O. Ch. Saidov 2022 y. Texnik topshiriq


Mazkur axborot tizimining ishlash biznes prosessi



Download 0,57 Mb.
bet4/12
Sana21.12.2022
Hajmi0,57 Mb.
#892666
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Texnik topshiriq2

Mazkur axborot tizimining ishlash biznes prosessi



  1. Yo’l harakati qoidabuzarlikni aniqlovchi qurilmani o’rnatishda texnik, dasturiy ta’minotlarni ta’mirlash va muntazam ravishda (talab etilgan holda) yangilab turish tadbirkor tomonidan amalga oshiriladi.

  2. Tadbirkor tomonidan o’rnatilgan qurilma YHXKBTga, himoyalangan aloqa tarmog’i orqali integrasiya qilinadi.

  3. YHXKBTga integrasiya qilish bo’yicha texnik yo’riqnoma (API) YHXKBT tomonidan taqdim etiladi.

  4. Qurilma yordamida aniqlangan yo’l harakati qoidabuzarliklari YHXKBTga kelib tushadi hamda Ichki ishlar organlari “Ma’muriy amaliyot” bo’linma xodimlari tomonidan 15 ish kuni davomida ko’rib chiqiladi va tasdiqlanadi.

  5. Ichki ishlar vazirligi tomonidan yo’l harakati qoidabuzarliklari bo’yicha chiqarilgan qaror “O’zbekiston pochtasi” AJ hamda 8600-sonli telefon raqami orqali SMS xabarnoma yuboriladi.

  6. Ichki ishlar vazirligi Davlat yo’l harakati xavfsizligi xizmati tomonidan qoidabuzarlik Fuqaroga nisbatan noto’g’ri tasdiqlangan, yoki qoidabuzarlik bo’yicha belgilangan jarimalarni to’lash imkoni bo’lmagan taqdirda, hujjatlar O’zbekiston Respublikasi Sudiga yuboriladi.

  7. Ichki ishlar vazirligi tomonidan yo’l harakati qoidabuzarliklari bo’yicha chiqarilgan qaror bo’yicha 60 kun davomida qoidabuzar tomonidan jarima mablag’lari to’lanmagan taqdirda, ushbu qaror O’zbekiston Respublikasi Prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosiga yuboriladi.

  8. Qoidabuzar tomonidan yo’l harakati qoidabuzarligi yuzasidan chiqarilgan qarorga asosan, to’lovni amalga oshiradi va jarimaning belgilangan qismi tadbirkorning hisob raqamiga o’tkaziladi.

  9. Tadbirkorlik subektiga o’zi o’rnatgan qurilma yordamida aniqlangan qoidabuzarliklar yuzasidan ma’lumot hamda qoidabuzarliklar bo’yicha undirilgan jarimalarning summasi yuzasidan ma’lumot olish imkonini Ichki ishlar vazirligi Yo’l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi yaratib beradi.

      1. Boshqa axborot tizimlari bilan hamkorlik qilishga talablar

Tizimning uchinchi tomon axborot tizimlari bilan muvofiqligi quyidagilarni qo’llash orqali amalga oshiriladi:

  • yagona umumiy respublikaviy, hududiy va idoraviy klassifikatorlar;

  • umumiy kommunikasiya formatlari, hujjatlar va ma’lumotlarni kodlash va taqdim etish usullari;

  • aloqa kanallari almashinuvi uchun standartlashtirilgan va umumqabul qilingan texnologik yechimlar.

Interfeyslar va o’zaro ta’sir qoidalari bo’yicha qarorlar amalga oshirish bosqichida qabul qilinishi kerak.
Tizimga tegishli tavsiyalar berilishi kerak.
Integrasiya qilinadigan axborot tizimlari ro’yxati:

  • Ichki ishlar vazirligining “Qidiruvdagi avtomashinalar” ma’lumotlar bazasi.

  • Ichki ishlar vazirligi “Ma’muriy amaliyot” kompleks avtomatlashtirilgan axborot tizimi.

Tomonlar axborot tizimlari o’rtasida axborot almashinuvi standartlashtirilgan/ ixtisoslashgan protokollar va ma’lumot almashish formatlarini qo’llash, yagona korporativ axborot maydoni orqali amalga oshirilishi kerak. Korporativ darajadagi axborot hamkorligi SSL/TLS protokoli interfeysi tarkibiga kiruvchi yopiq standartlar asosida protokollardan foydalanish orqali amalga oshirilishi lozim.
Tizimning asosiy komponenti, barcha quyi tizimlarning o’zaro xamkorlikda axborot bilan ta’minlash, kommutasiya quyi tizimi bo’lishi kerak.
Mazkur tizimlarga ulanish bo’yicha zaruriy Texnik yo’riqnoma ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi. Texnik yo’riqnomaga asosan axborot tizimlarining “API” lari yoki tarmoq manzillari buyurtmachi tomonidan taqdim etiladi.

      1. Foydalanuvchilar soni va malakasiga qo’yiladigan talablar

Tizimning ishlashini ta’minlovchi foydalanuvchi turlari:

  • tizimda texnik xizmat ko’rsatuvchi mutaxassislar;

  • ma’lumot kirituvchi operatorlar;

  • ma’lumotlarni tahlil qiluvchi operatorlar;

  • tarmoq va tizim administratorlari;

Tizim foydalanuvchilariga bo’lgan talablar:
Ma’lumot kirituvchi operatorlar kompyuter texnologiyalari, tarmoqlardan foydalanish bo’yicha yetarli bilimga ega bo’lishi talab etiladi;
Hududlardagi administratorlar:
Ma’lumot kirituvchi operatorlar kompyuter texnologiyalari, internet tarmoqlaridan foydalanish bo’yicha bilimga ega bo’lib, foydalanuvchilar hatti-harakatlari ustidan nazoratni amalga oshirish yuzasidan ko’nikmalar- ga ega bo’lish talab etiladi;
Administratorlar, tizimni umumiy boshqarish, texnologik jarayonlarni monitoring qilish, foydalanuvchilarni qo’shish, xatoliklarni tahlil va bartaraf qilish malakasiga ega bo’lishi lozim.
Tizimning barqaror ishlashi uchun foydalanuvchilardan quyidagilar talab etiladi:

  • serverlar, server dasturiy ta’minotlari va axborot uzatish tarmoqlarining benuqson hamda uzluksiz ishlashi ta’minlanishi;

  • administratorlar tomonidan tizimga boshlang’ich ma’lumotlarning to’g’ri kiritilishi va maxsus administratorlik dasturi yordamida tizim to’g’ri boshqarib borilishi;

  • Monitoring markazlaridagi operatorlarga texnik ko’mak beruvchi doimiy qo’llab-quvvatlash xizmatining to’laqonli faoliyat ko’rsatishi.

Xodimlarning lozim darajadagi bilim va malakaga ega bo’lishiga erishish maqsadida, Monitoring markazlaridagi operatorlari, tizim administratorlari hamda qo’llab-quvvatlash xizmati xodimlari uchun buyurtmachining mutaxassislari tomonidan tizimdan foydalanish qoidalari bo’yicha oldindan o’quvlar tashkil etilishi va yuqori saviyada o’tkazilishi lozim.
O’quvlar buyurtmachi tomonidan, tizimni ishlab chiqaruvchi korxona bilan kelishilgan holda tashkil etilishi va o’quvni yuqori saviyada o’tkazish uchun barcha shart-sharoitlar yaratilishi lozim.
Tizimning barcha foydalanuvchilaridan talab qilinadigan ish rejimi kuniga 8 soatni tashkil etadi.



Foydalanuvchi turi




Axborot tizimidagi rollar




Ma’lumot yuklash

Ma’lumotlarn i tahlil qilish

Operator yaratish/o’chirish

Administrator yaratish/o’chirish

1

Tizimda texnik xizmat ko’rsatuvchi mutaxassislar

ruxsat
etiladi

man etiladi

man etiladi

man etiladi

2

Ma’lumotlarni tahlil qiluvchi operatorlar

man etiladi

o’z hududi
doirasida ruxsat etiladi

man etiladi

o’z hududi
doirasida ruxsat etiladi

3

Tarmoq va tizim administratorlari

man etiladi

man etiladi

man etiladi

ruxsat etiladi



      1. Vazifa ko’rsatkichlari

O’zbekiston Respublikasidagi amaldagi qonunchilikga muvofiq majburiy sertifikatlashtirilishi lozim bo’lgan texnik vositalar tegishli sertifikatlarga ega bo’lishi shart.
Tizimni yaratish uchun texnologik yechimlar quyidagi talablarni bajarishni ta’minlashi kerak:

  • kunu-tun rejimida uzluksiz ishlashi (24/7 rejim);

  • taqsimlangan muhitda bir nechta tarmoq uskunalari bilan ishlash imkoniyati;

  • TCP/IP protokoli bo’yicha telekommunikasiya muhitida ishlash;

  • aloqa kanallari ishlamay qolgan taqdirda malumotlarni 7 kungacha lokal diskda saqlab aloqa kanallari tiklangandan so’ng markazga yetkazib berish.

  • yo’l harakati qoidabuzarligiga tegishli ma’lumotlarni agar 72 soat davomida YHXKBTga uzatish imkoni bo’lmasa (YHXKBT serverida nosozlik, aloqa kanali, elektr tarmog’ida uzoq muddatli uzulishlar bo’lganda) ma’lumotlarni qoidabuzar sifatida uzmatsligi;

      1. Ishonchliligiga qo’yiladigan talablar

Ishlab chiqiladigan axborot tizimi:

  • tizimdan foydalanish qoidalariga to’liq rioya qilingan hollarda, to’xtovsiz, barqaror ishlashi;

  • dasturiy ta’minotdagi xatolik sababli tizimning ishi to’xtab qolgan holatlarda, mazkur texnik topshiriqda belgilangan yoki buyurtmachi va ishlab chiqaruvchi o’rtasida kelishilgan muddatlarda tizimning ishini to’liq qayta tiklash imkoniyatlari mavjud bo’lishi lozim.

  • markaz texnik vositalarning ishdan chiqishi. Texnik vositalar va aloqa kanallarining barqaror ishlashi, zarur hollarda zudlik bilan ta’mirlanishi, rezerv aloqa kanallarini tashkil qilish va ma’lumotlardan rezerv nusxa olib turish buyurtmachining mutaxassislari tomonidan ta’minlanadi. Texnik vositalar yoki aloqa kanallarida nosozlik yuzaga kelganida, dasturiy mahsulot o’zini va o’z ma’lumotlar bankini ishdan chiqib qolishiga o’zi sababchi bo’lmasligi lozim;

  • elektr energiyasi ta’minotidagi uzilish yoki impulsli nosozliklarda ham dasturiy mahsulot o’zini va o’z ma’lumotlar bankini ishdan chiqib qolishiga o’zi sababchi bo’lmasligi lozim. Elektr energiyasi ta’minotida 15 daqiqagacha bo’ladigan uzilishlar tizimning to’xtab qolishiga olib kelmasligi choralari ko’rilgan bo’lishi lozim.

Texnik va dasturiy vositalarda yuzaga kelgan nosozliklar hamda ularni bartaraf etish uchun ko’rilgan choralar buyurtmachining administratorlari tomonidan batafsil qayd etib borilishi va bunday nosozliklarni kamaytirish choralari o’z vaqtida ko’rilishi lozim.

      1. Xavfsizlikka qo’yiladigan talablar

Elektr tarmog’iga ulangan barcha texnik vositalar tasodifiy tashqi ta’sirlardan lozim darajada himoyalangan bo’lishi hamda GOST 12.1.030-81 standarti talablariga asosan elektr nosozliklaridan himoyalangan bo’lishi lozim.
Elektr ta’minoti tizimi yuklamaning me’yoridan ortib ketishi yoki qisqa tutashuv holatlarida avtomatik o’chish, shuningdek avariya holatlarida qo’lda o’chirish imkoniyatlariga ega bo’lishi lozim.
Tizimning qurilmaviy taminoti tashqi tasirlardan ximoyalangan bo'lishi va maxsus qobiq ichiga joylangan bo'lish va tashqi zarbalarga bardoshliy bo'lishi lozim.

Tizimning dasturiy taminoti va operatsion tizimi tashqi tasirlardan ximoyalangan bo'lishi va faqat maxsus ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilargagina tizimdan foydalanish uchun ruxsat berishi lozim. Foydalanuvchilar maxsus login va maxfiy so'z (parol)ga egi bo'lishi va ruxsat etilish darajasiga qarab tizimning ma'lum darajadagi imkoniyatlarini boshqarish imkonini berishi lozim. Tizimga yangi foydalanuvchilarni qo'shish, o'zgartirish va faoliyatini yakunlash uchun tizimdan o'chirish imkoni bo'lishi lozim.


Tizimda tashqi geojoylashuv xolatini aniqlovchi qurilmalar ishlatigan xolatda uning qabul qilgich tashqi antennalari regalment bo'yicha ochiq xolatda bo'lishi va malumotlarni tahlil qiluvchi elektron qismi tashqi tasirlardan ximoyalanga ekranga ega bo'lish ilozim.
Ma'lumotlarni optik yoki 3G/GSM tarmoq orqaliy jo'natish davomida VPN tizimi VPN tizimini taklif etayotgan tashkilot, ma'lumotni jo'natuvchi va ma'lumotni qabul qilvchi tashkilotlar o'rtasida malum bir ma'lumot almashinuv protokoli va ushbu protokolni himoyalash uchun shifrlash algoritmi kelishilgan bo'lishi lozim.
Tizimning texnik vositalaridan foydalanishda mehnat xavfsizligi va muhofazasining amaldagi qoidalariga amal qilinishi lozim.
Tizimning ishlashi uchun foydalaniladigan barcha texnik vositalar seriyali ishlab chiqarilgan bo’lishi hamda muvofiqlik sertifikatiga ega bo’lishi lozim.
Axborot xavfsizligini ta’minlash talablar:

  • YHXKBTga har qanday ma’lumot optik shisha tolali yoki simsiz(GSM) himoyalangan yopiq (VPN) kanallar orqali yetkazilishi shart

  • YHXKBTga yetkazib berilan bacha ma’lumotlarni himoyalanishi va saqlanishini YHXKBT ta’minlaydi

      1. Ergonomika va texnik estetikaga qo’yiladigan talablar

Tizimning foydalanuvchi bilan muloqoti vizual grafik interfeys shaklida tashkil etilib, ushbu interfeys qulay va tushunarli bo’lishi, me’yoridan ortiq darajadagi grafik elementlar va turli ranglar bilan yuklangan bo’lmasligi hamda foydalanuvchining talablariga tezlik bilan javob qaytarishi lozim.
Tizimning navigasiya elementlari ham foydalanuvchi uchun qulay, tushunarli ko’rinishga ega bo’lishi va optimal joyda joylashtirilishi lozim.
Tizimning interfeysini loyihalashtirishda:

  • har bir modul bo’yicha ekranda aks ettiriladigan barcha shakllar bir xil dizaynga ega bo’lishi va boshqaruv elementlari bir xil joyda joylashtirilishi;

  • ko’rinishi o’xshash bo’lgan boshqaruv elementlarining ishlash tartibi ham bir xil bo’lishi (sichqoncha olib kelinganda, bosilganda, klaviatura tugmalari bosilganda barcha o’xshash elementlar bir xil tartibda ishlashi);

  • klaviaturadan asosan ma’lumotlarni kiritish va o’zgartirishda foydalanishi, boshqa holatlarda sichqonchadan foydalanilishi ko’zda tutilgan bo’lishi;

  • interfeys 1024x768 piksel va undan katta o’lchamdagi ekranlarda benuqson, noqulayliklarsiz ishlashi ko’zda tutilgan bo’lishi lozim.

  • Tizimning veb-interfeysi quyidagi asosiy komponentlardan tashkil topishi lozim:

  • tizim sarlavhasi va bosh menyusi;

  • yuqori boshqaruv va axborot elementlari;

  • ma’lumotlarni aks ettirish uchun asosiy joy;

  • quyi boshqaruv va axborot elementlari.

Tizimning har bir modulini loyihalashtirishda asosan 2-3 xil ranglar kompozisiyasidan foydalanilishi va interfeyning barcha oynalari shu rang va shakllarga mos bo’lishi lozim.
Ma’lumotlarni kiritish oynasida ma’lumotlarning xatosiz kiritilishini ta’minlashga avtomatik tarzda yordamlashib turadigan funksiya joriy etilishi lozim.
Tizimning ishlashida xatolik yuzaga kelganida, tizim bu haqda foydalanuvchiga tushunarli bo’lgan xabarni ekranga chiqarishi lozim.
Tizimning ma’lumot kiritish qismida foydalanish tartibi to’g’risidagi yo’riqnoma joylashtirilgan bo’lishi va foydalanuvchi tomonidan istalgan vaqtda uni qayta o’qib chiqish imkoniyati yaratilgan bo’lishi lozim.
Ish o’rinlarida foydalaniladigan stasionar va mobil kompyuter texnikalari foydalanish va xizmat ko’rsatish uchun qulay bo’lishi lozim.
Ishchi xodimlarning ishlash sharoitlari va foydalaniladigan kompyuter texnikasining ko’rsatkichlari amaldagi sanitariya me’yorlariga mos bo’lishi lozim.

      1. Ko’chma tizim uchun transportda tashish mumkinligiga qo’yiladigan talablar

Tizimga monitoring qismidan stasionar kompyuterlar bilan bir qatorda, mobil qurilmalarda ham foydalanilishi mumkin. Foydalaniladigan qurilmalarning konstruktiv xususiyatlari, ularni tashib yurish shartlari, shuningdek tashuvchi transport vositalari bo’yicha alohida talablar qo’yilmaydi.

      1. Tizim komponentlaridan foydalanish, texnik xizmat ko’rsatish, ta’mirlash va saqlashga qo’yiladigan talablar

Tizimning texnik va dasturiy vositalariga buyurtmachining maxsus texnik tayyorgarlikka ega bo’lgan administratorlar guruhi tomonidan xizmat ko’rsatiladi. Zaruratga ko’ra, tizimga texnik xizmat ko’rsatish uchun, buyurtmachi ishlab chiqaruvchi bilan alohida shartnoma tuzib, ushbu vazifani ishlab chiqaruvchining o’ziga yuklatishi ham mumkin. Tizimga xizmat ko’rsatuvchi xodimlar texnik va dasturiy vositalardan foydalanish hamda kichik nosozliklarni mustaqil bartaraf etish qoidalarini yaxshi bilishlari lozim.
Texnik vositalarni ta’mirlash ishlari ixtisoslashtirilgan servis markazlarida, yuqori malakali mutaxassislar tomonidan amalga oshirilishi lozim.
Texnik vositalardan foydalanish shartlari normal iqlim sharoitlari va sanitariya-gigiyena talablariga mos bo’lishi lozim.
Tizim ishini qo’llab-quvvatlash buyurtmachining administratorlari va injener-texnik xodimlari tomonidan amalga oshirilib, agar shartnomada ko’zda tutilgan bo’lsa, bu ishlarga ishlab chiqaruvchining mutaxassislari ham jalb etilishi mumkin.

      1. Patent va lisenziya sofligiga qo’yiladigan talablar

Tizim doirasida foydalaniladigan kompleks qurilmalar, texnik vositalar, dasturiy ta’minotlarda patent va lisenziya sofligi ta’minlanishi lozim.
Tizimni yaratishdagi loyihaviy yechimlar O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq patent sofligiga javob berishi lozim.
Loyiha bilan nazarda tutilgan texnik, dasturiy, tashkiliy va boshqa yechimlarning amalga oshirilishi uchinchi shaxslarning mualliflik yoki turdosh huquqlarini buzilishiga olib kelmasligi kerak.
Tizim va uning qismlari uchinchi shaxslarning sanoat, intellektual va boshqa mulkchilikka asoslangan o’z huquqlarini talab qilishi va da’vo bildirishi holatlaridan xoli bo’lishi darkor.

      1. Standartlashtirish va bir xillashtirishga qo’yiladigan talablar

Tizimning funksional modullarini ishlab chiqish jarayonida birbiriga o’xshash bo’lgan barcha vazifalarning texnik, informasion, lingvistik, matematik va tashkiliy yechimlari bir xil bo’lishiga erishilishi lozim. O’xshash vazifalarning yechimlari bir xil bo’lishi uchun:

  • foydalanuvchi interfeysining yagona uslubga egaligi va amallarning dasturiy-texnik yechimlari bir xillashtirilishi;

  • yagona uslub va andozaga ega bo’lgan dasturlash vositalaridan foydalanish;

  • axborot tizimini ishlab chiqishda, nisbatan keng tarqalgan dasturlash tillari, vositalari va texnologiyalaridan foydalanish;

  • xalqaro muvofiqlik sertifikatiga ega bo’lgan va seriyali ishlab chiqariladigan texnik vositalardan foydalanish;

  • dasturiy mahsulotning ishlashi uchun qo’shimcha ravishda jalb etiladigan dasturlar va komponentlardan foydalanishni imkon darajasida kamaytirish.

    1. Tizim tomonidan bajariladigan funksiyalarga (vazifalarga) talablar

Tizim funksiyalari uning tarkibiy qismlari tomonidan amalga oshiriladi.

      1. Video tahlil quyi tizimiga qo’yiladigan talablar

  • yo’l harakati qoidabuzarliklarini avtomatik ravishda aniqlash va YHXKBTga uzatishda optik shisha tolali yoki simsiz(GSM) himoyalangan yopiq (VPN) kanallardan foydalanishga ruxsat etiladi;

  • avtotransport vositalarini mavjud ma’lumotlar bazalaridan avtomatik tarzda tekshirish;

  • avtotransport vositalarining davlat raqam belgilarini tanib olish va harakatlanish marshrutini qo’rish;

  • tezkor-qidiruv tadbirlarini amalga oshirish;

  • qurilmalarni masofaviy diagnostikasi;

  • yo’l harakati qoidabuzarliklari to’g’risidagi ma’lumotlar bazasini yaratish va yuritish.


Download 0,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish