



  1. Emotsiyalarni boshqarish ko‘nikmasi.

Pedagogik texnologiyaga asoslangan ta’lim jarayonida o‘qituvchi va talaba faoliyati doirasi aniq belgilanadi, ta’limni tashkil etishning aniq texnologiyasi ko‘rsatiladi.

Ushbu ishlarning barchasi pedagogik faoliyatda bajariladi. Pedagogik faoliyatga tayyorgarlik darajasini ta’minlashda esa oliy ta’lim muassasalarida o‘qitiladigan pedagogik yo‘nalishdagi fanlarning zimmasiga tushadi. Shu ma’noda o‘qituvchining



innovatsion faoliyatga yo‘naltirishda ilg‘or pedagogik texnologiyalarni amalda joriy etish ham muhim ahamiyat kasb etadi. Ta’limda texnologik yondashuv pedagogik jarayonga faol ta’sir etuvchi va uning samaradorligini, bir butunligini va muvaffaqiyatini belgilab beruvchi omillardan biri hisoblanadi.

  1. Jamoada ishlash ko‘nikmasi - pedagogning an’anaviy pedagogik fikrlashdan farqli ravishda ta’lim va tarbiya jaraenini samaradorligi ta’minlashga xizmat qiluvchi yangi g‘oyalarni yaratish, shuningdek, mavjud pedagogik muammolarni ijobiy hal qilishga bo‘lgan tayergarligini tavsiflovchi qobiliyati

Qarshi tuman 2-son kasb-hunar maktabi

Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha direktor o‘rinbosari O’.Sayidov
Download 17,32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish