Oila huquqi tushunchasi predmeti. Oila huquqi maqsadi, vazifasi. Oila huquqi tarihi



Download 132,23 Kb.
bet3/104
Sana18.02.2022
Hajmi132,23 Kb.
#450594
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   104
Bog'liq
oila huquqidan yangi majmua (1)

Umumiy qism oila huquqining maxsus qismidagi barcha institutlar uchun ahamiyatga ega bo‘lgan me’yorlardan iborat. Jumladan, oila huquqining asosiy qoidalari va vazifalari, oila huquqi tomonidan tartibga solinadigan munosabatlar doirasi va ushbu munosabatlar subyektlari va obyektlari, oila huquqi manbalari; oilaviy munosabatlarga nisbatan fuqarolik qonun hujjatlarining qo‘llanilishi, shuningdek, oila to‘g‘risidagi va fuqarolik qonun hujjatlarining o‘xshashlik bo‘yicha qo‘llanilishi; oilaviy munosabatlarda mahalliy urf-odat va an’analarning qo‘llanilishi (masalan, Oila kodeksining 1-9-moddalari) kabilar shular jumlasidandir.
Umumiy qismga oilaviy huquqlarni amalga oshirish va oilaviy majburiyatlarni bajarish shartlarini, oilaviy huquqlarni himoya qilish tartibi va muddatlarini o‘rnatuvchi me’yorlar (masalan, Oila kodeksining 10-11-moddalari) kiradi.
Maxsus qism bir necha institutlardan tashkil topgan bo‘lib, bu institutlarning har biri ijtimoiy munosabatlarning muayyan turini tartibga soladi. Ular quyidagilardan iborat:
– nikoh (nikoh tuzish shartlari va tartibi, nikohning tugatilishi, nikohning haqiqiy emasligi);
– er va xotinning huquq va majburiyatlari (er va xotinning shaxsiy huquq va majburiyatlari, er-xotin mulkining qonuniy tartibi, er va xotin mol-mulkining shartnomaviy tartibi, er va xotinning majburiyatlar bo‘yicha javobgarligi);
– ota-ona hamda bolalarning huquq va majburiyatlari (bolaning nasl-nasabini belgilash, voyaga yetmagan bolalarning huquqlari, ota-onalarning huquq va majburiyatlari);
– oila a’zolarining aliment majburiyatlari (ota-ona hamda bolalarning aliment huquq va majburiyatlari, qarindoshlar va boshqa shaxslarning aliment majburiyatlari, aliment to‘lash to‘g‘risidagi kelishuv, aliment to‘lash va undirish tartibi); ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni tarbiyalash shakllari (ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni aniqlash va joylashtirish, bolalarni farzandlikka olish, vasiylik va homiylik, bolalarni oilaga tarbiyaga olish (patronat);
– oila qonunchiligini chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar ishtirokidagi oilaviy munosabatlarga nisbatan qo‘llash.
Huquq tizimida oila huquqi huquqning boshqa sohalari bilan turli darajada bog‘liqlikda bo‘ladi. Oila huquqi huquq sohalarining shunday guruhida joylashganki, u huquqning tartibga soluvchi tarmoq guruhlaridan biri hisoblanadi. Bu guruhning barcha sohalariga muayyan munosabatlarni subyektlar erk-irodasi asosida vujudga kelishi xosdir. Ushbu xususiyati bilan ular ijtimoiy munosabatlarni muhofaza qilish vazifasini bajaruvchi va shu sababli man etish orqali tartibga soluvchi jinoyat huquqidan farq qiladi. Shu bilan birga, tartibga soluvchi sohalar orasida oila huquqi ruxsat berish orqali tartibga soluvchi sohalar guruhiga mansub (fuqarolik, mehnat huquqlari kabi). Bu guruhning barcha sohalari singari, oila huquqi majburlash orqali tartibga soladigan (masalan, ma’muriy, moliya huquqlari) sohalardan farqlanadi, chunki bu sohalar asosan bir subyektning ikkinchisiga bo‘ysunishi va boshqaruv organlari hujjatlari asosida shakllanadi. Ruxsat berish orqali tartibga soluvchi huquq sohalari guruhida esa oila huquqi o‘z predmeti va metodi bo‘yicha fuqarolik huquqiga yaqindir.
Oilaviy munosabatlar boshqa ijtimoiy munosabatlar bilan bog‘liqdir. Shu sababli oila huquqi u yoki bu darajada deyarli barcha huquq sohalari bilan o‘zaro aloqadordir. Biroq bu bog‘liqlikning daraja va shakllari turlicha namoyon bo‘ladi. Konstitutsiyaviy huquq bilan oila huquqi o‘rtasida o‘zaro bog‘liqlikning o‘ziga xos shakli mavjud. Konstitutsiyaviy huquq jamiyatda oilaviy munosabatlar qurilishining bosh va asosiy qoidalarini o‘z ichiga oladi (O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 46, 63-66-moddalari). Oila huquqida ushbu qoidalar chuqurlashtiriladi, kengaytiriladi, rivojlantiriladi, aniqlashtiriladi.
O‘zaro bog‘liqlik, aksariyat hollarda, oila huquqi va huquqning sohalari me’yorlarining birgalikda qo‘llanilishida ifodalanadi.
Ma’muriy huquq bilan oila huquqi yuridik faktlar sohasida yaqin aloqadorlikdadir. Chunki oilaviy-huquqiy munosabatlarning vujudga kelishi va tugatilishi asoslari sifatida ko‘p hollarda boshqaruv organlari hujjatlari (farzandlikka olish va boshqalar) xizmat qiladi. Fuqarolik jarayoni va oila huquqi me’yorlari nizolarni hal qilish, oilaviy huquqlarni himoya qilishda qo‘llaniladi. Jinoyat huquqi oilaviy munosabatlarni muhofaza qilishda tatbiq etiladi. Shu sababli oila huquqida jinoyat huquqiga havola qilishlar mavjud bo‘lib, ular nikoh tuzishga to‘sqinlik qiluvchi holatlarni yashirganlik uchun, farzandlikka olish siri va hokazolar uchun jinoiy javobgarlikka tortilishni nazarda tutadi.

Download 132,23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish