Niobiy (Niobium), Nb Mendeleyev davriy sistemasining



Download 30 Kb.
Sana25.03.2022
Hajmi30 Kb.
#509977
Bog'liq
Xulosa mansurga


Xulosa
Niobiy (Niobium), Nb — Mendeleyev davriy sistemasining .U guruhiga man-sub kimyoviy element. Tartib raqami 41, atom massasi 92,9064. Bitta tabiiy izotopi 93Nb bor. Niobiyning sunʼiy radioaktiv izotoplaridan 95Nb(Tl/2=35 kun) radioaktiv indikator sifatida ishlatiladi. Niobiyni ilk bor ingliz olimi Ch.Xatchet 1801-yilda kashf qilib, "Kolumbii" deb atagan; keyinchalik unga yunon af-sonasidagi qahramon bahodir Tantalning qizi maʼbuda Niobeya nomi berilgan, chunki Niobiyning xossalari tantalga oʻxshaydi. Metall holidagi sof Niobiy 1907-yilda olingan. Atom radiusi 0,145 nm, ion radiusi (qavslarda koordinatsiyey son keltirilgan) Nb2+ 0,085 nm (6), Nb3+0,086 nm (6), Nb4+ 0,082 nm (8), Nb5+ 0,062 nm (4), 0,078 nm (6), 0,083 nm (7), 0,088 nm (8). Oskidlanish darajasi +5, baʼzan +4, +3, +2 va +1.
Niobiy Yer poʻstining massa jihatidan 2-10^3% ini tashkil etadi. Minerallari siyrak uchraydi. Ular 2 guruhga boʻlinadi: biri —tantalniobatlar, yaʼni tantalat va niobat kislotalarning tuzlari, ikkinchisi — titan-tantalniobatlar, yaʼni tarkibida titan, tantal va Niobiy boʻlgan murakkab minerallar. Niobit (yoki kolumbit) nomli minerallar Fe(NbO,)2 birinchi guruhga mansub, uning tarkibida Gʻe(TaO3)2 oz miqdorda boʻladi. L o parit Me(NbO3) +Me(TiO3) (bu yerda Me— Na, Sa, Se, Sr boʻlishi mumkin) ik-kinchi guruhga kiradi. Tabiatda Niobiy tantal, titan, nodir-yer elementlari, uran, toriy va sirkoniy bilan birga uchraydi. Niobit va loparitdan tashqari, piroxlor nomli mineral ham amaliy ahamiyatga ega. Niobiyning yirik konlari Afrikada, Kanada va Norvegiyada, Kola yarim orolda bor.
Niobiy — kulrang metall, zichligi 8,57 g/sm³; suyuqlanish temperaturasi 2477°, qaynash temperaturasi 4760° atrofida. Niobiy korro-ziyaga chidamli, kimyoviy jihatdan juda barkaror element. Kislotalarda, hatto zar suvida ham erimaydi. Lekin suyuqlantirilgan ishqorlarda (havo kislo-rodi ishtirokida) eriydi; natijada niobatlar hosil boʻladi. Koʻpchilik me-tallar bilan qotishmalar beradi. Nitrat kislota bilan ftorid kislota aralash-masida erib, kompleks ftoridlar hosil qiladi. Yuqori temperaturada metallmaslar bilan reaksiyaga kirishadi. 200° dan yuqorida havoda oksidlanib, Niobiy oksidlarini beradi. Niobiy monooksid, NbO kulrang yaltiroq kukun, suyuqlanish temperaturasi 1945°. Niobiy (U1)-oksid, NbO2 — qora rangli kristall, suyuqlanish temperaturasi 1917°, zichligi 5,98 g/sm³. Havoda qizdirilsa NbO5 ga aylanadi. Niobiy (V)-oksid, NbOs rangsiz kristall, suyuqlanish temperaturasi 1510°, zichligi 4,55 g/sm³. Niobiy poʻlatni mikrolegirlashda, korroziyaga chidamli, olovbardosh yuqori si-fatli poʻlat olishda qoʻllanadi.
TANTAL (yunon mifologiyasidagi Tantal nomidan), Ta — Mendeleyev davriy sistemasining V guruxiga mansub kimyoviy element. Tartib rakami 73, atom massasi 180,9479. 2 ta tabiiy izotopi bor: birinchisi radioaktiv 180Ta (0,012%), ikkinchisi barqaror — |8|Ta(99,99%). Tantal (unsur)ni 1802-yilda shved kimyogari Tantal (unsur) Ekeberg kashf qilgan. Metall hoddagi Tantal (unsur)ni ilk bor nemis kimyogari Tantal (unsur) Bolton 1903-yilda ajratib olgan. Tantal (unsur) Yer poʻstining massa jihatidan 210^4% ini tashkil qiladi. Tantal (unsur) tabiatda doim niobiy bilan birga kolumbit (Fe, Mn) (NbO3)2 va tantalit (Fe, Mn) (TaO3)2 minerallari holida uchraydi.
Tantal (unsur) bir oz koʻkimtirkulrang metall. Sof Tantal (unsur)ning suyuqlanish temperaturasi 2996°; zichligi 16,6 g/sm3. Tantal (unsur)ni bosim ostida mexanik ishlash mumkin. Tantal (unsur) havosiz joyda qizdirilsa, oʻzidan koʻp miqdorda elektron chiqaradi. Tantal (unsur) kimyoviy jihatdan juda barqaror, korroziyaga uchramaydi, asl metallardan keyin birinchi oʻrinda turadi. Faqat, ftorid kislota bilan nitrat kislota aralashmasida va suyultirilgan ishqorlarda eriidi. Tantal (unsur) birikmalarida 2, 3, 4 va, asosan, 5 valentli. Tantal (unsur) ftor bilan odatdagi temperaturada (TaGʻ5), xlor bilan 250° dan yuqori temperaturada (TaS15, TaS13, TaS14), brom bilan 300° dan yuqori temperaturada (TaVg5, TaVg3,TaVg2), yod va oltingugurt bilan choʻgʻlanish temperaturasida birikadi. Tantal (unsur) azot bilan 300° da reaksiyaga kirishadi. Tantal (unsur) uglerod, bor, kremniy, fosfor, selen, tellur, suv bugi, uglerod (P)oksid, vodorod xlorid, vodorod bromid, vodorod yodid va boshqa moddalar bilan reaksiyaga kirisha oladi. Tantal (unsur)ning havoda qattiq kizdirilishidan hosil boʻladigan tantal (U)oksid Ta2O5 nihoyatda barqaror modda. Tantal (unsur) juda koʻp metallar bilan qotishmalar hosil qiladi.
Tantal (unsur) ni olish uchun tarkibida juda oz Tantal (unsur) va niobiy boʻlgan rudalarni boyitib, avval tantalit (kolumbit) konsentrat hosil qilinadi. Soʻngra konsentratni ftorid kislota bilan sulfat (yoki nitrat) kislota aralashmasida eritib, Tantal (unsur) va niobiyning kompleks kislotalari N2TaGʻ7 hamda H2NbF7 hosil qilinadi. H2ToF7 kislotaning kaliyli tuzi K2TaGʻ7 suvda erimasligidan foydalanib, Tantal (unsur) niobiydan ajratiladi. K2TaGʻ4 ni natriy bilan qaytarib Tantal (unsur) olinadi. Suyultirilgan K2TaGʻ7 ni elektroliz qilish yoʻli bilan ham Tantal (unsur) olish mumkin.
Tantal (unsur) odam va hayvonlar organizmida massa jihatidan 10~5% miqdorda jigar, buyrak, suyak va yumshoq toʻqimalarda uchraydi. Biologik roli hali aniqlanmagan. Organizmning tirik toʻqimalari bilan oʻzaro taʼsir etmasligi sababli Tantal (unsur)dan jarroxlikda keng foydalaniladi.
Tantal (unsur) elektronikada, kimyo mashinasozligida, yadro energetikasida, tibbiyot asboblari tayyorlashda, metallurgiyada maxsus poʻlatlar ishlab chiqarish. da va boshqa sohalarda keng qoʻllanadi.
Download 30 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish