NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI TA’LIM VA TARBIAY NAZARIYASI VA METODIKASI (BT) YO‘NALISHI II BOSQICH MAGISTRANTI IBRAGIMOVA MUNISA SAN’ATOVNA “BOSHLANG’ICH SINF ONA TILI DARSLARIDA DIALOG MATNLARI USTIDA ISHLASH” MAVZUSIDAGI KURS ISHIGA ILMIY RAHBAR
X U L O S A S I
O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida” gi Qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” yosh avlodni tarbiyalashning asosiy istiqbol va yo‘nalishlarini belgilab berdi. “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” da ta’limni tubdan isloh qilishning asosiy yo‘nalishlari ko‘rsatib berildi. Unda “Uzliksiz ta’lim ijodkor, ijtimoiy faol, ma’naviy boy shaxs shakllanishi va yuqori malakali raqobatbardosh kadrlar ildam tayyorlanishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratadi”, deb ko‘rsatilgan.Shuningdek, dasturda: “Ta’lim berishning ilg‘or pedagogik texnologiyalarini, zamonaviy o‘quv-uslubiy majmualarini yaratish va o‘quvtarbiya jarayonini didaktik jihatdan ta’minlash” umumiy o`rta ta’limning asosiy vazifalaridan biri sifatida belgilangan edi.
“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” va “Maktab ta’limini rivojlantirishning Davlat umummilliy dasturi” ning ijrosi amalda nihoyasiga yetkazildi. 9 yillik umum ta’lim maktab bosqichini va 3 yillik o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim bosqichini o‘z ichiga olgan uzluksiz yaxlit ta’lim tizimi yaratildi”.Endigi vazifa bu tizimni taraqqiy ettirish va barkamol avlod tarbiyasini yuqori darajada tashkil etishdir.
Shu ma’noda magistrant Ibragimova Munisa San’atovnaga ona tili o‘qitish metodikasi fanidan “ Boshlang‘ich sinf ona tili darslarida dialog matnlari ustida ishlash ” mavzusida kurs ishi berildi.
Magistr Ibragimova Munisa San’atovna berilgan vazifalarni bosqichma-bosqich amalga oshirib bordi. Ish jarayonida boshlang‘ich sinf “O‘qish kitobi” va “Ona tili” darsliklaridagi materiallarni o‘rgatish orqali o‘quvchilar faolligini oshirish ishlarini olib borilib, natijalarining tahlil qilinishi ilmiy farazning to‘g‘ri qo‘yilganini tasdiqlash bilan birga, ijobiy yakun topganini ko‘rsatdi.
Kurs ishi kirish, ikki bob, xulosa va adabiyotlar ro‘yxatidan iborat.
Kirishda kurs ishi mavzusining dolzarbligi, yangiligi va mavzuning o‘rganilishi haqida so‘z yuritilgan.
I-bob “ Boshlang‘ich sinf ona tili darslarida dialog matnlari ustida ishlash nazariyasi ”, deb nomlanib, ikki fasldan iborat I.1 “ Boshlang‘ich sinf ona tili darslarida matn tushunchasi ” faslda o‘quvchini nutqiy madaniyatga, muxtasar matn yaratishga o‘rgatish haqida fikr yuritiladi, 2-fasl “ Matn turlari va tarkibi ” deb nomlanib bu faslda ona tili darslarida o’rganiladigan barcha matn turlari haqida bahs yuritiladi.
II-bob “ Boshlang‘ich sinf ona tili darslarida dialog matnlari ustida ishlash amaliyoti ”, deb nomlanib, ikki fasldan iborat II.1 “ Dialog matnda til vositalaridan, majoziy ifodalardan foydalanish imkoniyatlari ” faslda boshlang’ich ona tili darslarida dialog matnda til vositalari haqida fikr yuritiladi, II.2-fasl “ Boshlang‘ich sinf ona tili darslarida dialog matnlar bilan ishlash usuli” deb nomlanib bu faslda boshlang‘ich sinf ona tili darslarida dialog matnlar bilan ishlash usuli masala haqida bahs yuritiladi.
Kurs ishi to‘la yakunlangan, muayyan ilmiy va amaliy qiymatga ega deb hisoblayman.
Magistrant Ibragimova Munisa San’atovnaning kurs ishi OTning talablariga javob beradi. Kurs ishini to‘liq yakunlangan ish sifatida himoyaga tavsiya etaman.
Kurs ishning mazmuni ijobiy bahoga loyiq ekanligini qayd etaman.
Do'stlaringiz bilan baham: |