Нигинахон шермухамедова


Universal kosmik gologramma



Download 5,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet197/434
Sana25.06.2022
Hajmi5,75 Mb.
#703972
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   434
Bog'liq
Онтология 1 бўлим

Universal kosmik gologramma
. XX asrning 70-80-yillarida amerikalik 
olimlar fizik David Bom va neyropsixolog Karl Pribram universal kosmik 
gologramma konsepsiyasini ishlab chiqdi. 
Ushbu konsepsiya kvant-mexanik o„zaro 
ta‟sirlar natijasida Koinot energoinformatsion o„zaro ta‟sirlarning vaqtda va 
makonda cheksiz bo„lgan yagona, ko„p darajali sabab va oqibatlar tarmog„ini 
tashkil etishini, bu tarmoqda hamma narsalar turli xil darajadagi faollik bilan 
o„zaro ta‟sirga kirishishini tan oladi.
Mazkur nazariyadan energiya axborot maydonining har bir nuqtasi makon 
va vaqtning boshqa barcha nuqtalari haqida ma‘lumotlarni o‗z ichiga oladi va, o‗z 
navbatida, makon-vaqt kontinuumining qolgan barcha qismlarida informatsion 
«vakolatxona»ga ega bo‗ladi, degan xulosa kelib chiqadi. Ushbu kontekstda 
Spinozaning: «Inson tanasi cheksiz ko‗lamlilikning ayrim ko‗rinishidir», «inson 
aqli cheksiz tafakkur shakllaridan biridir», degan fikrlari yangicha mazmun kasb 
etadi. SHu narsa diqqatga sazovorki, zamondoshimiz professor B.Iskakov jonni 
«mikroleptonli gologrammalar yig‗indisi» deb nomlashni taklif qiladi.
1
қаранг: Степанов А.М. Гомеостатическая модель сознания. Вербальная оболочка // Сознание и физическая 
реальность. – М., 1998. №4. – 60-б. 


257 
Ma‘lumki, «golografiya» tushunchasi har doim ob‘ekt haqida yorug‗lik 
to‗lqinlari interferensiyasiga (lot. – ko‗chirish) asoslangan to‗liq hajmdor-obrazli 
axborot olish metodini anglatgan. 
Ushbu metod yorug„likka ta‟sirchan emulsiyaga 
eslab qolinayotgan ob‟ektdan qaytgan tarqalgan lazer nuri va bevosita lazerdan 
keluvchi tayanch nurning birvarakay ta‟sirini qayd etishni nazarda tutadi. 
Ko„rsatilgan o„zaro ta‟sir natijasida vujudga keladigan manzara eslab 
qolinayotgan ob‟ekt haqida to„liq obrazli axborotni o„z ichiga oladi.
Kibernetika ezoterik fanlar foydasiga ko‗p sonli dalillar beradi. Ma‘lumki, 
kibernetika (yunon. kybernetes – boshqaruvchi) mashinalar va tirik mavjudotlarni 
boshqarish haqidagi fandir. Boshqaruv fani haqidagi, organizmlar va 
mashinalarning tizimlarida axborotni tartibga solish va uzatish haqidagi 
tasavvurlarni odatda ayni shu fan bilan bog‗laydilar. Unitazning suv quyiladigan 
sig‗imidagi po‗kak kibernetik boshqaruvning oddiy bir ko‗rinishidir. Sig‗imga suv 
to‗lgach, klapan suv keladigan yo‗lni berkitadi. Bu hammaga tushunarli, lekin ayni 
shu usulda bir necha yo‗nalishda yuz beruvchi kimyoviy jarayon ham, biologik 
jarayon ham boshqarilishi mumkin. Masalan, yong‗oq u o‗sgan yong‗oq daraxti 
uchun dastur sifatida qaralishi mumkin.
1969 yilda olim doktor Devid Forster Londondagi qirol kollejida kibernetika 
haqida ma‘ruza qildi. U 
elektrik axborot nazariyasining asosiy tushunchasi – 
to„lqin ikki qismdan: bir ko„tarilishning cho„qqisi va ikkinchi ko„tarilishning 
botig„idan iborat ekanligini qayd etdi
. To‗lqin – ikkilik sanoq tizimi, kompyuterlar 
esa ayni shu tizimda ishlaydi. Hamonki to‗lqin Koinotning asosiy lug‗ati ekan, 
umumiydasturlashtirishni faraz qilish o‗rinli bo‗ladi. Bunda olim boshqaruvchi 
tizimning tezligi boshqariladigan jarayonlar tezligidan balandroq bo‗lishi 
lozimligini ta‘kidladi. Mazkur xulosa odatdagi vaziyatlarning rang-barangligida 
o‗zining ko‗p sonli tasdiqlarini topadi. Masalan, o‗z mashinangizni 
boshqarayotganingizda siz ushbu boshqarish bilan bog‗liq bo‗lgan qarorlarni 
mashina motorining ish tezligidan ildamroq qabul qilasiz, aks holda mashina 
boshqaruv ostidan chiqadi. Binobarin, «materiyani dasturlashtirish uning o‗z 
tebranishlaridan ildamroq bo‗lgan vibratsiyalar yoki to‗lqinlar yordamida, ya‘ni 
kosmik nurlanishlar darajasida bajarilishi lozim». Bunda 
D.Forster yaratuvchi aql 
darajasi inson aqlidan yuqoriroq, degan xulosaga keldi
1
.
Koinotda umumiy energiya axborot almashinuvi tamoyilining qabul 
qilinishi «Dunyoviy Makonning aqlga muvofiqligi» tan olinishiga sabab bo‗ladi. 
Informatsion Koinot – aqlga muvofiq Koinot. Hozirgi zamon fani uchun bu 
axborotni qabul qilish va uni idrok etish imkoniyatinigina anglatadi. Ayni vaqtda 
ishlarning ushbu holati germetizmning birinchi tamoyili: «Hamma narsa fikrdir»; 
«Biz aqlda, aql bilan va aql vositasida yashaymiz» bilan mushtarak ekanligini 
ko‗rish mumkin. Ezoterika ta‘limotiga qarab mo‗ljal oluvchi olimlar fikriga ko‗ra, 
materiyani tuzish va rivojlantirish evolyusion dasturini o‗z ichiga olgan 
Koinotning axborot matritsasini Xudo deb atash ham mumkin.
Noosfera g‗oyalari, jonli materiyani kibernetik dasturlashtirish g‗oyalari, 
entropiya tamoyilining o‗zi, shuningdek olimlarning (xususan, V.Nalimovning) 
«dunyoviy tarqalgan ong» mavjudligi haqidagi farazlari Koinotning sovuq va o‗lik 
1
қаранг: Колин У. Оккультизм. – М., 1994. – 8-б.


258 
struktura sifatidagi emas, balki o‗zligini anglovchi ulkan struktura sifatidagi 
obrazini gavdalantiradi. Bu holda inson makonning muayyan tarzda uyushgan 
ayrim hajmi, energiya va axborot birikuvchi tugun sifatida tushuniladi. Ushbu 
haqiqatni anglab etgan sub‘ekt makonda mahdudlik, Koinotda yolg‗izlik va 
himoyasizlik tuyg‗ularidan xalos bo‗ladi
1
.
Koinot tushunib etilishi mumkin bo‗lgan mazmunga to‗la. Inson tuyqusdan 
anglab etgan mazmunni radio qurilmasining biron-bir noma‘lum stansiyani tanlash 
imkoniyatiga o‗xshatish mumkin. Bu hammaga tushunarli bo‗lgan o‗xshatish. 
Mazmunlar bizning atrofimizda suzib yuradi va ular anglab etilishi mumkin. 
Natijada insonning Koinot haqidagi tasavvuri yanada kengayadi. Ushbu kontekstda 
Koinotning ssientistlar raqamli va informatsion deb tavsiflaydigan yangi 
manzarasini aqlli Koinot deb nomlash o‗rinli bo‗ladi.
Aksariyat anomal hodisalar bevosita moddiy-ashyoviy o‗zaro ta‘sir bilan 
bog‗liq bo‗lmagani bois, XX asrning 70-yillaridayoq anomal hodisalarda, xususan 
ekstrasensor o‗zaro ta‘sirlar, telekinez va telepatiyada muayyan axborot-energetik 
almashinuv mavjudligi haqidagi g‗oya paydo bo‗ldi. SHu tariqa «energiya 
axborot»(energoinformatika) 
termini 
vujudga 
keldi. 
Energiya 
axborot
almashinuvida biologik so‗zi ishtirok etganida, gap, bioenergiya axborot 
almashinuvi haqida boradi. Bu ancha qo‗pol atama bugungi kunda ko‗pchilik 
qabul qilmagan «parapsixologiya» terminining o‗rnini egalladi.

Download 5,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   434




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish