Oliy oʻquv yurtlarida predmetga yoʻnaltirilgan dasturlash tillarini oʻqitish boʻyicha tavsiyalar


RECOMMENDATIONS FOR TEACHING DOMAIN-SPECIFIC LANGUAGE IN HIGHER EDUCATION INSTITUTIONS



Download 44,91 Kb.
bet2/4
Sana20.03.2022
Hajmi44,91 Kb.
#503309
1   2   3   4
Bog'liq
Otaxanov N A - Pedagogika

RECOMMENDATIONS FOR TEACHING DOMAIN-SPECIFIC LANGUAGE IN HIGHER EDUCATION INSTITUTIONS
Otakhanov Nurillo Abdumalikovich
Phd, Professor of the department Informatics of the NamSU.
E-mail: nurillo_otaxanov@list.ru. Tel.: +998 99 1010840.
Annotation
This article is devoted to suggestions and recommendations for teaching computer science programming languages ​​in higher education.
It is well known that active participants in the digital society are required to be computer literate in solving problems that may arise in their professional activities. Here, Python serves as an important foundation as an object-oriented programming language that does not require a high level of programming skills. The article gives recommendations for teaching this language in some undergraduate and related disciplines.
Keywords: bachelor's degree, qualification requirement, professional activity, duty, digitization, program, programming language, module, Python.

Bugungi kunda, inson hayotining har bir jabhasiga kompyuter, dastur, dasturiy vosita, axborot-kommunikatsion texnologiyalari keng kirib, turli shakl va mazmundagi boshqaruv, ilmiy tadqiqiot, hoʻjalik yuritish va mehnat faoliyatining ajralmas qismiga aylanib ulgurdi. Ayniqsa, Prezidentimiz Sh. Mirziyoevning rahbarligida yurtimizda olib borilayotgan raqamli iqtisodiyotni yoʻlga qoʻyish va rivojlantirish siyosati davrida bu holatni yaqqol kuzatish mumkin. Yaqin kelajakda bunday faoliyatning bevosita ishtirokchisiga aylanishi kutilayotgan yosh mutahassislarning har biri ana shunday muhitda boshqaruv, siyosiy, ijodiy, madaniy, ma’naviy yoki jismoniy mehnat faoliyatini yuritishiga toʻgʻri kelishini yaxshi biladi. Oliy oʻquv yurtlari talabalari raqamlashtirilgan sharoitda duch keladigan turli texnik va texnologik muammolarni informatika fani boʻyicha olgan bilimlari yordamida oson, qulya, tez va sifatli hal qilishi mumkinligini chuqur his qilishlari lozim. Bu holat ularda informatika fani, axborot-kommunikatsion texnologiyalari hamda yangi dasturiy vositalarni ishlab chiqish va foydalanishga boʻlgan ijobiy munosabatning shakllanishiga olib keladi. Bu borada talabada shakllantirilgan munosabat, egallangan bilim, koʻnikma va malakalar yosh mutahassislarning mehnat faoliyatiga tayyorgarlik darajasini belgilab beradi.


Talabalarni kasbiy faoliyatga tayyorlash jatayonida quyidagi muammolarni hal qilishga toʻgʻri keladi:

  • kasbiy muhit va faoliyatga boʻlgan ijobiy munosbatni shakllantirish;

  • kasbga oid tarixiy tajribalarni egallash;

  • kasbga tegishli me’yoriy hujjat va standartlarni oʻzlashtirish;

  • mustaqil va jamoaviy kasbiy faoliyatga tayyorgarlik;

  • kasbiy qadriyatlarni anglash va ularga sodiqlik.

Bunday sifatga ega boʻlgan mutahassislarni tayyorlashda informatika fani muhim ahamiyat kasb etadi. Koʻplab yoʻnalishlarning kasbiy vazifalari qandaydir shakl va mazmundagi ma’lumotlarni qayta ishlashni oʻz ichiga oladi. Odatda bunday ma’lumotlar katta hajmni tashkil qiladi va ularni qayta ishlash uchun kompyuter va shunday vaziyatlarda qoʻllash uchun mahsus ishlab chiqilgan dastur talab qilinadi. Agar mavjud boʻlsa, yaxshi. Ammo, mavjud boʻlmasachi? Bu muammoni hal qilish uchun mutahassis yoki malakali dasturchilarga murojaat qilishi yoki dasturiy mahsulotni oʻzi ishlab chiqishiga toʻgʻri keladi. Bundan koʻrinib turibdiki, oliy oquv yurtlarida oʻqitish jarayonida tegishli yoʻnalishlar boʻyicha talabalarni ana shunday vaziyatlarga tayyorlashni ham nazarda tutish lozim.
Bunday sharoitda kasbiy va fundamental bilimlar oʻrtasidagi uygʻunlik muhim ahamiyat kasb etadi. Bu uygʻunlikni informatika, dasturlash asoslari, tabiiy, gumanitar, umumkasbiy va ihtisoslik fanlari oʻrtasidagi munosabatlarni oʻrnatish orqali erishish mumkin. Bu fanni oʻzlashtirish jarayonida olingan bilim, koʻnikma va malakalar talabalarga oʻz ustida ishlash va amaliy vaziyatlarda eng maqbul qarorlar qabul qilishga koʻmak beradi. Shunday qilib, informatika fanining zamonaviy boblarhi oʻqitish va oʻrganish mutahassislarni kasbiy faoliyatga tayyorlashning ajralmas va eng muhim qismlaridan biri sifatida kadrlar tayyorlash fundamental tizimining tashkil etuvchi komponentalaridan biriga aylanishi shart.
Informatika va axborot texnologiyalari (raqamli va axborot texnologiyalari) fanini oʻqitish jarayonida barcha talabalar dasturlash tillari oʻzlashtirish ularning aqliy rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko’rsatishini, oʻrganilayotgan obyekt, hodisa va jarayonlar mohiyatini anglashi va chuqur kirib borishida koʻmakchi boʻlishini, zamonaviy muyahassisga aylanishida eng muhim va amaliy yordamchi vazifasini oʻtashini his qilishlariga erishsish lozim.
Boʻlajak mutahassislar mehnat faloiyati uchun yetarli hajmdagi kasbiy mobillik boʻyicha koʻnikmalarni egallab, raqamlashtirilgan jamiyatda sodir boʻlayotgan ijtimoiy, siyosiy, madaniy, ilmiy va amaliy faoliyatdagi oʻzgarishlarga tezkorlik bilan moslasha olishga qobiliyatlariga ega boʻlishlari lozim. Bu muammoni hal qilish uchun ta’lim muassasalari bitiruvchilarni kasbiy faoliyat fanlaro umumiy metodologiyalarining biri sifatida informatika va axborot texnologiyalarining zamonaviy yutuq va natijalari bilan qurollantirishi talab qilinadi. Faqat shu holdagina, yosh mutahassis fan boʻyicha olgan bilimlarini amaliyotda uchrashi mumkin boʻlgan boshqa fan yoki kasbiy faoliyatiga aloqador turli shakl va mazmundagi muammolarni hal qilish vositasi sifatida qoʻllashga qodir boʻladi.
Shunday qilib, informatka fani doirasida dasturlash tillari oʻitish oliy oʻquv yurtlarida oʻrganish bitiruvchilarda quyidagi ta’limiy muammolarni hal qilishda eng muhim vosita boʻlib xizmat qiladi:

  • tizimli, ijodiy, aqliy, mantiqiy, rejali fikrlash qobiliyatlari shakllantirish va rivojlantirish;

  • yangi ma’lumotlarni qobul qilish va qayta ishlashga tayyorlash;

  • hayotiy va kasbiy faoliyatiga doir muammolarni hal qilish uchun eng maqbul variantlarni izlash, aniqlash va amalga oshirish;

  • axborotlarni kompyuter yordamida yigʻish, saqlash, qayta ishlah va uzatish ko’nikma va malakalarini egallash;

  • ixtirochilik va izlanuvchanlik, qat’iylik va mustaqillik qobiliyatlarini rivojlantirish;

  • jamoaviy va individual faloiyatga tayyorlik;

Dasturlash tillari va ularni oʻqitish uslubiyoti informatikaning zamonaviy boblaridan biri sanaladi. Dasturlash tillari yosh mutahassislarning kasbiy faoliyatga tayyorgarlik darajasidan tashqari, madaniy va ma’naviy qiyofasini ham koʻrsata oladi. Demak, oliy oʻquv yurtlarida oʻqitish uchun dasturlash tillarini toʻgʻri tanlash muhim ahamiyatga ega ekan.
Bugungi kunda, Oʻzbekiston respublikasining Oliy oʻquv yurtlarida koʻplab bakalavr yoʻnalishlari uchun “Informatika va axborot texnologiyalari” fanini “Raqamli va axborot texnologiyalari” nomi ostida oʻqitish yoʻlga qoʻyilgan. Tabiiyki, mazkur fanning mazmuni va hajmi bakalavriat ihtisisosliklarining oʻziga hos hususiyatlaridan kelb chiqqan holda malaka talablari, oʻquv reja hamda Fan dasturlarida belgilab qoʻyilgan.
Raqamli va axborot texnologiyalari fanini oʻqitish 52202200- axborot xizmati va jamoatchilik bilan aloqalar, 5230100-Iqtisodiyot, 5230200-menejment, 5232200-ekonometrika, 5232300-Mintaqaviy iqtisodiyot, 5311500-Geodeziya va kartografiya, 5520100-Ijtimoiy ish, 5120200-Tarjima nazariyasi va boshqa bir qator yoʻnalishlarda IVsemestrda rejalashtirilgan. Biz mazkur fanni oʻitish uchun bakalavr yoʻnalishlarining oʻziga hos kasbiy vazifalaridan kelib chiqqan holda, quyidagi masalalar hal qilishni tavsiya etamiz:

  • fan dasturini dastur ishlab chiqish nuqtai nazaridan qayta koʻrib chiqish;

  • dasturlash tilini Pythonga almashtrish va bu tilda dasturlashning tayanch asoslarini hamma yoʻnalishlarda oʻqitishi yoʻlga qoʻyish;

  • kasbiy vazifalarini hisobga olib, Python dasturlash tilining mos modullarini fan dasturiga kiritish va oʻqitish;

  • fanni 1 yoki 2 semestrga oʻtkazish.

Ushbu masalalarni samarali hal qilish orqali bakalavrlarning Python dasturlash tili boʻyicha egallagan bilim, malaka va koʻniklmalari keyingi semestrlarda oʻquv fanlarini oʻzlashtirishi, malakaviy va pedagogik amaliyotlarda qoʻl kelishi mumkin.
5230100-Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar boʻyicha) ta’lim yoʻnalishi ustida oʻtkazgan tahlillarimiz shuni koʻrsatdiki, yoʻnalishning Oʻquv rejasida umumkasbiy fan sifatida qayd etilgan “Raqamli va axborot texnologiyalari” fanini 4-semestrdan 1 yoki 2 semestrga oʻtkazish quyidagi umumkasbiy va mutahassislik fanlarni chuqur oʻzlashtirishda ijobiy ahamiyat kasb etadi: buxgalteriya va audit hisobi, statistika, menejment va marketing, ekonometrika asoslari, iqtisodiy havfsizlik, raqamli iqtisodiyot, tanlov fanlari. Jumladan, Python dasturlash tili “Raqamli iqtisodiyot” fanining Fan dasturida belgilangan elektron biznes va elektron tijorat, raqamli iqtisodiyot, Big data, bulutli texnologiyalar, neyrotexnologoyalar, biznesni raqamlashtirish amaliyoti kabi mavzularini oʻqitishda, Statistika Fan dasturidagi asosiy mavzularni oʻqitish samarasini oshirishda ijobiy ahamiyat kasb etishi koʻrinib turbidi. Iqtisodiyot va moliya yoʻnalishi bakalavrlari uchun uchun asosoy adabiyot sifatida M. B. Xripunova va A. M. Gunernatorovlarning “ Pythonda iqtisodiyot ” [1] hamda Yves Hilpischning “Pythonda moliya”[2] kitoblarini tavsiya qilinadi.
Geologiya va geoinformatsion tizimlar bakalavriati oʻquv rejasida geologiyada geoinformatsion tizimlar, kompyuter dasturlarida foydali qazilma konlarini baholash, ma’lumotlar bazasi va ularni loyihalsh babi bir qator fanlarni oʻqitish rejalashtirilgan. Shuningdek geografiya, geodeziya, kartografiya, kadastr bakalavriat yoʻnalishlarining oʻquv rejalarida geografik axborot tizimlari, kompyuter grafikasi va kartalarni jihozlash, geodeziya, davlar kadastr asoslari va boshqa fanlarni oʻqitishda han Pyhton dasturlash tilini nazarda tutib, asosiy adabiyot sifatida E. Vestraning “Python tilida geoilovalarni ishlab chiqish” [2] kitobidan foydalanish tavsiya qilinadi.
Jurnalistika sohasida 5220200-Axborot xizmati va jamoatchilik bilan aloqalar bakalavriatida kompyuter linvistikasi, data jurnalistika va infografika, media iqtisodiyoti, PR va media menejmenti, sotsiolingvistika kabi fanlarni oʻqitish rejalashtirilgan. Mazkur fanlar Fan dasturlarining tahlillari shuni koʻrsatdiki, Python dasturlash tili koʻplab mavzularni oʻqitishda foydalanish mumkin. Masalan, bu til data jurnalistika fanining katta hajmdagi axborotlarni yigʻish va tahlil qilish muammolariga bagʻishlangan oʻquv materiallarida qoʻl keladi. Boʻlajak jurnalistlarga B. Bengfort va R. Bilbrolarning “Pythonda matnli ma’lumotlarni amaliy tahlil qilish”[4] hamda A. I. Gorojanovning “Lingvistlar uchun PyQt5”[5] kitoblarini tavsiya qilinadi.
5140100-Bilogiya yoʻnalishlarining Bioinformatika boʻyicha fan dasturi doirasida adabiyotlar sifatida M. Jonesning “Biologlar uchun Python”[6] hamda Ken Youens Clarkning “Bioinformatiklar uchun Pythonni oʻrganish”[7] hamda P. Djoshining “Sun’iy intellekt Pythonda namunalari bilan”[8] kitoblari tavsiya qilinadi. Shuningdek, tibbiyot, kimyo kabi bakalavriat yoʻnalishlari uchun J. Heysning “Kimyoviy va biotibbiyot muhandisligi hisoblash ishlarida Pythondan foydalanish” kitobi [9] foydali boʻladi deb hisoblayman.
Matematika bakalavriati o’quv rejasida dasturlash asoslari fani I va II semestrlarga rejalashtirilgan. Bu mantiqan toʻgʻri. Faqat Python tilining bugungi kundagi imkoniyatlari hamda kelajakda yangi modullar hisobiga kengayishini hisobga olinsa, bu tilni dasturlash asoslari fan dasturiga kiritish tavsiya qilinadi. Bunda Python tili boʻyicha tayanch ma’lumotlardan tashqari, algoritmik modullar, vaqt va sanalar, matematikaga oid modullar hamda Data Science va matematika uchun moʻljallangan tashqi modullarni oʻqitishni ham nazarda tutish lozim. Bu modullar matematika bakalavriyat talabalariga yoʻnalish o’quv rejasidan koʻplab fanlarni chuqur oʻzlashtirishlarida yaxshigina poydevor boʻlib xizmat qilishi shubhasiz. Bu fanlar uchun katta sondagi oʻquv adabiyotlari mavjud bolib, ular orasida M. Xeidt va A. Gruzdevlarning “Pandasni oʻrganamiz”[10], K. Xillning “Pythonda ilmiy dasturlash”[11] kitoblarini ajratib koʻrsatish mumkin.
60540200 – Amaliy matematika bakalavriat va unga turdosh yoʻnalishlarda “Algoritmik va dasturlash tillari” fanini I-III semesrtlarda oʻqitish rejalashtirilgan. Bu fanning dasturi C# dasturlash tilini oʻrganishga qaratilgan. Bizning fikrimizcha, uni C# tili ahamiyatini pastga urmagan holda, mavqei va imkoniyatlarini hisobga olgan holda Python tilini oʻqitishga moslashtirish maqsadga muvofiq boʻladi. Bu holat mazkur bakalavriat yoʻnalsihi oʻquv rejasida koʻrsatilgan fanlarni intensiv oʻqitish jarayonida muhim poydevor boʻlib xizmat qiladi. Python dasturlash tili va uning modullariga bagʻishlangan 200 dan oʻquv adabiyotlari mavjud boʻlib, ularning har biridan (jumladan, [1], [2], [4], [5], [8], [9], [10], [11], [12]) ta’lim jarayonida asosiy yoki qoʻshimcha adabiyot sifatida foydalanish mumkin.
Python dasturlash tili katta imkoniyatlarga ega ekanligi bilgan holda, Oliy ta’lim muassasalarida uning qaysi qismini u yoki qismini o’qitish lozim? degan haqli savol tugʻiladi. Bilamizki, boshqa dasturlash tillari kabi Python dasturlash tili ham tayanch buyruqlar tuzilmai hamda 400 ga yaqin ichki va tashqi modullarga ega. Uning tayanch buyruqlar tuzilmasiga quyidagi mavzularni kiritish munkin: kiritish va chiqarish buyruqlari va ulardan amalda foydalanish usullari; oʻzgaruvchi va oʻzgarmas kattaliklari ifodalash; ma’lumotlarning tiplari va ularni bir turdan boshqasiga oʻtkazish; amallarni yozish sintaksisi; tarmoqlanish buyruqlari; takrorlash buyruqlari; roʻyhatlar bilan ishlash; lugʻat va toʻplamlar bilan ishlash; fayllar bilan ishlash; yangi funksiya, lyambda funksiya va dekoratorlarni e’lon qilish va amalda qoʻllash; istisno qilinadigan vaziyatlarni qayta ishlash; modullarni ochish, foydalanish, yangilarini yaratish; sinf va obyektlarni e’lon qilish va ulardan amalda foydalanish.
Bu mavzular boʻyicha nazariy va amaliy mashgʻulotlar mazmunini bakalavriat yoʻnalishlarining o’ziga hos hususiyatlari hamda bitiruvchilarning malakalariga qoʻyilgan talablarni hisobga olgan rejalashtirish talab qilinadi. Shu oʻrinda, deyarli barcha soha mutaxassislarning kasbiy faoliyatlarida matemarik va satrli ma’lumotlar bilan ishlashga toʻgʻri kelgani uchun, math hamda string modullarining amaliyotda koʻp uchraydigan usul va hususiyatlarni oʻqitish ham shart deb oʻylaymiz. Bunga qoʻshimcha ravishda yosh mutaxassisning kasbiy vazifalaridan kelib chiqqan holda, tegishli ichki va tashqi modullarni o’itish tavsiya qilinadi. 1-jadvalda yoʻnalishlarga muvofiq ravishda oʻqitish uchun tavsiya etiladigan modullar bayon qilingan.
1-jadval.




Download 44,91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish