Neʼmatlarning muayyan kishilar egaligida boʻlishi va ular tomonidan



Download 60,91 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana31.12.2021
Hajmi60,91 Kb.
#254183
  1   2
Bog'liq
Mulk - Vikipediya



Mulk

Mulk — 

moddiy


 va 

maʼnaviy


 

neʼmatlarning

 muayyan kishilar egaligida boʻlishi va ular tomonidan

oʻzlashtirilishi; mulkka 

egalik huquqi

 hamda mulk obʼyektlariga egalik, ularni boʻlish, taqsimlash

boʻyicha kishilar oʻrtasida yuzaga keladigan 

iqtisodiy

 munosabatlar. Mulk obʼyekti yer va yer

osti boyliklari, 

korxona

bino



, inshootlar, mashina va uskunalar, tayyor 

mahsulot


pul


qimmatli


qogʻozlar

sanʼat



 va 

adabiyot


 

asarlari


ilmiy


 va texnikaviy 

ishlanmalar

 va boshqalar boʻlishi

mumkin. Moddiy va maʼnaviy neʼmatlarni amalda oʻzlashtiruvchilar mulk subʼyektlari, yaʼni egalari

hisoblanadi. Bularga ayrim kishilar, 

oilalar


jamoalar


 va, nihoyat, 

davlat


 kiradi. Mulkdan 

amalda


foydalanib, bundan naf koʻrish mulkni iqtisodiy tasarruf qilish hisoblanadi.

Kishilarning moddiy neʼmatlarni yaratishdagi, ularni taqsimlash va isteʼmol etishdagi oʻrni, siyosiy

hayotda tutgan mavqei, asosan, ishlab chiqarish vositalariga egalik qilishlariga bogʻliq. Jamiyat

taraqqiyoti tarixida egalik qilish shakliga koʻra mulkning bir necha turi bor: ibtidoiy jamoa

tuzumida ishlab chiqaruvchi kuchlar gʻoyat past rivojlanganidan kishilar birgalikda, guruh-guruh

boʻlib mehnat qilishgan. Shubhasiz, shunday sharoitda mehnat qurollari va mahsulotlari

jamoaning umumiy mulki boʻlgan. Mehnat qurollari va mehnat malakasi yuksalgach, kishilar

yakka holda mehnat qila oladigan boʻldi. Bu oʻzgarish tufayli jamoa mulki parchalanib, xususiy

mulkka aylangan. 

Xususiy mulk

 — bu mulkni oʻzlashtirishning xususiy usuliga asoslangan shakli. U

2 xil boʻladi: 1) individual — yakka xususiy mulk, yaʼni ayrim shaxslar yoki oilalarga tegishli mulk;

2) korporativ xususiy mulk, bu ham ayrim kishilarga qarashli, lekin aksiyadorlar jamiyatidagi

umumiy mulkning bir qismi sifatida mavjud boʻlgan mulk. Korporativ mulk dividend keltiruvchi

mulkdir. 

Jamoa mulki

 — bu jamoaga ixtiyoriy ravishda birlashgan kishilarning umumiy mulki boʻlib,

bu mulkning egalari shu jamoada mehnat qilishi shart. Bu yerda mulk egasi ayni bir vaqtda shu

mulkni amalda ishlatuvchi ham hisoblanadi. 

Davlat mulki

 — davlat ixtiyorida boʻlgan mulk, davlat

hokimiyati organlari tomonidan tasarruf etiladigan 

monopollashgan

 mulkdir. Bunday mulk

obʼyekti — yer, tabiat resurslari, asosiy vositalar, binolar, moliya, moddiy resurslar, axborot,

moddiy va maʼnaviy boyliklar boʻlishi mumkin. Bu mulk ijtimoiy neʼmatlarni yaratishga xizmat

qiladi.



Davlat bor yerda uning mulki mavjud, lekin ushbu mulkning milliy iqtisodiyotdagi ulushi turli

mamlakatlarda farqlanadi va mamlakat iqtisodiyotining modeliga bogʻliq. Fuqarolik jamiyati

doirasida davlat mulki tobora ijtimoiy yoʻnalish olmoqda, yaʼni umummilliy manfaatlarni himoya

qilishga yoʻnaltirilgan. Ijtimoiy mulk — tarixan sobiq sotsialistik mamlakatlarda mavjud boʻlgan.

Bunda kishilar mulk egasi sifatida teng boʻladi, shuning uchun har bir kishining jamiyatdagi

mavqei, turmush darajasi uning mehnati bilan belgilangan.

Mulkga egalik va uni tasarruf etish muayyan iqtisodiy munosabatlarni paydo etadi va u

mulkchilik munosabatlari deb ataladi. Mulk paydo boʻlishi uchun mulkka aylanadigan narsalar naf

keltira olishi zarur. Mulkchilik munosabatlari mulkni kishilarning oʻziniki yoki oʻzganiki ekanligini

bildiradi. Bunday munosabatlarning 3 jihati bor: 1) mulkka egalik qilish, yaʼni 

mulkdorlik

 huquqining

mulk egasida saqlanib turishi; 2) mulkdan foydalanish va uni amalda ishlatish. Mulkdan

foydalanilganda shaxsiy ehtiyojlarni qondirish yoki daromad topish yuz beradi. 

Mulkdor

 oʻz


mulkini ishlatganda egalik qilish va mulkdan foydalanish bir qoʻlda toʻplanadi, mulk keltirgan

nafni uning egasi tanho oʻzlashtiradi. Mulk oʻzgalar qoʻlida ishlatilganda bundan olingan

daromadni mulkdor mulkni amalda ishlatuvchi bilan baham koʻradi; 3) mulkni tasarruf etish — bu

mulk taqdirini mustaqil hal qilish, yaʼni mulkni sotish, merosga qoldirish, hadya etish, garovga

qoʻyish kabi xatti-harakatlarni erkin amalga oshirilishidir. Mulkiy munosabatlarda mulkni ijaraga

berish muhim oʻrin tutadi. Yer, suv havzalari, bino va inshoot kabi koʻchmas mulklar oddiy ijaraga

beriladi. Qimmatbaho mashina va uskunalar (traktor, kombayn, samolyot, teplovoz, paroxod, yuk

avtomashinalari va vagonlar) ijarasi lizing shaklida amalga oshiriladi. Mulk boʻlgan pul

mablagʻlarni oʻz egasi tomonidan, oʻzgalarga foydalanib turish uchun berish kredit shakliga

kiradi. Mulk milliy boylikni hosil etadi

[1]

.

Shodmonov Sh., Alimov R., Joʻrayev T. Iqtisodiyot nazariyasi, T., 2002.



1. Ahmadjon Oʻlmasov. 

OʻzME

. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Ko‘proq o‘rganish

Ushbu maqolada 

Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi

 (2000-2005)

maʼlumotlaridan foydalanilgan.

Adabiyot


Manbalar



Download 60,91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish