Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi


Axborot xavfsizligini boshqaruv tizimining tasnifi. ISO/IEC 27001 (BS 7799-2:2002) [16]



Download 2,05 Mb.
bet112/182
Sana31.12.2021
Hajmi2,05 Mb.
#204861
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   182
Bog'liq
Axborot xavfsizligi O'MT texnikumga 60 SOAT

Axborot xavfsizligini boshqaruv tizimining tasnifi. ISO/IEC 27001 (BS 7799-2:2002) [16]. Ushbu standart BS 7799 ning ikkinchi qismi (BS 7799 part 2//Information Security management) bo’lib, bunda axborot xavfsizligini boshqarish tizimini yaratishga, foydalanishga topshirishga, monitoring o’tkazishga, qo’llab quvvatlashga va takomillashtirishga qo’yilgan talablar yoritilgan.

Ushbu standartlar asosida korxona yoki tashkilotlar o’zining axborot xavfsizligi strategiyasini ishlab chiqishi mumkin. Bu strategiyada yordamida mavjudxavfsizlik tizimining xolatini aniqlash, axborotlar qiymatiga qarabxavfsizligini ta’minlash darajasini aniqlash,mavjud va amalga oshirilishi mumkin bo’lgan xurujlarni aniqlash va ularga mos xavfsizlik mexanizmlari keltiriladi. Bundan tashqari audit o’tkazilishi natijasidaaxborot xavfsizligini ta’minlash usul va metodlari ҳam aniqlanadi va joriy etiladi.

ATlarda xavfsizlikni ta’minlash kompleks chora tadbirlardan iboratdir, chunki xurujlar qaysi yo’l bilan amalga oshirilishi aniq bo’lmaydi, shu sababli xavfsizlik tizimi ҳar qanday ko’rinishdagi xurujlarga tayyor turishi zarur.

AT xavfsizlik tizimini quyidagicha izoҳlash mumkin(Rasm 1.2.)[34]:


Rasm 1.1. AT xavfsizlik tizimi

Xuquqiy choralaraxborotga ruxsat etilmagan murojaat qilishni amalga oshirishga intilayotgan shaxs yo’lida turadigan ximoyadir, bu g’arazli niyatli shaxsning ruxsat etilmagan maxfiy axborotlardan foydalanganda uning oqibatlarini ko’rsatib beruvchi xujjatlardir. Axborotni ximoya qilishning bu jixati axborotni uzatishda va qayta ishlashdan yuridik meyorlarga rioya qilishni zarurligi bilan bog’langandir. Axborotni ximoya qilishni xuquqiy meyorlariga mamlakatda xarakatda bo’lgan qonunlar, buyruqlar va boshqa meyoriy dalolatnomalar tegishlidir, ular cheklangan miqdorda ishlatadigan axborot bilan murojaat qilish qoidalarini reglamentlaydi. Bu bilan ular axborotni ruxsat etilmagan ishlatishga to’siqlik kiladilar va buzg’unchilarni ushlab turadigan omil xisoblanadi.

Tashkiliy choralarmaxfiy ob’ektlarga jismoniy tomondan zarar yetkazish, ish faoliyatiga aralashish va o’g’irlanishi mumkin bo’lgan yo’llarni kuzatish, qo’riqlashni amalga oshirishdir. Tashkilotda maxfiy ob’ektlar qo’riqlanishi, begona shaxslarning kirishiga yo’l qo’ymaslik, agar begona shaxslar kirgan taqdirda ҳam ularni zudlik bilan aniqlash vositalarini o’rnatish ya’ni signalizatsiyalar, video-kuzatuv uskunalari. Maxfiy axborot yoki xujjatlarni maxsus seyflarda saqlanishini tashkil qilish, axborot resurslari saqlanadigan ҳududlarga maxsus chegaralar o’rnatish. Tashkiliy choralarga yana tabiiy ofatlar ro’y bergan xolatlarda axborot xavfsizligini ta’minlash choralari ҳam kiradi.Tashkiliy choralarga ishchi xodimlar bilan ishlash, ishga olish ҳam kiradi bunda yangi xodimlarni tekshirish, ularni maxfiy axborot bilan ishlash tartibi bilan tanishtirish, uni qayta ishlash qoidalarini buzganligi uchun javobgarlik choralari bilan tanishtirish va x.k.

Administrativ choralar tizim resurslaridan foydalanish va ular ustidagi jarayonlarni amalga oshirishda foydalanuvchilarni guruҳlarga bo’lish ҳamda ularga rollar berish ishlarini amalga oshiradi.Foydalanuvchining roli deganda ma’lum axborot ustida ma’lum bir jarayonni amalga oshirishga berilgan ruxsat tushuniladi. Bundan tashqari maxfiy kalitlar va sertifikatlarniboshqarishni tashkil etishdir.

Dasturiy vositalar ATlarni ҳimoyalashda asosiysi sanaladi, yuqoridagi keltirilgan vositalarni buzib o’tganda ҳam dasturiy vositalarxavflarga bardoshliligi bilan ҳimoyani bartaraf etishi mumkin.Axborotni ҳimoyalashda dasturiy vositalar ikki guruҳga bo’linadi. Birinchisi nokriptografik dasturiy vositalar antiviruslar, antispamlar va fayrvollardir. Antiviruslar tizim faoliyatiga ҳalal beruvchi, tizimdagi ma’lumotlarni o’g’irlovchi va o’zgartiruvchi dasturlarni aniqlash ҳamda faoliyatini to’xtashish uchun ishlatiladi.Fayrvollar kompyutertarmoqlarga qo’yiladigan filtrlardir, bular tarmoqlardan tizimga ruxsatsiz kirish va keraksiz axborotlar oqimini to’xtatish uchun ishlatiladi.

Axborotni muhofaza qilishning apparat-dasturiy vositalari – axborotni muhofaza qilish funksiyalarini (foydalanuvchilarni identifikatsiyalash va autentifikatsiya qilish, resurslardan foydalana olishni cheklash, voqealarni qayd qilish, axborotni kriptografik himoyalash va shu kabilar) bajaradigan (mustaqil yoki boshqa vositalar bilan birgalikda) turli elektron qurilmalar va maxsus dasturlardir.



Download 2,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   182




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish