Ning I choragida amalga oshirilgan ishlar


Ikkinchi tashabbus- yosh­lar­­ni jismoniy chiniqtirish va sport sohasida o‘z qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratib berish masalalari



Download 35,71 Kb.
bet2/4
Sana25.06.2022
Hajmi35,71 Kb.
#703983
1   2   3   4
Bog'liq
5 TASHABBUS BO\'YICHA HISOBOT (3)

Ikkinchi tashabbus- yosh­lar­­ni jismoniy chiniqtirish va sport sohasida o‘z qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratib berish masalalari bo‘yicha Pedagogika va tillarni o’qitish fakulteti Maktabgacha ta’lim va pedagogika kafedrasi professor-o’qituvchilari tomonidan sportning milliy kurash turini yanada yaxshiroq o’rgatish maqsadida“O‘zbekiston pahlavonlari”, shaxmat va shashka sport turini talablar o’rtasida ommalashtirish maqsadida “Grossmeysterlik sari olg‘a”, futbol sport turini yoshlar o’rtasida ommalashtirish maqsadida “Millionlar o‘yini”, stol tennisi sport turini talabalar o’rtasida ommalashtirish maqsadida “Kichik raketka qirollari”, va voleybol sport turini ommalshtirish maqsadida “Voleybol” kabi to’garaklar faoliyati yo’lga qo’yilgan. Ikkinchi tashabbus doirasida fakultet miqyosida, filial miqyosida hamda hamkor tashkilotlar bilan hamkorlikda turli sport musobaqalari muntazam ravishda o’tkazilib kelmoqda. Jumladan, 2022-yil 15-fevral kuni SamDU Kattaqoʻrgʻon filiali Pedagogika va tillarni oʻqitish fakulteti Maktabgacha ta’lim va pedagogika kafedrasi o’qituvchilari tomonidan talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi talabalar oʻrtasida “Voleybol” musoboqasi oʻtkazildi. Musoboqada 28 nafar talabalar qatnashdi.
2022-yil 17-fevral kuni yoshlarni ommaviy sport tadbirlariga keng jalb etish hamda ular o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida davlat xavfsizlik xizmati, Yoshlar ishlari agentligi Kattaqo’rg’on bo’limi , shahar Turizm va sport bo‘limi, Milliy gvardiya shahar bo‘limi, 02855 sonli harbiy qism, SamDUKF bilan hamkorlikda Kattaqo‘rg‘on shahar A.Navoiy nomli istirohat bog'ida 200 dan ortiq mahalladagi uyushmagan yoshlar hamda talabalar ishtirokida “Sogʻlom hayot uchun 10 000 qadam” shiori ostidagi piyoda yurish marafoni tashkil etildi. Marafon so‘ngida talaba yoshlar badantarbiya mashqlarini bajarishdi.
2022-yil 21-fevral kuni SamDU Kattaqo’rg’on filiali talabalar turar joyida Maktabgacha ta’lim va pedagogika kafedrasi o’qituvchilari tomonidan sportning shaxmat va shashka turi bo’yicha sport musobaqasi o’tkazildi. Musobaqada talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi talabalar faol ishtirok etishdi hamda ular mazkur sport turi bo‘yicha o‘z mahoratlarini namoyon etishdi.
2022-yil 16-20-fevral kuni Chexiya Respublikasi Praga shahrida Sportning fulkantak karate va Ashixara karate turi bo‘yicha 2023-yil Yaponiyaning Tokyo shahrida o‘tkaziladigan jahon chepionatiga saralash bosqichida pedagogika va tillarni o’qitish fakulteti Sport faoliyati: kurash yo’nalishi 1-kurs talabasi Ergashov Shamshod Salomiddin o‘g‘li 65 kg vazn toifasida faxrli 2-o‘rnni va 70 kg vazn toifasida faxrli 3-o‘rinni egalladi va jahon chepionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
26.02.2022-yil kuni Samarqand davlat universitetining Kattaqo’rg’on filiali va Yoshlar ishlari agentligi, 02855 sonli harbiy qism, Shahar turizm va sport bo’limi bilan hamkorlikda “Salomatlik uchun 10000 qadam” marafoni o’tkazildi. Marafon so’ngida ishtirokchilar shahar hokimlik binosi oldida badantarbiya mashqlarini bajardilar.
2022-yil 4-mart kuni SamDU Kattaqo’rg’on filiali talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi talabalar o’rtasida pedagogika va tillarni o’qitish fakulteti sport zalida sportning stol tennisi turi bo’yicha talabalar o’rtasida musobaqa o’tkazildi. Musobaqada 16 nafar talabalar mazkur sport turi bo‘yicha o‘z mahoratlarini namoyon etishdi.
2022-yil 18-mart kuni SamDU Kattaqo‘rg‘on filialida sport turlarini ommalashtirish va professor-o‘qituvchilar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish maqsadida sportning mini-futbol turi bo‘yicha “Direktor kubogi” musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Unda filial rahbariyatining "Rektorat", Pedagogika va tillarni o‘qitish fakultetining "Lochin" va "Liderlar" hamda Biznesni boshqarish va axborot texnologiyalari fakultetining "Bugalter" jamoalari o'zaro bahs olib bordilar. Qizg'in va murosasiz o'tgan bahslarda "Lochin" jamoasi "Buxgalter" jamoasini yirik hisobda mag‘lub etdi. Finalda esa filial rahbariyatining "Rektorat" jamoasini mag‘lub etgan "Lochin" jamoasi “Direktor kubogi” sohibi bo‘ldi. Musobaqada 1-, 2- va 3-o'rinlarni egallagan jamoalarga diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Download 35,71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish