II bob. 0 ‘QUVCHI SHAXSINING RIVOJLANISHI
VA TARBIYA
SH A X S N IN G K A M O L T O P IS H JA R A Y O N I
Pedagogikada rivojlanish va tarbiyaning o ‘zaro b o g ‘liqligi
m uhim m uam m olardan b o ‘lib, u k o ‘p munozaralarga sabab b o ‘ladi.
Shaxsning rivojlanishi uzoq davom etadigan, m urakkab jarayon, u
k o ‘pIab ichki v a tashqi ta ’sirlar va omillar orqali ro‘yobg a chiqadi.
Inson yashar ekan, butun umri davomida o ‘sib, kam ol topib,
o ‘zgarib boradi. Bu ayniqsa, bolalik, o ‘smirlik v a o ‘spirinlik yillarida
yaqqol k o ‘zga tashlanadi.
Rivojlanish deganda biz shaxsning ham jism oniy, ham aqliy
v a m a ’naviy kamol topish jarayonini tushunamiz. Pedagogika va
psixologiya fanlari rivojlanishni biologik va sotsial xususiyatlari
o ‘zaro chambarchas b o g ‘liq b o ‘lgan bir butun jarayo n deb
hisoblaydi. Insonni shaxs sifatida rivojlanishi, har tom onlam a kamol
topishining samarali boMishiga erishish maqsadida pedagogika
fani rivojlanishning qonuniyatlarini, unga ta ’sir etuvchi omillarni
shuningdek, shaxs kamolotida t a ’lim-tarbiya ham da faoliyatning
ta ’siri, ahamiyatini aniqlaydi va tahlil qiladi. Inson hayot davomida
m urakkab rivojlanish jarayonini boshdan kechiradi, natijada shaxsga
aylanadi. Shu sababli shaxsni m a ’lum ijtimoiy tuzum ning mahsuli
deb tushunishim iz lozim.
Har bir jamiyatda shaxsning shakllanishi, kamol topishi muam-
molariga to‘g ‘ri yondashish uchun shaxsning tabiatini, tuzilishini, uning
xulq-atvorini va unga ta’sir etadigan sabab va vositalami bilish zarur.
Shaxsning rivojlanish jarayoni bir qancha omillar ta ’sirida sodir
b o ‘ladi. Bular irsiyat, y a ’ni biologik omil ham da muhit, ta ’lim va
tarbiya, shaxs faoliyati (ijtimoiy omil) shaxsni shakllantirishning
asosiy omillari hisoblanadi. M a ’lumki, shaxs, inson tirik organizmdir,
shu sababli uning hayoti biologiyaning um umiy qonunlariga, yoshlar
anatomiyasi v a fiziologiyasining m axsus qonunlariga b o ‘ysunadi.
Shaxsning, ayniqsa, bolaning jism oniy rivojlanishi, s o g ‘lig‘i
biologik omilga bo g ‘liqdir. Biologiyaning asosiy tushunchasi boMgan
irsiyatning, y a ’ni bolaning nasl-nasabiga olimlarimiz alohida e ’tibor
bermoqdalar. Har bir bola insonlarga xos tu g‘m a xususiyatlar bilan
dunyoga keladi. Shunday ekan, odam bolasi tu g ‘ilgandan s o ‘ng unda
shaxs b o ‘lib shakllanish, yetuk inson b o ‘lib voyaga yetishi imkoniyati
mavjud boMadi. Bola o ‘zining avlod-ajdodlaridan k o ‘pincha biologik
belgilarni meros sifatida qabul qilib oladi, hatto ayrim kasalliklar
ham nasldan-naslga o ‘tadi. Biologik omillar shaxsning jism oniy
rivojlanishiga ham ta ’sir k o ‘rsatadi. Shunday ekan, sogMom ota-
onadan sogMom farzand dunyoga kelishini unutmasligimiz lozim.
Oilaning sogMomligini, ota-onaninig o ‘zaro totuvligi, bir-birini
tushuna olishi, qoMlab-quwatlashi, izzat-hurmati belgilaydi.
Shaxs ijtimoiy hayotning mahsuli ekan, u albatta bolani o ‘rab
turgan muhit t a ’sirida rivojlanadi. Insonning hayoti davomida muhit
unga yo ijobiy, yoki salbiy ta ’sir k o ‘rsatadi.
M uhit - bu shaxsga ta ’sir etuvchi tashqi voqea va hodisalar
yigMndisidir.|Bular, tabiiy m uhit (geografik, ekologik) ijtimoiy muhit
(shaxs yashayotgan jam iyat) va boshqalargan iborat boMadi.^ Bular
orasida ijtimoiy muhitning, y a ’ni shaxs yashayotgan jam iyatning
inson kamoloti uchun belgilangan imkoniyatlari muhimdir. Faqat
tarbiya orqaligina insondagi rivojlanish imkoniyatlarini ro ‘yobga
chiqarish mumkin. Tarbiya jarayonida aniq maqsad va reja asosida
shaxsga ta ’sir etiladi. Buning natijasida muhitdagi voqealaming
t o ‘g ‘ri ijobiy t a ’sirini amalga oshirish imkoni tugMladi. Muhit bera
olmagan narsalar tarbiya orqali hosil qilinadi, hatto tarbiya tufayli
tug‘m a kamchiliklami ham y o ‘qotib shaxsni kamolga yetkazish
23
mumkin. Bundan tashqari muhitning salbiy ta ’siri tufayli tarbiyasi
izdan chiqqanlarni ham qayta tarbiyalanadi. Rivojlanish shaxs
faoliyatidan tashqarida kechmaydi. Shu sababli inson faoliyati
uning rivojlanishi uchun asos b o ‘ladi. Pedagogik jihatdan t o ‘g ‘ri
uyushtirilgan har qanday faoliyat xoh o ‘yin, mehnat, o ‘qish, sport
va boshqalar shaxsning rivojlanishiga t a ’sir k o ‘rsatadi. Inson u lg ‘aya
borgan sari uning faoliyati ham mazmunan, ham shaklan o ‘zgarib
boradi, turli yosh davrlarida esa faoliyat turlari ham o ‘zgarib boradi.
Shu sababli bola hayotida o ‘yin, o 'quvchi hayotida o ‘qish, kattalar
hayotida mehnat faoliyatlari katta ahamiyatga egadir.
0 ‘quvchi va talabalarning kamol topishida o ‘quv jarayonlarining
ahamiyati va ta ’siri beqiyosdir. Bilimlarni o ‘zlashtirish ularning
tafakkurini o ‘stiradi, ijodiy qobiliyatlarini shakllantirishning asosiy
vositasi boMib qoladi. Bu jaray on d a ularda ijtimoiy xulq mezonlari
shakllanadi. Shaxs qaysi yoshda boMishidan q a t’iy nazar, ularning
rivojlanishida mehnat faoliyatining ahamiyati kattadir. Ayniqsa,
mehnat insonning ham jism oniy, ham m a ’naviy kamol topishida
muhim m anba hisoblanadi. Mehnat jarayonida uning ishtirokchilari
bir-birlari bilan aloqada boMadilar, o ‘zlarining nimaga qodir
ekanliklarini k o ‘rsatishga harakat qiladilar. Mehnat orqali shaxsning
axloqiy sifatlari tarkib topadi, ularda vatanparvarlik, m a s ’uliyat,
intizomlilik, faollik ortadi. Ular o ‘z -o ‘zini tarbiyalashga astoydil
kirishadilar.
0 ‘z -o ‘zini
tarbiyalashga
ota-ona,
o ‘qituvchining
tarbiyaviy t a ’siri yanada samarali boMadi. Tarbiya bilan rivoj-
lanishning o ‘zaro bir-biriga t a ’siri va munosabatlari mavjud, chunki
qayerda tarbiya jarayonida yuzaga kelgan m uammolari t o ‘g ‘ri hal
etilsa, u inson kamolotiga samarali t a ’sir k o ‘rsatadi.
Tarbiya shaxsning rivojlanishini t a ’minlashi uchun boladagi
rivojlanishning mohiyatini tushunish, bilish faoliyatining o ‘zgarish
sabablarini aniqlash zarur. Tarbiya haqiqatan rivojlantiruvchi omil
b o ‘lm og‘i uchun jam iyatning talablarini, shaxsning o ‘ziga xos
xususiyatlarini bilishi zarur. Pedagogika fani shaxs rivojlanishida
tarbiyaning yetakchiligini e ’tiro f etgan holda ularning o ‘zaro bir-
biriga ta ’sirini tan oladi.
Shaxsning rivojlanib kamol topishi, hayotning hamma bosqichlarida
bir xil boMmay, balki yosh xususiyatlari va hayot tajribalariga qarab har
xil bo‘ladi. Buni tarbiya jarayonida e ’tiborga olish zarur.
Insonning kamol topish jarayonini faqatgina irsiyat, ijtimoiy
muhit va ta ’lim-tarbiyaga b o g i a b o ‘rganish, talqin qilish maqsadga
muvofiq emas. Chunki ijtimoiy taraqqiyotda shaxsning o ‘zi ham faol
ishtirok etadi.
Aytish joizki, ijtimoiy muhit, ta ’lim-tarbiya shaxsning o ‘zi
faol ishtirok etgandagina uning tu g ‘ma layoqatini uy g ‘otadi,
iste’dod, qobiliyatlarini o 'stira oladi. Agar kishi o ‘z kasbini sevsa,
uning shu sohadagi iste’dodi tezroq va kuchliroq r o ‘yobga chiqa
boshlaydi. Shunday hollar ham uchraydiki, b a ’zan kishi bir soha
bilan qiziqadi-yu, uning qobiliyati boshqa sohada namoyon b o ‘ladi.
Bunday hodisalar k o ‘proq hali kishining qobiliyatlari t o ‘la ro‘yobga
chiqmagan va shakllanib b o ‘lmagan hollarda yuz berishi mumkin.
Qobiliyat va iste’dodning ro ‘yobga chiqishida insonning muayyan
faoliyatga qiziqib qarashi bilan bir qatorda uning o ‘z ustida ishlashi
ham muhim ahamiyat kasb etadi. Iste’dodli kishilar o ‘z iste’dodlari-
iqtidor kuchini t o 1 la r o ‘yobga chiqarishlari uchun o ‘z ustilarida
tinmay ishlashlari, mehnat qilishlari lozim. Masalan, mashhur
yunon notig‘i-nutq ustasi Demosfenning (eramizdan avvalgi IV asr)
om m a orasidagi dastlabki nutqlari muvaffaqiyatsizlikka uchragan,
uni hatto mashara ham qilishgan. Demosfen duduq, ovozi xasta,
qisqa-qisqa nafas oladigan kishi edi. U doimo bir yelkasini uchirib
turar edi. Lekin u aktyor Satirning maslahati bilan o ‘z nutqini
takomillashtirishga kirishadi. Demosfen o ‘z kamchiliklarini bartaraf
etish uchun q a t’iyatlilik k o ‘rsatadi: u o g ‘ziga m ayda toshlar va sopol
parchalarini solib s o ‘zlam i talaffuz qilishni mashq qildi, dengiz
b o ‘yida t o ‘lqinlar shovqinida nutq s o ‘zladi, qoyalarga chiqib baland
ovoz bilan s h e ’rlar o ‘qidi, oyna oldida turib yuz harakatlarini bir
m arom ga keltirdi. Uy shiftiga qilichni osib q o ‘ydi, u odati b o ‘yicha
yelkasini har uchirganda qilich sanchilardi. Dem osfen haftalab uydan
chiqmay notiqlikni mashq qiladi. Uydan chiqmaslik uchun sochining
yarmini qirdirib tashladi. Bunga o ‘xshash m isollami k o ‘plab keltirish
mumkin. Masalan, Alisher Navoiy, Ibn Sinolarning qunt bilan
kitob mutolaa qilganlari, A m ir Temur, A .V . Suvorovlam ing harbiy
s a n ’atni egallash borasidagi mehnatlari fikrimizning dalilidir.
Hayotda shunday hollar ham uchraydiki, ayrim kishilarda bolalik
v a maktabda o ‘qigan yillarida qulay m uhit b o ‘lishiga qaramay tu g ‘m a
iste’dod va qobiliyat nishonalari k o ‘rinmaydi. Biroq, keyinchalik
qunt v a mustaqil ishlash, g ‘ayrat va q a t’iyatlilik natijasida ular katta
qobiliyat egalari sifatida m aydonga chiqishadi.
M ashhur kishilar hayoti shuni k o ‘rsatadiki, ularning ijodiy
faoliyatlaridagi asosiy narsa uzluksiz ishlay bilish, oylab, yillab o ‘z
oldilariga q o ‘yilgan maqsad uchun intilish, kurashish, unga yetish
y o ‘llarini tinm ay izlashdir.
H ar bir inson o ‘ziga xos uquv, qobiliyat va imkoniyatlarga ega.
Dem ak, kishi o ‘z imkoniyatlaridan t o ‘g ‘ri va to 1 liq foydalana olsagina
mehnati unumli boMadi. Shuning uchun ota-ona, oila a ’zolari,
b o g ‘cha, maktab, t a ’lim-tarbiya muassasalari har bir bolani uquvi,
qiziqishi, qobiliyatiga va asosan kasb egallashiga m a s ’uldirlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |