Nyuton xalqalari



Download 17,77 Kb.
bet1/2
Sana22.06.2022
Hajmi17,77 Kb.
#690874
  1   2
Bog'liq
Nyuton xalqalari


Nyuton xalqalari
Yupqa xavoiy qatlamda yuz beradigan interferensiyaning nyuton xalqalari deb atalgan mashxur holi aloxida tarixiy e’tiborga sazovordir. Bu manzara quyidagi sharoitda kuzatiladi:
Egriligi kichik bo’lgan linzaning Qavariq sirti va yaxshi silliqlangan yassi plastinkaning sirti biror nuqtada tegishib turadi, ular orasida qoladigan xavoiy qatlamcha tegishish nuqtasidan chetlariga tomon asta sekin qalinlashib boradi. Agar plastinka sirtiga taxminan tik ravishda sistemaga monoxramatik yorug’lik dastasi tushayotgan bo’lsa , u xolda xavoiy qatlamning yuqorigi va pastki chegaralaridan qaytgan yorug’lik to’lqinlari o’zaro interferensiyalashadi. Bunda tegishish nuqtasida qora dog’, uning atrofida esa kengligi kamayib boruvchi qator konsentrik yorug’ va qora xalqalardan iborat manzara ko’rinadi.
Yorug’lik plastinka sirtiga tik tushayotir, binobarin qatlamchaning qalinligiga mos yo’l farqi 2ðn ( bunda n- qatlamcha moddasining sindirish ko’rsatkichi) bo’ladi deb faraz qilib, Nyuton xalqalarining o’lchamlari vavaziyatini hisoblab chiqish qiyin emas. Qatlamcha xavo bo’lgan holda n ni 1 ga teng desa bo’ladi. m- xalqaga mos keladigan qalinlik bu xalqaning radiusi va linzaning R egrilik radiusiga
(1)
Munosabat orqali bog’langan.
Qatlamchaning yuqori va pastki sirtidan qaytish sharoitining turlicha bo’lishini (yarim to’lqin yo’qotish) e’tiborga olib, m- qora xalqaning hosil bo’lish shartini topamiz:
(2)
Yoki : (3)
Bundan: (4)
Bunda m-butun son m=0 va bo’lgan xususiy hol qorong’ilikka mos keladi ( markaziy qora dog’ sababini izoxlash). m qancha katta bo’lsa, qo’shni xalqalar radiuslari ( va ) orasidagi farq shuncha kichik bo’ladi ya’ni xalqalar bir biriga shuncha yaqin bo’ladi. o’lchab topib, m va R ni bila turib tavsiflangan tajribadan l to’lqin uzunligini topish mumkin. Bu miqdorlar yetarlicha oson va aniq topiladi.
Ð kichik bo’lganda ( yupqa qatlamda) interferension manzara yaqqolroq bo’ladi. Ammo bu xol radiusi kattaroq xalqalar olishga to’siq bo’lmaydi, chunki = linzaning R egrilik radiusi esa ancha katta ( odatda 100-200 cm) qilib olinishi mumkin.
Nyuton xalqalarini kuzatilishini osonlashtiradigan shart- linza sirtining plastinka sirtiga og’maligi juda kichik bo’lishi ekanligini payqash qiyin emas. Bunday usul ko’p yillar o’tgach Viner tajribalarida qo’llandi.
Do’ngliklar va tugunlarning plastinka sirtiga nisbatan vaziyatini ayniqsa yaqqol aniqlaydigan tajribalarning birida Viner Nuton ko’rsatib o’tgan sxemadan foydalanib, linza bilan plastinka orasidagi fazoda turg’un to’lqinlar xosil qiladi va Nyuton xalqalariga o’xshash konsentrik xalqalar ko’rinishidagi do’ngliklar izlarini kuzatadi.
Agar tushayotgan yorug’lik monoxromatik bo’lmasa, u xolda turli l larga turli lar mos keladi. Ya’ni qora va yorug’ xalqalar o’rniga rangli xalqalar sistemasi xosil bo’ladi. (4) formulada m=1 deb olib, 1- tartibli xalqalar, m=2 deb olib 2- tartibli xalqalar egallagan soxani topamiz va xokazo. 2- tartibli binafsha maksimum(l=400nm) birinchi tartibli to’q qizil maksimum (l=800nm) ustiga tushishi ko’rinib turibdi; ikkinchi tartibli qizil maksimum ustiga to’rtinchi tartibli binafsha maksimum va uchinchi tartibli yashil maksimum (l=530nm) tushadi va hokazo. Bundan tashqari, xar bir xalqa sezilarli qalinlikka ega bo’lganligi va unda maksimumdan mnimumga silliq o’tilgani tufayli xatto birinchi tartib soxasida Ba’zi ranglar boshqalari ustiga ancha chaplashib ketadi ; yuqori tartiblarda bu chaplanish yanada kuchliroq bo’ladi. Bunday ustma ust tushish oqibatida tuslari “ kamalak ranglari” tartibga mutlaqo o’xshamaydigan darajada navbatlashib keladi.
O’tayotgan yorug’likdan qaytishdagi manzara tuslarga qo’shimcha bo’lgan tuslar kuzatilishi tushunarlidir. Ammo o’tayotgan yorug’likda interferension manzaraning ko’rinuvchanligi ancha past bo’ladi, chunki interferensiyalashuvchi to’lqinlarning amplitudalari teng emas.
Yorug’likning tik tushishida kuzatiladigan Nyuton xalqalari ranglari qisqa jadvalni keltiramiz. m ning qiymatlari yetarlicha katta bo’lganda rangli manzaraning ustma ust tushishi shunchalik murakkab bo’ladiki, butun bu manzara 21-mavzuda bayon etilganiga muvofiq, ko’zga bir xilda oq bo’lib kp’rinadi. Nyuton xalqalariga yaxshi filtr orqali qarab, qiyosan kata tartibli interferensiya manzarasini ham kuzatish mumkin ya’ni m ning qiymati katta bo’lganda ham xalqalarni farq qila bilish mumkin.

Download 17,77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish