Nukus Davlat Pedagogika Institutining Pedagogika fakulteti Maktab menejmenti yo'nalishi 2-l guruhi talabasi



Download 17,48 Kb.
Sana10.07.2022
Hajmi17,48 Kb.
#769335
Bog'liq
Ережепов Самандар, Персоналды басқару оз бетинше


Nukus Davlat Pedagogika Institutining Pedagogika fakulteti Maktab menejmenti yo'nalishi 2-L guruhi talabasi
Erejepov Samandarning Maktabda personalni boshqarish fanidan mustaqil ishi

Topshirdi : Erejepov S


Tekshiruvchi : Pazilov Arzi
Mavzu : Personalni rejalashtirishning mohiyati
vazifalari
Reja :

  1. Personalni boshqarish fani haqida

  2. Personalni rejalashtirishning mohiyati , vazifalari

Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalar yuqori samara bilan faoliyat


ko’rsatishi, muvaffaqiyatli raqobat qila olishi fanda “Personal“ atamasi bilan
nomlanadigan mehnat jamoasining tarkibi, malakasi, salohiyati, ijodiy izlanishi,
mas’uliyati kabi juda ko’pg’ina sifatlari hal qiluvchi ahamiyat kasb etishi amaliy
isbotini topgan. Bugungi kunga kelib mazkur masalalar bilan maxsus shug’ullanuvchi
„Personalni boshqarish” fani tobora rivojlanib bormoqda.
G’arb davlatlarida bozor iqtisodiyoti sharoitlarida “Personalni boshqarish”
ko’proq “menejment” atamasi bilan nomlanadi.
Menejment (inglizcha “management”so’zidan) - bozor iqtisodiyoti
sharoitlarida iqtisodiy boshqaruv tamoyillari, funktsiya va uslublarini qo’llagan holda
moddiy va mehnat resurslaridan oqilona foydalanish hisobiga
belgilangan'maqsadlarga erishish uchun amalga oshiriladigan boshqaruv faoliyatidir.
Menejment aslida “boshqaruv” so’zining sinonimi hisoblanib, asosan bozor
iqtisodiyoti sharoitlarida faoliyat ko’rsatayotgan korxonalarda ijtimoiy-iqtisodiy
jarayonlarni boshqarishni anglatadi.
Menejment deyilganda quyidagi ma’nolar anglanadi:
1.Korxonaning boshqaruv xodimlari boshqaruv apparati sifatida.
2.Boshqaruv apparati korxonada bajaradigan funktsiyalar.
3.Menejment korxonani ilmiy asosda boshqarish sifatida.
Menejment funktsiyalari tizimida personalni boshqarish vazifalari qanday
o’ringa egaligi eng muhim masaladir. Menejment funktsiyalaridan personalni
boshqarish funktsiyalari farklanadi.
Menejmentning umumiy funktsiyalari deyilganda korxona ko’lamida maxsus
funktsiyalardan birini bajaruvchi alohida bo’linma faoliyati tushuniladi. Boshqaruv
xodimlari menejmentining barcha funktsiyalarini, shuningdek, korxonalarni
boshqarishning maxsus funktsiyalarini amalga oshirish uchun zarurdir. Xuddi mana
shu menejmentning maxsus funktsiyasi hisoblangan personalni boshqarish alohida
o’ziga xos xususiyatga ega.
Personalni boshqarish - alohida xodim va umuman korxona manfaatlarini
ta’minlash maqsadida inson salohiyatidan samarali foydalanishga qaratilgan tashkiliy,
ijtimoiy-iqtisodiy, psixologik, axloqiy va huquqiy munosabatlar tizimidir. Personalni
boshqarishning asosiy funktsiyalarini o’zida aks ettiruvchi to’rt tarkibiy qism
mavjuddir:
1.Personalni tanlash.
2.Personalni rivojlantirish.
3.Personalni baholash.
4.Personalni rag’batlantirish.
“Personal” hozirgi vaqtda iqtisodiyot fanida umum e’tirof etilgan atama
hisoblanib, mehnat jamoasi tarkibiy qismlarini qamrab oladi. U mohiyat bo’yicha
“O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksida qayd etilgan “xodim” atamasidan kelib chiqqan holda xodimlar tarkibi ma’nosini beradi”.
Avvallari bu tushuncha “kadrlar” atamasi sifatida qo’llanib kelingan.
Personal, ishlab chiqarish personali hamda boshqaruv personali dan iboratdir
Ishlab chiqarish personali (ishchilar) – odatda moddiy ishlab chiqarishda band bo’lgan xodimlardan iboratdir. Ular mahsulot ishlab chiqarishni, uni sotishni, unga
Servis xizmati ko’rsatishni amalga oshiradilar. Ishlab chiqarish personali, o’z navbatida, ikki toifaga bo’linadi:
Asosiy personal – asosan ishlab chiqarish, mahsulotni yig’ish bilan band ishchilar
Yordamchi personal – asosan korxonaning xizmat ko’rsatuvchi bo’linmalarida band ishchilar.

Ishlab chiqarish personalining mehnat mahsuli tovar (binolar, mashinalar, kiyim-kechaklar, oziq-ovqat mahsulotlari va hokazolar) sifatida namoyon bo’ladi.



Boshqaruv personali (xizmatchilar) – odatda ko’proq aqliy mehnat bilan band bo’lib, ishlab chiqarishda boshqaruvni amalga oshiradilar. Ular mehnat faoliyatining asosiy mahsuli boshqaruv qarorlarini tayyorlash maqsadida tegishli hujjatlar ma’lumotlar to’plash, ularni umumlashtirish, tahlil etish, qarorlar loyihalarini tayyorlash hamda rahbar tomonidan bu qaror qabul qilingandan so’ng uning ijrosini amalga oshirish va nazorat qilishdir.
Boshqaruv personali ham ikki asosiy toifaga bo’linadi: rahbarlar va mutaxassislar. Rahbarlarning mutaxassislardan asosiy farqi shundan iboratki, rahbarlar qaror qabul qilish huquqiga ega bo’ladilar va ular o’zlariga bo’ysunuvchi xodimlarga ega. Boshqaruv ko’lamiga muvofiq boshqaruv barcha funktsiyalari uchun mas’ul liniya rahbarlari (ular mazkur korxona uchun asosiy hisoblangan faoliyat bilan shug’ullanuvchi bo’linma rahbari hisoblanadilar) hamda boshqaruv muayyan funktsiyalarini amalga oshiradigan funktsiyali rahbarlar bir-biridan farqlanadi.
Bundan tashqari, korxona boshqaruvi yuqori bo’g’in rahbarlari (direktorlar va ularning o’rinbosarlari), o’rta bo’g’in rahbarlari (sex va bo’linmalar rahbarlari) va
quyi bo’g’in rahbarlari (uchastka va brigada boshliqlari, ustalar) mavjuddir.
Korxona mutaxassislarini ular mehnati natijalariga muvofiq uch asosiy guruhga
ajratish mumkin:
- boshqaruvning funktsiyali mutaxassislari. Ularning mehnat mahsuli
boshqaruv axborotlari hisoblanadi. Bu toifa mutaxassislar guruhiga referentlar,
iqtisodchilar va hokazolar kiradi;
- mutaxassis-muhandislar. Ular mehnati mahsuli texnika va ishlab chiqarish
texnologiyasiga oid konstruktorlik-texnologik yoki loyiha axborotlaridir. Bular -
muhandislar, texnologlar, konstruktorlar, loyihachilar va hokazolardir;
- xizmatchi-texnik mutaxassislar (komp’yuter operatorlari, omborchilar,
maishiy sohalar xizmatchilari va hokazolar) asosan xizmat ko’rsatish bilan
banddirlar.
Ayni paytda shuni ta’kidlash kerakki, personalni boshqaruvga zamonaviy
qarashlar boshqarishga inson munosabatlari nazariyasi bilan bog’liqdir. Ushbu nuqtai
nazarga muvofiq personalni boshqarish quyidagi tamoyillarga asoslanishi kerak:
1. Inson - korporativ madaniyat asosi. Yuqori samara bilanfaoliyat
ko’rsatayotgan korxonalarda asosiy e’tibor personalga qaratiladi. Insonlar
o’zgarishlar markaziga qo’yilsa, ular ushbu o’zgarishlarni harakatga keltiruvchi
kuchga aylanadilar.
2. Menejment - hamma uchun. Boshqaruv uch: oliy, o’rta (“komanda”) va
quyi (“xodimlar”) bo’g’inlarning hammasida amalga oshirilishi kerak.
3.Samaradorlik - korxona muvaffaqiyatining mezoni sifatida. Bu korxona
maqsadiga resurslardan oqilona foydalanish hisobiga erishish va iloji boricha ko’proq
foyda olishni anglatadi.
4. O’zaro munosabatlar - korxona muvaffaqiyatining mezoni sifatida.
“Hissiyotlar dunyosi” (psixologik munosabatlar, o’zaro aloqalar, qadriyatlar,
qiziqishlar)dan yuzaga chiqayotgan muammolar “faktlar dunyosi” (texnika,
texnologiya, korxona)dan paydo bo’layotgan muammolarga nisbatan ustuvor bo’lishi
kerak. Bu tamoyilga ko’ra, shuningdek “Eng asosiysi – mijoz”, “eng asosiysi -
mansab darajasi (ierarxiya)”dan ustunrokdir.
5. Sifat - samaradorlik mezonidir. Bu sifat umumiy
tushunchasining o’zaro bog’liq beshta xususiyatini qamrab oladi:
- shaxsiy sifat;
- komanda sifati;
- mahsulot sifati;
- xizmat ko’rsatish sifati;
- korxona sifati.
6.Komanda - korxona muvaffaqiyatining mezoni sifatida. Korxonada mehnat
qiluvchi hamma insonlar xodimlar hisoblanadi. Ular ijtimoiy guruh - komanda
a’zolaridir. Komanda va unga a’zolarning korxona muvaffaqiyatida ham,
muvaffaqiyatsizligida ham hissalari bor.
7.Personalni o’qitish. Bu taraqqiyot va yangilanishlar kaliti hamda korxona
uchun hayotiy zarurat hisoblangan korxonadagi o’zgarishlar jarayonining tarkibiy qismidir. Ta’lim dasturlari xodimlar aqli va qalbiga murojaat qilishi kerak.
Mazkur tamoyillar korporativ madaniyatni shakllantirish va shaxsni har araflama kamol toptirishga qaratilgan. Ular zamonaviy texnologiya va konsalting bilan
birgalikda personalni boshqarish darajasini sezilarli darajada takomillashtirish imkonini
beradi.

.2. Personalni boshqarish fanining mohiyati, predmati va maqsadlari


Mamlakatimizda bozor munosabatlariga oo'tishi xodimlarni boshqarish

Tizimida bir qator vazifalarni amalga oshirilishini taqozo etadi. Bozor iqtisodiyoti

Sharoitida korxona va tashkilotlarning o’z mavqelarini saqlab qolishi,ularning

Raqobatbardoshligini ta’minlash va ishlab chiqarish samaradorligini oshirish

Maqsadida xodimlarni boshqarish sohasida amalga oshirilishi lozim bo’lgan vazifalar

Ilmiy va amaliy usullarni to’gri tanlashni talab etadi.

Avvallari korxona va tashkilotlardagi kadrlarni boshqarish bo’yicha asosiy

Tarkibiy bo’linma kadrlar bo’limi bo’lib, unga kadrlarni ishga qabul qilish va

Bo’shatish, shuningdek, o’qitish, malakasini oshirish va qayta tayyorlash sohasidagi

Vazifalar yuklanar edi. Shu sababli ham kadrlar bo’limi xodimlarni boshqarish va

Ularga yetarli ish sharoitlari yaratib berishni ta’minlash sohasidagi bir qator

Vazifalarni bajarmasdi. Mamlakatimizda bozor iqtisodiyoti chuqur ildiz otib

Borayotgan hozirgi davrda xodimlarni boshqarish sohasida. «Kadrlar tayyolash milliy

Dasturi»ga muvofiq bir qator talablar yuzaga keldi. Ular orasida eng muhimlari:

Ijtimoiy psixologik diagnostika; guruhlarga o’zaro shaxsiy hamda rahbarlik

Munosabatlarini tahlil qilish va tartibga solish; ishlab chiqarish hamda ijtimoiy

Ixtiloflarni hamda stresslarni bartaraf etish; kadrlarni boshqarish tizimini axborot

Bilan ta’minlash; ish bilan bandlikni boshqarish; yuqori lavozimlarga nomzodlarni

Tanlash va baholash; kadrlar patensialini va xodimlarga bo’lgan ehtiyojlarni tahlil

Qilish; kadrlar boshqaruvi; xizmat martabasini rejalashtirish va nazorat

Qilish;xodimlarning kasbiy va ijtimoiy-psixologik moslashuvi; mehnat jarayonidagi

Motivlar va sabablarni boshqarish; mehnatning huquqiy munosabatlarini tartibga

Solish masalalari; mehnat psixofiziologiyasi, ergonomikasi va mehnat estetikasini

Amalga oshirilishini kuzatish va shunga muvofiq choralar ko’rishdan iboratdir.

Shunga ko’ra kadrlar bo’limining ham bajradiga vazifalar doirasi kengayib, ayni

Paytda kadrlar bo’limi tarkibiy jihatdan mehnatni tashkil etish va ish haqi bo’limlari,

Mehnatni muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi bo’limlari va shu kabi bo’limlar bilan

Birgalikda xodimlarni boshqarish sohasidagi vazifalarni amalga oshirishdan iborat

Bo’ladi.Yangi xizmatlarning vazifasi korxon va tashkilotlardagi kadrlar siyosatini

Amalga oshirishdan, mehnat patinsialini boshqarish sohasidagi faoliyatini

Muvofiqlashtirishda iborat.

Ma’muriy-buyruqbozlik tizimi sharoitida ikkinchi darajali deb qaralgan bu

Vazifalarga bozor munosabatlari sharoitida alohida e’tibor qaratib, ularning

Bajarilishidan har bir korxona manfaatdordir.

Personalni boshqarish fanining predmeti – korxona va tashkilotlarning

Samarali faoliyat ko’rsatishini ta’minlash va ishlovchilarning ehtiyojlarini qondirish

Maqsadida xodimlarga kerakli ta’sir ko’rsatish bilan bog’liq bo’lgan bilimlar

Tizimidir.



Ushbu kursni o’rgatishdan maqsad talabalarga xodimlarni boshqarish ilmini amaliyotga qo’llay biladigan darajada ko’nikmalar hosil qilishdan iborat. U
talabalarda ishlab chiqarishdan ko’zlangan maqsadga erishishni ta’minlovchi
xodimlarni boshqarish bo’yicha nazariy va amaliy professional bilimlarni
shakllantirishga yo’naltirilgan. Personalni boshqarish fanining mazmuni korxona
xodimlarini boshqarish usullari va tamoyillarini; bu borada nazariy va amaliy
masalalar tizimini; tashkiliy shakllarini ishlab chiqish va tadbiq etish jarayonlaridan
iborat.
Personalni boshqarish yoki personal menejmenti deyilganda ham alohida
menejerlar, ham umuman boshqaruv butun apparatining faoliyat turlari, eng avvalo
boshqaruv faoliyati tizimi tushuniladi.
Korxona mehnat bozorida ishchi kuchi qidiradi, ammo ishlab chiqarishda aniq
insonlar bilan o’zaro munosabatda bo’ladi. Shu sababli personalni boshqaruv
funkdiyasining ikki sohasi mavjuddir:
1.Insonlarga rahbarlik qilish (etakchilik).
2.Tahliliy ish. Bu hisob-kitob va tahliliy ishlar (personalga bo’lgan ehtiyojni
hisoblash, uning qiymatini aniqlash va tahlil etish, shtatlar jadvalini tuzish),
shuningdek, personalga qo’yiladigan talablarni ishlab chiqishdan iboratdir.
Personalni boshqarish vazifalar ko’lami va ular ijrosi muddatiga muvofiq
quyidagi uch darajada amalga oshiriladi:
1.Tezkor daraja. U bevosita personal mehnat faoliyati va personalni
boshqarishning tegishli ta’sir ko’rsatuvchi sohasiniqa,mrab oladi. Ya’ni bu darajada
personalni boshqarishning barcha funktsiyalari - xodimlar to’g’risidagi ma’lumotlarni
tahlil etishdan ular uchun sarf-xarajatlar qiymatini aniqlashgacha bo’lgan funktsiyalar
hamda personalga rahbarlik amalga oshiriladi.
2.Taktik daraja. Bu personal bilan ishlash personal umumiy menejmentiga
taalluqli ekanligini anglatadi.
3.Strategik daraja. U personalni boshqarishni ishlab chiqarish menejmenti bilan
uzviy bog’liqligini ko’rsatadi. Strategik daraja raqobat kurashiga tayyorlikni oshirish,
korxona ishlab chiqarish strategiyasini qo’llab-quvvatlash, ishchi kuchi tashqi
bozorini prognoz qilish maqsadlariga yo’naltirilgan bo’ladi.
Personalni boshqarish asosiy tushunchalari va ularning mohiyati quyidagilardan
iboratdir:
Kadrlar siyosati - personal bilan ishlash tamoyillari, maq-sadlari va
strategiyasi. Korxonada xodimlar bilan ishlash bo’yicha barcha tadbirlar shu
maqsadga yo’naltiriladi.
Personal - korxona xodimlari: rahbarlar, mutaxassislar, ishchilar, xizmat
ko’rsatuvchi kichik personal.
Personalga ega bo’lish - korxona uchun xodimlarni ishga yollash bilan bog’liq
barcha jarayonlar, shuningdek, yangi xodimlarni o’z vazifalarini bajarishga
kirishishlariga tayyorlash.
Personalni rejalashtirish - personal bilan ish olib borish barcha yo’nalishlarini
belgilab olish.
Personalni rivojlantirish - personalning yangi bilimlarga ehtiyojlarini aniqlash
va bu ehtiyojlarni qondirib borish, bosh-qaruv uslublarini muttasil takomillashtirib
borish, xodimlarga ularning faolligini oshirishda har taraflama yordam berish.
Personalni bo’shatish – shtatlarni qisqartirish va ortiqcha xodimlarni ishdan bo’shatish bilan bog’liq barcha tadbirlar.
Personalni baholash – korxona yoki uning bo’linmasi ishlab chiqarish pirovard yoki oraliq natijalariga alohida xodimlarning hissalarini aniqlash.Personal ish sifatini baholash – xodimlarning egallab turgan xizmat vazifalariga loyiqlik darajasini aniklash.Personalga rahbarlik – personalni bevosita rahbarlar – bo’lim rahbarlari tomonidan boshqarish. Personalni nazorat qilish – ishlab chiqarish nazorati tizimidan foydalangan holda rahbariyat qarorlari va ishlab chiqarish topshiriqlari ijrosi nazoratini amalga oshirish. Personalni boshqarishning asosiy maqsadi korxona personalini shakllantirish, rivojlantirish va uning salohiyatidan eng samarali ravishda foydalanishdan iboratdir. Bu –
Korxona har bir xodimi bilan olib borilayotgan ishni muttasil yaxshilab borish orqali uning o’z mehnat va ijodiy qobiliyatini oshirib borishiga erishish va bu qobiliyatidan korxona maqsadlariga erishish uchun iloji boricha to’la foydalanishni ta’minlash demakdir
Download 17,48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish