Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi denov tadbitkorlik va pedogogika instituti



Download 0,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/6
Sana12.01.2022
Hajmi0,61 Mb.
#336464
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Abu Rayhon Beruniy asarlarida xronologiyaga oid ma'lumotlar1

 


15 

 

ABU RAYHON BERUNIY 

Jahon,  xususan,  sharq  madaniyati,  fanining  eng  yorqin  siymolaridan  biri,  oʻrta 

asrning  buyuk  qomusiy  olimi  Abu  Rayhon  Muhammad  ibn  Ahmad  Beruniy 

Xorazmda  973-yilda  tugʻildi,  shu  yerda  taʼlim  oldi  va  zamonasining  eng  yirik 

olimlaridan  boʻlib  yetishdi.  1973-yilda  YUNESKO  tashabbusi  bilan  butun  jahon 

miqyosida  Beruniy  tavalludining  1000-yilligi  keng  nishonlandi.  Amerikalik 

mashhur  fan  tarixchisi  J.Sarton  jahon  fani  rivojlanishidagi  XI  asrning  birinchi 

yarmini Beruniy davri deb atadi. 

Beruniy  Xorazmshoh  Maʼmun  rahnamoligida  Urganchda  oʻz  davrining  eng  yirik 

ilmiy  markazlaridan  biri  boʻlgan  Maʼmun  akademiyasida  faoliyat  koʻrsatdi. 

Keyinchalik turli sabablarga koʻra, Gʻazna shahriga ketishga majbur boʻladi. Olim 

oʻsha yerda ham yirik fan va jamoat arbobi sifatida katta obroʻ qozondi va 1048-

yilda vafot etdi. 

Abu  Rayhon  Beruniy  oʻrta  asrlarning  asosiy  fanlari,  astronomiya,  fizika, 

matematika,  geodeziya,  geografiya, 

geologiya,  farmokognoziya,  falsafa, 

xronologiya,  fanlar  tarixi  va  boshqa  ilmiy  sohalarga  ulkan  hissa  qoʻshib  butun 

dunyoga tanildi. 

Beruniy ilmiy tabiatshunoslikka asos solgan allomalarda biri boʻlib, turli sohalarda 

fikr,  xulosalar  va  ilmiy  farazlarni  olgʻa  suradiki,  ular  bir  necha  asrlardan  soʻng 

Yevropa ilmida oʻz isbotini topdi. Beruniy oʻz vaqtida haqiqiy tajribaga, kuzatish, 

eksperimentga asoslanuvchi aniq ilmiy tafakkurni boshlab bergan olimdir. U ilmiy 

eksperimentning  ayrim  muhim  negizlarini  asoslashga  muvaffaq  boʻlgan.  Shunga 

koʻra,  u  Oʻrta  asrlarda  keng  tarqalgan  buyuk  yunon  mutafakkiri  Arastu 

qarashlariga  nafaqat  tan  olish  va  rivojlantirish  balki  zaif  tomonlarga  tanqidiy 

nuqtai nazardan yondashishga harakat qilgan. 

Olim  ulkan  insonparvar  shaxs  sifatida  hamma  xalqlar  doʻst-inoq,  ittifoq  boʻlib 

yashashi  uchun  kurashib,  insoniyatga,  u  yaratgan  fan  va  madaniyatga  zarar 

keltiruvchi  urushlarni  qattiq  qoraladi.  Uning  Hindiston  va  boshqa  mamlakatlarda 

olib  borgan  keng  ilmiy-tadqiqot  ishlari  xalqlar  oʻrtasidagi  doʻstlik,  oʻzaro 

hamkorlik,  madaniy,  ilmiy  munosabatni  mustahkamlashga  qaratilgandir.  Lekin, 




16 

 

uning  nazarida,  har  bir  xalq  ijtimoiy  va  maʼnaviy  rivojlanish  uchun  haqiqiy 



mustaqil  boʻlishi  kerak,  shuning  uchun  u  MAhmud  Gʻaznaviy  tomonidan 

Hindistonga  olib  borilgan  yurishlarning  hind  madaniyatiga  katta  zararlarni 

keltirganligi toʻgʻrisida ochiq yozadi. 

Alloma  chin  vatanparvar  boʻlib,  uning  butun  fikri,  zikri,  faoliyati  oʻz  xalqi, 

Vatanining mustaqilligini, rivojlanishini taʼminlashga qaratilgan edi. U bunga ham 

buyuk  olim,  ham  yirik  ijtimoiy-siyosiy  arbob  sifatida  ulkan  hissa  qoʻshdi. 

Xususan,  u  oʻz  asarlarida  Xorazm  xalqining  qadim  va  boy  madaniyatini,  fanini 

yuksak baholadi.  

Beruniydan  bizga  ulkan  ilmiy  meros,  xususan,  oʻz  davri  ilm-fanining  turli 

sohalariga oid 160 dan ortiq asar bir necha tillardan tarjimalar, yozishmalar qoldi. 

Qadimgi  xalqlardan  qolgan  yodgorliklar    “Geodeziya”,  “Hindiston”,  “Masʼud 

qonuni”, “Saydan”, “Javohir” kitobi va boshqa 

asarlari oʻrta asrlardan boshlab va  ayniqsa, XIX asrda uning asarlari lotin, fransuz, 

ingliz, nemis, fors, turk tillariga tarjima etildi.  

Beruniyning  merosi  oʻzbek  xalqining  maʼnaviy  boyligining  jahon  madaniyatiga 

muhim va ajralmas qismi boʻlishiga katta hissa qoʻshdi. 




Download 0,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish