Norton commander qobiq dasturi. Reja


Fayl, katalog va panellarni boshqarish buyruqlari va unda ishlash qoidalari



Download 28,89 Kb.
bet2/4
Sana20.07.2022
Hajmi28,89 Kb.
#829166
1   2   3   4
Bog'liq
NORTON COMMANDER qobiq dasturi.

Fayl, katalog va panellarni boshqarish buyruqlari va unda ishlash qoidalari
NC panellarini boshqarish uchun (klavishalarning) tugmachalarning quyidagi majmuidan foydalanish mumkin:
[Tab]- joriy panelni o’zgartiradi,
[Ctrl]+[O]- ekrandagi panellarni ekrandan oladi va chiqaradi,
[Ctrl]+[P]- joriy bo`lmagan panelni o`chiradi va chiqaradi,
[Ctrl]+[U]- panellarning o`rnini almashtiradi,
[Ctrl]+[F1]- ( [F2])- chap (o`ng) panelni ekrandan o`chiradi va chiqaradi,
[Alt]+ [F1]- chap panelda disklar ro’yxatini chiqaradi,
[Alt]+ [F2]- o`ng panelda disklar ro’yxatini chiqaradi.
Agarda NC panelida kataloglar va fayllar ro’yxati keltirilsa, panelning yuqori qismida katalog nomi keltiriladi.
NC panellarida fayllar nomi kichik harflarda, kataloglar nomlari bosh harflar bilan ekranda ko`rinib turadi.
Panelning ichida to’g’ri to`rtburchak shaklida qursor joylashgan bo’ladi. Qursor joylashgan panel joriy panel bo’ladi.
Paneldagi biror katalogga kirish uchun kursor shu katalogga keltirilib [Enter] bosiladi. Har bir katalogga kirilganda katalogdagi ichki kataloglar va faylar ro’yxati panelda chiqadi.
Ro’yhatning boshida ‘..’ belgisi turadi, bu belgi katalogning eshigi vazifasini bajaradi. Ya‘ni qursorni shu belgiga keltirib [Enter]ni bosak katalogdan chiqamiz, yana [Enter]ni bossak katalogga kiramiz.
NC fayllar haqidagi ma‘lumotni qisqa va to`la tarzda berishi mumkin. Qiskacha ma‘lumot faqatgina fayllar nomini keltiradi. To`la ma‘lumot fayllar xajmini (baytlarda), yozilgan kuni va vaqtini ham keltiradi.
NC ning 5-versiyasida dastur rus tilida o`rnatilgan, shu NC da qisqa va to`la ma‘lumotlarni olish uchun quyidagilardan foydalansa bo’ladi:
[F9]+[L]+[K]-Chap panelda qisqacha ma‘lumotni chiqaradi,
[F9]+[P]+[K]-ung panelda qisqacha ma‘lumotni chiqaradi,
[F9]+[L]+[P]-chap panelda to`la ma‘lumotni chiqaradi,
[F9]+[P]+[P]-ung panelda to`la ma‘lumotni chiqaradi.
Panelning pastki qismida ajratilgan fayllar haqida ma‘lumot keltiriladi.
Faylar guruhini nomini o’zgartirish, nusxa olish, o`chirish uchun ularni tanlashga to’g’ri keladi. Bu ishlar NSda quyidagicha bajariladi, tanlanayotgan fayllar turgan katalogga kiriladi. So`ngra klaviaturaning o`ng tomonidagi «*» qlavishi bosiladi yoki birma-bir tanlab olish uchun qursor faylga keltirilib [Insert] qlavishi bosiladi.
Natijada ajratilgan fayllar ekranda boshqa rangda ko`rinadi. Ajratishni bekor qilish uchun esa klaviaturaning o`ng tamonidagi alohida kalavishlardan “-“ klavishi bosiladi.
NC fayllar haqidagi ma‘lumotlarni quyidagi tartibda chiqarishi mumkin: nomlar, kengaytgichlar bo’yicha, alfavit tartibida, yozilgan kuni, vaqti va xajmi kamayishi tartibida.
Ma‘lumot chiqish tartibini o’zgartirish quyidagicha amalga oshiriladi:
[Ctrl]+[F3] - nom bo’yicha tartiblaydi,
[Ctrl]+[F4] - kengaytgich bo’yicha tartiblaydi,
[Ctrl]+[F5] - vaqt bo’yicha tartiblaydi,
[Ctrl]+[F6] - xajm bo’yicha tartiblaydi,
[Ctrl]+[F7] - kataloglarning tartiblanmagan ro’yxatini beradi.



Download 28,89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish