Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti pedagogika fakulteti


Aqli zaif о‘quvchilar nutqining fonetik tomondan buzilishi va ularni bartaraf etish yuzasidan logopedik ishlar



Download 2,16 Mb.
bet30/370
Sana30.12.2021
Hajmi2,16 Mb.
#194234
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   370
Bog'liq
Rivojlanish kompleks

Aqli zaif о‘quvchilar nutqining fonetik tomondan buzilishi va ularni bartaraf etish yuzasidan logopedik ishlar.Yordamchi maktablarda tovush talaffuz qilishdagi nuqsonlar о‘rta maktablarga qaraganda kо‘proq uchraydi.

Ular asosida bir emas, balki, qator sabablar borki, bular: idrok qilish faoliyatining rivojlanmay qolishi, nutq - eshitish differensiatsiyasining shakllanmasligi, nutqiy motorikaning buzilishi, artikulyatsion apparatning tuzilishidagi buzilishlardir.

Meyorida rivojlangan bolalar singari, aqli zaif bolalarda ham talaffuz qilish murakkab bо‘lgan tovushlarda buzilishlar kо‘proq uchraydi L va R kabi titroq va portlovchi-sirg‘aluvchi tovushlar. Boshqa tovushlarga nisbatan R tovushining buzilgan shakllari kо‘proq uchraydi (M.A.Aleksandrovskaya ma’lumotiga kо‘ra).

Bu hol, V.I.Beltyukovning fikriga kо‘ra, sirg‘aluvchi tovushlarning akustik jihatdan bir-biriga yaqinligi bilan izohlanadi. Aqli zaif bolalarda og‘zaki nutqni qabul qilishdagi buzilish va nutq eshitish, analiz va sintezining tо‘la rivojlanmasligi sirg‘aluvchi tovushlarni talaffuz qilishdagi buzilishlar miqdorini belgilaydi.

Aqli zaif о‘quvchilarda nutq tovushlarini buzib talaffuz qilish bilan bir qatorda tovushlarni almashtirib qо‘llash sezilarli darajada uchraydi. Tovush talaffuz qilishning monomorf buzilishida tovushlarni notо‘g‘ri talaffuz qilish tovushlarni almashtirishga qaraganda sezilarli darajada, taxminan, 2,5 martaga ziyodroq bо‘ladi. Polimorf buzilishda esa tovushlarni almashtirish va tovushlarni buzib talaffuz qilish nisbatan bir xil miqdorda uchraydi.

Aqli zaif bolalarda tovush talaffuzidagi buzilishlarning navbatdagi о‘ziga xosligi, mustaqil nutqdagi о‘xshash bо‘lgan, aniq, ravshan artikulyator qurilmalarning foydalanishida namoyon bо‘ladi.

D.I.Orlovaning ma’lumotlariga kо‘ra, yordamchi maktablarning 1-sinfida tovushlarni mustaqil nutqda talaffuz qila olmaslik va undan tо‘g‘ri foydalana bilmaslik kо‘proq tarqalgan. Birinchi о‘quv yili davomida tovushlarni almashtirilishning yoyilishi (tarqalish) 3 martagacha kamayadi. (1-sinfda 34, 5%, 2 sinfda 8,7%). Bu esa shundan guvohlik beradiki, bolalarda tovushlarni tо‘g‘ri talaffuz qilishni shakllantirish uchun (tovushlarning artikulyator qurilmalarini tо‘g‘ri shakllantirish uchun) bir о‘quv yilining о‘zi ham kifoya qilar ekan.

2-sinf о‘quvchilarining mustaqil nutqida tovushlarni notо‘g‘ri qо‘llash va ularni boshqa tovushlar bilan aralashtirish ortadi. Mustaqil nutqda tovushlarni tо‘g‘ri qо‘llash aqli zaif bolalarda murakkab tarzda namoyon bо‘ladi. Ularni bartaraf etish sekinlik bilan kechadi. Tovushlarni talaffuz qila olish malakasi о‘rtasidagi tafovutlar va shu tovushlarni nutqga qо‘llash ularga xosdir.

Quyi sinflarning aqli zaif о‘quvchilarida tovush talaffuz qilishining keskin о‘zgarishlari seziladi. Yordamchi sinflarning 1-2-sinflarida tovushlarning bir necha guruhidagi о‘zgarishlar birgina guruhdagi tovush о‘zgarishlariga qaraganda 2 marta kо‘proq kuzatiladi.

Ikki va uch guruhga oid tovush buzilishlari (sirg‘aluvchi, shovqinli, r va l) yuqori darajada bо‘ladi. Tо‘rtinchi va beshinchi – guruh tovush buzilishlari nisbatan kamroq uchraydi. 3-sinfdan boshlab bir yoki ikkita guruh tovushlar buzilishi kо‘proq yoyilgan bо‘ladi. Yuqori sinflarning kо‘pchilik о‘quvchilarida tovush hosil qilishdagi nuqsonlar faqat bir guruh tovushlardagina kuzatiladi.

Tovushlarni kо‘plab almashtirib qо‘llash nafaqat nozik motorik differensiatsiya qiyinchiliklaridan kelib chiqadi, balki, tovushlarni eshitish differensiatsiyasining buzilishi, tovushlarni tо‘g‘ri tanlash operatsiyasining shakllanmaganligi bilan belgilanadi.

Aqli zaif bolalarda tovush talaffuz qilishlarining yana bir о‘ziga xos tomoni bu buzilishlar variativ, ya’ni turli kо‘rinishda bо‘ladi. Birgina о‘sha tovushni bola ba’zi vaqtda tо‘g‘ri talaffuz qiladi, ba’zida talaffuz qilmaydi, yoki buzib talaffuz qiladi. Bu sо‘z hosil qilgan tovush-bо‘g‘in tuzilishidan kelib chiqadi va tovushning sо‘zdagi о‘rni bilan belgilanadi. Sodda sо‘zlar boshida bola tovushni tо‘g‘ri talaffuz qila oladi, aksincha, murakkab sо‘zlarda ketma-ket kelgan undoshlarda tovush tushirib qoldirishi mumkin.

Tovush talaffuzining buzilishi, ayniqsa, tovushlarni almashtirish, normal bolalardan kо‘ra kо‘proq aqli zaif bolalar yozuvida aks etadi. Bu kо‘rinish avvalo, tovush almashtirish holatlariga taalluqlidir.

Aqli zaif bolalarda tovushlar talaffuzining buzilishi shartli ravishda polimorf hisoblanadi. Masalan, bir bolaning о‘zida ham, nutq motorikasining rivojlanmay qolishi, ham eshitish differenitsatsiyasi va artikulyatsion apparatning tuzilishidagi buzilishlar rо‘y beradi.

Tovushlar talaffuzining aqli zaif bolalarda buzilishi simptomatikaning chidamliligi bilan xarakterlanadi.

Sо‘zlarda tovush-bо‘g‘in strukturasining buzilishi aqli zaif bolalarda kо‘p uchramasada, yordamchi maktablarning 1-2 sinflarida har holda uchraydi va о‘ziga xoslik bilan xarakterlanadi.

Tovush-bо‘g‘in strukturasining buzilishi, bо‘g‘inlar strukturasining ketma-ketligida ham, alohida bо‘ginda ham rо‘y berishi mumkin.

Biror bir bо‘g‘in strukturasining buzilishi undoshlarning yonma-yon kelishi bilan xarakterlanadi. Yonma-yon undoshlar ishtirok etgan bо‘g‘inga nisbatan bо‘g‘inlari kо‘p bо‘lgan sodda sо‘zlar kо‘proq о‘zgarishga uchramaydi. Undosh tovushlarni tushirib qoldirish, ular ketma-ket kelgan sо‘zlarda, sо‘z boshida, о‘rtasida yoki oxirida bо‘lishidan qat’iy nazar kо‘proq tarqalgan.

Aqli zaif bо‘lgan bolalar kо‘proq ketma-ket kelgan undoshlarni fonetik jihatdan о‘xshash bо‘lgan undosh bilan almashtirib yuboradilar. Odatda, sо‘zdagi undoshlar ketma-ket kelganda, birinchi turgan tovushni almashtirish rо‘y beradi, ayniqsa, bu sо‘z artikulyatsiyasiga kо‘ra murakkab sо‘z bо‘lsa, (tramvay-tlamvay, artist-atist, kostyum-koxtyum).

Tovush almashtirish kо‘proq akustik yoki artikulyator-akustik о‘xshashliklarning belgilariga qarab oshiriladi (sh-x, t-s, k-p, k-t, r-l). Tovush almashtirishning ozgina qismigina artikulyator о‘xshashliklar tufayli rо‘y beradi. Ketma-ket kelgan undoshlarni notо‘g‘ri talaffuz qilishning sababi bо‘lib, sо‘zdagi undoshlarni noaniq eshitib farqlay bilish hisoblanadi.

Sо‘zlardagi bо‘g‘in strukturasining buzilishi hatto butun bir bо‘g‘in tushirib qoldirishda ham namoyon bо‘ladi (televizor – tvizor, qо‘lbola-bala). Bо‘g‘in tushirib qoldirish asosan sо‘z boshida va о‘rtasida yuz beradi (kitob-tob, qо‘zichoq-zichoq, mashina-shina, ayiqcha-iqcha).

Bо‘g‘in strukturasining buzilishi faqatgina 3-5 murakkab sо‘zlardan boshlab, kо‘proq yonma-yon kelgan undoshlarda yuz beradi. Bolalarga tanish bо‘lgan va tez-tez foydalanib turiladigan kо‘p bо‘g‘inli sо‘zlar, kam foydalaniladigan hamda yaxshi tanish bо‘lmagan sо‘zlarga nisbatan kamroq buzib talaffuz qilinadi.

Aqli zaif bolalarning nutqi kо‘p hollarda ma’nosiz, tushunarsiz va emotsional bо‘yoqsiz bо‘ladi. Ba’zilarida nutq sekinlashgan, ba’zilarida esa tezlashgan, shu bilan birga, bolalarining ovozi past, ba’zilarining ovozi chinqiroq bо‘ladi.

Ayniqsa, Daun kasalligi bilan og‘rigan bolalarda nutqning buzilishi yaqqol namoyon bо‘ladi. Nutq tezligi past bо‘lishi, о‘ta kuchli ruhiy holatdagi duduqlanish kuzatiladi. Bunday bolalarda disfoniya – ovoz о‘zgarishi keng tarqalgandir. Ovoz past va bо‘g‘iq; nafas olish, ovoz, artikulyator apparatining koordinatsiyasi buzilgan bо‘ladi.

Aqli zaif bolalarda tovush talaffuz buzilishini tо‘g‘rilash, normal rivojlangan bolalarga nisbatan ancha uzoq davom etadigan jarayondir. Ular bilan olib boriladigan ish shartli refleks aloqalari hosil bо‘lishining qiyinligi tufayli, yangi tovush shakllanishining sekinlashishi va uzoq davom etishini keltirib chiqaradi. Asab (nerv) jarayonining inertligi, sekinlashish va asabiy kuchayishning о‘ta buzilishi, eski-oddiy aloqalardan yangilariga о‘tishdagi bir xillikni kо‘rsatishda namoyon bо‘ladi. Buning natijasida u yoki bu tovushni notо‘g‘ri talaffuz qilish uzoq vaqt saqlanib qoladi.

Yangi tovushni nutqqa kiritish, ya’ni avtomatizatsiya bosqichi uzoq vaqtni talab qiladi. Ba’zida bir tovushni meyoriga yetkazish uchun 3-5 mashg‘ulotning о‘zi kifoya qiladi, lekin uni avtomatizatsiyalash bir, 1,5 yilda nihoyasiga yetadi. Buning asosiy sababi, aqli zaif bolalardagi oliy nerv faolyatining о‘ziga xos tomonlari, о‘z nutqi va tо‘g‘ri talaffuz qilish ustidan nazorat yо‘qligi hisoblanadi.

Bu kо‘rsatkichni G.A.Kashening tadqiqotlari ham tasdiqlaydi. Kо‘pchilik bolalarda tovushni tо‘g‘ri talaffuz qila boshlash bosqichi bir о‘quv yili davomida amalga oshirilar ekan. 96 tovushdan 72 tasi о‘quv yili oxiriga borib tо‘g‘rilangan, lekin mana shu 72 tovushdan faqat 22 tasi nutqda tо‘g‘ri talaffuz qilingan, 50 tasi esa nutqda mustahkamlanmagan va bolalar ulardan foydalanmaganlar.

Tovushlarni tо‘g‘ri talaffuz qilish nuqsonlarini tо‘g‘rilashni aqli zaif bolalarning idrok qilish faoliyatining rivojlanishi bilan bog‘lash, qiyoslashning, analiz va sintizning harakatlari bilan bog‘lash lozim. Yordamchi maktabda tо‘g‘ri talaffuz qilish buzilishlarini tо‘g‘rilashdagi logopedik ishlarda qiyoslash usulini keng qо‘llaniladi. Masalan, tovushni tо‘g‘rilash bosqichida tо‘g‘ri va notо‘g‘ri talaffuz qiyoslanadi. Avtomatizatsiya bosqichida shu tovushning о‘zi fonetik jihatdan bir-biridan uzoq bо‘lgan tovushlar bilan qiyoslanadi. Korreksiya (tо‘g‘rilash) jarayonida tovush miqdoriga nisbatan turli sо‘zlarning tovush tuzilishi qiyoslanadi.

Asosiy diqqat – e’tibor umumiy va nutqiy materialning rivojlantirilishiga, eshitish qobiliyatining, xotiraning shakllantirilishiga, ya’ni aqli zaif bо‘lgan bolalardagi talaffuz qilish buzilishlarining barcha sabablarini normallashtirishga qaratiladi.

Talaffuz qilishdagi buzilishlarning korreksiyasini nutqiy rivojlanish bilan, nutqning fonetik rivojlanishi, lug‘at, tilning grammatik qurilishi bilan bog‘laydilar. Chunki, bolalarda talaffuz qilishdagi nuqsonlar nutq rivojlanmay qolishining umumiy qiyofasida kо‘rinadi.

Talaffuz qilishdagi buzilishlarning korreksiyasida diqqat-e’tibor sо‘zning tovush tarkibi haqidagi aniq tasavvurga ega bо‘lishga, sо‘zdagi tovushni ajrata bilishga, nutq tovushlarning ma’no bildiruvchi vazifalarini aniqlashga qaratiladi.

Yordamchi maktabda logopedik ish bilan savodga о‘rgatish о‘rtasida о‘zaro uzviy aloqa amalga oshiriladi. Tovushni tо‘g‘ri talaffuz qilish ustidagi ish bolani shu tovush ifodalagan harfni о‘zlashtirishga tayyorlaydi. Boshqa tomondan harfni о‘rganish esa tovushni nutqqa mustahkamlash uchun grafik tayanch bо‘lib xizmat qiladi. Bola harfni о‘rganishdan avval, tovushni tо‘g‘ri talaffuz qila bilishi, uni nutqta ajrata olishi kerak.

Aqli zaif о‘quvchilarda talaffuz qilishdagi buzilishlarni tо‘g‘rilash davrida ulardagi psixik jarayon kechishining о‘ziga xos tomonlarini hisobga olish zarur (tempning sekinlashishi, diqqat-e’tiborni bir joyga yig‘a olmaslik va boshqalar).

Yordamchi maktablarda talaffuzdagi nuqsonlarni bartaraf etish yuzasidan olib boriladigan logopedik ishlarning о‘ziga xos tomonlaridan yana biri ishni yakka tartiblashtirish hisoblanadi. О‘ziga xoslik rejalashtirishda ham о‘z aksini topadi. Frontal mashg‘ulotlarning mavzulari asta-sekin qiyinlashtirishni hisobga olgan holda tor bо‘lishi kerak. Normal bola uchun qiyinchilik tug‘dirmaydigan har qanday masala, yordamchi maktablarda iloji boricha oddiylashtirilishi lozim. Logoped bu о‘ziga xoslikni talaffuz qilishni tо‘g‘rilashdagi ishning har bir bosqichida hisobga olishi darkor.

Yordamchi maktablarda talaffuz qilishdagi buzilishlarni bartaraf etishning dastlabki bosqichi uzoq davom etadi va sifat jihatdan boshqa mazmun kasb etishi bilan xarakterlanadi. Umumiy nutqiy motorikani rivojlantirish, eshitish va xotirani mustahkamlash ustida ishlar olib boriladi.

Nutqiy nafas olish, uzoq nafas chiqarib turishni shakllantirish zarur. Bular о‘yin kо‘rinishidagi mashqlarda о‘tkaziladi.

Uzoq vaqt nafas chiqarishga ovoz tembri, balandligi, kuchini rivojlantirish maqsadida, ovoz mashqlarini kiritish lozim. Keyinchalik oddiy artikulyator mashqlar kiritiladi.

Aqli zaif bolalarda artikulyator motorikani rivojlantirish ikki yо‘nalishda olib boriladi: harakatning knetik asosini rivojlantirish va artikulyator harakatning kinestetik asoslarini rivojlantirish. Kinestetik holatni rivojlantirishda ish kо‘zgusiz olib boriladi, о‘quvchilar lablar holatini takrorlaydi, logopedning nutq yо‘riqnomasi asosida til holatini passiv о‘zgartirishini qaytaradi. Bolalarni eshitib nutqiy birliklarni ajratishga о‘rgatiladi. («qani kim qichqirayapti?», «top-chi ovoz qayerdan kelayapti?») kabi о‘yinlar. Shuningdek, о‘quvchilarni sо‘zlar tartibini eslab qolishni, bо‘g‘inlarni avval rasmlar asosida keyin ularsiz qaytarishga о‘rgatiladi. Dastlabki, bosqichda tovush analizi va sintezining elementar shakllarini rivojlantirish amalga oshiriladi. Bolalar undosh va unli tovushlarni ajratib kо‘rsatishni о‘rganadilar.

Aqli zaif bolalarda tovushni yо‘lga qо‘yish aralash usullarda amalga oshiriladi. Yordamchi maktablarda nutq tovush-larini avtomatizatsiyalashtirish uzoq davom etadigan bosqich hisoblanadi. Bu bosqichda sо‘zdagi tovushni ajratib kо‘rsatish, boshqa tovushlarga nisbatan uning о‘rnini belgilash, tovush analizi va sintezining murakkab shakllari ustida ish olib boriladi. Aqli zaif bolalar sо‘zdagi tovush о‘rnini yaxshi beliglay olmaydilar, shuning uchun о‘z vaqtida artikulyator a’zolarini tovushni talaffuz qilishga tayyorlay olmaydilar. Ayniqsa, bu hol tovush sо‘z о‘rtasida yoki oxirida kelganda yaqqol seziladi.

Tovushlarni avtomatizatsiyalashtirish jarayonida nutqning ohangini rivojlantirish ustida ishlash tavsiya etiladi. Bо‘g‘indagi urg‘u ustida, sо‘z urg‘usi ustida bog‘lanishli nutqda intonatsiya ustida ishlash lozim bо‘ladi.

Bu bosqichning о‘ziga xos tomoni darslarni rejalash, mavzularni taqsimlash hisoblanadi. Mashg‘ulotlar aniq rejalash-tiriladi, bu rejada nutqiy materialni topshiriqlarni asta-sekin murakkablashtirish maqsad qilib qо‘yiladi. Masalan, bо‘g‘inlardagi S tovushni avtomatizatsiyalashtirishda mashg‘ulotlarning mavzusi quyidagicha (1 sinf): ochiq bо‘g‘inlarda (tovush sо‘z boshida); teskari bо‘g‘inlarda as, os, us, is; yopiq bо‘g‘inlarda (tovush bо‘g‘in boshda) sol, sot, sak; yopiq bо‘g‘inda (tovush bо‘g‘in oxirida): los, kos, kas; undoshlar yonma-yon kelganda: ska, ost, osk.

Tovushlar differensiatsiyasi logopedik ishlarning zaruriy bosqichi hisoblanadi. О‘rta maktablarda bu ishlar faqat og‘zaki nutqda tovushlar о‘rni almashgandagina olib boriladi. Yordamchi maktablarda esa bu qadar og‘zaki nutqda tovush buzib talaffuz etilganda ham olib borilishi zarur. Bu yozma nutqda kо‘plab harflar о‘rnini almashtirishga olib keluvchi nutq tovushlarini nutqiy-eshitish differensiatsiyasining rivojlanmay qolishidan kelib chiqadi.

Tovushlarni chegaralash (belgilash) ishlari 2 yо‘nalishda olib boriladi: 1) tovushlarni talaffuz qilish differensiatsiya-sini aniqlash; 2) nutq tovushlarini eshitish differensiatsiyasini rivojlantirish, ayniqsa, fonetik jihatdan yaqin bо‘lgan tovushlar ustida ishlash.


Download 2,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   370




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish