Odamlarda parazitlik qiladigan soxta oyoqlilarning muhim vakillari, umumiy tavsifi, sistematik o’rni va keltirib chiqaradigan kasalliklari



Download 0,49 Mb.
bet1/4
Sana03.04.2022
Hajmi0,49 Mb.
#526908
  1   2   3   4
Bog'liq
Odamlarda parazitlik qiladigan soxta oyoqlilarning muhim vakilla


Odamlarda parazitlik qiladigan soxta oyoqlilarning muhim vakillari, umumiy tavsifi, sistematik o’rni va keltirib chiqaradigan kasalliklari
Reja :
1.Odamlarda parazitlik qiluvchi soxta oyoqlilarning muhim vakillari va umumiy tavsifi
2. Odamlarda parazitlik qiluvchi soxta oyoqlilarning sistematik o’rni
3. Odamlarda parazitlik qiluvchi soxta oyoqlilarning keltirib chiqaradigan kasalliklari
Sodda organizmlar orasida parazitizm keng tarqalgan. Parazit yashovchi sodda hayvonlar bir necha mingni tashkil qiladi. Sodda hayvonlar xo’jayinlarini turli a’zolarida (ichak, tana bo’shlig’i, qoni, jinsiy sistema va boshqalar) joylashadi va ularni zararlaydi. Ko’pchiligi hujayra ichi parazitlari. Sodda hayvonlar orasida odam va hayvonlarda turli og’ir, o’lim bilan tugaydigan hastaliklarni keltirib chiqaruvchi turlari bor. Shuning uchun parazit sodda hayvonlarni o’rganish nafaqat zoologiyani tibbiyot va veterinnariyani ham predmeti hisoblanadi. Bir hujayrali hayvonlar (Protozoa) kichik olamiga 40000 ga yaqin tur kiradi. Ko'pchilik turlari dengiz va okeanlarda, chuchuk suvlarda yashaydi. Ayrim turlari tuproqda hayot kechiradi. Ularning orasida o'simliklar, hayvonlar hamda odam organizmida parazitlik qilib yashaydigan turlari ham anchagina. Bir hujayrali hayvonlar, nomidan ko'rinib turganidek, morfologik jihatdan tanasi bitta hujayradan tashkil topgan bo'lsada, lekin fiziologik jihatdan mustaqil individlar bo'lib, alohida holda ko'p hujayrali hayvonlarga o'xshab, butun organizmga tegishli barcha vazifalarni o'zi bajaradi.
Bir hujayrali hayvonlar kichik olami o'z navbatida 5 ta tipga bo'linadi:
1. Sarko-mastigoforalar (Sarcomastigophora).
2. Apikomplekslar (Apicomplexa).
3. Miksosporidiyalar (Micsosporidia).
4. Mikrosporidiyalar (Microsporidia).
5. Infuzoriyalar (Infuzoria).
Bulardan apikomplekslar, miksosporidiyalar va mikrosporidiyalar tiplariga kiruvchi barcha turlari parazitlik qilib hayot kechiradi. Sarkomastigoforalar va infuzoriyalar tiplariga kiruvchi bir hujayrali hayvonlar, asosan, erkin holda hayot kechiradi. Lekin ularning orasida ham mahsuldor hayvonlar va odamda parazitlik qilib, og'ir kasalliklar, hatto, o'limga olib keladigan turlari bor.
Sarkomastigoforalar tipigа mаnsub hаyvоnlаr sохtа оyoqlаr yoki хivchinlаr yordаmidа hаrаkаtlаnаdi. Ulаr dеngiz, chuchuk suv hаvzаlаri vа nаm tuprоqlаrdа hаyot kеchirаdi. Shuningdеk, ulаr оrаsidа ham turli hаyvоnlаr vа оdаm оrgаnizmidа pаrаzitlik qilib, оg‘ir kаsаlliklar kеltirib chiqаrаdigаn turlаri bоr. Bu tipgа 18000 gа yaqin tur kirаdi. Sаrkоmаstigоfоrаlаr sаrkоdаlilаr vа хivchinlilаr kenjatiplariga bo‘linаdi.
Sarkodalilar kenja tipi vakillarining qattiq po‘sti bo‘lmaydi; hujayra sitoplazmasi faqat sitoplazma membranasi bilan tashqi muhitdan ajralib turadi. Qattiq po‘st rivojlanmaganligi uchun sarkodalilar tanasining shakli doimiy emas. Sitoplazmadan hosil bo‘lib turuvchi о'simtalar yordamida hayvon sekin-asta siljiydi, shuning uchun bunday oyoqlar soxta oyoqlar psevdopodiylar deb ataladi.
Sarkodalilar kenja tipiga 11000 dan ortiq tur kiradi. Ko‘pchilik turlari chuchuk suvlarda, dengiz va okeanlarda hamda tuproqda erkin yashaydi. Ayrim turlari parazit hisoblanadi. Sarkodalilar kenja tipi ildizoyoqlilar, nurlilar, quyoshlilar va akantariyalar kabi sinflarini o‘z ichiga oladi. Bu sinflardan ildizoyoqlilar sinfi orasida parazitlari uchraydi.
SARKODALILAR (SARCODINA^ sinfiga 11000 ga yaqin tur kiradi. Parazit holda yashaydigan turlari asosan amyobalar (Amoebina) turkumiga mansubdir.Odam va hayvonlarda amyobalar turkumining bir necha turlari parazitlik qiladi.Ular orasida ichburug1 (dizenteriya) amyobasi (Entomoeba histolytica) odamlarning sabab bo‘ladi. Umuman, odam organizmida amyobalarining 5 ta turi uchraydi. Ularning 4 tasi zararsiz hisoblanib, asosan yo‘g‘on va ko‘r ichaklardagi bakteriyalar hisobiga yashaydi.Dizenteriya amyobasini birinchi marta 1875-yilda rus shifokori A.F. Lesh aniqlagan va bu amyobaning patogenli (zararli) bo‘lishini isbotlagan. Ichburugʼ amyobasining kattaligi 20-30 mikronga teng (1-rasm).

Download 0,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish