Oila nomusi va sha’nini saqlashda ota ona va farzandlar masuliyati



Download 20,02 Kb.
bet3/4
Sana08.01.2022
Hajmi20,02 Kb.
#332583
1   2   3   4
Bog'liq
Oila nomusi va sha’nini saqlashda ota-ona va farzandlar ma`suliyati

Shariat xukmlarida:

  • - Er o‘z xotinini avaylab, to‘g’rilik va zulm o‘tkazmay tarbiyalashi;

  • - Er o‘z xotini uchun alohida bir uyni ajratib berishi;

  • - Xotinini o‘rtacha taom bilan ta’minlashi;

  • - Farzandlarini kerakli darajada tarbiya qilishi;

  • - Xotiniga mehrini chin ko‘ngildan berishi;

  • - Xotini, qizlariga xar doimo e’tibor, yordam berishi;

  • - Uy-ruzg’or ishlarida xotini bilan maslahatlashishi;

  • - Xotinning qarindoshlariga yaqindan yordam va hurmat ko‘rsatish;

  • - Xotini qiz tug’sa baraka... .suyunish... .va xokazo.

  • Otaning yana bir muhim burchi - farzandlarini mehr-muhabbat bilan tarbiyalashidir. Hayotda qiz otaning, ota qizning tayanchidir.

  • Hadisda «kimki uchta qiz farzandni o‘stirib tarbiyalab, voyaga etkazib, munosib joyga uzatsa, uning mukofoti jannatdir» deyiladi. Otaning o`z umr yo‘ldoshiga bo‘lgan adolati, munosabati, mehr-muhabbati, rahm-shafqati ham farzandlar tarbiyasi uchun katta ahamiyatga ega. Farzandlar adolat nimaligini otaning onaga nisbatan munosabatidan biladilar.

    • Oilaning asosi ota-onadir. Ota-ona o‘rtasidagi o‘zaro muhabbat, ishonch, hamkorlik va hamfikrlik, izzat-ikrom, munosabatlar samimiyligi – oila mustahkamligini ta’minlash chun zamindir – farzand uchun namuna maktabidir. Tabiatan erkak va ayol jinsiga xos xususiyatlar bo‘lgani kabi, oilada ular bajarishi lozim bo‘lgan mehnat turlari, farzand, oila, qarindosh-urug’, jamiyat oldidagi burch va vazifalari mavjuddir. Er-xotinning oqilligi o‘z burch va vazifalariga mas’uliyat Bilan yondashishi oqibatida boshqariladigan oilada moddiy va ma’naviy barqarorlik, tinchlik, sog’lom ma’naviy muhit hukmron bo‘ladi. XX asr Turkiston jadidchiligining ulkan namoyondasi Abdurauf Fitrat aytganlaridek: «Er-xotin mushkulotdan iborat bo‘lgan hayot safarida birga bo‘lib, jismoniy va ruhiy osoyishtalikka sherik, insoniy vazifalarni bajarishda dastyor, qayg’u va umidsizlik damlarida g’amxo‘r, saodat va baxtiyorlik chog’ida bir-birlariga hamdam bo‘lishlari lozim. Shunday ekan, ular albatta, eng avvalo, bir-birlarini kamoli diqqat va tajriba yuzasidan imtihon qilishlari zarur»

    • Musulmonchilikda erkak kishi zimmasiga oilani boshqarish uchun katta mas’uliyatlar yuklatilgan va shuning uchun erga tegishli vakolatlar berilgan.

    • Erkak oilaning boshlig’i ekan, oilada erkak xotini va farzandlari oldida rahbar vazifasini bajaradi. Shundan kelib chiqib Kur’onda so‘z boradi: «Erkaklar xotinlari ustida rahbardirlar. Bunga sabab Alloh ularning birodarini birodaridan (ya’ni erkaklarni ayollardan) ortiq qilgani va erkaklar (xotinlari va oilalari uchun) o‘z mol-mulklaridan sarf-xarajat qilganlaridir» (Niso surasi 4:34).

    • Erning xotin oldidagi burchi qoidasi. Ibn Umarning guvohlik berishicha Muhammad Payg’ambarning hayoti haqidagi Hadis kitobda batafsil ifodalangan: «Har biringiz sizning (oilada va jamiyatda) mavqeingiz bevosita majburiyatlarning himoyachisi va muhofaza hisoblanasiz va sizga tobelikda yoki naslingizda bo‘lganlarning harakatlari uchun javob beradi. Erkak o‘z uyida yashovchilar uchun tartib o‘rnatuvchi hisoblanadi. O‘z navbatida ayolning ham o‘z eri va bolalariga nisbatan haqi bor. Boshqacha aytganda xar biringiz o‘z urug’ingiz sarboni va o‘z qavmingiz uchun mas’ul hisoblanasiz»

    • Oilada ayol kishining roli ham katta ahamiyatga ega, chunki har bir musulmon ayoli alohida fazilatlarga ega bo‘lishi kerak:

    • Ayol eri yo‘qligida nomusi va mol-mulkni saqlaydi: «ibodat-itoatli va erlari yo‘qligida Allohning hifzu himoyasi bilan (erlarining mol-mulklarini va o‘z iffatlarini) saqlovchi xotinlar yaxshi xotinlardir» (Niso surasi).

    • Ayol sababsiz taloq so‘ramaydi. Hadislardan birida shunday deyiladi: «(Islomda) ruxsat berilganlardan Alloh eng xushlamaydigani taloqdir» va «sababsiz taloq so‘ragan ayol hatto jannat bo‘yini hidlamaydi».

    • Ayol eriga biror zarar etkazishdan tiyiladi, doim uydan chiqishga, mehmon chaqirishga va boshqa muhim masalalar bo‘yicha eridan ruxsat so‘raydi.

    • Bolani chaqaloqlikda ko‘tarish, o‘stirish va unga g’amxo‘rlik qilish ayolning vazifasiga kiradi. Payg’ambar deganki: «o‘z erlariga yaxshi munosabatda bo‘lgan, bolalar tuqqan (agar tug’olsa) va doim o‘z erining ehtiyojlarini bajarishga yordam bergan ahli ayollaringiz jannatga kiradi...» Bu nafaqat buyuk, balki o‘ta muhim vazifa hamdir.

    • Shohjahon Jamna daryosi bo‘yiga o‘z umr yo‘ldoshi Arjumandbonu begimga atab qurilgan Tojmahal 
      Download 20,02 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish