O'lkaning geografik o'ziga xosligi va tabiiy boyliklari Reja: 1 O'lkaning geografik o'rni



Download 190,5 Kb.
Sana31.12.2021
Hajmi190,5 Kb.
#233018
Bog'liq
nson tabiatdan

O'lkaning geografik o'ziga xosligi va tabiiy boyliklari

Reja:

1 O'lkaning geografik o'rni

2 Tabiiy boyliklari

Markaziy Osiyo mamlakatlari hududining asosiy qismi (Qozog`iston Respublikasining ma`lum qismidan tashqari) O`rta Osiyo tabiiy – geografik o`lkasida joylashgan. Yuqorida aytilganidek, Markaziy Osiyo siyosiy- ma`muriy tushunchasi tabiiy – geografik tushuncha emas. Uning maydoni 3994.4 ming kv km . O`rta Osiyo tabiiy geografik o`lkasining umumiy maydoni esa -3300,0 ming kv .km atrofida (Hasanov I.A., G`ulomov P.N.T-2002) Markaziy Osiyo 5 ta Mustaqil Respublikalarni o`z ichiga olgan bo`lib , shimolda Rossiya Federasiyasi , sharqda Xitoy, janubda Afg`oniston va Eron, g`arbda Kasbiy dengizi bilan chegaradosh.

Respublikalarning umumiy o`xshashligi tabiiy geografik joylashuvida, tabiiy sharoit va resursllardan foydalanishda, tarixiy kelib chiqishda, aksariyat turkiy xalqlarning tarqalganligi, xo`jalikni tashkil qilish, joylashtirish va rivojlantirish xususiyatlarida va boshqalarda o`z mazmunini topgan. Markaziy Osiyo hududining shimoliy, sharqiy, janubiy va g`arbiy chegaralari iqtsodiy geografik jihatdan Mustaqil Respublikalarning ma`muriy chegaralari doirasida ko`riladi. G`arbda chegarani umumiy uzunligi 2600 km bo`lsa, shundan 900 km, Kaspiy dengizi qirg`oqlariga to`g`ri keladi.

O`rta Osiyo tabiiy – geografik o`lkasi nuqtai nazardan qaralganda o`kaning shimoliy chegarasi OrolIrtish suvayrig`ichidan o`tadi. Chegara g`arbda Ozerney qishlog`idan (510 shimoliy kenglik, 610 sharqiy uzunligi ) sharqda Tarbog`otoy tizmasining sharqiy qismiga Joyir tog`iga (470 shimoliy kenglik, 850 sharqiy uzunlik) borib taqaladi. O`lkaning sharqiy chegarasi Pomir, Tiyanshan, Jung`oriya Olatovi va Torbog`atoy tizmalari suv ayirg`ichlari orqali o`tadi. Bu chegara Kaspiy Orol – Balxash berk havzasi chegaralariga to`g`ri keladi. Tabiiy geografik jihatidan o`lkaning sharqiy chegarasi Savr, Sharqiy Jung`oriya, Jung`oriya, Boroxoro, Iren-Xabirga, Qarat, Xoliqtog` tizmalari suvaryig`ichi, Xontangri tog`tuguni, Ko`kshag`al, Otboshi tizmalari suvaryig`ichi orqali o`tib , Farg`ona tizmasiga tutashadi, so`ngra Oloyning sharqiy qismi va Sariko`l tizmasi suvaryig`ichi bo`ylab o`tib Hindikush tog`lariga tutashadi. O`lkaning janubiy chegarasi Mustog`dan (Shing-Shal davonidan 4832 mt) boshlanib, sharqdan g`arbga

Hindikush, Saftko`x, Nishopur tizmalari suvaryig`ichlari bo`ylab o`tib Elburus tog`i orqali Kaspiy dengizining janubiy- sharqiy chekka sohiliga kelib tutashadi. (Hasanov I.A, G`ulomov P.N T-2002- yil)

Geografik o`rning o`ziga xos xususiyatlariga: uning ulkan Yevrosiyo materigining o`rtasida joylashganligi uzoq geologik rivojlanish davomida tabiiy hududiy hosila tarzida shakllanganligi , dunyo okeanidan ancha uzoqda ekanligi Yevrosiyodagi eng katta hududni egallagan berk xavzaning bir qismi bo`lganligi yer yuzasi tuzulishining o`ziga xosligi, o`lkada gorizontal tabiat zonalari va vertical balandlik mintaqalarining aniq shakllanganligi qadimgi va yosh tog`larning bo`lishligi tabiiy va ijtimoiy geografik hodisa va jarayonlarning murakkabligi berk havzaga xos bo`lgan xususiyat va ijtimoiy ekelogik muommolarining yuzaga kelganligini misol tariqasida ko`rsatish mumkin. Bu o`lka shuningdek jahon ma`daniyati va ma`naviyatini rivojlantirishda asosiy o`rinni egallagan buyuk alloma mutaffakkirlar vatani hisoblanadi.

Bu hudud vatanparvar millatparvar, mehnatsevar, mehmondo`st, iymonli, e`tiqodli xalqlar o`lkasidir. Shuning uchun ham istiqlol tufayli mustaqillikni qo`lga kiritgan davlatlar dastlapki yillardayoq jahon bozoriga olib chiqadigan transport yo`llarini ochishga harakat qilmoqdalar. Eron orqali Fors qo`ltig`iga va Hind okeaniga Kaspiy dengizi va Kavkaz orqali Yevropaga, Xitoy orqali Tinch okean qirg`oqlaridagi davlatlarga yetkazuvchi temir va avtomobil yo`llarini qurishda va yana tashkil qilishda qatnashdilar. Har bir mustaqil Respublika havo yo`llari orqali xorijiy davlatlar bilan bog`landi.

Markaziy Osiyo regionida tog`lar va tekisliklar bir tekisda joylashmagan. Janubi, shimoliy- sharqini tog`lar egallagan. Ular o`lka umumiy maydonining 20% ni tashkil etadi. Ulardan g`arbda, shimoliy- g`arbda va shimolda o`lka umumiy maydooning 80% ni ishg`ol etgan past tekislik, plato va qirlar mavjud. O`lkaning asosiy qismi mo`tadil suptropik iqlim mintaqalarida joylashgan. Shuningdek o`lkada asosan cho`l, chala cho`l, voha va tog` landshaftlari ko`pchilikni tashkil etadi. Qisman dasht landshafti mavjud.

O`lkaning geologik tuzumi murakkab bo`lib, bu hududda proterozoy erasidan to to`rtlamchi davrgacha hosil bo`lgan cho`kindi magmatik va metomorfik tog` jinslari tarqalgan. O`lkaning tektonik tuzulishi ham o`ziga xos bo`lib, yer qobig`ining qalinliogi va yer yuzasining tuzu;lishiga qarab O`rta Osiyo hududida ikkita tektonik o`lka ajratilgan. Bular: Tiyanshan orogen o`lkasi va Turon plitasidir.

Tektonik harakatlar natijasi kuchli zilzilalar bo`lib turadi. 8-10 balli (Rixter shikalasi bo`yicha ) zilzilalar zonasi janubiy Tiyanshan, Pomir, Hindikush, Kopitdog`, hududlaridir. 9-10, balli zilzilalar 1911- yil. Olmaota (Verniy) 1984 -yil. Ashgabatda 1902- yil, Andijonda Qashqarda 1825- yil, Krasnavodskda 1992yil, To`xtagulda kuzatilgan. 7-8 balli zilzilalar Toshkentda 1966-yil, Tovoqsoyda 1977- yil , Nazarbekda 1988-yil va boshqa joylarda ham bo`lgan.

Markaziy Osiyo regioning hozirgi rel’efi davom etgan tashqi va ichki jarayobnlar bilan bog`liq. Neogen va to`rtlamchi davrlarda tog` va tekisliklarning hozirgi rel’efi shakllanib bo`lgan. Tog`lar asosan denudatsiya tekislilar esa akumuliatsiya jarayonlari natijasida hozirgi ko`rinishni olgan. Bir vaqtlar Markaziy Osiyo mintaqasida foydali qazilma turlari va ularning zahirasi kam deb aytilgan bo`lsa, XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab o`tkazilgan geologik qidiruv ishlarining natijasida ko`plab foydali qazilma konlari ochildi va bu mintaqaning turli foydali qazilmalarga boyligi asoslanildi. Ayniqsa, neft va gaz zaxiralari bo`yicha Fors qo`ltiq bo`yi, hamda g`arbiy Sibir hududlaridan keyinda turuvchi uchunchi mintaqa hisoblanadi.

Neftning eng katta zaxiralari Kaspiy dengizi bo`yida uning shel`fida jumladan Chelekenda , Nebitdog`da, Qoturtepada, Mang`ishloqda, Atrek daryosining qo`yi qismida shuningdek Tengizda, Ko`k dumaloqda, va Mingbuloqda mavjud. Tojikistonning tog` oralig`i botiqlarida Surxondaryo vodiysida ham neft konlari bo`lib, ularning zaxirasi kamroq.

Neft bor joyda tabiiy gaz ham uchraydi. O`zbekistonda Jarqoq, Uchqir , Gazli , Muborak, Sho`rton konlari, Turkmanistonda Achak, Gugurtli, Shodlik konlari mavjud.Markaziy Osiyoda toshko`mir, qo`ng`ir o`mir konlari, Qozog`iston, O`zbekiston Respublikalari hududlarida topilgan. Qarag`anda toshko`mir havzasi zahirasining ko`pligi, sifatining yuqoriligi bilan ajralib turadi. Ekibastuz ko`mir havzasida ko`mir qatlamlari 8 m gacha yetadi va ochiq usulda qazib olinadi.

Qirg`izistonda Jirg`ali, Ko`kyong`oq, toshko`mir konlarida, Toshko`mir, O`zbekistonning Ohangaron, Qozog`istonning Ubagan, Makyuben va boshqa konlarida qo`ng`ir ko`mir qazib olinadi.Yangi ko`mir konlar Mang`ishloqda (q`ong`ir ko`mir) To`rg`ay platosida (qo`ng`ir ko`mir) Tuakirda (toshko`mir) ochilgan. Farg`ona vodiysida Issiqko`lning sharqida, ichki Tyanshan, G`arbiy Tyanshanda , Hisorda, Qazog`istoning past tog`larida ko`mir konlari mavjud.

Markaziy Osiyo hududida rudali rangli nodir va qimmatbaho metal konlari bor. Olmaliq, Qo`ng`irot, Jejqazganda mis, Qoramozor va Qoratov tizmalarida polimetall, Qozog`iston past tog`larida, Oloy, Hisor, Zarafshon va Nurota tog`larida nodir metall konlari mavjud.

Yirik oltin konlari Nurota tog`larida, Qozog`iston past tog`larida, Darvez tizmasida Qizilqumda mavjud bo`lib, oltin qazib olish dunyo ahamiyatiga ega. Temir ruda konlarining asosiy qismi Qozog`istonda Sokolov –Sarbay, Ayat, Lisakovsk va boshqa konlar.

Markaziy Osiyo mintaqasida kimyo xom ashyolaridan osh va kaliy tuzlari, oltingugurt, glouber (mirabilit) tuzi shuningdek natriy sul`fat, yod, brom tuzlarining katta zahirali konlari bor. Qorabo`g`ozgo`l turli xil tuzlarga boy. G`arbiy Qozog`istondagi va Xo`jaikon (O`zbekiston) tuz konlari muhim ahamiyatga ega. . Shuningdek fosforit Qaratov va Aktyuba viloyatida (Qozog`iston), hamda Navoiy viloyatlarida konlari bor.Hududda binokorlik materiallari hamma Respublikalarda bor. Shuningdek, simob, su`rma, konlari Qirg`iziston va Qozog`istonda mavjud.

Markaziy Osiyo hududidagi yirik daryolar - Amudaryo,Sirdaryo , Zarafshon, Ural, Irtish, Tobol, Ishim va ularning irmoqlari (Panj, Vaxsh, Norin, Qaradaryo va boshqa) katta gidro energetik resursga ega. Markaziy Osiyo gidroenergetika resurslari bo’yicha MDH da Rossiyadagi Sharqiy Sibir va Uzoq sharq rayonlaridan so`nggi o’rinda turadi.Markaziy Osiyo gidroenergetika resurslarning 55% dan ortig`i Tojikistonga to`g`ri keladi. Mintaqa boshqa tabiiy resurslarga jumladan, iqlim, yer, o`rmon, rekreatsiya resurslariga boy. Ularning miqdoriy taqsimlanishi, geografik joylashuvi regionning geografik o`rni xsusiyatlari bilan bog`liq. Hozirgi kunda ulardan oqilona va samarali foydalanishga qaratilgan chora-tadbirlar ishlab chiqilgan .

Xulosa qilib aytganda, Markaziy Osiyoning tabiiy sharoiti xilma – xil, keskin kontraslikga ega . Janubdan – shimolga, sharqdan – g`arpga brogan sari bu xilma – xillik ko`zga yaqqol tashlanib turadi. Tabiiy resurslar ham hududda bir tekisda taqsimlanmagan va joylashmagan.

Tabiiy resurslar ham hududda bir tekisda taqsimlanmagan va joylashmagan. Markaziy Osiyo davlatlari xo`jalik tarmoqlarini shakllantirish, joylashtirish va rvojlantirishda ularni hisobga olish , ijobiy va salbiy tomonlarini ilmiy – amaliy jihatdan baholash lozim.Inson tabiatdan oladigan barcha moddiy boyliklar — yer-osti boyliklari, suv, havo, tuproq, o‘simliklar, hayvonot olami va boshqalar tabiiy resurs (boylik) hisoblanadi.

O‘zbekiston tabiati va tabiiy boyliklarini muhofaza qilish —inson uchun zarur bo‘lgan qazilma boyliklardan oqilona foydalanish, suv va havoni toza saqlash, tuproqni eroziyadan saqlash, o‘simlik va hayvonot dunyosini tabiiy holicha asrab qolib, qayta tiklashni hamda xushmanzara joylar (sharshara, shovva, ajoyib manzaralar, buloq va boshqalar)ni tabiiy holicha saqlash kabilarni o‘z ichiga oladi.

Lekin hozir tabiatga inson xo‘jaligi faoliyatining ta’siri natijasida respublikamizning ba’zi okruglari (Orolbo‘yi, Surxon vodiysi, Quyi Zarafshon va Quyi Amudaryo)da ekologik holat yomonlashib bormoqda.

O‘zbekiston havosining ifloslanishida energetika, neft-gaz sanoati, transport, kimyo sanoati, metallurgiya sanoati, maishiy-kommunal xo‘jalikning hissasi katta. O‘sha korxonalar chiqarayotgan zararli birikmalarni 100 foiz desak, ular quyidagicha taqsimlangan.

O‘zbekistonda sanoat tarmoqlari va transportdan yiliga 2000 tonna atrofida iflos chiqindi (birikma)lar chiqarilib, uning 1300,1 tonnadan ortig‘i transport hisobiga to‘g‘ri keladi. Binobarin, Toshkent, Samarqand, Buxoro, Farg‘ona, Andijon kabi katta shaharlar havosi ifloslanishining 80 foizi avtotransport hissasiga to‘g‘ri keladi. Yirik sanoat obyektlari joylashgan shaharlarda havoning ifloslanishida sanoatning hissasi katta. Natijada, Olmaliq, Angren, Navoiy, Andijon, Farg‘ona, Toshkent kabi shaharlar havosi oltingugurt, azot oksidlari, ammiak, vodorod ftorid va boshqa gazlar bilan ifloslangan.Surxondaryo viloyatining Sariosiyo va Uzun tumanlari havosi Tojikistonning Tursunzoda shahridagi aluminiy zavodidan chiqqan zaharli ftor gazi bilan ifloslangan. Natijada, tumanlarda bolalar o‘limi ko‘paymoqda, uzum va mevali daraxtlarning bargi sarg‘ayib, qoramollar kasallanib, tishi to‘kilib ketmoqda.

Respublikamiz havosini toza saqlash uchun korxonalarda zamonaviy tozalovchi inshootlar qurish zarur. Bunda havoni ifloslovchi moddalarni ushlab qolib, ulardan qayta foydalanish imkoniyati vujudga keladi.

Respublikamiz daryolari sanoat korxonalari, maishiy xizmat ko‘rsatish, sog‘lomlashtirish tashkilotlari, parrandachilik majmuyi va chorvachilik fermalaridan chiqqan suvlar hamda zovur suvlari bilan ifloslanmoqda.

Suv boyliklarini toza saqlashdagi asosiy vazifa o‘sha korxonalardan chiqayotgan iflos suvlarni tozalab, zararsizlantirib, so‘ngra suv havzalariga tashlashga erishishdan iborat.

O‘zbekistonning tuproq qatlamini eroziyadan saqlash, uning unumdorligini tiklash uchun kurashish kerak. Buning uchun ekinlarni sug‘orish qoidasiga rioya qilish, sug‘orishning ilg‘or usullaridan foydalanishga o‘tish zarur. Ekinlarning hosildorligini oshirish uchun ko‘proq organik o‘g‘itlar (go‘ng) dan foydalanib, qishloq xo‘jaligi zararkunandalariga qarshi biologic usul bilan kurashishga erishish zarur.

Respublikamiz havosining musaffo, xushmanzara yerlarining ko‘p bo‘lishi, avvalo, yashil o‘simliklarga, ayniqsa, o‘rmonlarga bog‘liq. Aholining o‘rmonlarga, ayniqsa, mevali (yong‘oq, pista, bodom, do‘lana va hokazo) va dorivor (zira, piyoz, anzur, qoraqand, oqqayin, yetmak va boshqa) o‘simliklarga nisbatan noto‘g‘ri munosabatda bo‘lishi tufayli ular kamayib ketmoqda. Shu sababli dam oluvchilar, sayyohlar, o‘quvchilarga o‘simliklarni nobud qilmaslik, ularning mevasini, urug‘ini ruxsatsiz yig‘maslik kabi tushuntirish va targ‘ibot ishlarini keng olib borish zarur.

So‘nggi yillarda insonning xo‘jalik faoliyati ta’sirida (yerlarni haydash, yangi turar joylar barpo etish, yaylovlardan noto‘g‘ri foydalanish, noto‘g‘ri ov qilish) hayvonlar soni va turi kamayib ketmoqda. Chunonchi, oqquyruq, jayron, laylak, xongul, arxar, burama shoxli echki (morxo‘r), qirg‘ovul, kaklik miqdori keskin kamayib ketdi. Ba’zi hayvonlar, jumladan, Turon yo‘lbarsi butunlay yo‘qolib ketdi.

O‘zbekiston tabiatining ko‘rkamligi uning hududida nodir tabiat go‘shalari (ajoyib soy, jilg‘a, buloq, sharshara, shovva, noyob daraxtlar, har xil jinslar, ochilib qolgan qoyalar, g‘orlar, korizlar, sardobalar va hokazolar)ni tabiiy holicha saqlab qolishga bog‘liq.

O‘zbekistonda turi, soni kamayib borayotgan noyob o‘simlik va hayvonlarni hisobga oluvchi ikki jildli «O‘zbekiston Qizil kitobi» nashr etilgan.

Uning birinchi jildiga noyob o‘simlik turlaridan Korovin shirachi, Turkiston yovvoyi noki, yovvoyi anor, Zarafshon piyozi, tog‘piyoz, O‘zbekiston lolasi, yovvoyi anjir, Omonqora va Buxoro astragali, yovvoyi uzum, chinnigul, mingdevona, sumbul, chilonjiyda, Chimyon lolasi, guli salim kabi o‘simliklar kiritilgan.

«Qizil kitob»ning ikkinchi jildidan shalpangquloq ko‘rshapalak, ko‘k sug‘ur, katta qo‘shoyoq, qo‘ng‘ir ayiq, Turkiston qunduzi, sirtlon, qoplon, gepard, xongul, jayron, Ustyurt qo‘yi, Buxoro qo‘yi, arxar, oq va qora laylak, qizil g‘oz, lochin, burgut, oq turna, echkemar, kapcha ilon kabilar o‘rin olgan.



O‘zbekiston tabiatini muhofaza qilishda qo‘riqxona, milliy bog‘ va buyurtmaxonalarning ahamiyati juda katta. O‘zbekiston hududida 2016-yil holatiga ko‘ra 8 ta davlat qo‘riqxonasi, 3 ta milliy bog‘, 12 ta buyurtmaxona, 1 ta biosfera rezervati hamda 3 ta parvarishxonalar mavjud.
Download 190,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish