Обидов стомотолигия клиникаси билан автоҳалокатда жабрланган ўғлига тиш протезларини қўйиш тўғрисида шартнома тузди. Клиникага у ўзининг дўсти Ботировнинг тавсяисга кўра мурожаат қилган эди



Download 17,92 Kb.
Sana22.07.2022
Hajmi17,92 Kb.
#838115
Bog'liq
Fuqarolik huquqi


Kazus
Обидов стомотолигия клиникаси билан автоҳалокатда жабрланган ўғлига тиш протезларини қўйиш тўғрисида шартнома тузди. Клиникага у ўзининг дўсти Ботировнинг тавсяисга кўра мурожаат қилган эди. Чунки Ботироқ унга клиникада профессор Солиев ишлашини ва у жуда сифатли тиш протезлари қўйишини ва яқинда ўзи ҳам шу профессорга тиш протезлари қўйдирганлигини айтганди. Шундан сўнг Обидов клиника билан шартнома тузди ва шартномада протез қўйиш бўйиса ишлари Солиев бажариши белгиланди. Бироқ профессор Солиев бошқа буюртмалар билан банд бўлганлиги сабабли Обидовнинг ўғлига тиш протезларини қўйиш ишларини унинг ассистенти Даминов бажарди. Буни эшитиб Обидов клиникага ҳақ тўлашдан бош тортди.
Shartnoma — fuqarolik huquqida ikki yoki bir necha shaxsning fuqarolik huquq va burchlarini vujudga keltirish, burchlarini oʻzgartirish yoki bekor qilish haqidagi kelishuvi, bitimniig turi, sharhidan kelib chiquvchi fuqarolik huquqiy munosabat ham, shuningdek, yozma ravishda tuzilgan shartnoma . Mazmuni bayon qilingan hujjat ham shartnoma termini bilan ataladi. Shartnoma soʻzining sinonimi — kontrakt. Fuqarolar va yuridik shaxslar shartnoma tuzishda erkindirlar. Shartnoma tuzishga majbur qilinishga yoʻl qoʻyilmaydi, shartnoma tuzish burchi qonumajburiyatda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Taraflar qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan shahrini ham tuzishlari mumkin. Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik Kodeksida shartnoma toʻgʻrisidagi umumiy qoidalar, shahrining koʻrinishlari, shartnoma tuzish, uni oʻzgartirish va bekor qilish tartibi bayon qilib berilgan Fuqarolik Kodeksining 353 —385moddalar. Xalqaro huquqdagi Shsartnoma tushunchasi toʻgʻrisida xalqaro shartnoma, mehnat huquqidagi Sh. Tushunchasi toʻgʻrisida mehnat shartnomasi, tadbirkorlik faoliyati subʼyektlari oʻrtasida tuziladigan fuqarolik huquqiy shartnoma haqida xoʻjalik shartnomasi maqolalariga qarang . Shartnoma uzgartirilganida taraflarning kurashlari Uzgartirilgan holda saklanib koladi. Shartnoma bekor kilinganida taraflarning samaraliatlari bekor buladi. Shartnoma o’zgartirilgan Ueki Bekor kilingan takdirda, agar o’zgartirishdan Ueki shartnomani o’zgartirish xususiyiyatdan boshkacha tartib tushunilmasa, taraflar bilan hamkorlikni o’zgartirish sud tartibida o’zgartirilgan Ueki Bekor kilingan holatda yangilash, sud tartibida o’zgartirilgan Ueki Bekor kilish haqida qaror qabul qilishuzari bazhargan narsalarni qaytarib berishni talab qilish uzgartirilgan yoki bekor kilingan hhisoblanadi. uilguncha yoki bekor kilinguncha mazhburiyat buyicha konuny kuchga kirgan to'lovdan o'zgartirishlar Agar konunda yoki taraflarning harakatlarida boshkacha tartib kuyilgan bulmasa, taraflar ittifoqiga belgilab qo'yilgan haqli emaslar. Agar shartnomasini u bekor yoki bekor qilishdan taraf birining shartnomasini jiddy buzishi asos bulgan bulsa, bu tarafni u yoki bu yoqda bekor kilish tufaili e yangisini tulashni talab kilishga haqli. Haq evaziga xizmat ko‘rsatish shartnomasi bo‘yicha ijrochi buyurtmachining topshirig‘i bilan ashyoviy shaklda bo‘lmagan xizmatni bajarish (muayyan harakatlarni qilish yoki muayyan faoliyatni amalga oshirish), buyurtmachi esa bu xizmat uchun haq to‘lash majburiyatini oladi. Ushbu bobning qoidalari aloqa xizmati, tibbiyot, veterinariya, auditorlik, maslahat, axborot xizmatlari, ta’lim berish, sayyohlik xizmati va boshqa xizmatlar ko‘rsatish shartnomalariga tatbiq etilad Shartnomada boshqa ko‘rsatmalar bo‘lmasa, ijrochi shartnomada nazarda tutilgan xizmat (xizmatlar)ni shaxsan o‘zi ko‘rsatishi shart.Ijrochi haq evaziga xizmat ko‘rsatish shartnomasini umuman yoki tegishli darajada bajarmagan hollarda u keltirilgan zararni buyurtmachiga batamom to‘lashi shart, lekin bu to‘lov shartnomada nazarda tutilgan xizmatlar bahosining ikki baravaridan ortiq bo‘lishi mumkin emas. Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish vaqtida ijrochi majburiyatini umuman yoki tegishli darajada bajarmagan hollarda haq evaziga xizmat ko‘rsatish shartnomasida ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgandan kuchaytirilgan javobgarlik nazarda tutilishi mumkin.Buyurtmachi xizmatlarning belgilangan bahosini batamom to‘lash sharti bilan haq evaziga xizmat ko‘rsatish shartnomasini bekor qilishni talab qilishga haqli, shartnoma ijrochining aybli harakatlari tufayli bekor qilingan hollar bundan mustasno. Ijrochi shartnoma bekor qilinishi tufayli buyurtmachiga yetkazilgan zararning hammasini to‘lash sharti bilangina haq evaziga xizmat ko‘rsatish shartnomasini bekor qilishni talab qilishga haqli, shartnoma buyurtmachining aybi bilan bekor qilingan hollar bundan mustasno.Agar ushbu Kodeksda, boshqa qonunlarda yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, shartnoma taraflarning kelishuviga muvofiq o‘zgartirilishi va bekor qilinishi mumkin.
Taraflardan birining talabi bilan shartnoma sud tomonidan faqat quyidagi hollarda o‘zgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin: 1) ikkinchi taraf shartnomani jiddiy ravishda buzsa; 2) ushbu Kodeks, boshqa qonunlar va shartnomada nazarda tutilgan o‘zga hollarda. Taraflardan birining shartnomani buzishi ikkinchi tarafga u shartnoma tuzishda umid qilishga haqli bo‘lgan narsadan ko‘p darajada mahrum bo‘ladigan qilib zarar yetkazishi shartnomani jiddiy buzish hisoblanadi. Bir taraf shartnomani bajarishdan to‘la yoki qisman bosh tortib, qonun yohud taraflarning kelishuvida bunga yo‘l qo‘yilsa, shartnoma tegishlicha bekor qilingan yoki o‘zgartirilgan hisoblanadi.Shartnoma tuzishda taraflar uchun asos bo‘lgan vaziyatning jiddiy o‘zgarishi, agar boshqacha tartib shartnomada nazarda tutilgan bo‘lmasa yoki uning mohiyatidan anglashilmasa, shartnomani o‘zgartirish yoki bekor qilish uchun asos bo‘ladi.
Vaziyatning taraflar oldindan ko‘ra bilganlarida shartnomani umuman tuzmasliklari yoki ancha farq qiladigan shartlar bilan tuzishlari mumkin bo‘lgan darajada o‘zgarishi uning jiddiy o‘zgarishi hisoblanadi.Agar taraflar shartnomani jiddiy o‘zgargan vaziyatga muvofiqlashtirish yoki uni bekor qilish haqida kelisha olmagan bo‘lsalar, shartnoma manfaatdor tarafning talabi bilan sud tomonidan bekor qilinishi, ushbu moddaning beshinchi qismida nazarda tutilgan asoslarga ko‘ra esa — o‘zgartirilishi mumkin, agar ayni vaqtda quyidagi shartlar mavjud bo‘lsa: 1) shartnomani tuzish paytida taraflar vaziyatda bunday o‘zgarish yuz bermaydi, deb hisoblagan bo‘lsalar; 2) vaziyatning o‘zgarishini keltirib chiqargan sabablarni, ular paydo bo‘lganidan keyin manfaatdor taraf shartnomaning xususiyatiga va muomala shartlariga ko‘ra o‘zidan talab qilinadigan darajada vijdoniylik va ehtiyotkorlik qilgan bo‘lishiga qaramay, bu sabablarni yenga olmagan bo‘lsa; 3) shartnomani uning shartlarini o‘zgartirmasdan bajarish taraflar mulkiy manfaatlarining shartnomaga mos keladigan nisbatini buzsa va manfaatdor tarafga zarar yetkazsa, natijada ular shartnoma tuzishda umid qilishga haqli bo‘lgan narsadan ko‘p darajada mahrum bo‘lsalar; 4) ish muomalasi odatlaridan yoki shartnomaning mohiyatidan vaziyatning o‘zgarishi xavfiga manfaatdor taraf uchrashi kerakligi anglashilmasa. Vaziyatning jiddiy o‘zgarishi oqibatida shartnoma bekor qilinganida sud har qanday taraf talabi bilan shartnomani bekor qilish oqibatlarini aniqlashda taraflarning ushbu shartnomani bajarish bilan bog‘liq xarajatlarini ular o‘rtasida adolatli taqsimlash zarurligiga asoslanadi. Vaziyatning jiddiy o‘zgarishi munosabati bilan shartnomaning o‘zgartirilishiga shartnomani bekor qilish ijtimoiy manfaatlarga zid bo‘lgan yoki taraflarga shartnomani sud tomonidan o‘zgartirilgan shartlar asosida bajarish uchun talab qilinadigan xarajatlardan ancha ortiq zarar keltiradigan favqulodda hollarda sud qarori bilan yo‘l qo‘yiladi.1

Mantiqiy savol


Ўзининг ҳуқуқий табиатига кўра ҳисоб-китоблар тўғридан-тўғри ва бевосита вужудга келмайди ва шу сабабли фуқаролик-ҳуқуқий муносабатларнинг алоҳида гуруҳига мансуб ҳисобланади. Муҳокама қилинг.
Fuqarolarning tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishlari bilan bog‘liq bo‘lmagan holda ular o‘rtasidagi hisob-kitoblar va fuqarolar ishtirokidagi hisob-kitoblar naqd pullar bilan yoki naqd pulsiz summasi cheklanmagan holda amalga oshirilishi mumkin. Yuridik shaxslar o‘rtasidagi hisob-kitoblar, shuningdek fuqarolarning tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishi bilan bog‘liq holda ular ishtirokidagi hisob-kitoblar naqd pulsiz tartibda amalga oshiriladi. Ko‘rsatib o‘tilgan shaxslar o‘rtasidagi hisob-kitoblar, agar qonunda boshqacha tartib belgilab qo‘yilgan bo‘lmasa, naqd pulda ham amalga oshirilishi mumkin.Agar qonundan boshqacha tartib kelib chiqmasa va bunday tartibni foydalanilayotgan hisob-kitoblar shakli taqozo etmasa, naqd pulsiz hisob-kitoblar ularda qatnashayotgan shaxslarning hisobvaraqlari ochilgan banklar, boshqa kredit tashkilotlari (bundan buyon –– banklar) orqali amalga oshiriladi.Naqd pulsiz hisob-kitoblar amalga oshirilganda to‘lov topshiriqnomalari, akkreditivlar, cheklar bilan hisob-kitob qilishga, inkasso bo‘yicha hisob-kitob qilishga, shuningdek qonunda, qonunga muvofiq chiqariladigan bank qoidalarida hamda bank amaliyotida qo‘llanilayotgan ish muomalasi odatlarida nazarda tutilgan boshqa shakllarda hisob-kitob qilishga ham yo‘l qo‘yiladi. Shartnomadagi taraflar ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan hisob-kitob qilish shakllarining istalganini tanlab olishga va shartnomada nazarda tutishga haqli.2


1 https://www.lex.uz/docs/-111189

2 https://lex.uz/docs/-180552

Download 17,92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish