Noodatiy fikrlash mahorati yoxud kreativlik qanday shakllantiriladi?



Download 235,64 Kb.
Pdf ko'rish
Sana23.06.2022
Hajmi235,64 Kb.
#693951
Bog'liq
Noodatiy fikrlash mahorati



Noodatiy fikrlash mahorati yoxud kreativlik qanday 
shakllantiriladi? 
Fan 
 5 / 07 / 2019 
Bugun dunyoda yuz berayotgan to‘rtinchi sanoat tamaddunining dvigateli — 
harakatga keltiruvchi kuchi kreativlikdir. Atrofga boqsangiz, har tomonda inson 
ijodkorligining beqiyos va hayratlanarli namunalariga duch kelasiz: elektron 
xizmatlar, virtual reallik, to‘rtburchak tarvuzlar, tuproqsiz hosil olish... Bularning 
barchasi inson tasavvuri, tafakkuri mahsuli. Bugun biz uchun odatiy tuyulgan kitob, 
musiqa, bino, samolyot, hatto lampalar ham qachonlar orzu va tasavvurda bo‘lgan, 
keyinchalik 
aql-idrok 
samarasi 
o‘laroq 
yaratilgan. 
G‘ildirakning kashf etilishidan boshlangan yaratuvchanlik namunalari bugun 
koinotda kezib yuribdi. Innovatsiyalar kundalik turmushimizda qulayliklar yaratadi, 
og‘irimizni yengil, uzog‘imizni yaqin qiladi. Shu tarzda kreativlik taraqqiyotning 
ajralmas bo‘lagiga aylangan. Barcha sohada ijodiy fikrlovchi mutaxassislarga talab 
katta. Dunyoga mashhur dasturiy mahsulotlar, mobil telefonlar ishlab chiqaruvchi 
kompaniyalar mutaxassislaridan har kuni yangi g‘oya so‘raladi. Mehnat bozorida 
kreativ fikrlovchi mutaxassislarga talab oshib borayotgan ekan, ta’lim jarayonida 
o‘quvchi-talabalarning noodatiy fikrlash qobiliyatini shakllantirish, rivojlantirish 
dolzarb vazifadir. Haligacha ta’lim tizimida ko‘plab yondashuv va metodlar ijodiy 
fikrlash emas, talqin va tahlilga, ya’ni berilgan ma’lumotni tushunib, to‘g‘ri 


yetkazishga, nari borsa, bir necha axborotni umumiylashtirib, xulosa chiqara olishga 
yo‘naltirilgan. 
Xo‘sh, ta’lim oluvchilarni qanday qilib kreativ fikrlashga o‘rgatish mumkin? 
Innovatsiya yaratish uchun tafakkurda qanday o‘zgarishlar kechishi lozim? 
Tasavvur 
bilimdan 
muhim(mi?) 
Shaxsda kreativlik sifatlarini rivojlantirish uchun dastlab bu tushunchaning 
mazmunini bilish lozim. Kreativlik inglizcha “create”dan olingan bo‘lib, yaratish 
ma’nosini bildiradi. Kreativlik deganda insonning yangilik yaratish, muammolarni 
yechishga qaratilgan ijodiy qobiliyati tushuniladi. Uning tagzamirida originallik, 
amaliylik, noodatiylik va erkinlik yotadi. Shuningdek, kreativ fikrlash muayyan 
masala yuzasidan har tomonlama fikrlash, bir nuqtaga turli rakursdan yondashishni 
anglatadi. 
Kreativlik 
shaxsni 
rivojlantiruvchi kategoriya 
sifatida 
inson tafakkuri, 
ma’naviyatining ajralmas qismi hisoblanadi, u shaxs ega bo‘lgan bilimlarning 
ko‘pqirrali ekanligida emas, balki yangi g‘oyalarga intilish, o‘rnatilgan 
stereotiplarni isloh qilish va o‘zgartirishda, hayotiy muammolarni yechish 
jarayonida kutilmagan va noodatiy qarorlar chiqarishda namoyon bo‘ladi. Ya’ni, 
berilgan bilimlarni takrorlash orqali kreativlikka erishib bo‘lmaydi, ijodiy fikrlash 
jarayonida yangi fikr, yangi g‘oyaning paydo bo‘lishi asosiy shartdir. Masalan, 
ingliz tilida so‘zlarni yodlab, grammatika qoidalarini “suv qilib ichib yuborgan” 
bo‘lsangiz ham, insho yozolmasangiz, barchasi bekor. Shuning uchun kreativ 
fikrlash jarayonida tasavvur muhim rol o‘ynaydi. Albert Eynshteyn “Tasavvur — 
bilimdan muhim” deganida aynan mana shu jihatni nazarda tutgan. Ko‘pincha 
noodatiy fikrlar, yechimlar kutilmaganda inson xayoliga keladi. Buning uchun, 
avvalo, fikrlash jarayonidagi bir xillikka, odatiylikka barham berilishi lozim. 
Qoliplardan 
voz 
kechamiz 
Inson miyasi o‘z ishini “yengillashtirish”, “qulaylashtirish” uchun shablon va 
stereotiplardan foydalanadi. Stereotiplar shu paytgacha ma’lum bo‘lgan va 
umumqabul qilingan fikrlardir. Ular asosida fikrlash bizga hech qanday yangi g‘oya 
bermaydi. Qoliplarning yuzaga kelishida jamiyatda ustuvor bo‘lgan ijtimoiy fikr, 
mediamahsulotlarda taqdim etilayotgan shakl va ko‘rinishlar ham yetakchi o‘rin 
tutadi. Inson ommadan ajrab qolmaslik nuqtayi nazaridan hammaning fikriga 
qo‘shiladi. Qolaversa, “oqim bo‘ylab suzish” mustaqil fikrlashdan ko‘ra oson 
tuyuladi. Stereotiplar orqali fikrlaganda muayyan mavzu bo‘yicha inson ongiga 
“so‘rov” berilganida odatiy ma’lumot va mulohazalar yuzaga keladi. Masalan, 
“yangi yil” deganda to‘kin dasturxon, reklamadan tushmaydigan gazli ichimliklar, 
archa va hokazolarni tasavvur qilish, bobo obrazida qo‘lida hassa tutgan
ko‘zoynakli cholni ko‘rish qolip asosida fikrlashning ko‘rinishi. Kreativ fikrlovchi 
insonlar odatiy manzaralardan o‘zgacharoq tasvirlarni ham tasavvur qilib, hech kim 


ilg‘amagan 
jihatlarni 
payqaydi, 
yangilik 
yaratoladi. 
Eng ajablanarli jihati, ta’lim-tarbiya jarayoni ham bolalarni bir xil fikrlashga o‘rgatib 
qo‘yarkan. Mashhur ixtirochi va kashfiyotchilarning aynan maktabdagi ta’lim 
jarayonidagi bir xillikka ko‘nikolmagani, qoliplarga sig‘maganini ko‘rish mumkin. 
Masalan, 
Albert 
Eynshteynning 
maktabdan 
haydalishi 
yoki 
Dmitriy 
Mendeleyevning kimyo fanidan “uch” olgani bunga misol bo‘ladi. 
Ken Robinson tomonidan tayyorlangan va YouTube saytida 5 million marta 
tomosha qilingan “Maktab kreativlikni barbod etyaptimi?” nomli videolavhada ham 
shu xususida so‘z boradi. Harf o‘rganish jarayonidayoq bolalarning belgilangan 
chiziqlar bo‘ylab yozishi, topshiriqlarni bajarishda namunalar orqali ishlashi, 
adabiyot darslarida asarni qanday tushunish kerakligi to‘g‘risida ma’lumotlar 
berilishi, pedagoglarning yaxshi bajaruvchilarni yaxshi baholashi natijasida bolalar 
qoliplar doirasida fikrlay boshlaydi. Oqibatda ko‘plab yoshlar topshiriq berilsa, 
namuna bormi, deb so‘raydigan holga kelgan. Bu oldin mavjud bo‘lgan modellar 
asosida ishlashga o‘rganib qolish natijasi. Bunday vaziyatni bartaraf etish uchun 
o‘quv jarayonida ijodkorlik sifatlarini tarbiyalashga ahamiyat qaratilishi maqsadga 
muvofiq. Masalan, o‘quvchilarga “Sizga bir kunda 86400 AQSh dollari berilsa, uni 
nimalarga sarflagan bo‘lardingiz?” kabi noodatiy savollar berilishi mumkin. Bu 
savol o‘quvchining topqirlik, bilag‘onlik, ijodkorlik, masalaga turli nuqtayi 
nazardan qaray olish, yashirin jihatlarni ochish kabi xislatlarini rivojlantiradi. 
Sababi, 86 400 bir kundagi soniyalar miqdorini anglatadi. Savol orqali o‘quvchiga 
har bir soniya qimmati anglatiladi, uni behuda sarflamaslik uqtiriladi. Agar o‘quvchi 
savol tagidagi mohiyatni anglamasa, unda kreativ va evrestik sifatlar past 
hisoblanadi. 
Qolip va stereotiplar asosida fikrlashning bir necha ko‘rinishlari bor. Masalan, qutbli 
tafakkur — hamma narsani ikki shaklda — yaxshi yoki yomon deb qabul qilish, 
dunyoni oq va qora rangda ko‘rishdir. Aslida, yaxshi yoki yomon narsaning o‘zi 
mavjud emas, uni fikrlarimiz shundayga aylantiradi. Har bir holat va jarayonning 
ijobiy hamda salbiy jihatlari bor. Bir tomonlama yondashuv, asoslanmagan xulosalar 
ham 
stereotiplar 
asosida 
fikrlashning 
ko‘rinishlaridir. 
Ijodkorlikni yuzaga keltirish uchun stereotiplarning ongosti darajasida ijoddan 
cheklovchi funksiya, shablonlardagi to‘siqni anglash, qoliplardan voz kechish zarur. 
Kumir, brend va modaga ergashish mustaqil fikr kushandasi hisoblanadi. Kiyinish, 
o‘zini tutish, kasb tanlash, hatto fikrlashdagi taqlid bunyodkorlik faoliyatidan 
cheklashi mumkin. Shuning uchun nega aynan shu kiyimni tanladim, nima uchun 
shu ichimlikni xarid qilyapman, deb OAV, reklama orqali inson ongiga majburan 
singdirilayotgan ta’sirlardan voz kechish mustaqil qaror qabul qilishga, media 
qurshovidan 
chiqishga 
sabab 
bo‘ladi. 
Mashqlar 


Tomas Edison “Kreativlik — g‘ayriixtiyoriy jarayon”, deydi. Lekin har kuni ko‘plab 
mutaxassislar muammolarga noodatiy yechim topishga zaruriyat sezadi. Ular mana 
shu g‘ayriixtiyoriy jarayonni ixtiyoriylashtirishi mumkinmi? Tabiatda yangi 
fikrlarni yuzaga keltiruvchi “sehrli tayoqcha” yo‘q, biroq har qanday mutaxassisning 
kreativ o‘ylashiga ko‘maklashadigan ko‘plab usullar mavjud. Buning uchun ijodiy 
fikrlashga vaqt ajratish, ijodiy salohiyatni anglash lozim. Jorj Bernard Shou 
hazillashib shunday deydi: “Ko‘pchilik yiliga ikki-uch marta o‘ylaydi. Mening 
butun dunyoga mashhurligim sababi — haftada bir yoki ikki marta o‘ylaganim”. 
Demak, xayolga kelgan yangi fikrlarni e’tiborsiz qoldirmaslik, o‘ylash uchun imkon 
yaratish 
muhim. 
Ijodkorlik chegarasini belgilang. Muammoli masalaga duch kelgan paytingizda 
ijodkorlik chegaralarini belgilang. O‘zingizdan “Eng oddiy yechim nimada?” deb 
so‘rang. Keyin “muammoni hal qilishning aql bovar qilmas varianti”ni tasavvur 
qiling. Oddiy va hayratlanarli yechim o‘rtasida sizga ijodiy maydon paydo bo‘ldi. 
Endi yangi g‘oya mavhum emas, uning chegaralari mavjud. Bu ijod jarayonidagi 
psixologik 
bosimni 
yengillashtiradi. 
“Olti shlyapa” usuli. Edvard de Bono taklif etgan “Olti rangli shlyapa usuli”da biror 
mavzu tanlanadi. Navbatma-navbat shapkalar kiyiladi: oq — diqqat bilan, hech 
qanday emotsiyasiz barcha faktlar tekshiriladi; qora — kamchiliklar aniqlanadi
sariq — mavjud holat tahlil etiladi; yashil — yana yangi bir necha g‘oyalar 
qo‘shiladi; qizil — emotsional munosabat bildiriladi; ko‘k — ish xotimalanadi. 
Masalan, ta’lim tizimiga oid qonunchilikni takomillashtirish mavzusi ko‘rilayotgan 
bo‘lsa, mavjud qonunchilik o‘rganiladi, kamchilik va bo‘shliqlar aniqlanadi. 
Qonuniy me’yorlarning real holat bilan mosligi yoki qarama-qarshiligi o‘rganiladi. 
Ta’lim sifatini oshirishga xizmat qiluvchi takliflar beriladi, ular amalga oshsa, 
qanday samara berishi izohlanadi. Taklif loyiha shaklida rasmiylashtiriladi. 
Uolt Disneyning kreativ fikrlash nazariyasi. Uolt Disney ko‘ngilochar sohada o‘z 
sanoatini yaratgan, animatsion multfilmlari bilan butun dunyoga tanilgan shaxs. U 
dunyoga mashhur personajlarini yaratishda kreativlikning uch fazasi — xayolparast
realist, tanqidchi obrazidan foydalanadi. Ya’ni, xayolparast rolida hech qanday 
chegarasiz xayol suradi, fantaziya yaratadi. Bu jarayonda u Baxning “Tokkata, fuga 
re minar” musiqasini eshitishini aytgan. Xayolida obrazlar yaratilgandan keyin uni 
reallik bilan uyg‘unlashtiradi. Personaj qanday harakatlanadi, qanday gapiradi — 
barchasini konstruktor sifatida jonlantiradi, reallashtiradi. Shundan keyin 
xayolparast va realist ishini tanqidchi ko‘rib chiqadi. Tanqidchi “filtr” vazifasini 
bajaradi. Uolt Disneyning yutug‘i xayolparast, realist, tanqidchini bitta shaxsda 
jamlay olganidir. Odatiy fikrlovchilarda ularning bittasi ustuvorlik qiladi. 
Tasodiflarga befarq bo‘lmang. Juda ko‘plab ixtirolar favqulodda va tasodifiy 
holatlarda amalga oshirilgan. Ya’ni, taqdirning o‘zi insonga nozik ishoralar beradi. 
Bu Isaak Nyutonning boshiga tushgan olma, antibiotikni kashf etgan olim Aleksandr 
Flemingning yuvilmay qolib, mog‘orlagan laboratoriya idishlari ko‘rinishida 


bo‘lishi 
mumkin. 
Bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan narsalarni bog‘lash. Mobil telefon va kompyuter 
imkoniyatlarini birlashtirish orqali planshet, yuk mashinasiga antenna o‘rnatilib 
ko‘chma stansiya, qayiqqa osib qo‘yilgan mato tufayli yelkanli kemalar paydo 
bo‘lgan. Shotlandiyalik shifokor J.Danlopning o‘g‘li tosh yo‘ldan velosipedda yurib 
qiynalar edi. Danlop bog‘ini shlang bilan sug‘ora turib, uning yengil prujinasimon 
sakrashiga e’tibor berdi. Natijada birinchi bo‘lib shinani kashf etdi. 
Shuningdek, kreativlikning mikro va makrosignallarini anglash, uning inson 
fiziologiyasi bilan bog‘liq jihatlari, ya’ni qanday holatlarda inson xayoliga yangi 
fikrlar kelishini bilish ham muhimdir. 

Download 235,64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish