Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti pedagogika va psixologiya fakulteti


NAZORATNING TURLARI VA UNING QO’LLANILISHI



Download 235 Kb.
bet8/10
Sana03.02.2022
Hajmi235 Kb.
#427504
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
jORAYEV SHOVQIDDIN (2)

3.NAZORATNING TURLARI VA UNING QO’LLANILISHI
O’quvchilarning o’quv faoliyatini nazorat qilish turlari, shakl va metodlari. Hozirgi davr pedagogik amaliyotida o’quvchilar o’quv faoliyatini nazorat qilishning qo’yidagi turlaridan foydalaniladi: joriy nazorat; oraliq nazorat; yakuniy nazorat. Joriy nazorat o’qituvchi tomonidan o’quvchilarning har bir o’quv ishini muntazam nazorat qilishni hamda ularning o’rganilgan mavzularni o’zlashtirish bo’yicha bilim, ko’nikma va malakalari darajasini tekshirishni o’z ichiga oladi. Bilim darajasini tekshirish fanning har bir mavzusi bo’yicha kundalik ballar qo’yib borishni nazarda tutadi. Joriy nazorat o’qituvchini har bir o’quvchining o’quv faoliyati bo’yicha tezkor ma’lumotlar bilan ta’minlaydi, o’qitish jarayonini boshqarishda yaxshi natija beradi, o’zlashtirmagan o’quvchilarni o’z vaqtida aniqlaydi, o’zlashtirmaslikni bartaraf etish bo’yicha choralar belgilaydi. Oraliq nazorat bu o’quvchilar tomonidan mazkur fanning muayyan bob yoki bo’limlarining o’zlashtirilganini tekshirish. Oraliq nazoratni o’qituvchi dars jadvali asosida darsda o’quv materialining o’ziga xos xususiyatini hisobga olgan holda o’tkazadi. Oraliq nazorat o’tkazishdan oldin o’quvchilar ogohlantiriladi. Har bir oraliq tekshirish alohida-alohida shkala asosida baholanadi. Yakuniy nazorat – choraklik, yarim yillik, yillik va davlat attestatsiyasi sinovlari singari turlarga bo’linadi. YAkuniy nazorat og’zaki, yozma, test hamda amaliy topshiriqlarni bajarish metodlari asosida o’tkaziladi. Nazoratning shakli o’quv ishini tashkil etish shakliga bog’liq bo’ladi. O’qituvchi uni mavzudan kelib chiqib tanlaydi. Nazoratning asosiy besh shakli mavjud:nazoratning ommaviy (frontal) shaklida o’qituvchi o’quvchilarga materialning ma’lum bir hajmi bo’yicha savol beradi, o’quvchilar unga qisqa javob qaytaradi. Mazkur so’rash ko’pchilik o’quvchini nazorat qilishni ta’minlaydi va butun guruhni faollashtiradi. Ammo bu nazoratni o’quvchilarning bilim darajasini har tomonlama aniqlash uchun qo’llab bo’lmaydi. nazoratning guruhli shaklida o’quvchilarning ma’lum bir qismi nazorat qilinadi. O’qituvchi tomonidan o’quvchilar guruhiga vazifa beriladi va uni shu guruh bajaradi. Lekin masalani hal qilishda boshqa o’quvchilar ham qatnashishi mumkin. Guruh ishlayotgan paytda qolgan o’quvchilar bo’sh qolmaydi, ular o’rtoqlarining bajargan ishlarini baholash uchun o’z ustilarida ishlab o’tiradi. nazoratning individual shaklidan har bir o’quvchining bilim, ko’nikma va malakasi bilan mukammal tanishish uchun foydalaniladi. Nazoratning bu shaklida,odatda o’quvchilar javob berish uchun sinf taxtasi oldiga chaqiriladi. nazoratning kombinatsiyalangan (biriktirilgan)shakli individual nazoratni ommaviy va guruhli shakllar bilan birlashtirishni taqozo etadi. Bu nazoratni hajmi katta mavzularni barcha o’quvchilardan so’rash kerak bo’lgan vaqtda foydalanadi. Har bir o’quvchiga alohida topshiriq beriladi va bir vaqtda birnecha o’quvchini tekshirish mumkin bo’ladi. o’z-o’zini nazorat qilish shakli ta’lim jarayonida ichki aks aloqaning bo’lishini ta’minlaydi. Nazoratning bu shakli psixologik mezonlarga asoslanadi. Uning samaradorligi o’qituvchining kasbiy mahoratiga bog’liq bo’ladi Odamning faoliyati ongli faollik sifatida inson ongining tarkib topishi va taraqqiyoti bilan bog`liq holda tarkib topadi va rivojlanadi. Inson faoliyatida ayni choqda ong tarkib topishi va taraqqiyotining asosi hamda ong mazmunining manbai bo`lib xizmat qiladi. Faoliyatda insonning shaxsi ifodalanadi va shu bilan birga faoliyat odam shaxsini tarkib toptiradi. Odamda har xil turdagi faoliyatlarning paydo bo`lishi va taraqqiyoti juda murakkab hamda uzoq davom etadigan jarayon. Bolaning faolligi uning kamoloti davomida faqat asta - sekin ta`lim va tarbiyaning ta`siri ostida ongli maqsadga mos faoliyat shaklini ola boradi.Inson faoliyati asosan uch turga bo`linadi. Ulardan birinchisi o`yin faoliyati, ikkinchisi ta`lim faoliyati va uchinchisi mehnat faoliyatidir. Bu faoliyat turlari bola shaxsining tarkib topishida hal qiluvchi rol’ uynaydi. O`yin. Bola bir yoshga to`lgandan boshlaboq unda faoliyatning eng sodda shakllarini egallash uchun shart - sharoitlar yuzaga kela boshlaydi. Unday shart - sharoitlardan birinchisi o`yindir. O`yin faoliyatini hayvonlarning bolalarida ham uchratish mumkin. Hayvonlarning yosh bolalarida kuzatiladigan o`yin faoliyatiga har xil narsalar bilan shug`ullanish, yolg`ondakam urushishlar, yugurishni va shu kabilarni kiritish mumkin. Bolalarda ham o`yin ularning hayotiy faoliyatlarini, faolliklarini amalga oshirish shaklidir. Sof holdagi o`yin faoliyatini yuzaga keltiradigan sabab ehtiyoj bo`lsa, uning manbai taqlid va tajribadir. Bolalar narsalar bilan, rolli, qoidali, harakatli, didaktik, mazmunli o`yinlarni o`ynaydilar. O`yin narsa va hodisalarning mazmunini bolaning o`z tajribasida bilib olishga, mazkur mazmunlarni ishlata bilishga mashq qildiradi. Bolaning shaxsiy sifatlari boshqalar bilan munosabatlarda tarkib topib boradi. Ta`lim. O`yin faoliyatining pirovardida ta`lim faoliyati yuzaga keladi. Bu faoliyatning maqsadi ma`lum axborotlarni - bilimlarni harakatlar va amallarni o`zlashtirishdan iboratdir. Odamning o`z maqsadiga ko`ra batamom o`rganish va o`zlashtirishdan iborat bo`lgan mana shunday maxsus faoliyati ta`lim faoliyati deyiladi. Psixologik jihatdan olganda, ta`lim faoliyati o`z ichiga quyidagi jarayonlarni oladi: ma`lum bir nazariy va amaliy faoliyat to`rini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun ob`ektiv olamning eng muhim xususiyatlariga doir axborotlarni o`zlashtirish, bu jarayonning mahsuloti bilimlardir. Mana shu faoliyatni, ya`ni bilimlarni almashtirishda yuzaga keladigan usul va operatsiyalarni egallash, bu jarayonlarning mahsuloti malaka va uquvlardan iboratdir. Ta`lim faoliyatining tarkibi juda ham murakkab bo’lib tarkibiga , tushunchalar, malakalar, odatlar, uquvlar kiradi.Ta`lim faoliyati maxsus ravishda tashqil etilgan sharoitda amalga oshiriladi. Katta yoshli kishilar bolalarning taraqqiyotlariga faol ta`sir etib, ularning ta`lim faoliyatlarini hamda bu faoliyat bilan bog`liq bo`lgan xatti - harakatlarni tashqil qiladilar. Bu faoliyat va harakatlarni insoniyat ijtimoiy tajribasini o`rganish tomoni yo`naltirilishidir. SHunday qilib, ta`lim faoliyati katta kishilar tomonidan tashqil qilinib boshqariladi va tizimli ravishda nazorat qilib boriladi. Ma`lumki, ta`lim faoliyati bilan tarbiya ishlari uzviy bog`liqdir. Bizning maktablarimizda har qanday ta`lim jarayoni hamma vaqt tarbiyaviy xarakterga ega. Bolalarga u yoki bu fan bo`yicha ta`lim berar ekanmiz, shuning bilan birga ularni biz tarbiyalashimiz kerak. Maktabimizdagi tarbiyaviy ishlarni asosan tushuntirish, ishontirish, ko`rsatish, ragbatlantirish, talab qilish, vazifa berish va jixozlash kabi vositalar yordamida amalga oshiriladi. Maktablarimizdagi barcha tarbiyaviy ishlarni asosiy maqsadi yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashdan iboratdir. Mehnat. Mehnat - ma`lum ijtimoiy - foydali, moddiy yoki madaniy ma`naviy mahsulot ishlab chiqarishga qaratilgan faoliyatdan iborat. Kishilarning mehnati ma`lum maqsadga qaratilgan bo`lib, har doim ijtimoiy tabiatga ega bo`ladi. Mehnat faoliyatining maqsadi kishilarning iste`mol qiladigan narsalar va shunday iste`mol qilinadigan narsalarni, ya`ni non va mashinalarni, mebel’ va ish qurollari, kiyimlar, avtomobillar va boshqa shu kabi narsalarni ishlab chiqarishga qaratilgan bo`lishi mumkin. Mehnat faoliyati o`z mohiyati jihatidan ham ijtimoiydir. Mehnat taqsimoti tufayli, birorta kishi ham o`ziga kerak bo`ladigan narsalarni faqat ishlab chiqarishga qatnashmay, balki deyarli hech qachon hatto birgina narsani boshidan oxirigacha ishlab chiqarishda ham qatnashmaydi. SHuning uchun odam hayoti uchun zarur bo`lgan hammanarsalarni jamiyatda oladi,o`z ehtiyojlarini qondiradi. Xulosa qilib aytganda, faoliyat kishi hayotida, o`quvchilar hayotida juda muhimdir. Faoliyat - bu faollikdir. Demak, biz yoshlarni faol yashashga, faol o`qishga, mustaqil davlatimizni rivojiga o`z hissalarini qo`shishga da`vat qilamiz, buning uchun ularni dunyoqarashlarini shakllantirimiz, harakat qilishga undashimiz zarur. Bola yashash ma`suliyatini his qilsagina, u faol bo`ladi. Dastlabki nazorat. Muayyan tashkilotning ba'zi muhim boshqaruvlari boshqa boshqaruv funktsiyalari orasida yashiringan bo'lishi mumkin. Masalan, rejalashtirish va tashkiliy tuzilmalarni yaratish kamdan-kam hollarda nazorat protsedurasi deb yuritilsa ham, ular tashkilot faoliyati ustidan dastlabki nazoratni amalga oshirishga imkon beradi. Ushbu nazorat turi dastlabki deb nomlanadi, chunki u ishning haqiqiy boshlanishidan oldin amalga oshiriladi. Dastlabki nazoratni amalga oshirishning asosiy vositasi ma'lum qoidalar, protseduralar va xulq-atvor yo'nalishlarini amalga oshirishdir. Qoidalar va xatti-harakatlar rejalarni bajarish uchun ishlab chiqilganligi sababli, ularga rioya qilish ishning ma'lum bir yo'nalishda rivojlanishini ta'minlashning bir usuli hisoblanadi. Xuddi shunday, aniq ish ta'riflarini yozish, bo'ysunuvchilarga maqsadlar to'g'risidagi bayonotlarni samarali ravishda etkazish va ma'muriy apparatga malakali odamlarni jalb qilish tashkiliy tuzilmaning maqsadga muvofiq ishlashini oshiradi. Tashkilotlarda dastlabki nazorat uchta asosiy yo'nalishda - inson, moddiy va moliyaviy resurslarga nisbatan qo'llaniladi. Yakuniy nazoratda, ish tugagandan so'ng, teskari aloqa ishlatiladi. Yoki boshqariladigan faoliyat tugagandan so'ng darhol yoki oldindan belgilangan vaqtdan so'ng olingan haqiqiy natijalar talab qilinadigan natijalar bilan taqqoslanadi. Garchi yakuniy nazorat muammolarga duch kelganda ularga munosabat bildirish uchun juda kech bo'lsada, u baribir muhim funktsiyalarga ega. Ulardan biri - yakuniy nazorat tashkilot rahbariyatiga rejalashtirish uchun zarur bo'lgan ma'lumotlarni kelgusida ham shunga o'xshash ishlar olib borilishi zarurligini beradi. Haqiqiy olingan natijalar va talab qilinadigan natijalarni taqqoslash orqali menejment o'z rejalari qanchalik real bo'lganligini yaxshiroq baholay oladi. Ushbu protsedura, shuningdek, paydo bo'lgan muammolar to'g'risida ma'lumot olish va kelajakda ushbu muammolarning oldini olish uchun yangi rejalar tuzish imkonini beradi. Yakuniy nazoratning ikkinchi vazifasi - motivatsiyani rivojlantirish. Agar tashkilot rahbariyati motivatsion mukofotlarni ma'lum bir darajadagi natijaga erishish bilan bog'laydigan bo'lsa, unda aniq erishilgan natijalarni aniq va xolis o'lchash kerakligi aniq. Joriy va yakuniy nazorat qayta aloqa asosida amalga oshiriladi. Tashkilotlardagi boshqaruv tizimlari ochiq teskari aloqa tizimiga ega, chunki tizimga nisbatan tashqi element bo'lgan etakchi xodim uning ishiga aralashishi, tizimning maqsadlarini ham, ishining xususiyatini ham o'zgartirishi mumkin. Nazorat nafaqat muammolarni aniqlashga va ularga mo'ljallangan maqsadlarga erishish yo'lida javob berishga imkon beradi, balki menejmentga tashkilotda qachon tub o'zgarishlarni amalga oshirishni hal qilishda yordam beradi. Boshqarish jarayonidagi birinchi qadam standartlarni belgilash, ya'ni. vaqt chegaralari bilan aniq, o'lchanadigan maqsadlar. Boshqarish uchun standartlar boshqaruv ob'ektining rejalashtirish paytida aniqlanadigan barcha asosiy yo'nalishlari bo'yicha ishlash ko'rsatkichlari ko'rinishida zarur. Standartlar - bu jarayonni o'lchash mumkin bo'lgan aniq maqsadlar. Ushbu maqsadlar rejalashtirish jarayonida aniq o'sib boradi. Nazorat qilish uchun ishlatiladigan barcha standartlar tashkilotning ko'plab maqsadlari va strategiyalaridan tanlanishi kerak. Nazorat uchun standart sifatida ishlatilishi mumkin bo'lgan maqsadlar ikkita juda muhim xususiyatga ega.



Download 235 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish