Ollohdan qoʻrqishning alomati yetti narsada namoyon boʻladi



Download 150,25 Kb.
Sana23.06.2022
Hajmi150,25 Kb.
#697507
Bog'liq
Nurullo


44-19 EE
Obbosxonov
Nurrilloxon
Ollohdan qoʻrqishning alomati yetti narsada namoyon boʻladi:
1. Tilda: Ollohdan qoʻrqqan odam tilini yolgʻondan, gʻiybatdan, boshqalarga boʻhton etishdan va bekorchi soʻzlar aytishdan tiyadi. Uni, Ollohni zikr etuvchi, Qurʼon oʻquvchi va ilmiy muzokaralar bilan mashgʻul aʼzo holida shay tutadi. 2. Qalbda: Ollohdan qoʻrqqan odam oʻz qalbidan dushmanlik, xusumat degan narsalarni olib tashlaydi, hasad qilish, yomon koʻrish degan narsalarni yoʻq qiladi. Qalbdagi yomon tuygʻular va feʼllar faqat ilm va amal bilan davolanishi mumkin.
3. Koʻzda: Ollohdan qoʻrqqan odam yeyish-ichishda ham, boshqa xususlarda ham koʻzini haromdan ehtiyot qiladi. Dunyoga hirs bilan va har narsani qoʻlga kiritish ishtiyoqi bilan emas, ibrat nazari bilan qaraydi. Halol boʻlmagan narsalarga qarashdan tiyiladi. Shuning uchun ham aytilgan: –Kim koʻzini harom narsalar bilan toʻldirsa, Olloh ham, qiyomatda uning koʻzini olov bilan toʻldiradi.
4. Meʼdada: Ollohdan qoʻrqqan odam meʼdasiga harom luqma bermaydi. Chunki harom luqma yeyish eng katta gunohlardan biridir. –Inson zotining meʼdasiga bir luqma harom tushganda bu luqma meʼdasida qancha vaqt tursa, yeru koʻkdagi farishtalar ham shuncha vaqt unga laʼnat oʻqiydilar.
5. Qoʻlda: Ollohdan qoʻrqqan odam qoʻlini haromga uzatmaydi, aksincha, Ollohning rizosiga uygʻun narsalarga uzatadi. 6. Oyoqda: Ollohdan qoʻrqqan odam isyon yoʻlida emas, Ollohga itoat yoʻlida odimlaydi. Ilm-maʼrifat va yaxshi axloq oʻrganish maqsadida olimlar va solih kishilar majlisiga boradi.
7. Itoatda: Ollohdan qoʻrqqan odam jazodan qoʻrqqani uchun emas, balki yolgʻiz Olloh rizosi uchun Unga itoat etadi. Riyodan, insonlarga oʻzini va yo ishlarini koʻz-koʻz qilishdan va ikkiyuzlamachilikdan saqlanadi.
“Oxirat Rabbingiz nazdida taqvodorlar uchundir”, deb aytilgan gap bor.
***
Moʻmin boʻlgan odam Qoʻrquv va Umid orasida turmogʻi, Ollohning rahmatiga suyanmogʻi, Undan aslo umid uzmasligi kerak.
Aytishlaricha, bir odam bir xotinni koʻz ostiga oladi. Bir kun shu xotin tijorat maqsadi bilan bir karvonga qoʻshilib, ketidan ketadi. Oqshom chogʻi karvon bir yerda qoʻnoqlaydi va hamma yotadi. Bu orada odam xotinning oldiga kelib maqsadini aytadi.
Xotin: –Bor, kuzatib kel, hamma uxlabdimi? – deydi. Taklifi qabul boʻldi deb oʻylagan erkak sevinib ketadi, karvon atrofini aylanib keladi va: –Hamma uyquda, – deydi. Bu safar xotin: –Yaxshi, Olloh-chi? Ajabo, shu soatda U ham uxlaganmikin, nima deysan? – deb soʻraydi. Bu ogʻir savolga erkak: –Yoʻq, Olloh hech qachon uxlamaydi, mudramaydi ham, – javobini berishga majbur boʻlganda, xotin:
–U holda, – deydi, – odamlar koʻrmasa ham, uxlamagan va mudramaydigan Olloh bizni koʻradi. Hammadan ham Undan qoʻrqaylik va hayot qilaylik, – deydi.
Xotin bu soʻzlarni aytayotganda erkakning koʻnglida qoʻrquv uygʻonadi. Darhol karvonni tark etib, uyga qaytadi va tavba qiladi.
Bir boy odam bor edi, Olloh yoʻlida edi. Bir kuni boshiga qiyinchiliklar tushib bolalari och qoldi. Shunda u: “Bor, yegulik u-bu narsa topib kel”, deb xotinini yoʻlga chiqardi. Xotin, bir boyning eshigini taqillatib, bolalari ochligini aytdi va sadaqa soʻradi. Lekin boy berajak yordami evaziga yomon istaklar bildirdi. Xotin buni rad etdi va hech nima olmay, uyiga qaytdi. Lekin bolalari ochlik azobiga chiday olmay faryod koʻtara boshlagach, xotin yana oʻsha boy huzuriga bordi va uning shartini qabul qilganini aytdi. Boy, xotinga yaqin kelar ekan, bechoraning vujudida mudhish bir titroq turdi.
–Muncha qaltiramasang… – dedi boy. –Ollohdan qoʻrqyapman, – dedi xotin.
Shunda boy: –Senki, majbur boʻlganing holda Ollohdan shunchalik qoʻrqayotgan boʻlsang, men qandoq odam boʻldim unda?! Aslida mening holim koʻproq qoʻrqqulik-ku! – dedi va xotinning ehtiyojini taʼminlab, uyiga joʻnatdi.
Paygʻambarimizdan rivoyat qilingan bir hadis shu mazmundadir: –Olloh buyuradiki: “Men ikki qoʻrquvni va ikki qoʻrquvsizlikni bandalarim boshida toʻplab-yigʻib oʻtirmayman. Kim dunyoda Mendan qoʻrqqan boʻlsa, oxiratda Mendan qoʻrqmagay. Kim dunyoda qoʻrqmay yurgan boʻlsa, oxiratda albatta qoʻrqitaman”.
Nafs insonga shaytondan ham dushmanroqdir. U doim behuda va botil (buzuq) narsalarga oʻralashadi. Behuda kibrga beriladi. Agar nafsingdan mamnun boʻlib, uning xohishlariga yursang, manziling falokatdir, oʻlimdir.
Agar nafsga “TOʻXTA!” deyishga ojizlik qilsang, u seni yongʻinga olib boradi. Nafs – balolarning boshi, razolatning manbaidir.
Hazrat Ali nafsni suruvga oʻxshatadi: choʻpon suruvni bir tomondan toʻplaydi, bir tomondan esa suruv yoyilib ketaveradi… Kim nafsini deb, qalbini oʻldirsa, undagi ilohiy va insoniy tuygʻularni halok qilsa, laʼnat kafaniga burkanadi va azob tuprogʻiga dafn etiladi.
Ishratga oʻchligim jabr jonimga – Mubtalo boʻldim-ku men toʻrt zolimga. Bular: shayton, dunyo, nafs, hoyu-havas – Hammasi ham dushman, qanday kelay bas?!
Shahvoniy, buzuq oʻy zulmati aro Havoyi ishlarga surgaklar xulyo.
Abu Ali Daqqoq hikoya qiladi: –Bir solih zot bor edi. Zamonasining buyuk olimi edi. Bir payt xastalandi. Koʻrgani bordim. Atrofida talabalari oʻtirgan edi. U zot esa yigʻlar edi.
Dedim: –Ey ustod, nega yigʻlaysiz? Dunyodan koʻchyapman debmi?
Dedi: –Yoʻq, dunyodan koʻchayotganimga emas, namozimni mazmunsiz oʻtkazganimga yigʻlayman.
Dedim: –Yaʼni qanday? Siz namozingizni toʻla-toʻkis ado etardingiz-ku!
Dedi: –Ha, toʻkis namoz oʻqirdim. Faqat bugungacha doim gʻaflatda sajda qildim, gʻaflatda sajdadan bosh koʻtardim. Mana endi gʻaflatda oʻlyapman.
Kim uch narsani daʼvo qilsayu, uch narsaga amal qilmasa, u yolgʻonchidir. • Jannatni sevaman desayu, Ollohga itoat etmasa, • Hazrati Rasulullohni sevaman desayu, Uning goʻzal axloqiga ergashmasa, • Jahannamdan qoʻrqaman desayu, gunoh qilishdan chekinmasa.
Majnundan soʻrabdilar:
–Isming nima?
–Laylo!
–Laylo oʻlmadimi?
–Yoʻq, Laylo mening qalbimda, oʻlmadi. Men Layloman.
Haqiqiy sevgi-muhabbat uch narsada bilinadi: 1. Sevgan, suyganining soʻzini boshqalarning soʻzidan ustun qoʻyadi. 2. Sevgan, suyganining suhbatini boshqalarning suhbatidan ustun qoʻyadi. 3. Sevgan, suyganini mamnun etishni boshqalarni mamnun etishdan ustun qoʻyadi.
Kim uch narsani daʼvo qilsayu, uch narsadan oʻzining poklamasa, aldangan boʻladi: • Ollohga boʻysunish zavqli ekanidan lof ursayu, lekin dunyo sevgisidan voz kechmasa; • Yolgʻiz Olloh uchun amal qilyapman, desayu, lekin insoniy maqtovlardan xursand boʻlsa; • Ollohni sevaman, desayu, lekin nafsini tarbiya qilmasa, u kimsa aldangan boʻladi.
Abulhasan Zanjoniy: “Ibodatning asosi uch ustunga egadir: koʻz, qalb va til. Koʻz koinotdan ibrat olish uchundir. Qalb tafakkur uchundir. Til toʻgʻri soʻz aytish va Ollohni zikr etish uchundir”.
***
Paygʻambarimizning marhamat qilish mavzusiga oid hadislaridan biri: –Ummatimning saralari oʻqigan namozlari va tutgan roʻzalarining koʻpligi bilan emas, yuraklarining tozaligi, koʻngillarining kengligi va barcha insonlarga marhamatli boʻlishlari bilan jannatga kiradilar.
Taassub (cheklanganlik) haqida: Bir tur insonlar boʻladiki, ular oʻz mazhabidan xorijda boʻlgan yoki fikrlash tarzi oʻz fikriga uyqashmaydigan kishilarga yovlik qiladilar. Ularni tuban koʻradilar. Bunday hol va bunday xatti-harakat jamiyatni yemiruvchi juda yomon bir kasallikdir. Ulugʻ shaxslari shunday taassubga duchor boʻlgan koʻpdan-koʻp jamoalar bir-birlariga kek saqlaydilar va yovlik qiladilar. (Abu Homid Gʻazzoliy, Mukoshafatul-Qulub, 61-bet)
Xudoni qanday koʻrish mumkin? Uni, biz tushungan maʼnoda koʻz bilan koʻrilmaydi. Faqat imon haqiqati orqali yurak bilan koʻriladi. U, bizning SEZGILARIMIZ ila idrok etilmaydi. U insonlarga oʻxshamaydi. ALOMATLARI ila bilinadi, Oʻziga xos VASFU-SIFATLARI bor. (Muhammad ibn Ali ibn Husayn, shia olimi)
Dovud Toi: –Ey odamzot, amalingga erishganingda sevinding, lekin, bilib qoʻyki, ajaling yaqinlashdi, umring bitayotir. Kelajak uchun oldindan yiqqanlaringning foydasini boshqalar koʻradi.
***
Bishrga derlarki: –Falonchi oʻldi!
Der: –Dunyo yigʻdi, oxiratga ketdi, oʻzini halok qildi.
Derlar: –U shunday-shunday yaxshilik qilardi.
Der: –U aytganlaringiz unga foyda bermaydi. Chunki u dunyoga sigʻinardi.
***
Paygʻambarimiz – Ollohning salomi ustlariga yogʻilsin – buyurdilar: –Imon yalangʻochdir, libosi taqvodir.
Bir odam Hajjoj zolimni yomonlay boshlagandi, hazrati Umarning oʻgʻli – Olloh undan rozi boʻlsin – uning eshitib boʻlib, shunday dedi: –Agar Hajjoj bu yerda gaplaringni eshitib turgan boʻlganida ham shu gaplaringni aytgan boʻlarmiding? –Yoʻq, – dedi u odam. –Biz rasulullohning zamonida bunday holni munofiqlik deb baholar edik, – dedi u.
Hadislardan birida rasululloh buyuradilarki: –Bir-biringizga hasad qilmang. Bir-biringizning payingizni qirqmang. Mol olmoqchi boʻlmasangiz, mol egasini bezovta qilmang: narx-navoni qizitmang (tabiiy narx-navoni oshirishga yo tushirishga harakat qilmang). Bir-biringizni orqadan gʻiybat qilmang. Ollohning birodar bandalari boʻling.
Olloh, Muso alayhissalomga shunday vahiy qildi: –Men bandaning qalbiga qarayman. Agar uni hech qanday sevgi bilan toʻlmagan holda topsam, Oʻz sevgim bilan toʻldiraman va uni ehtiyotlab, Oʻzimga doʻst qilib olaman.
***
Sirriy Saqotiy (Junayd Bagʻdodiyning ustozi) deydiki: –Ollohni sevgan yashaydi. Dunyoni sevgan moʻljalga yetolmaydi. Ahmoq hayotini bekor oʻtkazadi. Oqil esa, oʻz ayb va nuqsonlarini topgan yo topmaganini tadqiq etadi.
Fuzayl ibn Iʼyoz hikoya qiladi: Rasulullohga bir kun shunday xabar berdilar: –Falon odam kunduzi roʻza tutadi, kechasi namoz oʻqiydi. Shunday boʻlgani holda axloqi yomon: qoʻshnilariga tili bilan azob beradi.
Rasululloh buyuradilarki: –Bu ishda xayr yoʻq, u jahannam ahlidan boʻladi.
Xojasi Luqmoni Hakimga dedi: –Bor, bir qoʻy soʻyib, goʻshtining eng yaxshi va yomon joyini keltir. Luqmon qoʻyni soʻydi va tili bilan yuragini olib keldi. Xojasi soʻradi: –Bularni nega olib kelding? Luqmoni hakim aytdi: –Har bir jonzodda til va yurakdan yaxshiroq narsa yoʻq. Til va yurak yomon boʻlsa, ulardan yomonrogʻi ham yoʻq.
Аловуддин Мансур таржимага қаттиқ киришган пайтлар эди. Шавкат Раҳмон ташаббуси билан иккимиз бу ишни тезлаштиришга ҳисса қўшиш ниятида мутаржимга навбатма-навбат котиблик қилишни маъқул топдик. Шу мақсадда мен бир неча кун Қорасувда бўлиб, қўлимдан келганча, таржимонга котиблик қилдим.
Таржимадан бўш пайтда Аловуддин Мансурнинг унчалик катта бўлмаган, аммо ниҳоятда нодир китоблар тахланган кутубхонасида суҳбатлашардик. Шундай суҳбатлардан бирида гап Имом Абу Ҳомид Ғаззолий ҳақида бораркан, уй соҳиби жавондан муҳташам бир китобни олиб, «Бу «Иҳёул- улум» китоблари», — дея, асар ҳақида тушунтиришлар берди. Ўша пайтлар мен «Ёш гвардия» нашриётида ишлардим ва бўлим мудирлигимдан фойдаланиб, «Камалак» номли йиллик адабий-танқидий тўплам (альманах)ни ташкил этган ва унинг салмоқли (320 бетли) биринчи китоби эндигина нашрдан чиққан эди.
Ичимда навбатдаги тўпламга «Иҳёул- улум»дан парчалар беришни ўйладим. Гапнинг рости, ҳали исломий асарларга кенг йўл очилмаган бўлса-да, бу соҳада илк қадамлар ташлашга уринишлар бошланган замон эди. Ўйлаганимни Аловуддин Мансурга айтдим, «Агар иложини топсангиз, яхши бўларди» — деди. Иложи топилди ва Яратганнинг кўмаги билан «Камалак»нинг навбатдаги, 1990 йилда нашр этилган тўпламида бугун сиз ўқийдиган таржима чоп этилди.
Ўша кунларда бўлган суҳбатларнинг бирида Исломда эр ва хотин муносабати ҳақида гап кетди. Аловуддин Мансур бу масала акс этган бир мақолани менга тавсия қилди. Мен мақолани ўзбек тилига таржима қилиш керак, деган гапни айтдим. «Ҳозир бу мақолани чиқариш даргумон», — деди суҳбатдошим. Хуллас, қисқа баҳсдан кейин мен мақолани таржима қилиб, бирон бир журналда чиқаришга уринадиган бўлдим. Алҳамдулиллоҳ, кўп ўтмай мисрлик таниқли аллома мақоласининг таржимаси «Саодат» журналида чоп этилди.
Қуръони Каримнинг дастлабки суралари 1990 йилнинг март ойидан «Шарқ юлдузи» журналида эълон қилина бошланди ва орадан кўп ўтмай китоб шаклида нашр этилди. Ана шу илк таржиманинг бир нуқтасида бўлса-да, менинг ҳиссам ҳам қўшилганини Парвардигор раҳмати деб биламан.
Бугун ҳазрати Имом Ғаззолий асаридан таржима қилинган парчаларни сизга тавсия қиларканман, ўша олис воқеаларни эслагим келди. Оллоҳ таоло бизга ибрат қолдирган барча зотларни раҳматига олсин ва гуноҳларимизни мағфират айласин.
Имом Абу Ҳомид Муҳаммад ибн Муҳаммад ал-Ғаззолий (450ҳ-1058-59м-505х- 1111 м) Тус шаҳрида камбағал косиб оиласида дунёга келди. Унинг отаси Муҳаммад ибн Аҳмад Тусдаги кичиккина дўконида юнг йигириб сотиб, қўл учида тирикчилик қилар эди. (Олимнинг Ғаззолий тахаллуси ҳам ота касбига ишора— «ғаззол» йигирувчи деган маънони билдиради). Илму маърифатга беҳад муҳаббатли бўлишига қарамасдан камбағаллиги туфайли дунёдан саводсиз ўтаётган ота умрининг охирида ўзидан кейин қолаётган икки сағир фарзанд — Абду Ҳомид ва Аҳмадни бир аҳли солиҳ мутасаввиф дўстига топширади, уй-жойини сотиб, пулини ўғилларини илм олиш учун сарфлашини васият қилиб оламдан ўтади.
Бошланғич билимлар ва ҳуқуқшунослик фанини туғилган шаҳрида ўрганган Абу Ҳомид кейинчалик Журжонга, ўша даврнинг машҳур қомусий алломаси Абу Наср ҳузурига бориб, таҳсили илмни ўша ерда давом эттиради. Бир неча йил мобайнида устозининг барча билимларини эгаллаб, ўқиб-ўрганган китобларига кўп жилдлик шарҳ ва изоҳлар битиб, ўз юртига қайтаёгганида, йўлда келажак ҳаётида катта аҳамият касб этган бир воқеа рўй беради.
Ғаззолийнинг ўзи бу ҳақда шундай ҳикоя қилади: «Йўлда карвонимизга қароқчилар хужум қилиб, бор нарсамизни талаб кетдилар. Мен қароқчилар бошлиғининг ортидан бориб, «Олган нарсаларинг орасида сенга ҳеч қандай фойдаси бўлмаган бир тўрва бор, шуни қайтариб бергин», деб ялиндим. «Тўрвангда нима бор эди?»— сўради у. «Унда менинг бор илмим—жуда кўп китоблардан олиб ёзилган шарҳ ва изоҳлар бор. Неча йиллардан бери мусофирлик азобини тортиб топган бойлигим шу», дедим.
Қароқчи кулиб: «Ҳар қандай одам олиб қўйиши мумкин бўлган нарсани «менинг илмим» дейишга уялмайсанми?»—деди ва :«Унинг илмини қайтариб беринглар!»—деб буюрди. Бу гап менга шундай қаттиқ таъсир қилдики, Тусга қайтиб келганимдан кейин уч йилгача уйдан ташқарига бир қадам қўймасдан ўша ёзган шарҳу изоҳларимнинг ҳаммасини ёд олиб, ҳеч қандай қароқчи ололмайдиган жойга — қалбимга жо қилдим».
Лекин Ғаззолий бу билимларни ўзи учун етарли ҳисобламас ва олган илмини тўлдириш билан бирга яна янги фанларни ҳам эгаллаш мақсадида ўша даврнинг илм-фан маркази ҳисобланмиш Хуросон давлатининг пойтахти Найсобур шаҳрига йўл олади. У ерда замонанинг етук уламоларидан мазҳаб, усул (методика), жадал (диалектика), мантиқ илмларини ҳамда ҳикмат, фалсафа фанларини чуқур ўрганди ва кейинчалик бу фанларнинг барчасида ўз китобларини тасниф қилди.
Men Bu Asarni Hamma Yoshlarga Tavsiya Etaman
Download 150,25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish