Uzatuvchi o‘lchash o‘zgartkichi — o‘lchash axboroti signallarini masofadan turib uzatish uchun mo’ljallangan o‘zgartkichdir.
Masshtabli o‘lchash o‘zgartkichi — kattalikni berilgan marta o’lchash uchun mo’ljallangan o‘zgartkich.
Istagan vazifani bajaruvchi o’lchash o‘zgartkichi o’lchash asbobi bilan konstruktiv birlashtirilgan bo’lishi yoki o‘zi alohida qurilmani tashkil etishi mumkin. O’lchash obyektiga o‘rnatilgan va o’lch am lari, massasi hamda ta’sir ko‘rsatuvchi omillarga, mustahkamligiga nisbatan alohida talablarga javob beruvchi, zarur yordamchi elementlar bilan birga o’lchov o‘zgartkichlarining bir qator konstruktiv to‘plamini datchik deb atash qabul qilingan. Chiqish signalining turiga qarab, birxillashtirilgan, tabiiy yoki diskret (kontaktli) signallar farq qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |