Neotropik oblast



Download 76,5 Kb.
Pdf ko'rish
Sana12.06.2022
Hajmi76,5 Kb.
#659826
Bog'liq
Neotropik oblast - Vikipediya



Qidir
Neotropik oblast
Neotropik oblast
- quruklikdagi flora va zoogeografiya oblasti; oʻsimliklar Neotropik oblasti.
bilan hayvonlar Neotropik oblast ining chegarasi bir-biridan bir oz farq qiladi.
Neotropik flora oblasti. Neotropik oʻsimliklar dunyosi — quruklikdagi asosiy botanik-geografik r-
nlardan biri. Yangi Dunyoning materik qismini, shim.da Quyi Kaliforniyadan va Meksika togʻligining
jan. qismidan to jan.da 40°j.k.gacha boʻlgan joylarni hamda Markaziy Amerikaga yondosh orollarni
oʻz ichiga olgan. Iklimi tropik, 25° j.k.dan jan.da subtropik va moʻʼtadil iqlim. Oʻsimlik dunyosi boy
va xilma-xil, aksari qismi mezofil oʻrmon oʻsimliklaridan iborat. Oʻsimliklar orasida asosiy oʻrinni
pantropik oʻsimlik oilalari (sutlamadoshlar, lavrdoshlar, togʻbekatdoshlar, tutdoshlar,
palmadoshlar va boshqalar), shuningdek, neotropik turkum vakillaridan kosmopolit oʻsimlik
oilalari (qoqidoshlar, bugʻdoydoshlar, burchokdoshlar, yalpizdoshlar va boshqalar) egallagan.
Endemik oʻsimlik oilalari kam, lekin ularning bir kismi (kaktusdoshlar va boshqalar)
oʻsimliklarningtarkibi vaumumiy manzarasi uchun juda tavsifli. Nisbatan turgʻun muhit sharoitida
Neotropik oblastning boshqa oblastlar florasi bilan aloqasi va floraning Neotropik oblast
doirasida differensiatsiyalanishi neotropik floraning uzok, vaqt ajralgan holda rivojlanganligini
koʻrsatadi. Neotropik oblastning tropik Afrika va Shimoliy yarim sharning baland togʻ floralari
bilan oʻxshashlik belgilari juda koʻp.
Neotropik oblast bir necha kichik oblastlarga boʻlinadi. Karib kichik oblasti — Meksikaning
chekka qismlari, Markaziy Amerika, Antil orollari hamda Kolumbiya va Venesuela qirgoqlari
yaqinidagi orollarni oʻz ichiga oladi. Oʻsimliklari palmadoshlar, burchokdoshlar, lavrdoshlar va
boshqa turlarga boy; daraxtsimon paporotniklar va sagov-niklar koʻp. Kichik oblastning shim.da
qaragʻaydoshlarning baʼzi vakillari uchraydi. Endemik oʻsimliklar koʻp. Orinoko savanna kichik
oblayet i da burchokdoshlar, yirik bugʻdoydoshlar va boshqa koʻp. Endemiklar esa
meʼyoridauchraydi. Amazonka gileya kichik oblasti Amazonka daryosi havzasidagi keng gileya
oʻrmonlarini oʻzichiga oladi (And togʻlarining shar-qiy etaklari bilan Atlantika okeani oraligʻi, 6—


10° shahrik.dan 10—15° j.k.gacha). Oʻsimliklarga juda boy; sharoitning bir xil boʻlishiga qaramay
oʻsimliklari ixtisoslashgan. Endemik pal-malar, burchokdoshlar, sutlamadoshlar, marenadoshlar,
epifitlardan orxide-yadoshlar, bromeli va aroid turlari koʻp. Braziliya kichik oblasti (quruq iqlimli
siyrak oʻrmonlar va savannalar kichik oblasti) — Braziliya yassi togʻligini va 30° j.k.dan boshlab
shimolidagi maydonlarni egallagan. Bombakslar, palmalar, sutlamadoshlar, kaktuslarning oʻziga
xos turlari uchraydi. Braziliya kampos (savanna)larida daraxtsimon oʻsimliklardan tash-qari,
bugʻdoydoshlar, qoqidoshlar, burchokdoshlar, yalpizdoshlar va boshqa tur-kumlarning turlari
tarkalgan.Brazi-liyaning jan. da tropik va subtropik doimiy yashil daraxt va butalar araukariya
bilan birgalikda uchraydi. La-Plata pampa kichik oblasti — And togʻlari bilan Atlantika okeani
oraligʻi (30° j.k.dan janubidagi tekislik dashtlar). Oʻziga xos bugʻdoydoshlar, qoqidoshlar,
ituzumdoshlar va boshqa oʻsadi. Eski Dunyodan keltirilgan oʻsimlik turlari ham anchagina bor.
And kichik oblasti — Janubiy Amerika ma-terigining togʻliq qismi, Kolumbiyadan Chilining oʻrta
qismigacha boʻlgan yerlar. Mezofil oʻrmonlar, doimiy yashil lavr oʻrmonlari, baland togʻ oʻsimlik
formatsiyalari va choʻllarni oʻz ichiga oladi. Endemik turlar va tur-kumlar koʻp. Tinch okeandagi
orollar (Galapagos va Xuan-Fernandes) florasi uziga xos xususiyatga ega.
Neotropik zoogeografiya oblasti. Janubiy Amerika materigini, Markaziy Amerikaning kup qismi
(shim.da Meksika togʻligigacha), Xuan-Fernandes, Galapagos, Olovli Yer orollari, Fol-klend, Katta
va Kichik Antil orollari va Bagama orollaridan iborat. Neotropik oblast harakterli belgilari bilan
boshka oblastlardan farq qiladi, chunki Janubiy Amerika paleogen va neogen davrlarida boshka
materiklardan ajralgan edi. Neotropik oblast faunasi turlarga boy. Sut emizuvchilardan chala
tishlilar turkumi (zirhlilar, yalqovlar, chumolixoʻrlar); ke-miruvchilardan gajak dumli jayralar, dengiz
choʻchqalari, agutilar, shinshillalar va boshqa endemik turlar kup uchraydi. Tok, tuyokdilardan
tapirlarning bir kancha turlari, bugʻularning bir necha urugʻlari (mazamalar, pudu) va lamalar
tarqalgan. Xaltalilar kichik sin-figa kiruvchilardan plavunlar, opos-sumlar va endemik senolestlar
oilasi; yirtqichlardan itsimonlar va yenotsimonlar oilasining bir necha turi, ayiqning bir turi, yaguar,
otselot, puma va mayda mushuklarning bir qancha turi, primatlardan keng burunli maymunlar
uchraydi. Qon soʻruvchi kurshapaklar bor. Daryolarda lamantin va dare delfinlari yashaydi.
Qushlari juda xilma-xil, nandu tuyaqushi, tinamu, kolibri, tutilar, chumchuk,simonlar, goatsin,
kondor, garpiya, tu-kanlar bor. Neotropik oblastda qushlarning 20 dan ortik, endemik turi mavjud.
Ularning ayrimlari Golarktika oblastial ham uchraydi. Sudralib yuruvchilardan kay-manlar,
timsoxlar, har xil toshbaqalar, ilonlar, kaltakesaklar bor. Suvda va quruklikda yashovchilardan
oyoqsizlar, dumsizlar (pipa qurbaqasi va boshqalar) koʻproq tarqalgan. Balikdardan ikki xil nafas
oluvchi lepidosiren, ulkan arapayma, yirtqich piranya va boshqa juda koʻp. Hasharotlardan
chumolilar va barg kemiruvchilar uchraydi. Rangbarang qanotli katta kapalaklar yashaydi.
Oʻrgimchaklardan ulkan qushhoʻr bor.
Neotropik oblast Gviana-Braziliya, PatagoniyaAnd (yoki Chili-Patagoniya) va Antil kichik
oblastlariga boʻlinadi. Neotropik oblast faunasi ancha vaqt ajralgan holda taraqqiy qilganligiga
qaramay qoʻshni zoogeografiya oblastlari taʼsirida tarkib topgan, chunki uzoq oʻtmish geologik


davrlarda Avstraliya, shuningdek, Efiopiya oblastlari va undan keyinrok, boshka oblastlar bilan
aloqada boʻlgan. Baʼzi olimlarning fikricha, xaltalilar boʻr davrida Avstraliyaga Antarktida orkali
Janubiy Amerikadan oʻtgan. Yoriq tishlilarning tenreklar bilan oʻxshashligi, shuningdek, lamantin
va ikki xil nafas oluvchi balikdarning mavjudligi Neotropik oblastning kadimda Efiopiya oblasti va
Madagaskar bilan alokada boʻlganligini koʻrsatadi. Neotropik oblastdan uy hayvonlari ham kelib
chiqqan: sut emizuvchilardan lama va dengiz choʻchqasi, qushlardan mushkli oʻrdak,
umurtqasizlardan koshenil shular jumlasidandir.
[1]
1. 
OʻzME
. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ko‘proq o‘rganish
Ushbu maqolada 
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi
(2000-2005)
maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Ushbu maqola 
chaladir
. Siz uni 
boyitib, (https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Neotr
opik_oblast&action=edit)
 
Vikipediyaga
 yordam berishingiz mumkin. 
Bu andozani 
aniqrogʻiga
almashtirish kerak.
"
https://uz.wikipedia.org/w/index
.php?
title=Neotropik_oblast&oldid=2534
614
" dan olindi
Manbalar


 
Soʻnggi tahrir 2 kun avval PlanespotterA320 tomonidan amalga oshirildi

Download 76,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish