Neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi


§. Neftni atmosfera bosimida fraktsiyalarga ajratish



Download 4,1 Mb.
bet8/71
Sana25.07.2021
Hajmi4,1 Mb.
#128529
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   71
Bog'liq
НГКИТ китоб 2013

1.4.§. Neftni atmosfera bosimida fraktsiyalarga ajratish

Neftni haydash jarayoni asosan, uni ma’lum haroratgacha qizdirib,tarkibidagi uglevodorodlar bug’ xolatiga o’tib, keyin sovutish natijasida suyuq xolatga ya’ni distillyat va qoldiq xosil qilishdir. Haydash vaqtida qaynash haroratlari bilan farq qiladigan ikki komponentdan tashkil topgan aralashma t1 qaynash haroratigacha qizdiriladi. Bunda oson qaynaydigan maxsulot bug’lanadi va tizimdan chiqarilib sovutiladi.

Distillyat va qoldiqni toza holda ajratib olish uchun xaydash jarayonini bir necha marta qaytarish kerak. Buning uchun rektifikastiya jarayonidan foydalaniladi. Rektifikastiya jarayoni maxsus tarelkalar bilan jihozlangan kolonna tipidagi vertikal stilindrik shakldagi qurilmada olib boriladi. Rektifikastiya jarayonida qarama-qarshi xarakatlanayotgan bug’ va suyuq fazalar ko’p marta bir-birlari bilan to’qnashadi, bug’ faza past temperaturada qaynaydigan komponent bilan, suyuq faza yuqori temperaturada qaynaydigan komponent bilan boyitiladi.

Neftni birlamchi haydash atmosfera sharoitida, qoldiq qismi esa vakuumda haydaladi. Haydashdan hosil bo’lgan distillyatlar tarkibidan engil komponentlarni chiqarish uchun “o’ta qizdirilgan bug’ aralashtiriladi”.Suv bug’ining sarfi atmosfera kolonnasi uchun neftga nisbati 1,5-2,0 % (mass), bug’latuvchi kolonnada esa 2,0-2,5 % (mass) ni tashkil etadi.

Neftni atmosferali haydash qurilmalarida asosan neftdan yoki neft aralashmasidan to’rt distillyatli frakstiya va qoldiq mazutga ajratiladi. Uglevodorodli gazlar va vodorod sulfidli gazlar yonaki maxsulot hisoblanadi.
Qurilmaning texnologik sxemasi yuqoridagi 3-rasmda tasvirlangan.

Xom-ashyo ikki karra bug’latishda ikki kolonnali (birinchisi oddiy, ikkinchisi murakkab) qurilma texnologik tizimini ko’rib chiqamiz. Neft birinchi rektifikatsion kolonnaga kelguncha bir yoki bir necha oqimda issiqlik almashtirgichlarda 200-2200C temperaturada qizdiriladi. Birinchi kolonna yuqori mahsulotlari engil benzin va kam miqdordagi gaz hisoblanadi. Qolgan distillyatlar ikkinchi kolonnada olinadi. Har ikkala kolonna uchun umumiy holda quvurli pech xizmat qiladi.


Oddiy kolonka yuqorisidan ajratuvchi engil benzin bug’lari (oxirgi qaynash temperaturasi 1600C gacha bo’lgan frakstiyalar) 3-havoli sovutgichda kondensastiyalanadi, so’ngra kondensat va gazlar 4 –suvli sovutgichda sovutiladi va 5-gaz separatorida ajratiladi. Bu erdan 7-nasos yordamida barqarorlashtirish blogiga yoki ikkilamchi xaydashga yuboriladi. Engil benzin bir qismi 2-kolonka yuqori tarelkasiga sovuq sug’orish sifatida qaytariladi. Qisman benzinsizlantirilgan neft 2-kolonka pastki qismidan 1-nasos yordamida 6-zmeevikli pechga kiritiladi. Pechda bug’-suyuqlik holatida (330-360 0C) qizdirilgan neft asosiy 14 rektifikastion kolonnaga beriladi. Pechda qizdirilgan neftning bir qismi 2 kolonnada restirkulyat sifatida qo’llaniladi. Kolonna yuqorisidagi maxsulot benzin frakstiyasi bo’lib,uni 2 kolonnadan olingan benzin bilan taqqoslaganda biroz og’irdir. Kolonna 14 bo’ylab chiqayotgan benzin bug’lari, shuningdek ,suv bug’lari 15 havoli sovutgichda kondensastiyalanadi.Suvli sovutgich 16 dan so’ng 17 gaz separatorida gaz, benzin va suvga ajratiladi. Suyuq benzin frakstiyasi 22 nasos yordamida ikkilamchi xaydashga beriladi, bir qismi esa 14 kolonnani yuqori tarelkasiga “sovuq sug’orish” sifatida qaytariladi.


Rasm-4. Neftni atmosferali haydash qurilmasi texnologik sxemasi:

1, 7, 8, 9,12,13, 20, 21, 22 – nasoslar; 2, 14 – rektifikasion kolonnalar;

3,15,24,27,30- havoli sovitkichlar; 4,16, 25, 31- sovitgichlar; 10, 11, 23, 26, 29 - issiqlik almashtirgichlar; 5, 17 – gazseparator-suv ajratgichlar; 6 - pech; 18, 19 - bug’latuvchi kolonnalar;

Bug’latuvchi kolonnalar 18 va 19 orqali 20 va 21 nasoslar yordamida 1400C -  240 0C va 2400C 3500C (yoki 140 2200C va 220 350 0C) fraktsiyalar chiqariladi. Birinchisi kerosin fraktsiyasi issiqlik almashtirgich 23, havoli sovutish qurilmasi 24 va suvli qobiq quvurli sovutgichdan so’ng qurilmadan chiqariladi. Ikkinchi dizel yoqilg’isi isiqlik almashtirgich 26, sovutgich 27 va 28 suvli sovutgichdan so’ng chiqariladi. Bug’latuvchi kolonnalar pastki tarelkasi ostidan o’ta qizdirilgan suv bug’i kiritiladi. Neftning og’ir bug’lanmagan qoldig’i aralashma suyuqligi bilan 14 kolonna pastki tarelkasiga oqib tushadi. Kolonna pastki tarelkasi ostidan ham “o’ta” qizdirilgan suv bug’i kiritiladi. Katta miqdorda qaynash harorati past fraktsiyalaridan ajratilgan mazut 14 kolonna pastidan 13 nasos yordamida 29 issiqlik almashgich va 30 31 sovutgichlar orqali rezervuarga jo’natiladi. Qurilma moddiy balansi neftdagi tiniq rangli neft maxsulotlari miqdoriga bog’liqdir.

Atmosfera xaydash qurilmasi moddiy balansi quyidagi jadvaldagi namuna ko’rinishida bo’lishi mumkin.

Jadval № 4

Kiritilgan

% (massa)

Barqarorlashtirilgan neft

100,0

Suvli emulstiya

0,1

Jami:

100,1

Olingan




Uglevodorod gazlari

1,0

Benzin frakstiyasi (140 0C gacha)

12,2

Kerosin frakstiyasi (1400C 2400C)

16,3

Dizel frakstiyasi (2040C - 350 0C)

17,0

Mazut (>350 0C)

52,7

Yo’qotishlar

0,9

Jami:

100,1

Atmosferali xaydash qurilmasi kolonnalaridagi rejim va ularni tavsiflari.


Jadval № 5

Kolonnalar

Xarorat 0C

Bosim MPa

Diametr m

Balandlik, m

Tarelkalar soni

Dastlabki (2)





3,8

30,2

22

Asosiy (14)



0,15

7,0

45,9

38



Download 4,1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish