Oila-jamiyatning tayanchi. Farzandlarimiz ongida elu yurtga, Vatanga muhabbat tuyg`ulari oilada, yashab turgan mahallada shakllanadi

Download 19,92 Kb.
Sana01.07.2022
Hajmi19,92 Kb.
#727493
Bog'liq
Oila

Oila-jamiyatning tayanchi. Farzandlarimiz ongida elu yurtga, Vatanga muhabbat tuyg`ulari oilada, yashab turgan mahallada shakllanadi. Mamlakatning ertangi kuni, tinch va obod bo`lishi eng oldin mana shu kichik jamiyatda o`sib-unayotgan bolalarimizga bog`liq. Qaysi oilada, qaysi mahallada tarbiya yaxshi yo`lga qo`yilar ekan, o`sha oila, o`sha mahalla gullab-yashnaydi.
Farzand tarbiyasini qachondan boshlamoq kerak, degan savol ko`pchilikni o`ylantiradi. Ko`pchilik olimlar unga turlicha javob berib kelganlar. Xususan, Ibn Sino bola tarbiyasi bilan uning tug`ilishidan avvalroq, ona qornidan boshlaboq shug`ullanish lozim, deb javob bergan. Oila, odob-axloq va ta’lim-tarbiyaga e’tibor qon-qonimizga singib ketgan burchlarimizdandir. “Bir bolaga etti qo`shni ota-ona” degan ibratli maqol ham aynan xalqimizga xos. Mana shu maqolning o`zi ham farzand tarbiyasi, oilaparvarlik biz uchun nechog`lik muhim ekanini bildiradi. Mahalla ahli, ayniqsa keksalar ko`chada nobop ish qilayotgan bola oldidan hech qachon beparvo o`tib ketmagan, shu zahotiyoq tanbeh berib to`g`ri yo`lga chaqirgan. Zero, har tomonlama chiroyli, odobli, go`zal xulqli bo`lish, nafsni poklashga buyuruvchi muqaddas dinimiz oilaga katta ahamiyat beradi.
Farzand tarbiyalayotgan ota-ona har bir harakati, yurish turishi, muomalasi, boshqalar bilan o`zaro munosabatida olijanob fazilatlarni namoyon eta bilishi kerak. Chunki bola tabiatan nihoyatda taqlidchan va kuzatuvchan bo`ladi. Shuning uchun uning atrofdagilari o`z odatlari bilan ba’zan o`zlari sezmagan holda ularga ta’sir qiladilar. Oiladagi qo`pol munosabatlar, ko`p yolg`on gapirish, yoqimsiz xatti-harakat bola tarbiyasiga salbiy ta’sir qiladigan nosog`lom muhitni keltirib chiqaradi.
Farzand tarbiyasida ota-onaning muomalasi muhim o`rin tutadi. Bola ota-ona tomonidan qo`pol, dag`al so`zlar eshitib, kaltak eb katta bo`lsa, bu uning tabiatiga salbiy ta’sir qiladi. Bu esa o`z navbatida oiladagi nosog`lom muhitda tarbiyalanayotgan boladan “ma’naviy kasal” insonlar shakllanadi. Ular esa jamiyat ma’naviyatiga ham salbiy ta’sir ko`rsatadi.

Lotin - Крилл, [28.01.2022 8:30]

Institut tushunchasi aslida sosiologiya faniga huquqshunoslikdan o`tgan bo`lib, u lotincha «институтум» so`zidan olingan va sosiologik adabiyotlarda muassasa, o`rnatish, belgilash hamda tartiblash kabi ma’nolarini ifodalaydi. Tor ma’noda institut tushunchasi konkret muassasa, tashkilotning nomini belgilaydi. Masalan, Toshkent davlat sharqshunoslik instituti, O`zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasining tarix instituti va h.z. Keng ma’noda sosial institut jamiyat a’zolarning butun shaxsiy va ijtimoiy hayotlarini muvofiqlashtiradi va tartiblaydi.

Aynan sosial institutlar faoliyati tufayli kishilar, jamoalar, sosial guruhlar va sosial qatlamlar a’zolari o`zaro aloqalarining barqaror va asosli munosabatlarini amalga oshadi. Chunki, jamiyat yaxlit ijtimoiy tizim sifatida mavjud ekan, uning barcha tarkibiy elementlari sosial institutlar faoliyati asosida o`zaro hamkorlikka kirishadi. Buning natijasida esa sosial tizim faoliyatining barqaror holati ta’minlanadi.
Sosiologik adabiyotlarda sosial institutlarning turli-tuman konsepsiyalari ishlab chiqilgan. Ularda sosial institut tushunchasi, uning mazmun va ahamiyati hamda vazifalari har xil pozisiyalardan kelib chiqib, talqin qilinadi.
хх asrda sosial institut haqidagi keng miqyosli, zamonaviy ilk tasavvurlarni taniqli amerikalik sosiolog T. Veblen ishlab chiqdi. O`zining asarlarida u jamiyat evolyusiyasini sosial institutlarning tabiiy tanlovi deb e’tirof etadi. Bu fikrlar yuqorida ta’limotlari tahlil qilingan mutafakkirlarning ilmiy-tarixiy merosiga to`la mos keladi. O`z mohiyatiga ko`ra sosial institutlar tashqi o`zgarishlar tomonidan vujudga keltiriladigan, rag`batlarga javob qaytaruvchi daslabki vosita sifatida namoyon bo`ladi.
Download 19,92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha

yuklab olish