Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti maxsus pedagogika va inklyuziv ta



Download 162,6 Kb.
bet4/27
Sana01.01.2022
Hajmi162,6 Kb.
#300365
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
Bog'liq
321Бакалавр БМИ Мухлиса

Xulosa………………………………………………………………….63-65 betlar

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati…………………………………..66-69 betlar


Kirish

Mamlakatimizda sog‘lom va barkamol avlodni tarbiyalash, yoshlarning o‘z ijodiy va intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarish, mamlakatimiz yigit-qizlarini XXI asr talabalariga to‘liq javob beradigan va har tomonlama rivojlangan shaxslar qilib voyaga yetkazish uchun zarur shart-sharoitlar va imkoniyatlarni yaratish bo‘yicha keng ko‘lamli aniq yo‘naltirilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun davlatimiz tomondan bir qancha ishlar amalga oshirilmoqda.

O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi qonuni, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da yosh mutaxassislarda tadbirkorlik, ishbilarmonlik, tashabbuskorlik, raqobatbardoshlik kabi sifatlarni ijobiy shakllantirish yo’llari va uslublari ustuvor maqsad qilib belgilandi.

O‘zbekiston Respublikasining nogironlarga nisbatan olib boriladigan davlat siyosati “O‘zbekiston Respublikasida nogironlarning ijtimoiy himoyalanishi to‘g‘risidagi” qonun 1991-yili bilan belgilandi. Bu qonun aholining mazkur guruhiga boshqa fuqorolar bilan teng asosda to‘laqonli hayot kechirish, jamiyat iqtisodiy va siyosiy hayotida faol qatnashish, shuningdek, o‘zining fuqorolik majburiyatlarini bajarishga yordam beradigan imkoniyat va shart-sharoitlar yaratish maqsadida huquq va manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha tadbirlar tizimini ko‘zda tutadi.

Har bir oqil insonning va jamiyatimizning muqaddas vazifasi, aytish mumkinki, hayotimizning ma’nosi qobil farazndlar o‘stirish, ularni ham jismoniy, ham ma’naviy jihatdan mukammal qilib tarbiyalash, kamolini ko‘rish, ota-onasiga, Vataniga sadoqatli kishilar etib voyaga yetkazishdan iboratdir.

Hayotimizni hal etuvchi muhim masalalar qatorida ta’lim-tarbiya tizimini tubdan o‘zgartirish, uni yangi zamon talabi darajasiga ko‘tarish, barkamol avlod kelajagiga ham daxldor qonun loyixalari mavjud.

Maktab va maktabgacha tarbiya muassasalarida ta’lim-tarbiya oluvchi har bir bolani zamon talabi asosida har tomonlama shakllangan shaxs bo‘lib, jamiyat ishlarida faol qatnashishga nutqning to‘g‘ri va to‘liq rivojlanishi juda katta ahamiyatga ega.

“Ta’lim to‘g‘risidagi Qonun” da o‘sib kelayotgan yosh avlodni har tomonlama yetuk shaxs bo‘lib yetishlari muhim vazifa sifatida belgilanadi. Xususan, mazkur hujjatning 11-moddasida ushbu masalaga quyidagicha yondashiladi: “Maktabgacha ta’lim bola shaxsini sog‘lom va yetuk, maktabda o‘qishga tayyorlangan tarzda shakllantirish maqsadini ko‘zlaydi”, bu esa maktabgacha ta’lim muassasasiga murakkab va ayni damda muhim vazifani yuklaydi.

Matkabgacha ta’lim muassasalari oldiga qo‘yilgan muhim vazifalardan biri, bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash hisoblanadi. Bolaning samarali ta’lim olishga tayyorlashning asosiy ko‘rsatkichlaridan biri to‘g‘ri, yaxshi rivojlangan nutq hisoblanadi.

U yoki bu darajadagi nutq buzilishlari bolaning barcha ruhiy nutq buzilishlari bolaning barcha ruhiy rivojlanishlariga salbiy ta’sir etadi, uning faoliyatida, yurish-turishida aks etadi. Og‘ir nutqiy buzishlar aqliy rivojlanishiga, ayniqsa, bilish faoliyati oliy darajalarining shakllanishiga ta’sir etishi mumkin. Bu nutq va tafakkurning chambarchas bog‘liqligi, ijtimoiy, jumladan nutqiy aloqalarning cheklanganligi bilan bog‘langandir.

Nutqida kamchiligi bo‘lgan bolalarning nutqiy tajribasi cheklangan, til vositalari takomillashmagan bo‘ladi. Nutqiy muloqotga ehtiyoj yetarlicha qondirilmaydi. So‘zlashuv nutqi qashshoq, kam so‘zli, ma’lum vaziyat bilan uzviy bog‘liq va shu vaziyatdan tashqarida tushunarsiz bo‘lib qoladi.

Maxsus adabiyotlarda nuqsonning klinik, psixologo- pedagogik tahlilini hisobga olib rinolaliyada fonetik-fonematik kamchilikni bartaraf etishga yondoshuvlar maxsus adabiyotlarda kam yoritilgan. Bu esa tadqiqotimizning dolzarbligini belgilaydi.

Shu tariqa, adabiyotlar tahlili natijasida tadqiqot muammosi shakllantirildi.

Yuqorida ko‘rsatilganlardan kelib chiqgan holda rinolaliyada fonetiko- fonematik kamchiliklarni o‘z vaqtida aniqlash va bartaraf etish zarur. Mavzuning dolzarbligi ham shundadir. Shuning uchun riolalik bolalarda fonetiko - fonematik kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha maxsus tadqiqot o‘tkazishni dolzarb masala deb bildik.


Download 162,6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish